SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA YER RESURSLARINI MONITORING QILISHNING INNOVATSION YECHIMLARI
Full text
42 SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA YER RESURSLARINI MONITORING QILISHNING INNOVATSION YECHIMLARI Usmonov Jasur Ziyodillayevich Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i, q.x.f.f.d (PhD) [0009-0001-5399-709X] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17665012 Annotasiya. Maqolada sunʼiy intellekt, masofadan zondlash va geoaxborot tizimlari asosida yer resurslarini monitoring qilishning innovatsion yondashuvlari yoritilgan. Anʼanaviy monitoring usullari uzoq vaqt va koʻp mehnat talab qilishi hamda aniqlik darajasi past boʻlgani uchun zamonaviy intellektual texnologiyalarni joriy etish zarurligi asoslangan. Kalit soʻzlar: sunʼiy intellekt, yer monitoringi, masofadan zondlash, degradatsiya, qishloq xoʻjalik yerlari, geoanalitika, sputnik maʼlumotlari. Аннотация. В статье освещает инновационные подходы к мониторингу земельных ресурсов на основе искусственного интеллекта, дистанционного зондирования и геоинформационных систем. Поскольку традиционные методы мониторинга требуют много времени и труда, а также имеют низкий уровень точности, обоснована необходимость внедрения современных интеллектуальных технологий. Ключевые слова: Искусственный интеллект, мониторинг земель, дистанционное зондирование, деградация, сельскохозяйственные земли, геоаналитика, спутниковые данные. Abstract. The article highlights innovative approaches to monitoring land resources based on artificial intelligence, remote sensing, and geographic information systems. Since traditional monitoring methods require a lot of time and labor and have a low level of accuracy, the necessity of implementing modern intelligent technologies is justified. Key words: artificial intelligence, Earth monitoring, remote sensing, degradation, agricultural land, geoanalysis, sputnik data. Kirish. Zamonaviy yer resurslarini boshqarish tizimida monitoring - bu yer holatidagi oʻzgarishlarni uzluksiz kuzatish, tahlil qilish va bashoratlash jarayonidir. Aholi sonining oʻsishi, suv tanqisligi, sugʻorish tizimlarining samarasizligi, yerlarning meliorativ holati yomonlashayotganligi hamda iqlim oʻzgarishi yerlarni oborotdan chiqib ketishiga sabab boʻlmoqda. Shu bois, anʼanaviy monitoring usullari oʻrniga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion yondashuvlar joriy etish zaruriyati tugʻilmoqda. Yer monitoringida sunʼiy intellektning oʻrni shundan iboratki, sunʼiy intellekt bu intellektual tizimlarning maʼlumotlarni tahlil qilish, oʻrganish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatidir. 1-jadval Yer monitoringini yuritishda sunʼiy intellekt tizimlarining vazifalari.
43 № Yoʻnalish Sunʼiy intellekt texnologiyasi Amaliy samara 1 Yer qoplamasini tahlil qilish Computer Vision, CNN Sputnik suratlaridan degradatsiya, oʻsimlik holati aniqlanadi. 2 Yer unumdorligini prognoz qilish Regression & Time Series Models Yer unumdorligi tendensiyalari bashorat qilinadi 3 Suv balansi va namlik tahlili Remote sensing + AI sensors Namlik yetishmovchiligi avtomatik aniqlanadi 4 Yer holati indeksi NDVI, NBR, LST + ML algoritmlar Yerning ekologik holati baholanadi 5 Geoanalitik hisobotlar NLP, Data Visualization Avtomatik hisobot va tavsiyalar shakllantiriladi. Sunʼiy intellekt yordamida aniqlash va monitoring qilishda Geoaxborot tizimi (GIS) markaziy oʻrinni egallaydi. GIS - bu keng maʼlumotlar majmuasini geografik koordinatalar bilan bogʻlangan holda yigʻish, saqlash, tahlil qilish va vizuallashtirish imkonini beradigan ilmiy-amaliy platforma boʻlib, bu sunʼiy intellekt bilan birgalikda yer monitoringini raqamli transformatsiya qiladigan asosiy ilmiy-infratuzilma. Uning yordamidayerlarning holati va foydalanish darajasi haqiqiy vaqtda koʻrinadi, qaror qabul qilish jarayoni avtomatlashadi, degradatsiyaga uchragan va oborotdan chiqqan yerlarni qayta tiklash boʻyicha interaktiv dasturlar ishlab chiqish imkoni yaratiladi. Biz sunʼiy intellekt, masofadan zondlash va geoaxborot tizimi (GIS)dan foydalangan holda qishloq xoʻjalik oborotidan chiqqan yer maydonlarini avtomat aniqlash tizimini keltirib oʻtamiz. Bu yerda: Qishloq xoʻjalik oborotidan chiqqan yerlar - bu sugʻoriladigan yer toifasida boʻlib, bir necha yillar davomida suv taʼminotining yetishmasligi, sugʻorish inshootlarnining yaroqsiz holatga kelib qolganligi, meliorativ holati yomonlashganligi va boshqa sabablarga koʻra qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishidan chiqib ketgan yerlardir. Avtomat aniqlash tizimiesa yerlarni inson aralashuvisiz, masofadan turib zondlash va sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari orqali aniqlab beradi. 2-jadval Oborotdan chiqqan yer maydonlarini avtomat aniqlash tizimida asosiy texnologiyalar Texnologiya Ahamiyati Ishlash vositasi Masofadan zondlash (RS) Yer qoplamining holatini aniqlash Sentinel, Landsat, MODIS Sunʼiy intellekt (AI) Yerdan foydalanish turini avtomat tanish CNN, Random Forest, LSTM Geoaxborot tizimi (GIS) Xarita va statistik tahlil ArcGIS, QGIS
44 Sunʼiy intellekt asosida yer monitoringini yuritish texnologik jarayoni. 3-jadval Sunʼiy intellekt texnologiyalarining yer monitoringida qoʻllanilishi. Texnologiya nomi Qoʻllanilishi Samara Machine Learning (ML) Yer unumdorligini bashoratlash, tuproq holati tahlili Aniq prognoz va tavsiyalar Computer Vision (CV) Sputnik va dron suratlarini tahlil qilish Avtomatik segmentatsiya va turkumlash Deep Learning (DL) Yer degradatsiyasi darajasini aniqlash Chuqur tahlil va modellashtirish GIS + AI integratsiyasi Geoanalitik xaritalar yaratish Tuman, viloyat kesimida vizual nazorat IoT sensorlar + AI Real vaqtda maʼlumot yigʻish Tezkor monitoring va bashorat tizimi 4-jadval Yer monitoringining anʼanaviy va sunʼiy intellekt asosidagi usullar oʻrtasidagi samaradorlik koʻrsatkichlari Koʻrsatkich Anʼanaviy usul Sunʼiy intellekt asosidagi usul Samaradorlik Tahlil vaqti 10–15 kun 1–2 soat 30–40 barobar tez Aniqlik darajasi 60–70% 90–95% +25% Mehnat sarfi Yuqori Kam Avtomatlashgan Natija shakli Hisobot Geoanalitik xarita Vizual Mazkur maʼlumotlar va taxlillardan koʻrishimiz mumkinki, sunʼiy intellekt tizimlari yer monitoringini avtomatlashtirish orqali tahlil aniqligini 90% gacha oshiradi. Texnologiyalarini GIS va RS maʼlumotlari bilan integratsiya qilish milliy yer nazorati tizimini yaratishga xizmat qiladi va yer holati indeksi (Land Health Index) orqali oborotdan chiqqan yerlarni real vaqtda kuzatish imkoniyati yaratiladi. 1-bosqich: Maʼlumot toʻplash (Sputnik, dron, suratlari, kadastr) 2-bosqich: AI qayta ishlash (ML, CNN, RANDOM FOREST) 3-bosqich: Tahlil & vizualizatsiya (NDVI, GIS, DASHBOARD) 4-bosqich: AI asosida oborotdan chiqqan yerlarni aniqlash modeli 5-bosqich: AI texnologiyalari (ML,DL,CV, GIS+AI, IOT+AI )
45 Xulosa, taklif va tavsiyalar. Sunʼiy intellekt texnologiyalari yer resurslarini monitoring qilishda yuqori samaradorlik va aniqlik beradi. GIS va masofadan zondlash maʼlumotlari bilan integratsiya qilingan AI platformalari, yer holati indeksi (Land Health Index) orqali degradatsiya jarayonlarini real vaqtda kuzatish, qishloq xoʻjalik oborotidan chiqqan yerlarni avtomatik aniqlash, yer resurslarini samarali boshqarish boʻyicha intellektual tavsiyalar ishlab chiqish, milliy darajada raqamli yer nazorati tizimini yaratish imkoniyatini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. – Toshkent: “Adolat”, qoʻshimcha va oʻzgartishlar bilan, 2024. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida PF-6243-son Farmoni. 3. Karimov A., Gʻafurov B., Tursunov D. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash va ularni qayta tiklash yoʻllari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 156 b. 4. Zokirova M., Abdullayev I. Yer resurslarini boshqarishda GIS texnologiyalarining qoʻllanilishi // Geografiya va tabiiy resurslar jurnali. – 2022. – №2. – B. 56–63. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. – Toshkent, 2022. 6. FAO (Food and Agriculture Organization of the United Nations). Land Degradation and Restoration Assessment: Methodology Guide. – Rome: FAO, 2021. – 98 p.