scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TEMURIYLAR DAVRIDA AYOLLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY MAVQEI VA ULARGA BO'LGAN E'YIBOR

Umarova Musharraf Yunusaliyevna

Abstract

Maqolada Temuriylar davrida yashagan ayollarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni hamda faoliyati yoritilgan.

Full text

2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 226 TEMURIYLAR DAVRIDA AYOLLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY MAVQEI VA ULARGA BO‘LGAN E’YIBOR Umarova Musharraf Yunusaliyevna Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti asissenti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17669356 Annotatsiya. Maqolada Temuriylar davrida yashagan ayollarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni hamda faoliyati yoritilgan. Kalit so ‘zlar: Temuriylar davri, ayollarning mavqei, ijtimoiy rol, madaniyat, Saroy Mulkxonim, Gavharshodbegim. Temuriylar sulolasi XIV–XV asrlarda Markaziy Osiyo tarixida yuksak taraqqiyot davrini boshlab berdi. Sohibqiron Amir Temur asos solgan davlat qisqa fursatda Sharqning eng qudratli saltanatlaridan biriga aylangan bo‘lsa, uning avlodlari - Mirzo Shohrux, Mirzo Ulug‘bek va boshqa hukmdorlar davrida siyosiy barqarorlik, madaniyat hamda ilm-fan yuksak darajaga ko‘tarildi. Shu davrning muhim xususiyatlaridan biri - ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi va ularga bo‘lgan e’tibordir. Temuriy malikalar saroy siyosati, diplomatiya, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va madaniyat rivojida muhim o‘rin tutdilar. Temuriylar davrida malikalar davlat ishlarida bevosita ishtirok etishgan. Ular saroy siyosatida maslahatchi sifatida qatnashib, diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yishda faol rol o‘ynashgan. Masalan, Amir Temurning rafiqasi Saroy Mulkxonim o‘zining donoligi va ta’siri bilan Sohibqironga hamroh bo‘lgan. Tarixchi olim Turg‘un Fayziyev o‘zining “Temuriy malikalar” kitobida Sohibqiron xonadoniga mansub barcha malikalar qatorida Saroy Mulkxonim haqida ham to‘xtalib o‘tadi: “Saroy Mulkxonim zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi, husn latofat bobida ham benazir edi. Saroy Mulkxonim insonparvar, vatanni sevuvchi, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi.Ayniqsa, ilm-ma’rifatga e’tibor ila qarar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi.”[2.3b] Shohrux Mirzoning rafiqasi Gavharshodbegim esa Temuriy malikalar orasida eng faol siyosatchi sifatida tanilgan. Shohrux Mirzo uzoq yurishlarda bo‘lganida davlat ishlarini boshqarishda unga yordam bergan. Gavharshodbegim nomi tarixiy manbalarda saroy hayotida bo‘lib o‘tgan turli marosimlar sababli ham tilga olinadi. Saroyda shahzodalarning tavalludi bilan bog‘liq marosimlar ham tantanali tadbirlar sifatida o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi va tashkillanishi asosan Gavharshodbegim zimmasiga yuklanar edi. Shu kabi tadbirlardan biri 1427 yili bo‘lib o‘tgan. Bu tadbir Mirzo Shohruxning farzandlaridan biri Mirzo Muhammad Jo‘qiyning o‘g‘il farzand ko‘rishi bilan bog‘liq edi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Abu Bakr deb ism qo‘yilgan. Tadbirda qatnashganlardan faqat uch kishining ismi sharifi keltirilgan. Bular Mirzo Shohrux, Gavharshodbegim va Mirzo Boysunqurdir. Bu ham Gavharshodbegimning saroy hayotidagi o‘rnini to‘g‘ri anglash imkonini beradi. Ushbu marosim Abdurazzoq Samarqandiy tomonidan quyidagicha talqin etilgan: 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 227 “Yigirma sakkizinchi muharramda (18 oktabr, 1427) jahon mirzosi Abu Bakrning dunyoga kelishi sharafiga musharraf bo‘ldi va bu qutli oqibat bilan tug‘ilgan chaqaloqning vujudi olamga zebu ziyo va ziynatu baho bag‘ishladi. Hazrat xoqoni saidning baxtiyorlik sabablari ziyoda bo‘ldi va u olamni nurlantiruvchi yoritg‘ich shu’lasidan zamona chehrasiga xursandlik taratuvchi nurlar porladi. Mahdi ulyo Gavharshod og‘o, mirzo Boysung‘ur va arkoni davlat tabrik marosimlarini ado etib sochqiyu nisorlar keltirdilar. A’lo hazrat to‘y tayyorgarliklarini ko‘rib, bazm tuzishga ishorat qildi. Chin suratxonasining rashkini keltiruvchi behisht (bazmi)dek bir majlis tashkil topdi”. [1 .381-382 b] Temuriy malikalar ilm-fan va madaniyat homiylari sifatida ham tarixda katta o‘rin egallashdi. Ayniqsa, Gawharshodbegim Hirotni yirik madaniy markazga aylantirishda beqiyos xizmat qilgan. Uning tashabbusi bilan Gavharshod madrasasi va masjidlari qurilgan. Bu madrasa o‘z davrida nafaqat diniy ta’lim maskani, balki ilm-fanning markaziga aylangan. Shuningdek, malikalar adabiyot va san’at rivojiga ham katta e’tibor qaratgan. Temuriylar davrida ayollar jamiyatda katta hurmat va e’tibor bilan qarshi olingan. Ularning sha’ni va qadr-qimmati ulug‘langan, “begim” unvoni bilan e’zozlangan. Ayollar faqatgina saroy hayotida emas, balki keng ijtimoiy-ma’rifiy faoliyatda ham faol qatnashishgan. Ko‘plab ayollar xayriya ishlari bilan shug‘ullangan, masjid va madrasalar qurilishida homiylik qilishgan. Shuningdek, ayollarning ma’naviy mavqeini oshirish siyosati Temuriylar davrida an’ana sifatida shakllangan. Bu esa o‘rta asr Sharqining boshqa ko‘plab hududlaridan farq qilgan muhim jihatlardan biri edi. Temuriylar davrida ayollarga bo‘lgan e’tibor ularning siyosiy, madaniy va ijtimoiy faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ldi. Malikalar nafaqat saroydagi mavqe bilan cheklanib qolmay, balki davlat siyosatida muhim qarorlar qabul qilishda ham ishtirok etishdi, ilm-fan va madaniyat rivojiga homiylik qildilar. Shu bois Temuriylar davri o‘rta asr Sharqida ayollarning eng yuqori mavqega ega bo‘lgan davrlardan biri sifatida tarixda alohida o‘rin tutadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Абдурраззоқ Самарқандий. Матлаҳус-саҳдайн ва мажмаҳ ул-баҳрайн. / Форс тожик тилидан таржима, кириш сўз ва изоҳли луғатлар тарих фанлар номзоди А. Ўринбоевники. -Т.: ФАН. 1969. - 463 б. 2. T.Fayziyev. Temuriy malikalar-Toshkent A.Qodiriy.1994.-40-b. 3. Azamat Ziyo. O‘zbek ayollari tarix sahnasida.(Temir Xotin, Kabaj Xotun, Saroy Mulkxonim, Gavharshodbegim).T.:2002. 4. Ravshanov.P.Amir Temur sulolasi.-T.;Yangi asr avlodi,2021.-656 b. 5. Темур ва Улуғбек даври тарихи. -Т.: Қомус, 1996. - 264 б.