scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HISTORICAL MATERIAL AND SPIRITUAL HERITAGE AS AN IMPORTANT MEANS OF INFLUENCE ON THE FORMATION OF AESTHETIC CULTURE IN YOUTH

Suvanova, Dilnura

Abstract

This article analyzes the role and significance of historical material and spiritual heritage in the formation of the aesthetic culture of youth. Aesthetic culture is a person's ability to perceive, understand beauty and express it in life activities. The decisions and decrees of the President of the Republic of Uzbekistan on the preservation and promotion of cultural heritage in 2017–2023, as well as the fact that special attention is paid to aesthetic education among young people through the "Heritage Culture" programs, are highlighted. The results of the study show that historical heritage is an important resource for the continuous education system in the formation of aesthetic perception, artistic thinking and cultural competence of young people. The article considers the rich historical monuments of Uzbekistan, folk art, oral creativity, traditions and spiritual values as the main source of developing the aesthetic thinking of young people. The study also covers the theoretical and practical aspects of the effective use of historical heritage in the modern educational process

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 643 TARIXIY MODDIY VA MA’NAVIY MEROS YOSHLARDA ESTETIK MADANIYATNING SHAKLLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI MUHIM VOSITA SIFATIDA Suvanova Dilnura Kurbanovna Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o'qituvchisi. dilnursuvanova51@gmail. com +998937296043 Annotatsiya. Mazkur maqolada tarixiy moddiy va ma’naviy merosning yoshlar estetik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Estetik madaniyat - bu insonning go‘zallikni idrok etish, tushunish va uni hayotiy faoliyatda ifodalash qobiliyatidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2023 yillarda madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlari, shuningdek, “Meros madaniyati” dasturlari orqali yoshlar o‘rtasida estetik tarbiyaga alohida e’tibor qaratilayotgani faktlar bilan yoritiladi. Tadqiqot natijalari tarixiy merosning yoshlar estetik idroki, badiiy tafakkuri va madaniy kompetensiyasini shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi uchun muhim manba ekanini ko‘rsatadi. Maqolada O‘zbekistonning boy tarixiy yodgorliklari, xalq san’ati, og‘zaki ijodiyoti, urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlari yoshlarning estetik tafakkurini rivojlantiruvchi asosiy manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tadqiqotda zamonaviy ta’lim jarayonida tarixiy merosdan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: Tarixiy meros, moddiy madaniyat, ma’naviy qadriyat, estetik tarbiya, yoshlar, san’at, madaniy kompetensiya, milliy o‘zlik, tarbiya, merosiy uzviylik. Abstract. This article analyzes the role and significance of historical material and spiritual heritage in the formation of the aesthetic culture of youth. Aesthetic culture is a person's ability to perceive, understand beauty and express it in life activities. The decisions and decrees of the President of the Republic of Uzbekistan on the preservation and promotion of cultural heritage in 2017–2023, as well as the fact that special attention is paid to aesthetic education among young people through the "Heritage Culture" programs, are highlighted. The results of the study show that historical heritage is an important resource for the continuous education system in the formation of aesthetic perception, artistic thinking and cultural competence of young people. The article considers the rich historical monuments of Uzbekistan, folk art, oral creativity, traditions and spiritual values as the main source of developing the aesthetic thinking of young people. The study also covers the theoretical and practical aspects of the effective use of historical heritage in the modern educational process. Keywords: Historical heritage, material culture, spiritual value, aesthetic education, youth, art, cultural competence, national identity, education, hereditary continuity. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 644 KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida yoshlar ongini milliy ruhda, estetik did asosida shakllantirish dolzarb masala sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri - milliy qadriyatlar, tarixiy meros va ma’naviy an’analar asosida ularni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashdir. Tarixiy moddiy va ma’naviy meros har bir xalqning o‘zligini, tarixi va ruhiyatini ifodalovchi eng muhim manbadir. O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan 8 mingdan ortiq moddiy madaniy meros ob’ektlari, 122 ta muzey, 110 dan ortiq arxeologik yodgorliklar, shuningdek, UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan “Shashmaqom”, “Boysun madaniyati”, “Xorazm raqslari”, “Atlas va adras to‘qish an’analari” kabi nomoddiy meros unsurlari yoshlarning estetik tafakkurini shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning estetik madaniyati nafaqat maktab yoki oliy ta’limda, balki ularning milliy meros bilan tanishuvi, tarixiy obidalarni ko‘rishi, amaliy san’at namunalariga daxldor bo‘lishi orqali ham rivojlanadi. Shuning uchun ham Prezidentning PF–6061 (2020-y.) “Madaniy merosni asrash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish” farmoni, PQ–4199 (2019y.) “Muzeylar faoliyatini takomillashtirish” qarori hamda “Meros haftaligi” kabi tashabbuslar aynan yoshlar estetik tarbiyasiga qaratilgan amaliy harakatlardir. Tarixiy meros yoshlarning: • badiiy didi (masalan, Registon bezaklaridagi girih naqshlari orqali); • estetik idroki (masalan, Hunarmandchilik markazlarida kashtachilik jarayonini ko‘rish orqali); • madaniy xulqi (mahalla marosimlaridagi odob-axloq me’yorlari orqali); • milliy o‘zligini anglash (Amir Temur temuriylar davri merosi orqali) kabi jihatlarni shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur maqolada aynan shu merosning yoshlar estetik madaniyatiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri, uni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili Ilmiy manbalarda estetik tarbiya masalasi ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilgan. Masalan, G. Gegel, I. Kant, A. Baxtin, A. Qodiriy, M. Behbudiy, A. Avloniy kabi mutafakkirlar estetik tarbiya, ma’naviyat va madaniyat uyg‘unligi haqida muhim g‘oyalarni ilgari surganlar. A. Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida “go‘zallik inson ruhining oziqidir” deya ta’kidlagan. O‘zbekiston mustaqillik yillarida bu mavzu I. Karimov, Sh. Mirziyoyev asarlarida ham chuqur yoritilgan bo‘lib, ularda yoshlarni milliy o‘zlik va ma’naviyat ruhida tarbiyalashning ustuvorligi ta’kidlanadi. Shuningdek, zamonaviy tadqiqotchilar (J. Abdurahmonova, M. G‘ulomova, S. Rajabov) tarixiy merosni estetik tarbiyada qo‘llash usullarini metodik jihatdan tahlil qilganlar. Shu bilan birga, UNESCO va ISESCO tomonidan ham madaniy merosni yoshlar tarbiyasida qo‘llash bo‘yicha xalqaro tavsiyalar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston olimlari tarixiy merosning estetik tarbiyadagi rolini ko‘plab ilmiy manbalarda asoslagan: ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 645 H.Hasanovning “O‘zbek xalq amaliy san’ati va estetik tarbiya” monografiyasida Muallif amaliy san’atning — zargarlik, naqqoshlik, ganchkorlik — yoshlarning badiiy didini shakllantirishdagi estetik ahamiyatini tahlil qilgan. Jo‘rayev U. “Ma’naviy meros va yoshlar tarbiyasi” kitobida Boysun madaniyati, Shashmaqom, qadimiy udumlarning estetik idrokni rivojlantirishi ilmiy asoslangan. Karimova N. “Estetik madaniyat asoslari” maqolasida Estetik tarbiyaning asosiy komponentlari - idrok, badiiy tafakkur, estetik baho - milliy meros bilan bog‘liq holda tushuntiriladi. “O‘zbekistonning moddiy madaniy merosi” Ichan qal’a, Registon ansambli, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Qoraqalpoq muzeyi kabi obidalar yoshlar estetik qarashini shakllantiruvchi ob’yektlar sifatida tavsiflangan. R.Vohidov “Nomoddiy meros va zamonaviy yoshlar ma’naviyati” adabiyotida Nomoddiy meros (xalq qo‘shiqlari, dostonlar, raqslar, marosimlar)ning estetik tarbiyadagi o‘rni yoritiladi. Metodologiya Maqolada quyidagi ilmiy metodlarga asoslandi: Kuzatuv metodi • 2023–2024 yillarda Toshkent, Buxoro va Xiva muzeylari, tarixiy majmualariga tashrif buyurgan 150 nafar o‘quvchi (8–11-sinflar) kuzatildi. • Estetik idrokdagi o‘zgarishlar (rang, shakl, naqshni tahlil qilish qobiliyati) qayd etildi. So‘rovnoma metodi • 120 nafar yoshlar o‘rtasida “Meros obyektlariga qiziqish darajasi” bo‘yicha 12 savoldan iborat anketa o‘tkazildi. Kontent-tahlil • “Meros haftaligi-2023”, “Hunarmand” uyushmasi faoliyati, “Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti arxivlari”dagi ma’lumotlar tahlil qilindi. Taqqoslash metodi • Meros obyektlariga bormagan va muntazam borgan o‘quvchilarning estetik did ko‘rsatkichlari solishtirildi. Pedagogik eksperiment • Buxoro viloyati 3 ta maktabida “Meros asosida estetik tarbiya” nomli 10 soatlik maxsus modul sinov tariqasida o‘qitildi. Natijalar va muhokamalar Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tarixiy moddiy va ma’naviy meros yoshlarning estetik madaniyatini shakllantirishda bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, me’moriy obidalar (Registon, Ichan qal’a, Minorai Kalon, Shohi Zinda) orqali yoshlar me’moriy uyg‘unlik, naqsh san’ati va ranglar uyg‘unligini o‘rganadilar. Ikkinchidan, xalq amaliy san’ati (kashtachilik, kulolchilik, zargarlik) ularn ing ijodkorlik va nafislik tuyg‘usini kuchaytiradi. Uchinchi jihat, ma’naviy meros - bu xalq og‘zaki ijodi, maqollar, dostonlar, adabiy meros - yoshlarning nutq madaniyati, badiiy tafakkuri va estetik didini rivojlantiradi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 78 foizi tarixiy obidalarni ko‘rish va o‘rganish ularning estetik dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 646 Muhokamalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy ta’lim tizimida estetik tarbiyani tarixiy meros asosida yo‘lga qo‘yish zarur. Masalan, maktab va oliy ta’lim muassasalarida tarix, san’at va madaniyat darslarida tarixiy obidalar, milliy hunarmandchilik va folklordan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Bu nafaqat estetik, balki ma’naviy, vatanparvarlik va milliy o‘zlik tuyg‘usini ham kuchaytiradi. Estetik idrokning oshishi (tajriba sinflarida) • Naqsh elementlarini tanish qobiliyati 43% dan 78% ga oshdi. • Arxitektura shakllarini tasvirlash darajasi 36% dan 74% ga ko‘tarildi. Madaniy qiziqishning kuchayishi • So‘rovnomada qatnashgan o‘quvchilarning 82% o‘zbek amaliy san’atiga qiziqishini bildirgan. • 150 o‘quvchidan 97 nafari meros obyektlariga qayta tashrif buyurishni istagan. Milliy o‘zlikni anglash darajasining ortishi • “Men kimman?” savoliga “o‘zbek qadriyatlariga mansubman” deb javob berganlar 53% dan 85% ga ko‘tarilgan. Estetik baholash ko‘nikmasining rivojlanishi • Rasm, naqsh, haykal kompozitsiyasini tahlil qilish bo‘yicha ballar 2,4 dan 4,1 ga (5 ballik tizim) oshgan. “Meros asosida estetik tarbiya” modulining samaradorligi • Moddiy merosga oid bilim darajasi 31% dan 69% ga, • Nomoddiy merosga oid bilim darajasi 28% dan 71% ga oshdi. Muhokamalar Tarixiy obidalar yoshlar estetik tafakkurini faollashtiradi Registon ansambli, Xiva Ichan qal’asi va Termiz arxeologik yodgorliklari estetik kompozitsiya, muhtasham shakllar, rang uyg‘unligi orqali yoshlarning idrokini kengaytiradi. Nomoddiy meros badiiy didni boyitadi. Shashmaqom, dostonlar, xalq raqslari - ritm, ohang, mazmun orqali yoshlarning musiqiy va badiiy his-tuyg‘ularini rivojlantiradi. Oila va maktabning roli kuchli An’anaviy marosimlar (Navro‘z, Sumalak sayli, Beshik to‘yi) yoshlarning estetik xulqini shakllantirishda amaliy maktab vazifasini bajaradi. Davlat siyosati ta’siri sezilarli • Madaniy meros obyektlarini asrashga 2017–2023 yillar davomida 300 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. • 2020 yil PF–6061 Farmonidan so‘ng muzeylar faoliyatida yoshlar uchun maxsus ekskursiya dasturlari joriy qilindi. Yoshlarning merosga qiziqishi ijtimoiy omillarga bog‘liq Internet, kinofilmlar, turizmning ommalashuvi merosga munosabatni ijobiy o‘zgartirgan. Xulosa 1. Tarixiy moddiy va ma’naviy meros yoshlarning estetik madaniyatini shakllantirishda asosiy manba hisoblanadi. 2. Me’morchilik, xalq san’ati, adabiyot va urf-odatlar orqali yoshlar go‘zallikni idrok etish, uni qadrlash va yaratish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 647 3. Ta’lim jarayoniga tarixiy meros elementlarini integratsiya qilish yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitadi. 4. Ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali milliy merosni targ‘ib qilish estetik tarbiyaning zamonaviy usulidir. 5. Davlat siyosatida yoshlar estetik tarbiyasida milliy merosdan foydalanish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Avloniy A. “Turkiy guliston yoxud axloq”. - T.: O‘qituvchi, 1992. 2.Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. - T.: O‘zbekiston, 2021. 3.G‘ulomova M. “Madaniyat va estetik tarbiya nazariyalari”. - T.: Fan, 2018. 4.Rajabov S. “Estetik madaniyat va yoshlar”. - Samarqand, 2019. 5. UNESCO. “Cultural Heritage and Youth Development: Global Framework”. - Paris, 2020. 6. Abdurahmonova J. “Tarixiy merosni o‘rganishning zamonaviy yondashuvlari”. - Toshkent, 2022. 7. Hasanov H. “O‘zbek xalq amaliy san’ati va estetik tarbiya” (Toshkent: Fan, 2018, 45–88-betlar) 8. Jo‘rayev U. “Ma’naviy meros va yoshlar tarbiyasi” Ma’naviyat, Toshkent: 2020, 22–66-betlar 9. Karimova N. “Estetik madaniyat asoslari”. O‘qituvchi, Toshkent. 2019. 11–52-betlar 10. R. Vohidov “Nomoddiy meros va zamonaviy yoshlar ma’naviyati”. Toshkent. 2017. 39-94 betlar