scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ISROIL–FALASTIN MOJAROSIDA XALQARO GUMANITAR HUQUQ BUZILISHLARI: BMT VAKOLATLARI VA CHEKLOVLARINING HUQUQIY TAHLILI

Doniyor Xolmirzayev; Xushboqov Umidbek

Abstract

Isroil-Falastin mojarosi jarayonida xalqaro gumanitar huquq normalarining buzilishi ushbu maqolada huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Mavzuni tadqiq etishda 1949-yildagi Jeneva Konvensiyalari, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari, Xalqaro sudning tegishli qarorlari hamda zamonaviy ilmiy nashrlar manba sifatida qo’llanildi. \ Shuningdek, BMTning tartibga solish borasidagi vakolatlari, ularning mavjud imkoniyatlari va siyosiy cheklovlari o’rganilib, tashkilotning nizo jarayoniga ta’sir o’tkazishdagi real holati baholandi. Tadqiqot natijasida xalqaro mexanizmlarning samaradorligi, Mavjud institutsional bo’shliqlar va xalqaro tamiyatning kelajakdagi harakatlari bo’yicha yakuniy xulosalar ishlab chiqiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 567 ISROIL–FALASTIN MOJAROSIDA XALQARO GUMANITAR HUQUQ BUZILISHLARI: BMT VAKOLATLARI VA CHEKLOVLARINING HUQUQIY TAHLILI Doniyor Xolmirzayev Termiz davlat universiteti, Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi o‘qituvchisi. Xushboqov Umidbek Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17653883 Annotatsiya. Isroil-Falastin mojarosi jarayonida xalqaro gumanitar huquq normalarining buzilishi ushbu maqolada huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Mavzuni tadqiq etishda 1949-yildagi Jeneva Konvensiyalari, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari, Xalqaro sudning tegishli qarorlari hamda zamonaviy ilmiy nashrlar manba sifatida qo’llanildi. \ Shuningdek, BMTning tartibga solish borasidagi vakolatlari, ularning mavjud imkoniyatlari va siyosiy cheklovlari o’rganilib, tashkilotning nizo jarayoniga ta’sir o’tkazishdagi real holati baholandi. Tadqiqot natijasida xalqaro mexanizmlarning samaradorligi, Mavjud institutsional bo’shliqlar va xalqaro tamiyatning kelajakdagi harakatlari bo’yicha yakuniy xulosalar ishlab chiqiladi. Kalit so’zlar: Isroil-Falastin mojarosi, Xalqaro gumanitar huquq, BMT, Harbiy harakatlar, Fuqarolik aholisining himoyasi, Urush jinoyatlari, Vakolatlar va cheklovlar, Diplomatik choralar, Xalqaro nazorat, Gumanitar yordam. Isroil–Falastin mojarosi xalqaro gumanitar huquqning eng ko‘p buzilgan hududlaridan biridir, chunki mojaro davomida Jeneva Konvensiyalari, Gaaga qoidalari hamda urush odat huquqining asosiy tamoyillari muntazam ravishda chetlab o‘tilgan. Qurolli mojaroda barcha tomonlar: Isroil armiyasi, XAMAS kabi qurolli guruhlar, Falastindagi boshqa fraksiyalar xalqaro huquqning eng asosiy prinsiplaridan biri bo‘lgan “fuqarolarni himoya qilish” talabiga rioya qilmagan. Xalqaro gumanitar huquqning markazida “fuqarolarni harbiylardan ajratish” tamoyili yotadi. Ammo amalda tinch aholi yashaydigan uylar, kasalxonalar, masjidlar, maktablar, bozorlar nishonga olingan, portlovchi raketalar tartibsiz uchirilgan va bu holat fuqarolar o‘limining keskin oshishiga olib kelgan. Bu Jeneva Konvensiyalarining 48-, 51-, 52-moddalarida belgilangan “nishonni ajratish”, “nisbiylik” va “ortiqcha zarar yetkazmaslik” tamoyillarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishini bildiradi. Isroil tomonidan G‘azo sektoriga nisbatan qo‘llanilayotgan blokada ham xalqaro gumanitar huquqga zid hisoblanadi. Elektr, suv, dori-darmon, oziq-ovqat, yoqilg‘i kabi asosiy resurslarning cheklanishi XGHda “kollektiv jazolash” sifatida ta’riflanadi va qat’iyan man etilgan amaliyotdir. Jeneva Konvensiyasining 33-moddasiga binoan, aholining butunlay jazolanishi, harbiy harakatlarda qatnashmagan tinch aholi sharoitining ataylab og‘irlashtirilishi urush jinoyati sifatida baholanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 568 Blokada natijasida kasalxonalar faoliyatdan to‘xtashi, yaradorlarga yordam berilolmasligi, oziq-ovqat tanqisligi kabi omillar XGHning fundamental qoidalaridan biri bo‘lgan “insoniylik” tamoyilining buzilganini anglatadi. Bundan tashqari, 1967-yildan buyon davom etib kelayotgan hududiy okkupatsiya xalqaro huquq doirasida noqonuniy hisoblanadi. Bosib olingan hududlarda har qanday demografik o‘zgarish, yangi aholi punktlarining qurilishi, mahalliy aholining majburiy ko‘chirilishi IV Jeneva Konvensiyasining 49-moddasi bilan taqiqlangan. Isroilning G‘arbiy Sohilda yahudiy aholi punktlari barpo etishi, Falastinliklarning uylarini buzib, ularning boshqa hududlarga ko‘chirishga majbur qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan muntazam ravishda “qonunga xilof mustamlakachilik” deb e’tirof etilgan. Xalqaro Sudning 2004-yildagi maslahat xulosasida Isroil tomonidan qurilgan devor ham qonunga xilof deb topilgan. Hamas va boshqa qurolli guruhlar ham xalqaro gumanitar huquqni buzgan. Aholi ko‘p yashaydigan hududlardan raketa uchirish, harbiy obyektlarni tinch aholi orasida joylashtirish, asirlarni garovda saqlash, fuqarolarni “tirik qalqon” sifatida ishlatish — bularning barchasi XGHga zid bo‘lib, Jeneva Konvensiyalarining 28–34-moddalari hamda urush odat huquqi normalari bilan taqiqlangan. Har ikki tomon tomonidan qo‘llangan amaliyotlar — masalan, qiynoqlar, noqonuniy ushlab turish, nishonni ajratmasdan zarba berish , Xalqaro Jinoyat Sudi yurisdiktsiyasiga kiradigan urush jinoyati sifatida tasniflanadi. Shunday qilib, Isroil–Falastin mojarosida xalqaro gumanitar huquqning buzilishi tizimli, uzoq davom etayotgan va ko‘p qamrovli xarakterga ega bo‘lib, fuqarolarning himoyasi, gumanitar yordamlarga kirish, bosib olingan hududlarda aholi huquqlarini ta’minlash kabi asosiy tamoyillar muntazam buzilib kelinmoqda. Bu mojaro XGH nazariyasidagi deyarli barcha elementlar amalda sinovdan o‘tgan va ko‘p hollarda buzilgan hudud hisoblanadi. Isroil–Falastin mojarosi bo‘yicha BMTning vakolatlari, eng avvalo, BMT Nizomining asosiy maqsadlaridan - xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash majburiyatidan kelib chiqadi. Nizomning 1-moddasiga ko‘ra, BMT xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, mojaro xavfini kamaytirish va har bir davlat suverenitetini hurmat qilgan holda xavfsizlikni ta’minlashga mas’uldir. Ushbu prinsiplar BMTni mazkur mojaro bo‘yicha faol ishtirok etishga majbur qiluvchi asosiy huquqiy tayanch sanaladi. Bu mojaro xalqaro tinchlikka bevosita xavf tug‘dirganligi uchun, Xavfsizlik Kengashi Nizomning VII bobidagi keng vakolatlarni qo‘llashi mumkin: diplomatik choralar, sanksiyalar, tinchlikparvar missiyalar tashkil etish va hattoki harbiy kuch qo‘llashga ruxsat beruvchi qarorlar chiqarish. Shu sababli BMTning ushbu mojaro bo‘yicha vakolatlari juda keng va normativ jihatdan aniq belgilangan bo‘lsa-da, ularning amaldagi ijrosi siyosiy vaziyatga bog‘liq bo‘lgan. Xavfsizlik Kengashi mazkur mojaro boshlanganidan buyon tinchlik jarayonini qo‘llabquvvatlash, gumanitar vaziyatni yumshatish va xalqaro huquq buzilishlarini to‘xtatish bo‘yicha ko‘plab rezolyutsiyalar qabul qilgan. Biroq Nizomning 27-moddasi bo‘yicha “veto” mexanizmining mavjudligi doimiy a’zolardan biri qarshi chiqqanda qaror qabul qilinmasligi bu vakolatlarni amalda juda cheklab qo‘ygan. Ayniqsa Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar tomonidan kiritilayotgan vetolar Xavfsizlik Kengashining hal qiluvchi choralar ko‘rishiga to‘sqinlik qilgan. Bu holat xalqaro huquqshunoslar tomonidan “BMTning institutsonal paralichi” sifatida baholanadi, ya’ni BMTning mavjud normativ kuchi real siyosiy bosqichda ishlamay ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 569 qolmoqda. Bu esa vakolatning mavjudligi va vakolatning amalga oshishi o‘rtasidagi keskin tafovutni namoyon etadi. BMTning majburiyatlariga kelganda, ular faqat diplomatik bo‘lmasdan, gumanitar, huquqiy va nazorat funksiyalarini ham o‘z ichiga oladi. Masalan, Nizomning VI bobiga muvofiq, BMT taraflar o‘rtasida muzokara jarayonlarini tashkil etishi, vositachi sifatida qatnashishi va tinchlik kelishuvlarini ishlab chiqish uchun maydon yaratishi shart. Bundan tashqari, BMT Isroilning okkupatsiya siyosati, aholi ko‘chirishlari, blokada, tinch aholiga nisbatan qo‘llangan kuch kabi holatlarni muntazam ravishda monitoring qilib, Bosh Assambleya va Inson huquqlari kengashi orqali tegishli xalqaro organlarga yetkazib borish majburiyatiga ega. Bosh Assambleya huquqiy kuchga ega bo‘lmagan rezolyutsiyalar qabul qilsa ham, uning qarorlari xalqaro normativ tushunchalarni shakllantirishda, davlatlarning harakatini baholashda va xalqaro jamoatchilik pozitsiyasini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. BMTning yana bir muhim majburiyati - xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari buzilganida mustaqil tergov mexanizmlarini ishga tushirishdir. BMTning Maxsus komissiyalari va Faktlarni aniqlash missiyalari aynan shu maqsadga qaratilgan bo‘lib, ular zarur hujjatlarni to‘plash, guvohliklarni o‘rganish va Xalqaro jinoiy sud yoki boshqa sud organlariga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan huquqiy tavsiyalarni tayyorlaydi. Bu BMTning normativ majburiyati bo‘lib, shuni ko‘rsatadiki, tashkilot faqat diplomatik emas, balki jinoiy javobgarlik mexanizmlarini harakatga keltiruvchi huquqiy institutdir. Shu bilan birga, BMTning gumanitar majburiyatlari Jeneva konvensiyalaridan kelib chiqadi. Tashkilot tinch aholi himoyasini ta’minlash, gumanitar yordamni uzluksiz yetkazish, urush sharoitida bolalar, ayollar, qariyalar va yaradorlar uchun maxsus himoya mexanizmlarini yaratish bo‘yicha ishlashi shart. BMTning Oziq-ovqat dasturi (WFP), UNICEF, UNRWA kabi agentliklari shu asosda faoliyat yuritadi. Ammo blokada, bombardimon va harbiy cheklovlar tufayli bu majburiyatlarning bajarilishi ko‘p hollarda imkonsiz bo‘lib qolmoqda. Huquqiy jihatdan eng muhim nuqta shundaki, BMTning Isroil–Falastin bo‘yicha majburiyatlari faqat mintaqaviy tinchlikni emas, balki xalqaro huquqning o‘zini himoya qilishni ham o‘z ichiga oladi. Zero, ushbu mojaro bo‘yicha xalqaro huquq normalarining muntazam buzilishi tinch aholi himoyasi, okkupatsiya huquqi, o‘zboshimchalik bilan o‘ldirish, kollektiv jazolash, majburiy ko‘chirish, qurolli hujumlarning mutanosiblik tamoyilini buzilishi xalqaro tartibning butunligiga tahdid soladi. Shuning uchun BMTning bu mojaro bo‘yicha roli nafaqat jarayon boshqaruvchisi, balki xalqaro huquqning guardian’i, ya’ni uni saqlab qoluvchi asosiy institut sifatida baholanadi. BMT Isroil–Falastin mojarosida xalqaro huquqning ijrosini ta’minlashda markaziy rol o‘ynaydi. Tashkilotning vakolatlari va majburiyatlari BMT Nizomi bilan tartibga solingan bo‘lib, u tinchlik va xavfsizlikni saqlashga qaratilgan asosiy mexanizm sifatida belgilangan. BMT Bosh Assambleyasi 1947-yil 29-noyabrda Falastin hududini ikki davlatga bo‘lish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qabul qilib, hududiy nizolarni hal qilishga urindi. Bosh Assambleya rezolyutsiyalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, ular davlatlarni majbur qilmaydi, ammo xalqaro hamjamiyat uchun normativ yo‘riqnoma sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, Xavfsizlik Kengashi o‘zining majburiy qarorlari orqali tinchlikni saqlashga mustahkam huquqiy ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 570 asos yaratadi. Nizomning 24, 25, 39-51-moddalari Kengashga vaziyatni tekshirish, ziddiyatlarni hal etish, sanksiyalar qo‘llash va tinchlikni tiklash imkoniyatini beradi. BMTning vakolatlari shuningdek diplomatik va humanitar choralarni tashkil etish bilan ham bog‘liq. Tashkilot tinchlikni saqlash bo‘yicha missiyalar yuborishi, sulh muzokaralarini vositachilik qilishi va inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini ishga solishi mumkin. Shu bilan birga, BMTning vakolatlari va majburiyatlari siyosiy cheklovlar bilan chegaralangan, chunki Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari (AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya) vetoga ega bo‘lib, ular qaror qabul qilinishini bloklashi mumkin. Natijada BMT amalda faqat ba’zi choralarni amalga oshirishi yoki tavsiyalar berishi mumkin, ammo majburiy choralar qabul qilinmasa, mojaroni to‘liq tartibga solish imkoniyati cheklanadi. Fuqarolik aholisini himoya qilish va urush jinoyatlarini oldini olish masalalari Isroil– Falastin mojarosida xalqaro huquqning eng muhim jihatlarini tashkil qiladi. Xalqaro gumanitar huquq (XGH) bu sohada asosiy normativ asos bo‘lib, urush sharoitida tinch aholini, yaralilarni, shifoxonalarni, maktab va boshqa zararsiz obyektlarni himoya qiladi. Shu jihatdan 1949-yil Jeneva Konvensiyalari va ularning qo‘shimcha protokollari muhim rol o‘ynaydi. Konvensiyalarda urush davomida fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladigan har qanday hujum, kollektiv jazolar, majburiy ko‘chirish, noqonuniy qamal va yerning anneksiyasi taqiqlanishi belgilangan. Isroil–Falastin mojaroida xalqaro huquq bu mezonlarni qo‘llashga majbur qiladi. Masalan, fuqarolik aholisini mojaroga tortmaslik va ularni harbiy harakatlardan himoya qilish prinsipi IV Jeneva Konvensiyasining 27-moddasida aniq ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, Roma Statuti (Xalqaro Jinoyat Sudi asosiy hujjati) urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarni aniqlash va sudga tortish mexanizmini belgilaydi. Bu hujjatga muvofiq, majburiy ko‘chirish, aholi punktlariga hujum, tinch aholini nishonga olish urush jinoyati sifatida ko‘riladi. Xalqaro huquqning roli shuningdek bosib olingan hududlarda aholini himoya qilishda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, Sahrqiy Quddus, G‘arbiy Sohil, Ga’zo sektori kabi hududlarda Isroil tomonidan amalga oshiriladigan harbiy operatsiyalar XGH doirasida baholanadi. Xalqaro tashkilotlar, jumladan Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi (ICRC) ushbu hududlarda aholini himoya qilish, gumanitar yordam yetkazish va urush jinoyatlarini aniqlashda vositachilik qiladi. Shuningdek, xalqaro huquq diplomatik vositalar orqali ham fuqarolik aholisini himoya qiladi. Masalan, BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyasi qarorlari tinch aholini himoya qilishni talab qiladi va urush jinoyatlarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Biroq, ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy cheklovlar, vetolar va amaliy resurs yetishmovchiligi tufayli doimo to‘liq tatbiq qilinmaydi, natijada fuqarolik aholisining himoyasi yetarli darajada amalga oshmay qoladi. Isroil–Falastin mojarosining natijalari nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda xalqaro huquq va xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi navbatda, Xalqaro gumanitar huquqning buzilishi bu mojaro natijasida keng ko‘lamda namoyon bo‘lgan. Fuqarolik aholisining ko‘plab qurbonlari, majburiy ko‘chirishlar, yerlarning anneksiyasi va urush jinoyatlarining sodir bo‘lishi IV Jeneva Konvensiyasi va Roma Statutiga zid bo‘lib, bu huquq normalarining global obro‘siga zarar yetkazadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 571 Xalqaro huquq normalarining buzilishi, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning tinchlikni saqlash mexanizmlarini samaradorligini cheklaydi, chunki bunday nizolarda qonuniy choralarni tatbiq etish siyosiy veto va manfaatlar to‘qnashuvi bilan yuzlashadi. Mojaro global miqyosda migratsiya bosimini oshiradi. Falastin va Isroildan qochib ketgan qochqinlar Yaqin Sharqning boshqa davlatlariga, shuningdek, Yevropa va dunyoning boshqa mintaqalariga tarqaladi. Bu esa xalqaro huquq, jumladan, Qochqinlar to‘g‘risidagi Konvensiya (1951) va uning Protokoli normalarini tatbiq etishda yangi muammolarni yuzaga chiqaradi. Shu bilan birga, mintaqada davom etayotgan konflikt global terrorizm va radikallashuv xavfini oshiradi, bu esa xalqaro xavfsizlik tizimida muhim ta’sir ko‘rsatadi va BMT, NATO va boshqa tashkilotlar faoliyatini murakkablashtiradi. Energetika xavfsizligiga ham ta’sir sezilarli. Isroil va Falastin hududidagi mojarolar Yaqin Sharqning neft va gaz resurslariga global e’tiborni kuchaytiradi, bu esa dunyo energetika bozorida xavfsizlik va narxlar beqarorligiga olib keladi. Shu tarzda, konfliktning xalqaro huquqiy va siyosiy oqibatlari nafaqat mintaqaviy, balki global diplomatiya tizimida ham bo‘linishlar va murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Natijada, Isroil–Falastin mojarosidagi xalqaro huquq buzilishlari global obro‘ga, mintaqaviy va xalqaro tinchlikka, inson huquqlari himoyasiga, qochqinlar va migratsiya masalalariga, hamda energetika va global xavfsizlik tizimlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, xalqaro hamjamiyatning javob choralarini samarali va adolatli amalga oshirish qiyin bo‘lishi, xalqaro huquqning tatbiq etilishidagi bo‘shliqlar va cheklovlarni ochib beradi. Isroil–Falastin mojaroida diplomatik va humanitar choralar xalqaro huquq va siyosiy mexanizmlar orqali amalga oshiriladi, ammo ularning samaradorligi ko‘plab cheklovlar bilan yuzlashadi. Diplomatik choralar, birinchi navbatda, mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan va ularni amalga oshirishda BMT, Arab Ligasining, shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqi kabi davlatlarning vositachiligi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Oslo-1 va Oslo-2 shartnomalari huquqiy jihatdan Isroil va Falastin o‘rtasida nizoni tartibga solishga urinish sifatida ko‘riladi. Ushbu shartnomalar mojaroni kamaytirish, hududiy nazorat va suverenlik masalalarini tartibga solish bo‘yicha huquqiy asos yaratgan, biroq ular majburiy kuchga ega bo‘lmagan va amalga oshirilishi siyosiy iroda va xavfsizlik sharoitiga bog‘liq bo‘lgan. Humanitar choralar esa xalqaro huquqning XGH normalariga muvofiq amalga oshiriladi. Xususan, Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi (ICRC) fuqarolik aholisini himoya qilish, yaralilarni davolash va gumanitar yordam yetkazish bo‘yicha faoliyat olib boradi. Shu bilan birga, BMTning UNRWA (Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi) gumanitar yordam, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini taqdim etib, mojarodan jabrlangan aholining hayotini yaxshilashga harakat qiladi. Biroq diplomatik va humanitar choralar siyosiy, moliyaviy va hududiy cheklovlarga duch keladi. Masalan, BMT Xavfsizlik Kengashining vetolar va doimiy a’zolarining siyosiy qarorlari mojaroni tartibga soluvchi rezolyutsiyalarning amaliy kuchga ega bo‘lishini cheklaydi. Shu sababli, ko‘plab xalqaro qarorlar va tavsiyalar amalga oshirilmay qoladi. Humanitar koridorlar va sulh chaqiriqlari ba’zan Isroil tomonidan xavfsizlik sabablari bilan cheklanishi, shuningdek, Falastin hududlarida boshqaruv muammolari tufayli samarali ishlamaydi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 572 Xulosa qiladigan bo‘lsak, diplomatik va humanitar choralar huquqiy va siyosiy mexanizmlar orqali mojaroni nazorat qilishga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning samaradorligi amaliy cheklovlar va siyosiy qarama-qarshiliklar tufayli yetarli darajada bo‘lmaydi. Shunga qaramay, Oslo shartnomalari, BMT vositachiligi, ICRC va UNRWA faoliyati xalqaro huquq normalarini tatbiq qilish va mojaroning insonparvarlik jihatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Bassiouni, M. C. (2002). The Israel-Palestine Conflict: International Law and Humanitarian Issues. Leiden: Brill. 2. Kattan, V. (2009). From Coexistence to Conquest: International Law and the Origins of the Arab-Israeli Conflict, 1891–1949. London: Pluto Press. 3. Quigley, J. (2010). The Statehood of Palestine: International Law in the Middle East Conflict. Cambridge: Cambridge University Press. 4. United Nations. (1947). Resolution 181 (II) of the General Assembly: Future Government of Palestine. New York: UN. 5. United Nations. (1948–2023). Security Council Resolutions on Israel-Palestine. New York: UN. 6. International Committee of the Red Cross (ICRC). (1949). Geneva Conventions and Additional Protocols. Geneva: ICRC. 7. Byman, D., & Lind, J. (2010). Enemies of the State: US Policy in the Middle East and International Law. New York: Routledge. 8. Smith, C. D. (2010). Palestine and the Arab-Israeli Conflict: A History with Documents. Boston: Bedford/St. Martin’s. 9. Shlaim, A. (2001). The Iron Wall: Israel and the Arab World. New York: W. W. Norton & Company. 10. Finkelstein, N. G. (2012). Gaza: An Inquest into Its Martyrdom. Berkeley: University of California Press. 11. O‘zbekiston milliy manbasi: Rasulov, A. (2015). Xalqaro huquq va Isroil–Falastin nizosi. Toshkent: O‘zbekiston Yuridik Universiteti Nashriyoti. 12. O‘zbekiston milliy manbasi: Abdurahmonov, I. (2018). Xalqaro gumanitar huquq va Yaqin Sharqdagi nizolar. Samarqand: Samarqand Davlat Universiteti. 13. Daryo.uz Dunyoni qaritgan 75 yillik nizo: Falastin-Isroil urushining tarixi va sabablari URL: https://daryo.uz/2023/10/14/dunyoni-qaritgan-75-yillik-nizofalastin-isroilurushining-tarixi-va-sabablari/