scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA DEMOKRATIYANING O'ZARO BOG'LIQLIGI

Ibadullayeva, Maftuna Ilhomboy qizi

Abstract

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari va demokratiya haqida so‘z yuritiladi. Ommaviy axborot vositalarining mamlakat demokratik holati, inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni haqida ham to‘xtalib o‘tiladi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 4 DOI: https://10.5281/zenodo.17663829 OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA DEMOKRATIYANING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI Ibadullayeva Maftuna Ilhomboy qizi OʻzMPU Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi(huquq ta’limi) 1-kurs magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari va demokratiya haqida so‘z yuritiladi. Ommaviy axborot vositalarining mamlakat demokratik holati, inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni haqida ham to‘xtalib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: Ommaviy axborot vositalari(OAV), demokratiya, konstitutsiya, axborotlashgan jamiyat, to‘rtinchi hokimiyat, jurnalistika. Bugungi jadallik bilan rivojlanib borayotgan axborot asrini ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy faoliyat va jarayonlarda ishtirok etish, aniq maqsad hamda yo‘nalishlarga ega bo‘lishni axborotsiz yoki ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. OAV orqali avvalo insonlar siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotda hamda dunyo hamjamiyati, davlatlararo munosabatlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘ladi. Uni idrok etadi. Munosabat bildiradi, qabul qilishi hamda siyosiy jarayonlarning ishtirokchisiga aylanishi yoki aksincha, xolisona turishi ham mumkin. Lekin, nima bo‘lganda ham bugungi hayotimizni OAVsiz tasavvur etolmaymiz. ‘‘Axborotlashgan jamiyat" to‘g‘risidagi qarashlarning negizi ham dunyoda axborot ko‘lamining ortib ketganligi bilan bog‘liq. Axborot mamlakatlar va dunyo xalqlarida bo‘layotgan voqea va hodisalar to‘g‘risida xabarni yetkazish bilan xarakterlanadi. Ommaviy axborot esa uning ko‘lamini va keng jamoatchilikka GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 5 yo‘naltirilganligini, qamrovini bildiradi. Dunyoda barcha mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari yetakchi o‘rin tutadi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida yetakchi rol o‘ynaganligi uchun ham ularga to‘rtinchi hokimyat tusini berish ommalashgan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinimg 81-moddasida: "Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardir. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi." deyiladi. Hozirgi kunda davlatimizda ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat qilayotgan ijodkorlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oliy Majlis tomonidan bir qator qonunlar qabul qilindiki, ular har bir ommaviy axborot vositasi va har bir jurnalist uchun dasturilamaldir, o‘ziga xos huquq va burch vositasidir. Biz yashayotgan davr-axborot asri ekanligi va O‘zbekistonning xalqaro miqyosda o‘zining munosib o‘rni borligini inobatga olinib, yurtimizda malakali jurnalistlarni yetishtirib chiqarish, jahon tajribasini o‘rgangan holda xalqaro maydonda o‘z so‘zini ayta oladigan muxbir kadrlarni tayyorlash maqsadida, “Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universiteti”ning tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega. Barchamizga ma’lumki, ommaviy axborot vositalari insonlarni mamlakat ijtimoiy siyosiy hayoti bilan uzviy bog‘laydi hamda ularning bu jarayonlarga ishtirok etishiga turtki beradi. Axborotning “xolis”, “ishonchli” va “aniq” bo‘lishi muhim. Noxolis dalillar yoki yolg‘on axborotlar inson hayotiga, shuningdek, uning ko‘lami, axborot qamrovi darajasiga qarab xalqlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ommaviy axborot vositalarini haqiqiy “to‘rtinchi hokimyat”ga aylantirish jarayoni hamma joyda ham ancha murakkab kechayotganligi kuzatilmoqda. Xususan, axborot tahlilida eskicha fikr yuritish o‘z ta’sirini saqlab turibdi. Eski sarqitlardan judo bo‘lish esa dunyoqarash, psixologiya, turli davrlar o‘rtasidagi ko‘zga ko‘rinmaydigan kurashlar bilan birga bormoqda. Insonlar ega bo‘layotgan axborotning xarakteri va tarqatish usullari tashviqot ko‘rinishlariga ham ta’sir etadi va uni belgilab beradi. Axborotning kundalik bo‘layotgan voqea va hodisalar bilan mos kelishi siyosiy munosabatlarda shaxs faolligini oshiradi. Fuqarolarning mustaqilligini, erkin fikrini GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 6 yanada mustahkamlaydi. Hozirgi zamonda axborot tarqatish texnikalari qisqa muddatda keng auditoriyani qamrab olish imkoniyatiga ega. U ko‘proq chegara bilmaydigan omilga aylanib qoldi. Bugun insonlar dunyo axboroti maydoni bilan birga yashayapti. Siyosat, siyosiy jarayonlar va munosabatlarning axborot bilan bog‘liqligi esa oshib bormoqda. Bu uni xisobga olishni taqozo etadi . Bu vaziyatda milliy demokratik qadriyatlardan chetlashishga olib kelishi mumkinligini hech kim inkor etolmaydi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, ommaviy axborot vositalari "to‘rtinchi hokimyat" sifatida insonlar ongi, qalbi , dunyoqarashiga, xohishirodasiga ta’sir etishning muhim omilidir. U mamlakatlar, xalqlar hayotida mavjud siyosiy jarayonlarning shakllanishi va qaror topishida, kishilar irodasini yo‘naltirishga o‘ziga xos hokimyatga, ta’sir ko‘rsatish quvvatiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. OAV insonlarning hokimyatga nisbatan munosabatini shakllantiradi, ularni siyosiy jarayonlarni amalga oshirishning muhim sub’yektiga aylanishiga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. 15. Отамуратов, С. С. (2000). 2.Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ). 3. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiinson qadrini ulug‘lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati-TDTU konferensiyasi