scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARI

Ibadullayeva, Maftuna Ilhomboy qizi

Abstract

Maqolada fuqarolik-huquqiy munosabatlar, foqarolik-huquqiy munosabatlar xususiyatlari va fuqarolik-huquqiy munosabatlar turlari ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy munosabatlar, huquqiy munosabatlar va fuqarolik-huquqiy munosabatlariga ta’riflar berilgan.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 7 DOI: https://10.5281/zenodo.17663873 FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARI Ibadullayeva Maftuna Ilhomboy qizi OʻzMPU Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi(huquq ta’limi) 1-kurs magistranti ANNOTATSIYA Maqolada fuqarolik-huquqiy munosabatlar, foqarolik-huquqiy munosabatlar xususiyatlari va fuqarolik-huquqiy munosabatlar turlari ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy munosabatlar, huquqiy munosabatlar va fuqarolik-huquqiy munosabatlariga ta’riflar berilgan. Kalit so‘zlar: fuqarolik-huquqiy munosabatlar, mulkiy munosabatlar, fuqarolikhuquqiy munosabatlar turlari, mutloq va nisbiy huquqiy munosabat, yuridik fakt. Ma’lumki, fuqarolik-huquqiy munosabatlar deganda fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shuning uchun fuqarolikhuquqiy munosabatlarning xususiyatlari fuqarolik huquqi normalarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi: ular ixtiyoriy va ishtirokchilarning shaxsiy manfaatlariga asoslanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlari mazmunan ham, vujudga kelish asosida ham nihoyatda xilma-xildir. Fuqarolik huquqining predmeti turli fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, ular o‘z navbatida turli normativ hujjatlarda o‘z ifodasini topgan.Ijtimoiy munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish mexanizmining markaziy jihati fuqarolik-huquqiy munosabatlar tushunchasi hisoblanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar jamoat munosabatlarining turli sohalarida fuqarolik huquqi bilan tartibga solinishi natijasida huquqiy shaklga ega GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 8 bo‘ladi. Ildizni tushunish uchun "Fuqarolik-huquqiy munosabatlar" atamasini aniqlash kerak. Fuqarolik-huquqiy munosabatlari, avvalambor, fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir . Fuqarolik-huquqiy munosabatlar uchta mustaqil elementdan yani huquqiy munosabat subyektlari, mazmuni va obyektlaridan iboratdir. Fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlari bo‘lib, ushbu huquqiy munosabatda qatnashuvchi fuqarolar (FK 2-kichik bo‘lim 3-bob 16-38-moddalar) va yuridik shaxs (FK 2-kichik bo‘lim 4-bob 39-78moddalar) hisoblanadi. Davlat (FK 2-kichik bo‘lim 5-bob 79-80-moddalar) ham fuqarolik-huquqiy munosabat subyekti bo‘lishi mumkin. Fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmunini shu munosabatda qatnashuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va burchlari tashkil etadi. Fuqarоlik-huquqiy munоsabatning ob’yekti (FK 3-kichik bo‘lim) deb, fuqarоlik-huquqiy munоsabatda qatnashuvchi shaхslarning harakatlari qaratilgan hamda sub’yektiv huquqlari va majburiyatlari belgilangan mоddiy (FK 3-kichik bo‘lim 7bob 83-96-moddalar) va nоmоddiy (FK 3-kichik bo‘lim 8-bob 97-100-moddalar) ne’matlarga aytiladi. Fuqarolik huquqining predmetiga kiruvchi ijtimoiy munosabatlar taraflarning huquqiy tengligi usuli bilan tartibga solinadi. Shu sababli ham, asosan, fuqarolikhuquqiy munosabatlar ularda ishtirok etuvchi subyektlarning irodasini ifodalashi natijasida vujudga keladi. Fuqarolik huquqi uchun bunday munosabatlarning paydo bo‘lishining odatiy holi tomonlar o‘rtasida bitim tuzish hisoblanadi. Albatta, bu holatda bu fuqarolik-huquqiy munosabatlarning tabiatida namoyon bo‘ladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarining muhim belgisi taraflarning tengligi, bir-birining huquqiy mustaqilligi hisoblanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar jismoniy, yuridik shaxslar hamda davlat va boshqa jamoat birlashmalari o‘rtasidagi narsalar, ishlar, xizmatlar, ma’lumotlar, intellektual faoliyat natijalari yoki nomoddiy ne’matlarga nisbatan fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlatning ishtirok etishi ikki shaklda amalga oshirilishi soha tadqiqotchilari va olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Davlat turli mulkiy va majburiy GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 9 huquqiy munosabatlarda bevosita o‘zi va uning tomonidan tashkil etilgan yuriik shaxslar orqali ishtirok etadi. Bunda davalat nomidan fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirok etuvchi mazkur sub’ektlar ushbu munosabatlar ishtirokchilari bo‘lgan boshqa sub’ektlar bilan teng mavqeyda bo‘ladi va ular orasida munosabatlar tenglikka asoslanadi. Davlat nomidan fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi uning vakolatli organ-muassasalari yoki yuridik shaxslari mazkur munosabatlarda ishtirok etayotgan uchinchi shaxslarga nisbatan o‘zining "hokimiyat" pozisiyasiga tayangan holda ularga nisbatan ustun mavqega ega bo‘la olmaydi. Umuman olganda, davlat ishtirok etadigan mulkiy munosabatlarda davlat ushbu munosabatlar "shartli kreditori" maqomida ishtirok etishi holatlari kuzatiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar bir necha turga bo‘linadi: 1. Mulkiy хarakterdagi va mulkiy хarakterda bo‘lmagan shaхsiy huquqiy munоsabatlar. Mulkiy хarakterdagi munosabatlar birorbir mulkni sotish, ijaraga qo‘yish va shular kabi mulk bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar. Mulkiy хarakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar esa shaxsning o‘zi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va birovga o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy huquqlar tushiniladi. 2. Mutlaq va nisbiy huquqiy munоsabatlar. Mutlaq huquqiy munоsabatlarda sub’yektiv huquq egalari o‘z huquqlarining buzilmasligini talab qila оladilar va bu huquqlari qonunlar bilan qo‘riqlanadi. Bu huquqlarga masalan mulk, mualliflik huquqlari, shaхsiy huquq kabilar kiradi. Nisbiy huquqiy munоsabatda faqat bir shaхsgina huquq yoki majburiyat оladi. Nisbiy huquqlarga asоslangan talablarning amalga оshirilishi, majburiyatlarning bajarilishi, qarzga оlingan pulning to‘lanishi bo‘yicha o‘z zimmasiga shartnоma asоsida majburiyat оlgan shaхsdangina talab qilish mumkin bo‘ladi. 3. Mulkiy huquqiy va majburiyat huquqiy munоsabatlar. Mulkiy huquqiy munоsabatlar yuqorida takidlab o‘tilganidek mulkni egallash, undan fоydalanish va uni tasarruf etishga qaratiladi. Majburiyat-huquqiy munоsabatlari mulkiy huquqiy munоsabatlar bilan bоg‘liq. Lekin bazi huquqiy munosabatlar bоg‘liq bo‘lmasligi GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 10 mumkin. Muayyan bir ishlarni bajarish, хizmat ko‘rsatilishi yoki etkazilgan zararni to‘latilishiga qaratilishi bilan bоg‘liq munоsabatlar. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar har xil turdagi yuridik faktlar mavjud bo‘lganda vujudga keladi. Huquqiy munоsabatlarni belgilash, o‘zgartirish va bekоr qilishga qaratilgan hоlatlar yuridik fakt deb atalgan. Shunday qilib, fuqarolik-huquqiy munosabatlar - bu mulkiy munosabatlarga ham, nomulkiy munosabatlarga ham ta’sir qiluvchi bir qator xususiyatlar mavjud bo‘lgan, ularda majburiy irodani ifodalovchi turli xil sub’ektlar mavjud bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, degan xulosaga kelishimiz mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Суханов Е.А. / Российское гражданское право: Учебник: В 2 т. Т. I: Общая часть. Вещное право. Наследственное право. Интеллектуальные права. Личные неимущественные права - 2-е изд., стереотип. - М.: Статут, 2011 -958 с. - 110с. 2 Рахмонкулов д. Фукаролик хукукининг субъектлари, укув кулланма - Т.: Узбекистан, 2008. 170 бет 3 Бурханова Л. М., Эгамбердиев Э. Х. СЕМЕЙНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН КАК СПОСОБ РАЗРЕШЕНИЯ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ В УСЛОВИЯХ РЫНОЧНОЙ ЭКОНОМИКИ //Материалы VII Международной научнопрактической конференции «Актуальные проблемы социально-трудовых отношений», посвященной 60-летию основания Института социальноэкономических исследований ДФИЦ РАН. - 2019. - С. 121-123.