scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM JARAYONIDA LMS TIZIMLARNIG AHAMIYATI

Sharipova, D.A

Abstract

Ushbu maqola Ta’limni Boshqarish Tizimlari (LMS - Learning Management System) ning ta’lim sohasiga joriy etilishidagi asosiy muammolarni xalqaro va O‘zbekiston kontekstida qiyosiy o‘rganadi. Tadqiqotning maqsadi xalqaro tajribani tahlil qilish va O‘zbekiston uchun mos yechimlarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot usuli sifatiy tahlilga asoslanib, nufuzli xalqaro va mahalliy manbalarni qiyosiy o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Maqolada LMS tizimlari ta’lim jarayonlarini optimallashtirishga qanday yordam bera olishi, ularning asosiy funktsiyalari va afzalliklari tahlil qilingan.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 28 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17667787 TA’LIM JARAYONIDA LMS TIZIMLARNIG AHAMIYATI Sharipova D.A Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqola Ta’limni Boshqarish Tizimlari (LMS - Learning Management System) ning ta’lim sohasiga joriy etilishidagi asosiy muammolarni xalqaro va O‘zbekiston kontekstida qiyosiy o‘rganadi. Tadqiqotning maqsadi xalqaro tajribani tahlil qilish va O‘zbekiston uchun mos yechimlarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot usuli sifatiy tahlilga asoslanib, nufuzli xalqaro va mahalliy manbalarni qiyosiy o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Maqolada LMS tizimlari ta’lim jarayonlarini optimallashtirishga qanday yordam bera olishi, ularning asosiy funktsiyalari va afzalliklari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Ta’limni boshqarish tizimi (LMS), raqamli ta’lim, onlayn ta’lim, moslashuvchanlik, interaktivlik, pedagogik texnologiyalar, integratsiya muammolari. Bugungi dunyoda onlayn ta’lim tobora ommalashib bormoqda va shu bilan ta’lim jarayonlarini boshqarishning samarali vositalariga talab va ehtiyoj ortib bormoqda. Natijada ta’lim jarayonida LMS (Learning Management System) tizimlarni tadqiq qilish, ularning bir biridan farqini o‘rganish zarurati paydo bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublika milliy ta’lim tizimini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish muammosiga tizimli innovatsion yondoshishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PD-3775-sonli “Oliy ta‟lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 29 ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarda faol ishtirokini ta‟minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni O`zbekistondagi ta‟lim sohasidagi tub o`zgarishlarning huquqiy asoslari markaziga aylandi. Ayni farmon ijrosi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida birinchilardan bo‘lib Learning Management System (lms.tuit.uz) platformasi joriy etilgan edi. Global pandemiya bu jarayonni tezlashtirib, butun dunyo ta’lim muassasalari qatorida O‘zbekistonda ham bu jarayon yanada tezlashib, raqamli transformatsiyaga majbur qildi. Hozirgi kunda ham “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida ta’lim tizimini raqamlashtirishga katta e’tibor bermoqda. Biroq, LMSni amaliy joriy etish nafaqat platformani tanlash va o‘rnatishdan iborat emas, balki chuqur pedagogik, madaniy va tizimli o‘zgarishlarni talab qiladigan murakkab jarayondir LMS tizimi (Learning Management System) – bu onlayn ta’limning barcha jihatlarini tartibga solish va avtomatlashtirishga yordam beradigan dasturiy ta’minot sanaladi. LMS tizimlari kurslarni yaratish va nashr etish, foydalanuvchilarni boshqarish, progressni kuzatish va o‘quv natijalarini baholash uchun vositalar to‘plamini taqdim etadi. Ushbu maqola xalqaro tajriba orqali o‘rganilgan muammo va yechimlarni O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitida tahlil qiladi va mamlakatimiz uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan integratsiya modelini taklif etadi. Bugungi kunda OTM va korporativ muhitlarda LMS sinfiga tegishli axborot tizimlari keng ommalashmoqda. Ilmiy jurnallar va internetda e’lon qilinayotgan nashrlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, universitetlar programma bozoridagi tayyor LMS tizimlar bilan birga o‘zlari tomonidan ishlab chiqilayotgan tizimlarni ham joriy qilmoqda. Lekin ko‘p hollarda onlayn ta’lim uchun tayyor LMS tizimlarning joriy qilinishi taklif qilinadi. Tahlillarga ko‘ra ko‘pgina manbalarda ta’lim beruvchi tizimlarni boshqarish platformalarining o‘ziga xos bo‘lgan va ularning ko‘pchiliklarini ifodalovchi, barchasi uchun umumiy bo‘lgan belgilar, omillar hamda ayrim xususiyatlarga uchrashamiz. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 30 Aynan o‘xshashliklarning mavjudligi ular uchun umumiy va adaptiv baholash modellarini ishlab chiqish imkonini berdi. Biz quyida xalqaro darajadagi qanday mashhur LMS Platformalari bor ekanligini tahlil qilib ko‘ramiz: Moodle: Butun dunyoda keng qo‘llaniladigan, ochiq kodli va bepul bo‘lgan ushbu platforma ko‘plab O‘zbekiston universitetlari tomonidan ham tanlangan. Uning afzalliklari orasida moslashtirish imkoniyatlarining kengligi va past xarajatlilik kiradi . Canvas LMS: AQSh va Yevropada keng tarqalgan ushbu platforma foydalanish qulayligi va kuchli hamkorlik vositalari bilan ajralib turadi. Biroq, uning litsenziya narxi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun muhim omil bo‘lishi mumkin . Blackboard Learn: Bu dunyoning yetakchi platformalaridan biri bo‘lib, ayniqsa onlayn o‘qitishning keng qamrovli funksiyalariga ega. Narxi yiliga 9500 AQSh dollaridan boshlanadi, bu uni eng qimmat variantlardan biriga aylantiradi. O‘zbekistonda joriy etilgan Ta’limni boshqarish tizimlari (LMS)ning Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetda Hemis tizimi yoki Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti LMS tizimilari mavjud. O‘zbekistonda LMSni joriy etish xalqaro muammolarning aksariyatini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa-da, bir qator o‘ziga xos jihatlar mavjud: Tahlil shuni ko‘rsatadiki, internetga kirish va qurilmalar bilan ta’minlanish darajasi shahar va qishloq hududlari o‘rtasida keskin farq. Bu muammo xalqaro tajribada mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekiston uchun undan ham jiddiyroq holatda. Raqamli savodxonlik masalasida nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar ham yangi texnologiyalarni qabul qilish va ulardan samarali foydalanish darajasi xalqaro standartlarga nisbatan past. Mahalliy kontent bo‘shlig‘i - Tahlil qilingan mahalliy manbalar O‘zbek tilidagi, milliy o‘quv dasturiga mos interaktiv va sifatli raqamli kontentning jiddiy SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 31 yetishmovchiligini ko‘rsatadi. Bu muammo xalqaro kontekstda unchalik keng yoritilmagan. Tizimli qarshilik, an’anaviy boshqaruv uslublari va metodik qo‘llabquvvatlashning zaifligi LMSni faqat ma’muriy vazifa sifatida qarashga olib keladi. Xulosa qilib aytganda xalqaro tajriba LMSni joriy etishning texnologik, pedagogik va madaniy tomonlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniq ko‘rsatadi. O‘zbekiston bu yo‘lda o‘ziga xos infratuzilma, kontent va savodxonlik muammolariga duch kelmoqda. Biroq, ushbu muammolar noyob emas va ularga xalqaro hamjamiyat tomonidan sinab ko‘rilgan yechimlar mavjud. Muvaffaqiyatning kaliti bu yechimlarni aqlli adaptatsiya qilishdan iborat. O‘zbekistonning muvaffaqiyati, asosan, o‘qituvchilarning yangi rolini qo‘llabquvvatlashga, teng infratuzilma yaratishga va mustaqil rivojlanadigan mahalliy raqamli ta’lim ekotizimini barpo etishga qanchalik sarmoya kiritishiga bog‘liq. Bu nafaqat LMSni joriy etish, balki O‘zbekiston ta’limining kelajagini raqamli asrga mos shakllantirish masalasidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abidova, M. (2020). Raqamli ta’lim resurslarini milliy mazmun bilan ta’minlash masalahari. O‘zbekiston ta’limi, 4(55), 28-32. 2. Bates, A. W. (2019). Teaching in a Digital Age: Guidelines for Designing Teaching and Learning (2nd ed.). BCcampus Open Education. 3. Oganesyan A. G. Puti i problemы otkrыtogo obrazovaniya // Educational Technology & Society. – 2001. – №4(3). – S. 166-177. 4. Karimov, S. (2021). O‘zbekistonda o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish istiqbollari. Ta’lim va innovatsiyalar xalqaro konferensiyasi materiallari (ss. 112-115). Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2022). Maktablarning raqamli infratuzilmasi monitoringi hisoboti. Toshkent.