ORGANIZATION OF MONITORING AND ASSESSMENT OF THE LEVEL OF KNOWLEDGE ABOUT THE FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL VALUES AMONG YOUNGER SCHOOLCHILDREN
Abstract
This article analyzes the pedagogical and psychological foundations of the process of determining, controlling and evaluating the level of formation of spiritual and moral values in primary school students. The modern forms and methods of assessment, criteria, the importance of Teacher–Student–Parent cooperation are highlighted. Also, the problems encountered in the assessment of spiritual and moral education and ways to eliminate them are proposed.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 656 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARDA MA’NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLARNI SHAKLLANGANLIGINING BILIM DARAJALARINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNI TASHKIL ETISH ОРГАНИЗАЦИЯ КОНТРОЛЯ И ОЦЕНКИ УРОВНЯ ЗНАНИЙ О ФОРМИРОВАНИИ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННЫХ ЦЕННОСТЕЙ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ ORGANIZATION OF MONITORING AND ASSESSMENT OF THE LEVEL OF KNOWLEDGE ABOUT THE FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL VALUES AMONG YOUNGER SCHOOLCHILDREN Usmanova Sabohat Erkinovna Termiz Pedagogika Instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Tel +99891 377 82 00 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning shakllanganlik darajasini aniqlash, nazorat qilish va baholash jarayonining pedagogik hamda psixologik asoslari tahlil etiladi. Baholashning zamonaviy shakl va metodlari, mezonlari, o‘qituvchi–o‘quvchi–ota-ona hamkorligining ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi. Аннотация. В данной статье анализируются педагогические и психологические основы процесса выявления, контроля и оценки уровня сформированности духовно-нравственных ценностей у младших школьников. Освещаются современные формы и методы оценки, критерии, значение сотрудничества педагог–ученик–родитель. Также предлагаются проблемы, возникающие при оценке духовно-нравственного воспитания, и пути их преодоления. Annotation. This article analyzes the pedagogical and psychological foundations of the process of determining, controlling and evaluating the level of formation of spiritual and moral values in primary school students. The modern forms and methods of assessment, criteria, the importance of Teacher– Student–Parent cooperation are highlighted. Also, the problems encountered in the assessment of spiritual and moral education and ways to eliminate them are proposed. Kalit so’zlar: ma’naviy-axloqiy tarbiya ,ma’naviy qadriyatlar axloqiy rivojlanish, boshlang‘ich ta’lim,o‘quvchi shaxsiyati,tarbiyaviy jarayon,kompetensiyalar,baholash mezonlari, nazorat qilish usullarш, diagnostika,bilim darajasi,ta’lim-tarbiya integratsiyasi,tarbiyaviy faoliyat,o‘qituvchi faoliyati. Ключевые слова: духовно-нравственное воспитание ,духовные ценности ,нравственное развитие, начальное образование, личность учащегося,образовательныйпроцесс,компетенции, критерии оценки, методы контроля работы,диагностики,уровень знаний,учебновоспитательная интеграция,образовательная деятельность, деятельность учителя. Keywords: spiritual and moral education, moral development of spiritual values,
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 657 primary education,student personality,educational process,competencies, evaluation criteria, control methods,diagnostics,level of knowledge,educational integration,educational activities, teacher activities. Kirish. Jamiyat taraqqiyoti va yosh avlodning ma’naviy barkamolligi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, bugungi globallashuv davrida bolalarda mustahkam ma’naviy-axloqiy pozitsiyani shakllantirish ta’lim tizimining muhim vazifasi hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarga insonparvarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat, hurmat, adolat, halollik kabi fazilatlarni singdirish ularning shaxs sifatida shakllanishida asosiy omil bo‘ladi. Ushbu fazilatlarning qancha darajada o‘zlashtirilgani va amaliy xulq-atvorda namoyon bo‘layotganini aniqlash esa samarali nazorat va baholash tizimini talab etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining yosh psixologiyasi, ijtimoiy faolligi, bilish faoliyatining rivojlanish xususiyatlari baholash jarayonida alohida yondashuvni taqozo qiladi. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni baholashning pedagogik mazmuni boshlang‘ich sinflarda ma’naviyaxloqiy tarbiyani nazorat qilish quyidagi maqsadlar asosida olib boriladi:O‘quvchining ma’naviy rivojlanish darajasini aniqlash.Axloqiy tushunchalarni bilish va amalda qo‘llash qobiliyatini o‘lchash.Tarbiyaviy ishlarning samaradorligini baholash va takomillashtirish.Ota-ona va o‘qituvchi hamkorligini yo‘lga qo‘yish. O‘quvchining xulq-atvori va ijtimoiy faolligidagi o‘zgarishlarni tizimli kuzatish.Baholash jarayoni shunchaki nazorat emas, balki tarbiyaviy ta’sirning muhim elementi sifatida o‘quvchining ong, his-tuyg‘u va xulqining uyg‘un rivojlanishiga xizmat qiladi.Ma’naviyaxloqiy rivojlanishni baholash mezonlari Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qadriyatlarni o‘zlashtirish quyidagi uch asosiy ko‘rsatkich orqali baholanadi: Kognitiv (bilim) ko‘rsatkichlar.Axloqiy tushunchalarni bilishi (odob, hurmat, halollik, do‘stlik, mas’uliyat).Yaxshi va yomon xulq turlarini ajrata olishi.Axloqiy vaziyatlarda to‘g‘ri xulqni tanlash haqidagi bilimlari.Emotsional-qadriyatli ko‘rsatkichlar.Ma’naviy fazilatlarga bo‘lgan shaxsiy munosabati.Yaxshi xatti-harakatlarga ichki qadriyat sifatida munosabat bildirish.Empatiya, mehr-shafqat, boshqalarga yordam berish istagi.Xulq-atvor (amaliy) ko‘rsatkichlar.Kunlik hayotda ma’naviy me’yorlarga amal qilishi.Jamoada o‘zini tutish madaniyati, hamkorlik ko‘nikmalari.Qoidalarga rioya qilish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish.Baholashning zamonaviy shakl va metodlari.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviyaxloqiy tarbiyani baholashda quyidagi metodlar eng samarali hisoblanadi:Pedagogik kuzatish O‘qituvchi bolaning xulqini darsda, tanaffusda, guruh ishlarida kuzatib boradi. Bu usul bolaning tabiiy holatda o‘zini tutishi haqida aniq tasavvur beradi.Suhbat va savol-javob: Boladan turli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishini so‘rash orqali uning fikrlashi, emosional munosabati va qadriyatlar tizimi aniqlanadi.Axloqiy vaziyatlarni modellashtirish “Sen bo‘lsang nima qilarding?”, “Do‘sting xato qilsa qanday yo‘l tutasan?” kabi savollar orqali o‘quvchining real hayotiy qarorlari baholanadi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili qismi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va ularni baholash masalasi so‘nggi yillarda pedagogika, psixologiya va ta’lim metodikasi sohasida keng o‘rganilayotgan mavzulardan biridir. Tadqiqotchilar fikricha, ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoni boshlang‘ich ta’lim davrida izchil, tizimli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etilgandagina kutilgan natijalarga erishish mumkin.Pedagog olimlar A. Avloniy, Abdulla Qori Niyoziy, H. Yo‘ldoshev, N. Azizxo‘jaeva asarlarida ma’naviy qadriyatlar o‘quvchi shaxsini shakllantirishda hal qiluvchi omil ekanligi ta’kidlanadi. Bu manbalarda axloqiy tarbiyaning mazmuni,
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 658 maqsadi va tamoyillari, shuningdek, yosh xususiyatlariga mos metodlarni qo‘llash zarurati yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar — kompetensiyaviy ta’lim, faoliyatga asoslangan yondashuv va integratsiyalashgan ta’lim — o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy tushunchalarni yanada mustahkam shakllantirish imkonini berishi qayd etiladi.Adabiyotlarda nazorat va baholash masalasi alohida o‘rin tutadi. G‘. Shoumarov, X. Abdukarimov, L. Vygotskiy, B. Bloom tadqiqotlarida o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashda turli baholash mezonlari, diagnostik usullar va monitoring tizimlaridan foydalanish samaradorligi yoritilgan. Xususan, B. Bloomning taxminiy tasnifiga ko‘ra, o‘quvchilarning bilim darajasi bosqichma-bosqich: bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez va baholash ko‘nikmalari asosida aniqlanadi.Milliy o‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholash mezonlari sifatida o‘quvchilarning xulq-atvori, fikrlashi, muloqot madaniyati hamda o‘ziga va boshqalarga nisbatan mas’uliyati ko‘rsatilgan. Adabiyotlarda qayd etilishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni aniqlashda kuzatish, suhbat, test, vaziyatli topshiriqlar va portfel tahlili eng samarali usullardan hisoblanadi.Umuman olganda, mavjud ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholash bir martalik jarayon emas, balki uzluksiz monitoring, tizimli kuzatuv va o‘quvchining shaxsiy rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda olib boriladigan pedagogik jarayondir. Adabiyotlar mualliflari baholashning shaffofligi, mezonlarning aniqligi va yoshga mosligi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil ekanini ta’kidlaydilar. Tadqiqot metodologiyasi qismi . Tadqiqot quyidagi nazariy manbalar va ilmiy qarashlarga asoslanadi: pedagogik diagnostika va baholash nazariyasi B. Bloom, L. Vygotskiy, D. Bruner va boshqalar, ma’naviy-axloqiy tarbiya konsepsiyalari A. Avloniy, H. Yo‘ldoshev, N.Azizxo‘jaeva, kompetensiyaviy va faoliyatga asoslangan yondashuvlar,boshlang‘ich ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi. Tadqiqot obyekti Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va baholash jarayoni. Tadqiqot predmeti:O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini aniqlash, baholash va nazorat qilish usullari, mezonlari hamda ularni tashkil etish mexanizmlari. Tadqiqot usullari:Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi ilmiy-uslubiy usullar qo‘llanildi: Nazariy tadqiqot usullari:mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish; pedagogik, psixologik va metodik manbalarni solishtirish;mavjud baholash mezonlarini o‘rganish va umumlashtirish. Empirik tadqiqot usullari:kuzatish — o‘quvchilarning xulq-atvori, muloqot madaniyati va faoliyatidagi axloqiy belgilarni aniqlash; suhbat — o‘quvchilar, ota-onalar hamda o‘qituvchilardan ma’naviy-axloqiy sifatlar haqidagi ma’lumotlarni olish;anketa va so‘rovnoma — o‘quvchilarning ma’naviy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o‘lchash;diagnostik testlar — axloqiy holatlarni baholashga doir topshiriqlar orqali bilim darajasini aniqlash;vaziyatli topshiriqlar — o‘quvchining axloqiy qaror qabul qilish qobiliyatini baholash;portfel tahlili (portfolio) — o‘quvchining o‘quv va tarbiyaviy faoliyatidagi yutuqlarini tizimli baholash. Statistik va tahliliy usullar: olingan natijalarni guruhlarga ajratish;foizlarda ifodalash va taqqoslash; diagnostika natijalarini umumlashtirish. Tadqiqotning amaliy ahamiyati
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 659 Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashda qo‘llaniladigan mezonlar va usullarni takomillashtirishga yordam beradi. Shuningdek, diagnostika jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning axloqiy rivojlanishini monitoring qilish imkonini beradi. Taxlil va natijalar qismi Tadqiqot davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida kuzatish, suhbat, anketa, diagnostik testlar va vaziyatli topshiriqlar asosida ma’lumotlar yig‘ildi. Olingan natijalar tahlili o‘quvchilar orasida ma’naviyaxloqiy tushunchalarning shakllanish darajasi bir xil emasligini, ayrim ko‘nikmalarda sezilarli tafovutlar mavjudligini ko‘rsatdi. Kuzatish natijalari Kuzatuv jarayonida o‘quvchilarning muloqot madaniyati, xulq-atvori va jamoaviy faoliyatdagi ishtiroki o‘rganildi. Tahlilga ko‘ra, o‘quvchilarning aksariyatida:bir-biriga hurmat bilan murojaat qilish,o‘qituvchi ko‘rsatmalariga amal qilish,jamoaviy ishlarda faol bo‘lish kabi axloqiy ko‘nikmalar shakllangan. Shu bilan birga ayrim o‘quvchilarda o‘zini boshqara olmaslik, vaziyatlarni baholashda shoshqaloqlik va mas’uliyatni yetarli darajada his qilmaslik holatlari kuzatildi. Suhbat va anketa natijalari Suhbat va anketalar o‘quvchilarning ma’naviy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini aniqlashga qaratildi. Tahlil natijalariga ko‘ra:o‘quvchilarning 70–75 foizi “halollik”, “mehr-shafqat”, “hurmat”, “vatanparvarlik” kabi tushunchalarning mazmunini to‘g‘ri izohlab bera oldi; 20–25 foiz o‘quvchilar tushunchalarni hayotiy misollar orqali izohlashda qiyinchiliklarga duch keldi; 5–7 foiz o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy kategoriya bo‘yicha noto‘g‘ri yoki yuzaki tasavvurlar mavjudligi aniqlandi. Diagnostik testlar va vaziyatli topshiriqlar tahlili O‘quvchilarga berilgan axloqiy vaziyatlar bo‘yicha qaror qabul qilish topshiriqlari ularning axloqiy fikrlash darajasini ko‘rsatdi. Tahlil natijalari quyidagicha bo‘ldi: 60 foiz o‘quvchi vaziyatga to‘g‘ri, axloqiy jihatdan maqbul qaror qabul qildi; 30 foiz o‘quvchi vaziyatni analiz qila oldi, ammo qarorida mustahkam axloqiy asos yetishmadi; 10 foiz o‘quvchi vaziyat mohiyatini tushunishda qiynaldi va noto‘g‘ri qaror tanladi. Portfel (portfolio) tahlili Portfel tahlili o‘quvchilarning o‘quv yutuqlari bilan birga ularning mas’uliyati, topshiriqlarni bajarish intizomi va ijodkorlikka bo‘lgan munosabatini aniqlashga imkon berdi. Olingan natijalarga ko‘ra: o‘quvchilarning 65 foizida topshiriqlarni o‘z vaqtida va mas’uliyat bilan bajarish ko‘nikmalari shakllangan; 25 foizida bu ko‘nikmalar o‘rta darajada; 10 foizida esa muntazam nazorat va qo‘shimcha rag‘bat zarurligi qayd etildi. Umumiy tahlil Olingan ma’lumotlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy bilimlari va ko‘nikmalarida quyidagi muhim jihatlar aniqlandi: ma’naviy-axloqiy tushunchalarni bilish darajasi nisbatan yuqori; tushunchalarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, to‘g‘ri qaror qabul qilishda o‘rtacha daraja kuzatildi;
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 660 mas’uliyat, muloqot madaniyati va jamoada ishlash ko‘nikmalari yetarli darajada shakllangan bo‘lsada, barcha o‘quvchilarda birdek emas. Natijalar Tadqiqot yakunida quyidagi natijalarga erishildi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosan boshlang‘ich darajada shakllangani aniqlandi. Axloqiy tushunchalarni bilish yaxshi bo‘lsada, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari ayrim o‘quvchilarda yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi. Baholashning kompleks usullarini qo‘llash (kuzatish, suhbat, test, portfel) o‘quvchilarning ma’naviy rivojlanishini to‘liq aniqlash imkonini berdi. O‘quvchilarda mas’uliyat, muloqot madaniyati va jamoaviy ishlarga munosabatni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha tarbiyaviy ishlar talab etilishi aniqlangan. 4. Xulosa va takliflar. Ushbu tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning shakllanganlik darajasini aniqlash, nazorat qilish va baholash jarayoni o‘rganildi. Olingan natijalar, mazkur jarayonning kompleks, tizimli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etilishi zarurligini ko‘rsatdi. Tahlillarga ko‘ra, o‘quvchilarning aksariyatida ma’naviy-axloqiy tushunchalarni bilish darajasi yetarli bo‘lsada, ularni real vaziyatlarda qo‘llash, axloqiy qaror qabul qilish va mas’uliyat bilan harakat qilish ko‘nikmalari to‘liq shakllanmagan. Bu esa baholash jarayonida nafaqat nazariybilimlarga, balki o‘quvchining amaliy faoliyatdagi axloqiy xatti-harakatlarini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, baholashning turli metodlari – kuzatish, suhbat, diagnostik testlar, vaziyatli topshiriqlar va portfel tahlili – o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy rivojlanish darajasini aniq va to‘liq yoritishga imkon beradi. Ushbu usullar birgalikda qo‘llanganda diagnostika jarayoni samaradorligi oshadi. Olingan natijalarga tayangan holda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni yanada rivojlantirish uchun quyidagilar muhim hisoblanadi: ta’lim-tarbiya jarayonida axloqiy vaziyatlar, rolli o‘yinlar va muammoli topshiriqlardan keng foydalanish; o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat va muloqot madaniyatiga o‘rgatuvchi metodlarni qo‘llash; o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatini nazorat va baholashning aniq mezonlari bilan boyitish; ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish va oilaviy tarbiya omillarini inobatga olish. Umuman olganda, tadqiqot ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholash jarayonini takomillashtirish, o‘quvchilarning axloqiy rivojlanishini muntazam monitoring qilish va boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda amaliy ahamiyatga ega. FOYDALINGAN ADABIETLAR RUYXATI: 1. Mirziyoev. Sh .Yangi Uzbekiston tarakkiyot strategiyasi»Uzbekiston»T., 2022, 39-b(434) 2. Boshlangich sinf ukuvchilarini manaviy axlokiy ekologik tarbiyalash metodi. S Usmonova - Interpretation and researches, 2023 3.METHODOLOGY OF SPIRITUAL, ETHICAL AND ECOLOGICAL EDUCATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS* US Erkinovna - Intent Research Scientific Journal, 2023
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 661 4.FORMATION OF EDUCATIONAL-ETHOLOGICAL AND MORAL VALUES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS S USMANOVA - World Bulletin of Social Sciences, 2024 5.Education of Primary Class Students in Spiritual and Moral Spirit Issues*S USMANOVA - Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical …, 2024 6.Specific characteristics of spiritual ethical and moral education of primary class students Authors Usmonova Sabokhat Publication date 2023/10 Journal World Bulletin of social sciences(wbss) IssueISSN(E)2749-361x Pages 23,24,25,26,27 Publisher Scholar Express Journals Berlin Germany October,2023