scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHARQ VA G'ARB MUTAFAKKIRLARINING MAKTABGACHA PEDAGOGIKAGA QO'SHGAN HISSALARI

Axrorova Dilbar

Abstract

Ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Kaykovus kabi Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi g‘oyalari hamda Komenskiy, Russo, Frebel, Montessori, Piaje kabi G‘arb pedagoglarining nazariyalari qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada ikki yo‘nalishning umumiy va farqli jihatlari, ularning zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimidagi ahamiyati, integratsion yondashuvning samaradorligi yoritilgan. Natijada maktabgacha ta’lim konsepsiyasini takomillashtirishda Sharqning ma’naviy merosi va G‘arbning ilmiy-metodik yondashuvlari uyg‘unligining dolzarbligi asoslab berilgan.

Full text

612 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING MAKTABGACHA PEDAGOGIKAGA QO‘SHGAN HISSALARI Axrorova Dilbar Qorako'l pedagogika texnikumi Maxsus fan o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17664919 Annotatsiya. Ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Kaykovus kabi Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi g‘oyalari hamda Komenskiy, Russo, Frebel, Montessori, Piaje kabi G‘arb pedagoglarining nazariyalari qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada ikki yo‘nalishning umumiy va farqli jihatlari, ularning zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimidagi ahamiyati, integratsion yondashuvning samaradorligi yoritilgan. Natijada maktabgacha ta’lim konsepsiyasini takomillashtirishda Sharqning ma’naviy merosi va G‘arbning ilmiy-metodik yondashuvlari uyg‘unligining dolzarbligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Sharq pedagogikasi, G‘arb pedagogikasi, maktabgacha ta’lim, Forobiy, Ibn Sino, Komenskiy, Montessori metodikasi, o‘yin texnologiyalari, kognitiv rivojlanish, tarbiya, pedagogik meros, bola psixologiyasi. Maktabgacha ta’lim inson kamolotining eng nozik va mas’uliyatli bosqichi bo‘lib, bu davrda bolaning shaxs sifatida shakllanishi, aqliy va ma’naviy rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Sharq va G‘arb uyg‘onish davri mutafakkirlari asrlar davomida bolalar tarbiyasiga oid qimmatli g‘oyalarni ilgari surib, bugungi zamonaviy maktabgacha pedagogikaning nazariy asoslarini shakllantirganlar. Ularning pedagogik qarashlari bolaga muhabbat, shaxsga hurmat, rivojlanish bosqichlarini inobatga olish, tarbiyaning uzluksiz va kompleks bo‘lishi kabi tamoyillarga asoslangan holda takomillashib bormoqda. Sharq mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Kaykovus, Sa’diy Sherozi va boshqalar – o‘z asarlarida tarbiya jarayonini insonparvarlik tamoyillariga asoslaganlar. Ayniqsa, Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida bola tarbiyasini jamiyat taraqqiyotining bosh omili sifatida talqin qilinadi. U yosh avlodni aqliy, axloqiy va jismoniy rivojlantirish bir butun jarayon ekanini ta’kidlab, tarbiyaning ilk bosqichdan boshlab izchil olib borilishi lozimligini qayd etadi. Ibn Sino esa “Tib qonunlari” va “Donishnoma” asarlarida bolalarning jismoniy sog‘lig‘i, psixik rivoji, gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirishga oid fikrlar bildirib, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muhitning tozaligi, o‘yin orqali ta’lim berishning samaradorligini ko‘rsatib o‘tadi. Sharq pedagogikasida, xususan, Kaykovusning “Qobusnoma” asarida esa bola tarbiyasida yumshoqlik, izchillik, mehr-muhabbat va odob-axloq me’yorlariga amal qilish muhimligi uqtiriladi. G‘arb mutafakkirlari — Y.A. Komenskiy, Jan-Jak Russo, Iogann Gert, Fridrix Frebel, Mariya Montessori, Jan Piaje kabi pedagog va psixologlar maktabgacha ta’limning mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida bola faoliyatida tabiatga moslik, o‘yin orqali o‘qitish, ko‘rgazmalilik tamoyillari asoslangan bo‘lib, bugungi zamonaviy maktabgacha ta’lim standartlarining negizini tashkil etadi. Russo esa “Emil yoki tarbiya haqida” asarida bolani erkin, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida ko‘rish, uni tabiat bilan uyg‘un holda tarbiyalash, ortiqcha zo‘ravonlik va tazyiqni rad etish g‘oyalarini ilgari surgan. Montessori tizimi maktabgacha ta’lim sohasida butunlay yangi bosqichni boshlab berdi. 613 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Uning “Montessori muhiti”, “o‘z-o‘zini boshqarish”, “kuzatish va mustaqillik” tamoyillari bugungi kundagi ko‘plab davlatlarda maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy pedagogik modeli sifatida qo‘llanilmoqda. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasi esa maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkur bosqichma-bosqich rivojlanishini ilmiy asoslab, o‘qituvchi va tarbiyachilarga har bir yosh davri uchun mos metodlarni tanlashga imkon yaratdi. Sharq va G‘arb pedagogik qarashlarini umumiy jihatlari shundan iboratki, ular bolani alohida shaxs sifatida ko‘rish, tarbiyada mehr-muhabbat, adolat, insonparvarlik, ijodkorlikni rag‘batlantirish, o‘yin faoliyatini ta’limning asosiy shakli sifatida e’tirof etish, ta’lim-tarbiya jarayonini bola rivojlanishiga moslashtirish g‘oyalarida mushtarakdir. Xususan, Frebelning “bolalar bog‘chasi” konsepsiyasi bilan Sharq mutafakkirlarining “ilmning boshlanishi bolalikdan” degan fikrlari bir-birini to‘ldiradi. Montessori tizimidagi mustaqillik g‘oyasi bilan Navoiy ta’limni “botiniy uyg‘onish” jarayoni sifatida talqin qilishi o‘rtasida ham ma’naviy yaqinlik mavjud. Piaje nazariyasidagi yosh davrlar bo‘yicha bosqichli rivojlanish tamoyillari Ibn Sinoning bolaning psixofiziologik xususiyatlari haqidagi qarashlari bilan uyg‘unlashadi. Demak, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining qarashlari bir-birini inkor etmay, balki umumiy maqsad – barkamol insonni shakllantirish g‘oyasi atrofida birlashadi. Zamonaviy maktabgacha ta’limda ana shu tarixiy tajribalar uyg‘unlashib, yangi pedagogik yondashuvlar shakllanmoqda. Bugungi O‘zbekiston maktabgacha ta’lim konsepsiyasida ham Sharqning ma’naviy-ma’rifiy merosi va G‘arbning ilmiy-pedagogik yondashuvlari integratsiyasi asosida qo‘shma model yaratilmoqda. Jumladan, davlat o‘quv dasturlarida Montessori elementlari, o‘yin texnologiyalari, rivojlanish psixologiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, axloqiy qadriyatlarni singdirish, milliy-ma’naviy merosni o‘rgatish kabi yo‘nalishlar uyg‘unlashgan holatda qo‘llanilmoqda. Bu esa Sharq donishmandligi va G‘arb innovatsion pedagogikasining samarali sintenzi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha pedagogikaning shakllanishi ming yillik tajribalar, fanning turli bosqichlari va mutafakkirlarning ilmiy merosiga tayanadi. Sharq va G‘arb olimlarining bola tarbiyasi haqidagi qarashlari nihoyatda boy, rang-barang va chuqur ma’naviypsixologik mohiyatga ega bo‘lib, bugungi zamonaviy ta’lim tizimi uchun ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bu g‘oyalar o‘z navbatida har bir tarbiyachi-pedagogning amaliy faoliyatida bolaga mehr, shaxsga hurmat, mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish qonuniyatlariga tayanish kabi tamoyillarni kuchaytiradi. Shu bois Sharqning ma’naviy merosi va G‘arbning ilmiypedagogik tajribasi uyg‘unligida qurilgan maktabgacha ta’lim nazariyasi hozirgi kunda barkamol avlodni tarbiyalashning eng samarali yo‘lidir. Maktabgacha ta’limga oid Sharq va G‘arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlari ko‘plab ilmiy manbalarda keng yoritilgan. Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari (Forobiy, 1993) bolani barkamol inson sifatida tarbiyalash, jamiyat taraqqiyotini yosh avlod ma’naviyatiga bog‘lash g‘oyalarini ilgari suradi. Ibn Sinoning “Donishnoma” va “Tib qonunlari” asarlari (Ibn Sino, 2000) esa bolalarning psixologik rivojlanishi, jismoniy sog‘lomlashtirish, gigiyenik tarbiya va o‘yin faoliyatining ahamiyatini ilmiy asoslab bergan. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” hamda “Xamsa” asarlarida (Navoiy, 1999) insonparvar tarbiya, odob-axloq, mehr-muruvvat, o‘zini anglash va shaxsiy komillik konsepsiyasi ustuvor o‘rin egallaydi. Kaykovusning “Qobusnoma”si (Kaykovus, 1985) bolani yumshoqlik, sabr va izchillik bilan tarbiyalash zarurligini uqtiradi. G‘arb pedagogikasida Y.A. Komenskiyning “Didactica Magna” (Komenskiy, 1657) asari maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda ko‘rgazmalilik, tabiatga moslik va izchillik tamoyillarining nazariy asosini yaratgan. 614 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Jan-Jak Russоning “Émile ou de l’éducation” asari (Rousseau, 1762) bola erkinligi, tabiiy rivojlanish, majburlashga qarshi bo‘lish kabi ilg‘or g‘oyalarni ilgari suradi. Fridrix Frebelning “Kindergarten” tamoyili (Froebel, 1840) o‘yin faoliyatini ta’limning asosiy vositasi sifatida e’tirof etib, maktabgacha ta’limning institut sifatida shakllanishiga sabab bo‘lgan. Mariya Montessorining “Il Metodo Montessori” (Montessori, 1912) asari esa mustaqil faoliyat, muhit orqali ta’lim, sezgi rivoji, shaxsning tabiiy imkoniyatlarini ochish g‘oyalarini ilgari surgan. Jan Piaje (Piaget, 1952) va Lev Vygotskiy (Vygotsky, 1978)ning kognitiv va sosiokultural rivojlanish nazariyalari esa bolalarning yosh davrlari psixologiyasi va ta’lim jarayoniga bo‘lgan ta’sir mexanizmlarini chuqur ilmiy asoslab berdi. Mahalliy olimlar — Q. To‘xliyev, N. Sayfullayeva, M. Usmonova, Z. Nishonova, S. Rajabovlar maktabgacha ta’lim bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida Sharq pedagogik merosi bilan G‘arb metodik ishlanmalarining integratsiyasi O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun muhim omil ekanini ta’kidlashgan. Sharq mutafakkirlari maktabgacha ta’limning ma’naviy-axloqiy asoslarini yaratgan bo‘lsa, G‘arb olimlari ilmiy-nazariy va metodik asoslarini shakllantirgan. Har ikki yo‘nalishning mushtarak jihatlari zamonaviy pedagogika taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim hisoblanadi. Sharq pedagogik tafakkurida bola shaxsining eng muhim fazilati — uning ma’naviy pokligi, axloqiy kamoloti va insoniy fazilatlaridir. Abu Nasr Forobiy bolani ilmga rag‘batlantirish, unga dunyoqarashning to‘g‘ri shakllanishi uchun qulay muhit yaratish tarbiya jarayonining bosh sharti ekanini ta’kidlaydi. Ibn Sino bolalar gigiyenasi, jismoniy harakatlar, o‘yin faoliyati va psixofiziologik holatning rivojlanishdagi ahamiyatini yoritadi. Kaykovus va Sa’diy bolani muloyimlik bilan tarbiyalash, unga kattalarning shaxsiy namunasi orqali ta’sir etish, halollik, odob, hurmat kabi fazilatlarni singdirishning ustuvorligini e’tirof etadi. Sharq mutafakkirlari boladagi tabiiy qobiliyatlar tug‘ma bo‘lsa-da, ularni rivojlantirish tarbiya orqali amalga oshishini ta’kidlab, tarbiyachi shaxsning o‘rnini birinchi darajaga qo‘yadi. G‘arb mutafakkirlari esa maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishini ilmiy asosda o‘rganib, ta’limning metodik asoslarini yaratdi. Komenskiy o‘yin, ko‘rgazmalilik, ketma-ketlik tamoyillariga tayanib, bolalar uchun maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqqan. Russo bola tabiatiga mos pedagogik yondashuvni ishlab chiqib, majburlashni rad etgan. Frebel esa birinchi bo‘lib “bolalar bog‘chasi”ni pedagogik muassasa sifatida tashkil etib, o‘yinchoqlarni tarbiyaviy vosita sifatida ishlab chiqqan. Montessori bolaga erkin tanlash, mustaqillik, o‘z-o‘zini boshqarish, muhit bilan o‘zaro ta’sir orqali o‘rganish imkoniyatini berib, zamonaviy maktabgacha ta’limda inqilob yasadi. Piaje bolalarning bilish faoliyatini bosqichlar asosida o‘rgangan bo‘lsa, Vygotskiy ijtimoiy muhit ta’limning asosiy omili ekanini isbotlagan. Sharq va G‘arb qarashlarining umumiy jihatlari shundan iboratki, ular bolani shaxs sifatida tan oladi, tarbiyada mehr-muhabbat va shaxsga e’tibor ustuvor hisoblanadi. Bola rivojlanishining izchilligi, bosqichma-bosqichligi, o‘yin faoliyatining ahamiyati, tarbiyachi shaxsining o‘rni barcha mutafakkirlar tomonidan tasdiqlangan. Farqi shundaki, Sharq mutafakkirlari ko‘proq ma’naviy-axloqiy yondashuvni ilgari surgan bo‘lsa, G‘arb olimlari ilmiynazariy asoslar yaratib, metodik vositalarni ishlab chiqqan. Zamonaviy O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimi aynan mana shu ikki yo‘nalishning uyg‘unlashuvi natijasida takomillashmoqda. Davlat o‘quv dasturlarida Montessori elementlari, o‘yin texnologiyalari, rivojlanish psixologiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim kabi g‘arb metodikalaridan foydalanilmoqda. 615 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Shu bilan birga, Alisher Navoiy, Forobiy va Ibn Sino merosidagi odob-axloq, ma’naviyat, sharqona qadriyatlar maktabgacha ta’limning mazmunini boyitmoqda. Bu integrativ yondashuv bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashning eng samarali yo‘li sifatida e’tirof etilmoqda. XULOSA Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha pedagogikaga qo‘shgan hissasi inson tarbiyasi, bola rivoji va ta’lim jarayoniga oid bebaho g‘oyalar majmuidan iboratdir. Sharq donishmandlari ma’naviy poklik, odob-axloq, shaxs tarbiyasining ruhiyat bilan uyg‘unligini asoslab bergan bo‘lsa, G‘arb olimlari maktabgacha yoshdagi bolalarning fiziologik va psixologik rivojlanishini ilmiy asosda o‘rgangan, o‘yin, mustaqillik, rivojlanishga yo‘naltirilgan ta’limning metodik asoslarini yaratgan. Bugungi maktabgacha ta’lim tizimi aynan shu ikki pedagogik maktabning integratsiyasiga tayanib, yangi ta’lim modelini shakllantirmoqda. Bu esa yosh avlodni har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlovchi, ma’naviy barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 1993. — 256 b. 2. Ibn Sino. Donishnoma. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000. — 312 b. 3. Ibn Sino. Tib qonunlari. — Toshkent: Adolat, 1998. — 458 b. 4. Kaykovus. Qobusnoma. — Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1985. — 304 b. 5. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. — Toshkent: Fan, 1999. — 198 b. 6. Sa’diy Sheroziy. Guliston. — Toshkent: Yozuvchi, 1982. — 192 b. 7. Komenskiy, Y.A. Buyuk didaktika (Didactica Magna). — Moskva: Pedagogika, 1982. — 384 s. 8. Russo, J.-J. Emil yoki tarbiya haqida (Émile ou de l’éducation). — Moskva: Pedagogika, 1981. — 456 s. 9. Frebel, F. Inson tarbiyasi (Erziehung des Menschen). — Moskva: Uchpedgiz, 1956. — 280 s. 10. Montessori, M. Montessori metodi (Il Metodo Montessori). — Toshkent: O‘qituvchi, 2017. — 224 b. 11. Piaget, J. Bolalar tafakkurining rivojlanishi (The Origins of Intelligence in Children). — Nyu-York: International University Press, 1952. — 430 p.