scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANGʻICH SINF O'QUVCHILARIDA IJTIMOIY KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

M.M.Mirqosimova

Abstract

Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bola shaxsining umumiy rivojlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish muammosi o‘rganilgan va bu boradagi amaliy tavsiyalar bayon qilingan. Аннотация. В статье изучена проблема создания необходимых условий для обеспечения общего развития личности ребенка у учащихся начальных классов, а также развития социальных навыков, необходимых для его успешной социализации и изложены практические рекомендации в этой области.

Full text

FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 377 3-sho‘ba. Milliy qadriyatlar va madaniy merosdan foydalangan holda bola shaxsini hissiy va intellektual rivojlantirishga qaratilgan oila, maktab va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik sharoitida maktabgacha hamda boshlang‘ich ta’limda pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH M.M.Mirqosimova O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professori, p.f.d. Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bola shaxsining umumiy rivojlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish muammosi o‘rganilgan va bu boradagi amaliy tavsiyalar bayon qilingan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy rivojlanish, ta’lim-tarbiya, an’ana, qadriyatli yondashuv, yosh xususiyatlari, intellektual qobiliyat, ijtimoiy ko‘nikma, faoliyat va xulq-atvor. Аннотация. В статье изучена проблема создания необходимых условий для обеспечения общего развития личности ребенка у учащихся начальных классов, а также развития социальных навыков, необходимых для его успешной социализации и изложены практические рекомендации в этой области. Ключевые слова: социальное развитие, образование и воспитание, традиция, ценностный подход, возрастные особенности, интеллектуальная способность, социальный навык, деятельность и поведение. Mustaqillik yillarida yoshlar manfaatlarini har tomonlama huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor berilib, qator maqsadli chora-tadbirlar ro‘yobga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari: “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda,”- deb alohida ta’kidlagan edilar [1]. Shu bois mamlakatimizda “mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash”[1] ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Milliy psixologiya va pedagogikaning bolalar ijtimoiylashuv jarayoni va uning ta’lim-tarbiyasi o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish borasida katta tajribasi mavjud. Ammo bunda ijtimoiylashuv qoida tariqasida keng ma’noda, ya’ni o‘sib “MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’IIM JARAYONIDA BOLALARNI EMOTSIONAL - INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” 378 kelayotgan avlodning an’ana va qadriyatlarni o‘zlashtirishi hamda ijtimoiy tajribani faol qayta qo‘llash tufayli jamiyat hayotida ishtirok etish jarayoni va natijasi sifatida tushuniladi. Zamonaviy boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishning еtakchi tendensiyasi nafaqat o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi, eng muhim intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish, balki bola shaxsining umumiy rivojlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ko‘nikmalar deganda biz ijtimoiy xulq-atvorning barqaror shakllarini tushunamiz. Ko‘nikma – bu faoliyatning barqaror elementi, ijtimoiy harakat. Ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari haqida gapirganda, nafaqat mazkur yo‘nalishga doir bilimlar, balki ularni qo‘llash, rolli xatti-harakat me’yor va qoidalari, ijtimoiy funksiyalar, urf-odatlarga qadriyatli munosabatni ham nazarda tutamiz. Amaliyotda ijobiy tasdig‘ini topib, samarali natijaga erishish imkonini beradigan atrofdagilar bilan o‘zaro aloqalar tizimida to‘plangan eng ahamiyatli shaxsiy tajribani qayd etish muhimdir. Ko‘nikmalar – nafaqat yaxshi mashq qilingan va o‘zlashtirilgan, balki muayyan xatti-harakatlar modelini qabul qilish hamda anglashga asoslangan harakatlardir. “Ijtimoiy ko‘nikma” tushunchasi bu - inson faol foydalanadigan va amalga oshirilgan malakalardir. Ijtimoiy malakalar – bu bir nechta ijtimoiy ko‘nikmalarning elementlarini o‘z ichiga olgan xulq-atvorning yuqori darajasi. Ular orasida xatti-harakatlar, o‘z ichki dunyosi bilan muomala usullari ham mavjud. Anglashiladiki, ijtimoiy malakalarni shaxsga oid harakatlar deb hisoblash mumkin bo‘lib, ularning predmetli mazmunini shaxslararo va shaxsga oid ichki ta’sir usullari tashkil qiladi. Shunday qilib, ijtimoiy ko‘nikmalar – bu ijtimoiy xulq-atvorning o‘zlashtirilgan elementlari bo‘lib, ular ijtimoiy olam, o‘zi va bu dunyodagi o‘rni haqidagi bilimlarga, ijtimoiy o‘zaro aloqalarni osonlashtiradigan xatti-harakatlar FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 379 haqidagi bilimlarga hamda insonga atrof-muhit bilan munosabatlarni samarali ravishda o‘rnatishga, o‘z o‘rnini belgilab olishga va o‘zligini namoyon qilishga imkon beradigan harakatlarga asoslanadi. Ijtimoiy ko‘nikmalarning o‘ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat: - ijtimoiy-madaniy me’yorlarni bilish, ulardan tolerant xulq-atvor modelining namunaviy asosi sifatida foydalanish qobiliyati; - atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarda o‘z his-tuyg‘ulari, emosiyalarini tushunish, ularni ijtimoiy maqbul hamda mos shaklda ifoda etish qobiliyati; - o‘zining individualligi va qadr-qimmati, shuningdek, boshqa insonlar shaxsining qadr-qimmatini anglash; - atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan odatiy muammoli vaziyatlarni anglay olish qobiliyati, konstruktiv еchimlarni izlashga intilish; - umumijtimoiy va shaxsiy tajribani umumlashtirish qobiliyati. Bolalarda ko‘nikmalarni shakllantirishning faoliyatli modeli sifatida tushunish maqsadga muvofiq. Bunda muayyan vaziyatda ongli va mohirona xattiharakatlarni namoyon etgan bolalarning bilim va tajribalariga urg‘u beriladi, bu esa uning atrof-muhit bilan munosabatlar tizimiga qanday ta’sir qilishini aniqlashga imkon beradi. Ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish shuni nazarda tutadiki, insonning o‘zi va boshqalar (o‘zi, boshqalar, ijtimoiy-tarixiy) haqidagi umumlashtirilgan psixologik bilimlar tajribasi asosida har qanday muammoni samarali hal etishi mumkin. Ijtimoiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi nafaqat boshqa kishining tajribasini ko‘chirish, ma’lum qoidalar, stereotiplar, munosabatlarga rioya qilish, balki turli vaziyat va sharoitlarda bilim va malakalardan еtarli darajada foydalanishni ham anglatadi. Ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonining muhim bo‘g‘ini – bu faoliyat va xulq-atvorning bir qismi bo‘lgan murakkab ruhiy harakatlarni shaxsning o‘zi tomonidan boshqarilishidir. Ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish o‘zini o‘zi anglash va o‘ziga nisbatan emosional-qadriyatli munosabat tarkib toptirishni nazarda tutadi. Ushbu jarayon xulq-atvor harakatini amalga oshirishning barcha bosqichlarida – “MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’IIM JARAYONIDA BOLALARNI EMOTSIONAL - INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” 380 uning motivasion tarkibiy asosdan faoliyatga doir komponentgacha faollikni ta’minlashni taqozo etadi. Maktab ijtimoiy muassasa sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim: atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarning me’yorlari, tamoyillari va usullari to‘g‘risida ma’lumot berish va ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish; mavjud tajriba, bilim, qadriyatli yo‘nalishlar, shuningdek, shaxsga oid sifatlar va kommunikativ malakalarini rivojlantirishga asoslangan holda, shaxsning muammolarni hal qilishga qaratilgan tashqi va ichki faoliyati samaradorligini ta’minlash; hayotda o‘z o‘rnini topish, uni ongli tarzda loyihalashtirish –mustaqil hayotga tayyorlashda aniq mo‘ljalni olishga o‘rgatish. Bilim anglash jarayonining natijasi sifatida tasavvurlar, mulohazalar, tushunchalarda ifodalanadi. Qadriyatlar inson faoliyatiga tushunish, baholash jihatlarini olib kiradi va xulq-atvor motivlariga aylangan holda, shaxsning qadriyatli yo‘nalganligini anglatadi. Ta’lim tashkilotining vazifalaridan biri o‘quvchilarga qadriyatlar tizimini ishlab chiqishga yordam berishdan iborat. Qadriyatlar tizimi o‘zini va boshqalarni baholash, o‘z munosabatini ifoda etish, o‘z tanlovini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan koordinatalar tizimi vazifasini bajaradi. Qadriyat me’yordan farqli o‘laroq, tanlash imkoniyatini beradi va shuning uchun aynan tanlov vaziyatida qadriyatli-mazmunli komponentga tegishli xususiyatlar yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bunday holda qadriyat motiv sifatida namoyon bo‘lishi mumkin, ya’ni insonni real harakatlarga undashi va yo‘naltirishi mumkin. Agar qadriyat din, mafkura, san’at kabi ijtimoiy ong shakllaridan alohida ajratib qaralsa, u holda uning mustaqil ma’no-mohiyatiga nisbatan shubha uyg‘onadi. Chunki inson yoki jamiyatning biror-bir ehtiyojlarining qondirilishi nafaqat moddiy, shuningdek, ideallik bilan ham aloqadorlikni aks ettiradi. Ehtiyojning o‘zi ham ijtimoiy hayotning qator shart-sharoitlari va o‘ziga xosliklarini aniqlab beradi. Demak, qadriyat inson va jamiyatning tashqi olamga munosabatining, ularning ichki ehtiyojlari va voqelikka munosabatlari bilan uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladi. Mazkur munosabatning barqaror xususiyat FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 381 kasb etishi inson faoliyatining maqsadi va motivlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi “qadriyatli yo‘nalganlik” atamasi bilan ifoda etiladi. Qadriyatga yo‘nalganlik, shuningdek, o‘z ichiga individning hayotiy tajribalari va orzu-armonlarini ham qamrab oladi. Ana shu sababli qadriyatga yo‘nalganlik o‘ziga xos psixologik tavsifga ega bo‘lib, shaxs tuzilishining barcha komponentlari va yaxlit tizimini aks ettiradi. Pedagogik aksiologiyaga doir adabiyotlarda “qadriyatli ustanovka” tushunchasi ham uchraydi. Garchi ko‘pchilik mualliflar “qadriyatli yo‘nalganlik” va “qadriyatli ustanovka” tushunchalarini sinonim sifatida qo‘llashsa ham, birinchilardan bo‘lib M.Rokich ular orasidagi farqni alohida ajratib ko‘rsatgan. Amerikalik olimning fikricha, ustanovkani ma’lum bir obyekt (konkret yoki abstrakt, shaxsiy yoki ijtimoiy)ga yoki vaziyatga nisbatan subyekt munosabatida aks etuvchi uzoq vaqt davomida shakllangan bir qancha ishonch, e’tiqodlar majmui deb qarash mumkin[2]. Demak, yo‘nalganlikda shaxsning jamiyatdagi me’yorlar bilan inson ehtiyojlari uyg‘unlashuvi aks etsa, qadriyatli ustanovkada shaxsning amaliy faoliyatda mazkur munosabatlari tizimini ro‘yobga chiqarishga tayyorligi aks etadi. Pedagogik aksiologiya sohasida tadqiqotlar olib borgan olim B.Xodjayevning ta’kidlashicha, shaxs o‘zining ichki pozisiyasini anglashi va aniq qadriyatlar bilan bog‘liqlikda amaliy faoliyatga tayyorligi qadriyatli ustanovkaning mohiyatini belgilab beradi. Ustanovka shaxsning aniq faoliyatga tayyorgarlik holatini aks ettiruvchi kognitiv (bilim, axborot) va affektiv (emosiya, hissiyot) komponentlar majmui sifatida namoyon bo‘ladi[3]. Qadriyatli munosabatni shakllantirishning yoshga bog‘liq jihati faollashuvi, ayniqsa, kichik maktab yoshida muhim rol o‘ynaydi. Birinchi sinfga borish vaqtidan boshlab bolalarning voqelikka munosabatlari tubdan o‘zgaradi. Boshlang‘ich maktab o‘quvchisi voqelikka munosabatning shakllanish jarayonida ko‘proq ijodkorlikni namoyon eta boshlaydi, unda psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi shakllanadi, ichki harakatlar rejasi mustahkamlanadi, o‘z ish va harakatlarining refleksiyalanishi yuz beradi. Ushbu xususiyatlar, D.Feldshteyn fikriga ko‘ra, 9 “MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’IIM JARAYONIDA BOLALARNI EMOTSIONAL - INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” 382 yoshga kelib, ular bilan o‘zaro munosabatlar tizimini faollashtirish, shuningdek, ilgari noodatiy bo‘lgan ijtimoiy ma’qullangan faoliyat orqali atrofdagilar tomonidan tan olinishi zarurligini keltirib chiqaradi. Ushbu o‘zgarishlar “Men va jamiyat” tizimi sharoitlarida shaxsiy rivojlanishning sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tishiga olib keladi[4]. Kichik maktab yoshi – bu ijtimoiy qadriyatlarni o‘zlashtirishning sezgir davri hisoblanadi. Natijada ular bilan keyingi pedagogik ishlar, shuningdek, ontogenezning ma’lum bir bosqichi sharoitida yanada rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Kichik maktab o‘quvchisi kooperatsiya va hamkorlikka juda qiziqishini va “o‘qituvchi-bola” munosabatlari tizimi aslida uning maktab hayotining asosini tashkil etishini hisobga olsak, pedagogik o‘zaro munosabat istiqbollarini qadriyatlar tizimi va qadriyatli munosabatlarni shakllantirish nuqtai nazaridan, shuningdek, aynan shu yosh davridagi munosabatlar madaniyatini hisobga olish kerak bo‘ladi. Muayyan yosh jihatining ushbu xususiyatlari nazariy va amaliy bilimlarni egallash doirasida uzoq vaqt pedagogikaning o‘rganish obyekti bo‘lib kelgan. Bunda zamonaviy boshlang‘ich ta’lim tizimida asosiy e’tibor bolaning shaxsi rivojlanishining faqat bir tomoniga, ya’ni bilim (intellekti)ga qaratilgan. Kichik maktab o‘quvchilarining ijtimoiy voqelikni o‘zlashtirish va unga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha faoliyatga muvofiq, qoidaga ko‘ra, eklektik tashkil qilingan tadbirlar doirasida ushbu jarayonning faqat ayrim tarqoq elementlari mavjud. Bu dalil jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichida asosiy tarbiya funksiyalari oilaga yuklanishi, ta’lim tashkiloti esa o‘z mohiyatiga ko‘ra, ta’lim faoliyatida yuqorida aytib o‘tilgan “kamchilik”ka sabab bo‘lgan ta’lim xizmatini ko‘rsatishi bilan izohlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar bilan hamkorlik, o‘zaro yordam, atrofdagilarga e’tiborli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish, agressiv holatlarni boshqarish va tartibga solish, kelishmovchiliklarni insonparvarlik, ziddiyatsiz yo‘llar bilan bartaraf etish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida shaxslararo munosabatlar madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni tavsiya FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 383 qilamiz.Tadqiqotchi M.Raximovaning fikricha: “7–10 yoshdagi o‘quvchining idroki uning xatti-harakati, o‘yini va mehnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq, u o‘zining extiyoji, mayli, qiziqish va intilishi, turmush sharoitiga mos, shuningdek, o‘qituvchi tavsiya etgan narsalarni idrok qiladi.Birinchi sinfga kelgan bola narsalarning rangi, shakli va kattaligini, ularning makonda joylashishini bilish bilan bir qatorda o‘zaro taqqoslay ham oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolada sensor rivojlanish darajasining yuqori bo‘lishi juda muhim. Maktab yoshiga kelib, me’yorida rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladi. Bola rasmlarda atrof-muhitdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolada estetik va badiiy didni rivojlantiradi.”[5] Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida shaxslararo munosabatlar madaniyatini shakllantirish jarayonida o‘qituvchi shaxsiga katta ahamiyat beriladi, chunki tarbiya bilan shug‘ullanadigan muassasalarning (oilalar va maktablar) hamkorligini rag‘batlantirish orqali madaniy-shaxsiy rivojlanishning qulay muhiti vujudga kelishi uchun sharoit yaratish aynan uning zimmasidagi vazifadir. Kichik maktab yoshidagi bolalarda qadriyatli munosabatni shakllantirishning mazmunli jihati bu voqelikning muhim obyektlari va hodisalariga munosabat tizimi bo‘lib, u o‘qituvchining faol ishtiroki tufayli o‘quv jarayonida shakllanadi va mustahkamlanadi. Ushbu jarayonning asoslari bo‘lib odob-axloq va ekzistensial qadriyatlar xizmat qiladi. Shunday qilib, kichik maktab yoshidagi bolalarda qadriyatli munosabatlar shakllanishida quyidagilar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi: inson va butun insoniyat, tabiat va hayot, mehnat va ta’lim, Vatan va oila. Ushbu jihat bo‘yicha tarbiyaviy vazifalarni ochib berish boshlang‘ich umumiy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida qayd etilgan tayanch milliy qadriyatlarni shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, “o‘qituvchi – o‘quvchi”, “o‘quvchi – o‘quvchi”, “o‘qituvchi – ota-ona”, “ota-ona – bola” tizimlari doirasidagi qadriyatli o‘zaro munosabatlar “MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’IIM JARAYONIDA BOLALARNI EMOTSIONAL - INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” 384 asoslarini hisobga olish muhim rol o‘ynaydi. Bu bolaga sub’yektiv-erkin qadriyatli munosabatni, uni qo‘llab-quvvatlash va hamrohlik qilishni tarkib toptiradi va nafaqat aksiologik ongni shakllantirish metodikasi va texnologiyalarini qo‘llay oladigan, balki kichik maktab o‘quvchisi shaxsining sub’yektivligini rivojlantirishga yordam beradigan o‘qituvchi kompetentligining alohida darajasini talab qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh. Jismoniy va ma’naviy еtuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga еtishda tayanchimiz va suyanchimizdir // Xalq so‘zi. – 2017. – 1 iyul. 2. Rokeach M. The role of values in public opinion research // The Public Opinion Quarterly. Vol. 32. No. 4. – P. 547-559. 3. Xodjayev B. Pedagogik aksiologiya. – T., “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2012. – 165 b. 4.Raximova M. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasi.Avtoreferat diss.Namangan.: 2022. 7-b. 5. Мирқосимова M.M.Talabalarda analitik tafakkurni rivojlantitrish texnologiyasi. //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 4. – С. 478-481. “SOLATI MAS’UDIY” ASARINING TARJIMALARI ASOSIDA LINGVOMETODIK YONDASHUVLAR Eshmurotov Faxriddin Jamshid o‘g‘li fil.fan.bo‘icha fals. dokt.dotsent DOI Annotatsiya. O‘rta asrlarda yozilib, hozirgi kunga qadar o‘z qadrini yoqtmagan, islom huquqshunosligi yo‘nalishda sodda, chuqur tahlilga ega bo‘lgan “Solati Mas’udiy” asari asirlar davomida ko‘zga ko‘ringan manbalardan biri bo‘lib kelmoqda. Asarning dastlab fors tilida yozilib, keyinchalik turkiy tilga bir necha tarjimonlar tomonidan tarjima qilinishi va qayta qayta nashr qilinishi ham bu asarga bo‘lgan ehtiyojni qay darajada ekanligidan xabar beradi. Kalit so‘zlar: “Solati Mas’udiy”, Muhayyir, Rahimxo‘ja eshon, tarjima, fiqh, tarjimon, nashr. Аннотация. Написанный в Средние века и до сих пор не получивший должного признания, труд “Солати Масуди”, содержащий простой и глубокий анализ в области исламской юриспруденции, на протяжении веков оставался важным источником. Тот факт, что изначально труд был написан на персидском языке, а затем переведен на турецкий язык несколькими переводчиками и неоднократно переиздавался, свидетельствует о степени востребованности этого труда. Ключевые слова: “Солати Масуди”, Мухайир, Рахимходжа эшан, перевод, юриспруденция, мастерство перевода, публикация. Abstract. Written in the Middle Ages and not appreciated to this day, the work "Solati Mas'udi", which has a simple, in-depth analysis in the field of Islamic jurisprudence, has remained a prominent source throughout the ages. The fact that the work was originally written in Persian