AUTOCAD DASTURIDA GEODEZIK PROFIL TUZISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YECHIMLARI
Full text
92 AUTOCAD DASTURIDA GEODEZIK PROFIL TUZISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YECHIMLARI Suyunova Hilola Nizom qizi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, 2-kurs tayanch doktoranti, E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17665159 Annotatsiya. Mazkur maqolada AutoCAD dasturining so‘nggi versiyalarida (xususan, AutoCAD Civil 3D 2024–2025) mavjud bo‘lgan ilg‘or imkoniyatlardan foydalangan holda bo‘ylama va ko‘ndalang profillarni yaratish jarayoni yoritilgan. Geodezik ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda kiritish, relyef sathini modellashtirish, loyihaviy trassa va profillarni dinamik tarzda yangilash, hamda bulut texnologiyalari asosida jamoaviy ishlashning afzalliklari tahlil qilingan. Tadqiqot gidrotexnik va yo‘lsozlik inshootlarida profil tuzish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: AutoCAD Civil 3D, profil, geodeziya, trassa, relyef, nishablik, BIM, bulut texnologiyalari. Kirish Zamonaviy qurilish va geodezik injeniring ishlarida raqamli texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, AutoCAD Civil 3D dasturi so‘nggi yillarda inshootlarning bo‘ylama va ko‘ndalang profillarini avtomatik yaratish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.Geodezik profillar gidrotexnik inshootlar, yo‘l qurilishi, irrigatsiya tarmoqlari va muhandislik izlanishlarida asosiy grafik hujjatlar hisoblanadi. Profil chizish - bu relyefning geometrik xususiyatlarini aniq ifodalovchi hamda loyihalashning muhim bosqichi bo‘lib, yo‘l, kanal, suv o‘tkazgich va boshqa inshootlar loyihalarida katta ahamiyatga ega.[1] Profil tuzish jarayoni odatda dala o‘lchov ma’lumotlarini to‘plash, ularni dastur muhitida qayta ishlash, balandliklar bo‘yicha kesimlarni chizish va yakuniy grafikani tayyorlash kabi bosqichlardan iborat.An’anaviy usullarda profil tuzish ko‘p vaqt talab etgan bo‘lsa, bugungi kunda AutoCAD Civil 3D dasturi orqali bu jarayon tez, aniq va interaktiv tarzda bajariladi. Tadqiqot materiali va metodlari Profil tuzishning takomillashtirilgan modeli quyidagi texnologiyalarga asoslanadi: ✓ Raqamli geodezik ma'lumotlar (CSV, TXT, Excel) bilan integratsiya; ✓ AutoCAD Civil 3D profil generatsiyasi vositalari; ✓ Parametrik chizmachilik imkoniyatlari; ✓ Dinamik bloklar yordamida avtomatlashtirilgan shablonlar yaratish; ✓ Geo-referensiya qilingan maʼlumotlar bilan ishlash.
93 Geodezik o‘lchovlar total stansiya yoki GNSS qurilmalari orqali olinadi va nuqtalar koordinatalari jadval ko‘rinishida AutoCADga import qilinadi. Maʼlumotlarni to‘g‘ri formatda kiritish keyingi bosqichlarning aniqligini belgilaydi. Tadqiqot jarayonida AutoCAD Civil 3D 2025 dasturining yangi funksiyalari tahlil qilindi. Quyidagi metodlar qo‘llanildi: - Geodezik o‘lchov ma’lumotlarini CSV formatda dasturga import qilish; - Relyef sathini TIN (Triangulated Irregular Network) modeli asosida yaratish; - Trassani (yo‘l, kanal yo‘nalishini) alignment orqali aniqlash; - Bo‘ylama profilni Create Surface Profile buyrug‘i yordamida hosil qilish; - Loyihaviy chiziqni Profile Layout Tools orqali chizish va avtomatik nishablik hisoblash [2]. 1-rasm. AutoCAD dasturining eng so‘nggi versiyasi Natijalar 1-jadval. Dasturning imkoniyat va afzallik tomonlari № Imkoniyat Afzallik 1 Dynamic Surface Updates O‘lchov natijalari o‘zgarganda profil avtomatik yangilanadi. 2 3D Visualization Profil relyef bilan 3D ko‘rinishda kuzatiladi. 3 Corridor Modeling Profil asosida avtomatik ko‘ndalang kesimlar hosil qilinadi. 4 BIM integratsiyasi Revit va InfraWorks dasturlari bilan uzviy bog‘lanish mavjud. 5 Cloud Collaboration AutoDesk Docs orqali jamoaviy ishlash imkoniyati yaratiladi. 6 Expression Tools Nishab va belgilarni formulalar asosida avtomatik chiqarish. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, AutoCAD Civil 3D yordamida profil tuzish an’anaviy grafik ishlov berish usullariga nisbatan 2–3 barobar tezroq bajariladi. Shuningdek, loyiha aniqligi oshadi va inson omilining xatolik darajasi kamayadi [4]. Muhokama
94 Profil tuzish jarayonining avtomatlashtirilishi gidrotexnik inshootlar, suv tarmoqlari va yo‘l loyihalarida katta amaliy foyda beradi. Masalan, kanal bo‘ylama profili yordamida suv sathi, oqim tezligi va nishablik aniqlanadi; damba yoki yo‘l profili orqali balandlik belgilarini optimallashtirish mumkin; ko‘ndalang kesimlar esa hajmiy hisob-kitoblar uchun asos bo‘ladi. So‘nggi yillarda AutoCAD dasturiga sun’iy intellekt asosida yordamchi buyruqlar ham kiritilmoqda. 2-rasm. AutoCAD dasturida ish jarayoni Xulosa AutoCAD dasturining eng so‘nggi imkoniyatlaridan foydalanish profil tuzish ishlarini sezilarli darajada soddalashtiradi. Geodezik ma’lumotlarni tezkor va aniq kiritish, relyef modelini avtomatik hosil qilish, profillarni 3D formatda ko‘rish va yangilab borish imkonini beradi. Natijada loyihalash sifati oshadi, xatoliklar kamayadi va vaqt tejaladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Autodesk Inc. AutoCAD Civil 3D 2025 User Guide. 2. Mirzayev A., To‘xtayev D. Geodezik o‘lchovlar va ularni avtomatlashtirish. – Toshkent: TDTTU, 2023. 3. Rakhmatov S. Gidrotexnik inshootlar loyihasi uchun AutoCAD Civil 3D dasturida profil tuzish usullari. – “Injenerlik amaliyoti jurnali”, 2024. 4. Autodesk Docs. Cloud Collaboration Tools in Civil 3D. – 2025.