KONSENTRIZM TAMOYILI ASOSIDA TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Full text
271 KONSENTRIZM TAMOYILI ASOSIDA TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI Ochilov Akmal Eshtemirovich Xalqaro innovatsion universiteti, “Pedagogika” kafedrasi mudiri, dotsent Dilmurodova Shahlo Xalqaro innovatsion universiteti, “Pedagogika” yo‘nalishi 2-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17665673 Annotatsiya. Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayonida konsentrizm tamoyili asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Konsentrizm tamoyilining mohiyati, uning didaktik ahamiyati, bosqichma-bosqich o‘qitish tizimiga ta’siri va talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi roli tahlil etiladi. Shuningdek, mazkur tamoyilni amaliyotga tadbiq etish mexanizmlari ishlab chiqilib, natijalar asosida muayyan taklif va tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: konsentrizm tamoyili, kasbiy tayyorgarlik, ta’lim texnologiyasi, kompetensiya, bosqichma-bosqich o‘qitish, oliy ta’lim. Annotatsiya. В статье рассматриваются вопросы формирования профессиональной подготовки студентов на основе принципа концентрации в процессе высшего образования. Анализируются сущность принципа концентрации, его дидактическое значение, влияние на систему этапности обучения и роль в формировании профессиональных компетенций студентов. Разработаны механизмы реализации данного принципа на практике и по результатам исследования даны конкретные предложения и рекомендации. Ключевые слова: принцип концентрации, профессиональная подготовка, образовательная технология, компетентность, поэтапное обучение, высшее образование. Zamonaviy ta’lim tizimida kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri — raqobatbardosh, malakali, innovatsion fikrlovchi mutaxassislarni tayyorlashdir. Shu ma’noda ta’lim jarayonida konsentrizm tamoyilini qo‘llash talabalarning chuqur, tizimli va izchil bilimlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Konsentrizm tamoyili o‘qitish jarayonida o‘quv materiallarini bosqichmabosqich, soddadan murakkabga qarab o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Bu tamoyil orqali talaba avvalgi bilimlariga tayangan holda yangi bilimlarni egallaydi va shu tariqa kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlaydi. Loyihalash asosida o‘qitish ta’limtarbiyaning ma`lum bir vazifalarini hal qiladi: loyiha asosida o‘qitiladigan har bir ishtirokchida shaxsiy ishonchning o‘sishiga yordam berish, uni o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishi va refleksiyasiga yordam berish. Ko‘rsatilganlar “yutuq vaziyati”ni darsda (yoki darsdan tashqari) so‘zda emas, amalda his qilish orqali o‘quvchi o‘zining
272 kerakligi, omadli ekanligini va turli muammoli vaziyatlarni bartaraf qila olish qobiliyatiga ega ekanligini bilishiga olib keladi. O‘quvchi loyiha metodi asosida o‘qish jarayonida o‘zini va o‘zidagi imkoniyatlarini his qiladi. Jamoada birgalikda ishlash davomida o‘z hissasini anglaydi, hamda loyiha topshirig’ini bajarish jarayonida yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi, loyihani bajarish vaqtida o’quvchilarda natijaga erishish uchun jamoa bo’lib ishlashning ahamiyatini anglash rivojlanadi. O‘quvchining ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida hamkorlik faoliyati, ularda kommunikativ xususiyatni rivojlantirishni ilhomlantirish, muammolarni hal qilishda o’z yondashuvi, oz nuqtai nazariga ega bo’lish ko’nikmasi va shu bilan birga boshqalarni eshita bilish, o’zida ba’zida o’z fikriga to’la qaramaqarshi bo’lgan boshqalarni eshita bilish xususiyatini rivojlantiradi. Loyihalar metodi o‘quvchilarda mushohada-tafakkur qobiliyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy usullardan foydalanildi: 1. Nazariy tahlil usuli – konsentrizm tamoyilining tarixiy va pedagogik asoslari, didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonidagi o‘rni o‘rganildi; 2. Tizimli yondashuv – ta’lim jarayonidagi bosqichlar o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilindi; 3. Eksperimental tahlil – talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda konsentrizm tamoyili qo‘llanilgan amaliy tajribalar kuzatildi; 4. So‘rovnoma va suhbat metodi – pedagoglar, kafedra mudirlari va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, konsentrizm tamoyilini o‘qitish jarayoniga joriy etish talabalarning kasbiy tayyorgarligini sezilarli darajada oshiradi. Quyidagi natijalarga erishildi: 1.Bilimlarning izchilligi ta’minlandi; 2.Kasbiy kompetensiyalar shakllandi; 3.Motivatsiya oshdi; 4. Tahliliy fikrlash rivojlandi. Guruh Dastlabki o‘rtacha ball Yakuniy o‘rtacha ball O‘sish foizi Eksperimental 61,4 83,2 +35,4% Nazorat 62,1 72,5 +16,8% Konsentrizm tamoyili asosidagi ta’lim jarayonining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
273 -Izchillik va tizimlilik – o‘quv materiali soddadan murakkabga o‘tadi; -Faollikni oshirish – talaba o‘z o‘rganish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi; -Refleksiya imkoniyati – talaba o‘z bilim darajasini tahlil qiladi; - Kasbiy integratsiya – nazariya va amaliyot uyg‘unlashadi. Aniqlangan muammolar: 1. O‘qituvchilar konsentrizm tamoyilining mohiyatini to‘liq tushunmaydi; 2. O‘quv dasturlari uzviy emas; 3. Talabalar o‘zlashtirish sur’atlari farqli. Xulosa qilib aytganda konsentrizm tamoyili asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini izchil mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari mazkur tamoyilni oliy ta’lim amaliyotiga keng joriy etish zarurligini ko‘rsatdi. Bu yondashuv o‘quv samaradorligini va shaxsiy o‘sishni ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.A. Pedagogika. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari jamiyati, 2019. 3. Abdurahmonov Q.X. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2020. 4. Xodjayev B., Ergashev A. Kasbiy ta’limda innovatsion yondashuvlar. – Samarqand: SamDU, 2021. 5. OECD. Teaching and Learning Framework for the Future. – Paris, 2022. 6. Shavkatova N. Pedagogik innovatsiyalar nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: TDPU, 2023.