BOSHLANGICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA ADABIY JANRLARNING O'RNI VA SAMARADORLIGI.
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda savodxonlik darslarida o‘quvchilarda o’qish kompetensialarini shakllantirish va rivojlantirishda adabiy janrlarning ahamiyati, samaradorligi va tutgan o‘rni yoritilgan.
Full text
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 178 BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA ADABIY JANRLARNING O‘RNI VA SAMARADORLIGI. Normurodova Nigora Abdusattorovna O‘zMPU “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi Dots.PHD Rajabova Nafisaxon Dilmurod-qizi O‘zMPU “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda savodxonlik darslarida o‘quvchilarda o’qish kompetensialarini shakllantirish va rivojlantirishda adabiy janrlarning ahamiyati, samaradorligi va tutgan o‘rni yoritilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, janr, kompetensiya, zamonaviy ta’lim. РОЛЬ И ЭФФЕКТИВНОСТЬ ЛИТЕРАТУРНЫХ ЖАНРОВ В РАЗВИТИИ РЕЧЕВОЙ КОМПЕТЕНЦИИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Аннотация. В данной статье раскрывается значение, эффективность и роль литературных жанров в формировании и развитии у учащихся начальных классов компетенций чтения на уроках грамотности. Ключевые слова: начальное образование, жанр, компетенция, современное образование. THE ROLE AND EFFECTIVENESS OF LITERARY GENRES IN DEVELOPING THE SPEECH COMPETENCE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Annotation.This article highlights the importance, effectiveness, and role of literary genres in forming and developing reading competencies among primary school students during literacy lessons. Keywords: primary education, genre, competence, modern education. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, yosh avlodni ma’naviy yetuk, fikrlay oladigan, ijodkor shaxs sifatida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Adabiyot va san’at xalqning ma’naviy dunyosini boyitadi, yosh avlodni yuksak g‘oyalar ruhida tarbiyalaydi. Maktabda o‘qitiladigan adabiyot darslari o‘quvchining tafakkurini o‘stiradigan, uning qalbida vatanparvarlik, insonparvarlik va ezgulik tuyg‘ularini shakllantiradigan muhim omildir.” Darhaqiqat, adabiyot fani
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 179 nafaqat badiiy asarlar bilan tanishtirish, balki o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish, ularni o‘z fikrini aniq, ravon va mantiqiy ifodalay oladigan shaxs sifatida shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Adabiy janrlarning xilma-xilligi o‘quvchiga tildan to‘g‘ri foydalanish, so‘z boyligini oshirish va muloqot madaniyatini rivojlantirish imkonini beradi. Bugungi globallashuv davrida ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri o‘quvchilarda nutiy kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirishdir. Chunki, nutqbu shaxsning tafakkuri, ma’naviyati va madaniyatining ifodasidir. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi esa bu jarayonning asosi, poydevoridir. Boshlang‘ivh sinf o‘quvchisi ta’lim jarayoniga kirib kelar ekan, endigina atrofdagi dunyoni tushuna boshlaydi, so‘z boyligini to‘playdi va o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda ifodalashni o‘rganadi. Bu jarayonda adabiy janrning o‘rni beqiyos o‘rganadi, balki so‘z ortidagi ma’no, obraz, his-tuyg‘uni his qiladi. Shuning uchun ham adabiy janrlar nutqiy kompetensiyani rivojlantirishning tabiiy, estetik va tarbiyaviy manbai hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, so‘z boyligini kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish orqali ularning keyingi bosqichdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Bu jarayonda adabiy janrlarning o‘rni beqiyosdir. Chunki har bir adabiy janr – ertak, she’r, hikoya, masal, doston – bolalarning til va tafakkur dunyosini boyituvchi, ularning histuyg‘ularini tarbiyalovchi, mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi, estetik zavq beruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Adabiyotbu so‘z san’ati bo‘lib, o‘quvchining tafakkuri, nutq madaniyati va estetik didini rivojlantiruvchi asosiy manbaadir. Boshlang‘ich ta’limda savodxonlik darslarini adabiyot bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilar so‘z ma’nosini chuqurroq anglaydi, nutqida badiiylik va ifodalilik paydo bo‘ladi. Adabiy matnlar, ertak, she’r hikoya, topishmoq, maqollar og’zaki nutq mashqlarining tabiiy materiali sifatida xizmat qiladi. Ular o‘quvchining talaffuz, intonatsiya, ifodali o‘qish, so‘z boyligini oshirish jarayonlarini jonlantiradi. Nutqiy kompetensiya bu o’quvchining o‘z tilidan maqsadga muvofiq, to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi tushuniladi. Tilshunos olimlarning fikricha, nutqiy kompetensiyabu nafaqat til grammatikasini bilish, balki so‘zning ijtimoiy, emotsional va estetik kuchini his etish qobiliyatidir. Badiiy asarlar orqali o‘quvchi asardan nafaqat ma’lumot oladi, balki ruhiy zavq, tarbiya, estetik lazzat ham oladi. Bolalar adabiyotida badiiylik-sodda, tushunarli, ammo obrazli va hissiy boy tilda berilishi bilan farq qiladi. Adabiy asarda fikr va
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 180 voqealarni jonli, tasvirli, hayotiy shaklda ifodalash xususiyatidir. Yozuvchi so‘z vositasida hayot manzaralarini o‘quvchi ko‘z o‘ngida gavdalantirib beradi. Bolalar adabiyotida obrazlilik ko‘pincha tabiat manzaralari, hayvonlar tasviri, bolalarga yaqin qiyofalar orqali beriladi. Adabiy janrbadiiy asarning shakli, mazmuni jihatidan farqlanuvchi turi bo‘lib, u hayotning turli tomonlarini ifoda etadi. Har bir janr o‘quvchiga ma’lum tilda, ohangda va uslubda fikrlashni o’rgatadi. Boshlang‘ich sinf darsliklarida asosan ertaklar, she’rlar, hikoyalar, masallar, topishmoq va maqollar asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan ertaklar orqali xalq donoligi va ramziy tafakkur manbai yoritiladi. Ertaklar bolalar adabiyotining eng qadimiy va ta’sirchan turi hisoblanadi. Ertaklarda xalq orzusi, adolat, ezgulik, mehnatsevarlik timsollaridan foydalaniladi. Yozuvchilar bu motivlardan foydalangan holda bolalarga hayotiy saboqlar beradi. Ertaklar bolalarda ezgulik va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantiradi. She’rlar orqali o‘quvchida ritm, ohang, talaffuzni shakllantiriladi. Adabiy janrlar orqali o’quvchilarning so’z boyligi ortadi, ifodali o‘qiydi va intonatsiya bilan gapirishni o’rganadi, obrazli fikrlash va tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi. O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish uchun o‘qituvchilardan mahoratli bo‘lish, dars jarayonlarida turli metodlarni qo‘llagan holatda darslarni tashkil qilish talab etiladi. Masalan darslar davomida o‘qituvchi quyidagi metodlardan samarali foydalanadi: -Ifodali o‘qishohang va pauza, urg’u orqali matnga jon kiritish: -Matn tahlilio’quvchini fikrlash va mantiqiy izchillikka o‘rgatadi: - Rolga kirib o‘qish nutqiy faollikni oshiradi: -Janrlarni qiyoslash tahliliy fikrlash va so‘z boyligini kengaytiradi. Dars jarayonida oddiy matn yoki she’rni ifodali o‘qish jarayonida ham yuqoridagi metodlardan foydalangan holda o‘quvchilarni savodxonlikning ilk darslaridanoq mavzuni yaxshiroq anglashga, fikrlarini ravon ifoda etishga, mantiqiy fikrlashga, umuman olib aytganda nutqiy kompetensiyalarini rivojlanishiga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilar adabiy janrlar orqali tuyg‘ularini ifodalashni o‘rganadi, muloqotga kirishish qo‘rquvini yengadi, so‘zning emotsional ta’sir kuchini his qiladi, shaxsiy fikrini bildirishga o‘rganadi. Boshlang‘ich ta’limda nutqiy kompetensiyani rivojlantirish jarayonida adabiy janrlar o‘quvchini: -so‘z boyligini kengaytirishga, -fikrni ifodali bayon etishga, -tildan estetik zavq olishga,
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 181 -mustaqil fikrlashga va muloqot madaniyatiga yo‘naltiradi. Adabiy janrlar bola uchun nafaqat o‘quv materiali, balki ruhiy, ma’naviy, estetik tarbiya vositasidir. Ularning to‘g‘ri tanlanishi va metodik qo‘llanilishi natijasida o‘quvchilarning nutqiy, ijodiy va axloqiy kompetensiyalari izchil shakllanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2020. 2. Mahmudov N., Nurmonov A. Til va nutq asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 3. Usmonova S. Boshlang‘ich ta’limda nutq o‘stirish metodikasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. 4. Karimova Z. Boshlang‘ich sinflarda adabiy o‘qish darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. 5. Qodirov A., Jo‘rayev M. O‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishda adabiyot fanining roli. – “Boshlang‘ich ta’lim”, 2021, №4. 6. G‘ulomov A., Eshonqulov H. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2017.