scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOTIN-QIZLARNI KASB-HUNARGA YONALTIRISHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI

Yunusova Cho'lponoy Abierovna TIFT Universiteti Pedagogika va psixologiya kafedra katta o'qituvchisi

Abstract

Bugungi kunda davr talablaridan kelib chiqib, psixologik asosida kasb-hunarni xotin-qizlar o‘rtasida rivojlantirish sharoitini joriy etish mexanizmlari amaliyotga tatbiq etilgan bo’lib, badiiy-amaliy, ijodiy ko’nikmalari shaxsga yo’naltirilgan. Mamlakatimizda ijodkorlikka, tasviriy san’atga, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik sohalar uchun kadrlar tayyorlashning me’yoriy- huquqiy asoslari moddiy-texnik bazasi yaratildi. Xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishni pedagogik jihatlarini rivojlantirish, ularni jamiyatda tutgan o’rnini mustahkamlash, turli ishlar bilan shug’ullanishga yo’naltirish orqali mehnat resurslari samaradorligini oshirish, jamiyatda xotin-qizlarning o’z o’rinlarini topishlarining natijasida ularning tadbirkorlik kompetentsiyalarini takomillashtirishning didaktik va texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga imkoniyat yaratildi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 XOTIN-QIZLARNI KASB-HUNARGA YONALTIRISHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI Yunusova Cho‘lponoy Abierovna TIFT Universiteti Pedagogika va psixologiya kafedra katta o‘qituvchisi Annotatsiya Bugungi kunda davr talablaridan kelib chiqib, psixologik asosida kasb-hunarni xotin-qizlar o‘rtasida rivojlantirish sharoitini joriy etish mexanizmlari amaliyotga tatbiq etilgan bo’lib, badiiy-amaliy, ijodiy ko’nikmalari shaxsga yo’naltirilgan. Mamlakatimizda ijodkorlikka, tasviriy san’atga, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik sohalar uchun kadrlar tayyorlashning me’yoriyhuquqiy asoslari moddiy-texnik bazasi yaratildi. Xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishni pedagogik jihatlarini rivojlantirish, ularni jamiyatda tutgan o’rnini mustahkamlash, turli ishlar bilan shug’ullanishga yo’naltirish orqali mehnat resurslari samaradorligini oshirish, jamiyatda xotin-qizlarning o’z o’rinlarini topishlarining natijasida ularning tadbirkorlik kompetentsiyalarini takomillashtirishning didaktik va texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga imkoniyat yaratildi. Tayanch so’z, iboralar: ijtimoiy faollik, muammolar, imkoniyatlari, me’yoriyhuquqiy hujjatlar, innovatsion g’oyalar, kreativlik kompetentsiyalari. KIRISH Respublikamizda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish jarayonida boʻlayotgan oʻzgarishlar, yaʼni qabul qilingan qonun va farmoyishlar jamiyatimizning rivojlanishida muhim omillardan biri sanaladi. Xotin-qizlarning oʻz-oʻzini ijodiy rivojlantirishiga innovatsion yondashuvlarni, balki ayni jarayonni taʼminlashga imkon beruvchi metodologik asoslarni ham takomillashtirishni taqozo etadi.Taʼlim tizimini rivojlantirishning hozirgi bosqichida, taʼlim mazmuni, metodikasiga, taʼlim samaradorligini oshirishga sifat jihatdan yangi talablar qoʻymoqda. Buyuk kelajak yaratish va jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashga sobit qadamlar bilan intilayotgan mamlakatimiz uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash muhim va dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi umumbashariy qadriyatlar, O’zbekiston hududida yashovchi halqlarning boy madaniy merosi, fan va texnologiyalar asosida yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega, ijodiy faol, ijtimoiysiyosiy hayotda mustaqil holda mo’ljalni to’g’ri newjournal.org zenodo.org 2 ola biladigan, istiqbolli vazifalarni oldindan ko’ra oladigan va ularni oqilona hal etishga qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlash ko’zda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmonida mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida: 2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur 1-ilovaga muvofiq; 2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab: budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi; mazkur yuridik shaxslarning ushbu band ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xodimlar oldidagi majburiyatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘langan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hajmida kamaytiriladi. 3. Xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab: a) oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘lari yo‘naltirilsin. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov) ikki oy muddatda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan mablag‘larni ajratish grafigini tijorat banklari kesimida tasdiqlasin; newjournal.org zenodo.org 3 b) davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, Davlat budjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m moliyalashtirilsin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov) hamda Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yil 1-sentabrga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida ro‘yxatini shakllantirsin hamda 2022-yil 1-oktabrga qadar kontrakt to‘lovlarini qoplab bersin; v) xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha — 50 nafar, magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha — 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratib borilsin. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ushbu kichik bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasiga har yili Davlat budjetidan kamida 6 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin; g) har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tavsiyalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borilsin. Bundan tashqari liy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining: asosan xotin-qizlarga dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori bo‘lgan boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beradigan alohida universitetni; ushbu universitet huzurida paxta-to‘qimachilik va pillachilik klasterlari ishtirokida bosqichma-bosqich hududiy texnikumlarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov), Qo‘mita (Z.B. Maxkamova), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) ikki oy muddatda universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uning moddiy-texnika ta’minoti va joylashtirilishi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. Xotin-qizlarni ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb qilish newjournal.org zenodo.org 4 maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmanov): Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) bilan birgalikda har yili mart oyida amaliy innovatsion loyihalar bo‘yicha “Olima ayol” tanlovini o‘tkazib borsin; ikki oy muddatda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovini o‘tkazish uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kamida 10 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin. 6. Qo‘mita, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xotin-qizlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini hayotga tatbiq etish, startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Qo‘mita huzurida “Olima ayollar jamiyati”ni tuzish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda “Olima ayollar jamiyati”ni tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda “Olima ayollar jamiyati”ga xotin-qizlarni amalda qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish uchun Davlat budjetidan 50 milliard so‘m ajratilishi nazarda tutilsin. 7. 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitishning yangi tartibi joriy etilsin. Yuqoridagi farmonda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirilishida OTMlarida dizayn ta’limi yo’nalishi talabalarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish: kasbiy-metodik jihatdan tayyorlashni insonparvarlashtirish; jamiyatni axborotlashtirish sharoitida shaxsini rivojlantirishga tizimli hamda texnologik nuqtai nazardan yondashish; aniq dalillarga asoslangan metodologik bilimlar bilan qurollantirish; metodik tayyorlash tizimining tarkibi va mazmunini kengaytirish hamda chuqurlashtirish. Tadqiqot ishimiz avvalida hozirgi zamon sharoitida texnologiya ta’limi o’qituvchisiga qo’yilgan talablarni o’rgandik. O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yilning 4 oktyabridagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 400-son qarorida quyidagi talablar belgilangan:1 jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiyyo’nalishlarini to’g’ri baholay olish; muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo’lgan bo’lg’usi mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallash; pedagogik 1 www.lex.uz › acts newjournal.org zenodo.org 5 faoliyatni sevish; o’z sohasi bo’yicha maxsus bilimlarni egallash; zakovatli bo’lish; yetuklikka intilish; pedagogik tuyg’u, umumiy madaniyat va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo’lish; o’quvchilarda kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantira olish; kasbiy faoliyat xususiyatlarini chuqur bilishi va ta’lim mazmunini belgilay olish; zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini mahorat bilan egallash. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Mamlakatimizda bo’lajak o’qituvchilar, xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishni ilmiy-pedagogik va metodik asoslari Q.M.Abdullaeva, S.S.Bulatov, D.Majidova, N.A.Muslimov, U.Nishonaliev, O’.Tolipov, D.Umarbekova, SH.S.SHaripovning ilmiy ishlarida tadqiq qilingan. MDH davlatlarida xotin-qizlarni tadbirkorlik kompetentsiyalarini takomillashtirishning aspektlari S.N.Batrakova, A.A.Beskodarov, V.P.Bespalьko, G.A.Bordovskiy, N.V.Vishnyakova, P.K.Galьperin, S.M.Godnik, L.P.Dubovitskaya, V.A.Izvoschikov, L.S.Kadыmov, M.B.Klarin, V.S.Kukushkin, Ye.I.Krasichkova, T.I.Maskevich, T.I.Matskevich, K.Mitello, I.I.Pidkasistыy, N.V.Samounina, V.A.Slastenin, G.V.Suchkov, M.V.Toporkovaning tadqiqot ishlarida qarab o’tilgan. Ta’limni boshqarish masalalari ijtimoiy-iqtisodiy, psixologikpedagogik nuqtai nazardan ko’rib chiqilgan. D.SH.Ahmedov, SH.E.Qurbonov, E.A.Seytxalilovlar o’zlarining asarlarida ta’lim sifatini boshqarish, uning ijtimoiy-pedagogik shakllantirish jarayonini o’rgangan. Pedagog olimlar tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishga doir muammosi bilan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borilgan bo’lsa-da, xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishni pedagogik imkoniyatlari takomil-lashtirish metodikasini ishlab chiqish tadqiqot ob’ekti sifatida yetarlicha o’rganilmagan. Bugungi kunda davr talablaridan kelib chiqib, xalq hunarmandchiligi ta’limning yangi mazmuniga madaniyatshunoslik, badiiy-amaliy, ijodiy ko’nikmalarining shaxsga yo’naltirilgan ta’lim tizimini shakllantirishni tatbiq etish zarur. TADQIQOT METODOLOGIYASI Xotin-qizlarning kelgusi hayoti davomida qaysi kasbni tanlashi, hayot yoʻlini tanlash imkoni beriladi albatta. Mamlakatimizning har bir fuqarosiga kasb va ish tanlash huquqi berilganligi, bu huquq, amaliyot shuni koʻrsatadiki, baʼzan amalga oshirish juda qiyin yoki yangi kirib kelayotgan kasblar, ixtisosliklar, shaxsning shaxsiyatiga qoʻyiladigan talablar va oʻz qobiliyatlarini baholash, ularning manfaatlarini hamda moyilligini aniqlash qobiliyatiga bogʻliqdir.Inson hayoti davomida kelajagini davom ettirish yoki qayerga borish kerakligini hal qilishi kerak boʻlgan vaqt keladi, uni amalga oshirish uchun kasbni, hayot yoʻlini erkin tanlash newjournal.org zenodo.org 6 imkoni boʻladi. Ushbu bilim va koʻnikmalar turli xil tadbirlarda, uchrashuv, koʻrgazmalar, toʻgaraklarda, ixtiyoriy mashgʻulotlarda, turli doiralarda, konsert dasturlari va tasviriy sanʼat koʻrgazmalarida, kitob bilan mustaqil ravishda ishlash jarayonida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri-bu yosh avlodni kasbga yonaltirish ish bilan bandligini taminlashdan iborat,ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida yaroqlilik shaxs sifatida oqilona, odilona va samarali tayorlashdan iboratdir. Bizning vazifamiz kelajagimiz boʻlgan oʻquvchilarni kasbhunarga, ijtimoiy-iqtisodiy bilimga ega boʻlgan, bozor sharoitini biladigan har tomonlama tushunadigan, maʼlumotli yigit - qizlarni tayyorlash.Bu ishlar asosan uch bosqichda olib boriladi: 1. Oʻquvchilraga dastlabki kasb-hunar koʻnikma va malakalarini oilada, maktabgacha talim tashkilotida, maktabda, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, texnikumlarda beriladi; 2. Maxsus mutaxassislik boʻyicha oliy talim muassasalarida oʻqib, tajriba oshiradi; 3. Egallangan bilim ish joyida amaliy mashgʻulotda malaka oshirish jarayonida mustahkamlanadi. Ongli ravishda kasb tanlash uchun oʻquvchilarning bir qator kasblarni еtarlicha bilishi, bilganda ham ularning oʻziga jalb qiladigan tomonlarini emas,bazi bir qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, oʻzining shaxsiy sifatlariga koʻra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida oʻz malakasini takomillashtirish talab qilinadi. Xalqimiz «Mehnat qilgan inson doimo el ardogʻida boʻladi» deb, bejiz aytmagan. Zotan, mehnat insonni ulugʻlaydigan, uning obroʻeʼtiborini oshiradigan hamda uni ezgulik va yaxshilik sari еtaklaydigan jarayondir. Oʻquvchi-yoshlarga kasb va kasbga yoʻnaltirishning ijtimoiy-psixologik asoslarini oʻrgatish dolzarb masalalardan sanaladi. Bu qoʻyidagilardir: Ijtimoiy nuqtai nazardan maʼnaviyat-maʼrifat toʻgʻrisida, umumkasbiy negizida olgan jamiki bilimlarni hayotga tatbiq etish: - oʻquvchilarning kasbga qiziqishi, moyilligi, layoqati, qobiliyatidagi bilimi, koʻnikma va malakalarning ijtimoiy hayot bilan bogʻlanishi; - shaxsiy manfaatini jamiyat manfaatlariga boʻysindira olish va h.k.Ijtimoiypsixologik taʼlim jarayonida shaxsning insoniylik, ishonch, ochiqlik, yaqinlik, samimiylik kabi muhim sifatlarni namoyon boʻladi. TAHLIL VA NATIJALAR. newjournal.org zenodo.org 7 Hozirgi kunda xususiylashtirish munosabatlarini va maktab oʻquvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga, jamiyat uchun foydali va zarur boʻlgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yana ham katta rolʼ oʻynaydi. Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ularning har biriga alohida-alohida yondoshishni talab etadi bunda shaxsning temperamenti, irodasi, diqqati, beliglangan maqsadga erishishda qatʼiylik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, intizomlik, topshirilgan ishni bajarishga maʼsuliyat bilan munosabatda boʻlish kabi fazilatlarini eʼtiborga olish zarur. Bundan tashqarii, kasbga yoʻnaltirish davomida kasbni tanlash sabablarini; kasbning ijtimoiy ahamiyati, qiziqish va havas, kasbga tayyorgarlik, oila anʼanalari, ota-onalar, pedagoglar, oʻrtoqlarning maslahatini hisobga olish lozim. Kasb-hunarga yoʻnaltirish va kasbiy maslahat berish ishlar shu tarzda tashkil etilishi kerakki, buning natijasida oʻquvchi oʻzi mustaqil va ongli ravishda kasbiy qaror qabul qilsin, oʻquvchi va kasbiy maslahat beruvchi hamkorlikda ishlasa, chunki kasbiy yoʻnalganlik koʻproq oʻsmirning shaxsiy faollik xususiyatiga bogʻliq boʻladi. Xotin-qizlarlarning kasbiy qarorlarini shakllantirish – bu oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarini amaliyotda malakali mutaxassislar koʻmagida, kasbga boʻlgan layoqatiga ishonch hosil qilish, kasbiy madaniyat sifatlari (kasbiy idrok, kasbiy hissiyot, kasbiy tafakkur, kasbiy salohiyat) h.k.ni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan izchil, tizimli, oʻzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan psixologik-pedagogik faoliyat jarayonidir. Kasbiy maslahat – kasb tanlashda qiziqish, qobiliyatlarni inobatga olgan holda va amaliyot yordam berish maqsadida, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, umum oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kasblar haqidagi ilmiy-tashkillashtirilgan maʼlumotlarni еtkazishdir. Kasbiy maslahat – u yoki bu kasbning talablariga individual psixologik yoki shaxsiy xususiyatlarni moslashtirishni oʻzining maqsadi qilib qoʻyyadi. Kasbiy maslahatni oʻtkazish boshlangʻich kasbiy maslahat va chuqurlashtiriilgan kasbiy maslahat bosqiyalariga boʻlinadi.Boshlangʻich kasbiy maslahat – individual tarzdagi maslahat shakli boʻlib, bu jarayonda kasb tanlashning qoidalari, kasb-hunarning xilmaxilligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qiziqish, qobiliyat, layoqat, moyillik, eʼtiqod haqida maʼlumotlar beriladi. Chuqurlashtirilgan individual kasbiy maslahat - shaxsni har tomonlama chuqur oʻrganish: qiziqishlar, qobiliyatlari, salomatligi va xarakter xususiyatlarini oʻrganish kabilarga asoslanib oʻtkaziladi. Shaxsiy maslahat oʻtkazishda mutaxassis qoʻyidagilarni bilishi shart: - shaxsning qiziqishi, iqtidori, layoqati haqidagi maʼlumotlarni;-boshqa tomondan: - kasblar olami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, kasbning insonga qoʻyadigan talablarini, oʻquv muassasalari haqidagi maʼlumotlarni bilishi kerak. newjournal.org zenodo.org 8 Shaxs hamda maʼlumotlar dastlabki maslahat qoʻyidagi toʻrtta blokida aniqlanadi; «Bilaman», «Hoxlayman», «Uddalayman», «Kerak» mutaxassis kasbga yoʻnaltirish va uning еchimini topishni oʻrgatish kerak. Kasb xususiyatlarini va ularning tavsiyanomalarini oʻrganish uchun, har bir kasb uchun professiogramma tuziladi. Malaka tavsiyanomalari professiogrammaga qoʻshimcha boʻlib xizmat qiladi. Professiogramma mazmuniga taxminan qoʻyidagilar kirishi kerak: 1. Mazkur kasbdagi mutaxassis talab etilayotgan xalq xoʻjaligi sohasi tavsifnomasi, sohaning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji, avtomatlashtirish va kompleks mexanizasiyalash munosabati bilan shu kasbdagi ishlarning rivojlanish istiqbollari. 2. Ixtisoslik tavsiyanomasida tavsiya qilingan kasbning mazmuni, mehnat obeʼktlari, vositalari. 3. Ishchiga qoʻyiladigan talablar (maʼsuliyat darajasi, tashabbus va mehnatning ijodiy elementlari, ishning gigeinik sharoitlari, tibbiy va psixofiziologik koʻrsatkichlari yoki toʻgʻri kelmasligini koʻrsatuvchi belgilar, ayollar mehnatini qoʻllash mumkinligini va boshqalar). 4. Boshlangʻich ixtissoslik doirasida oʻquvchining muvaffaqiyatli ishlashi uchun umumiy maʼlumoti va kasbiy tayyorgarligiga qoʻyiladigan talablar (ishlab chiqarish malakasini yanada oshirish hisobga olgan holda). 5. Mehnatni tashkil etishning iqtisodiy sharoitlari, mehnat haq toʻlash tizimi. 6. Mazkur kasb vakillari (ishlab chiqarish qahramonlari, ilgʻorlari, mehnat qahramonlari) ning tarjimai holi maʼlumotlari. Kasb tanlashda maktabning ota-onalar bilan mustahkam aloqasi katta ahamiyatga ega. Xotin-qizlarda kasbga oid qiziqishlarning paydo boʻlishi va rivojlanishidagi muvaffaqiyat koʻp jihatdan maktab va ota-onalarning birgalikdagi samarali ishlariga bogʻliqdir.Kasbga yoʻnaltirish tamoyillarini yaratishda quyidagilarga eʼtibor beriladi: - onglilik tamoyili; - mos kelish tamoyili shaxs qiziqishlari, qonuniyatlari bilan jamiyat uchun zarur kasblarga boʻlgan ehtiyojning mos kelishi. - kasb tanlashda faollik tamoyilini qollaganda samaradorlik yaxshi natijalarga erishiladi. XULOSA VA TAKLIFLAR newjournal.org zenodo.org 9 Xulosa qilib aytganda xotin-qizlar kasbiy tanlovida oʻzligini tushunishi, oʻz kuchi va imkoniyatlarini, shu jumladan oʻz qobiliyatlarini toʻgʻri baholay bilishi, keyin esa shaxsiy qiziqishlari va imkoniyatlari kasb talablari bilan solishtirib koʻrish kasbni muvaffaqqiyatli tanlash shartlaridan biridir. Amaliy tavsiyalar 1.Bevosita talabalar ishtirokidagi turli ijtimoiy madaniy tadbirlar, tanlovlar, amaliy loyixalarni rejalashtirish va amalga oshirish orqali ularning kasbiy kompetentligini oshirish. 2. Chet el o’zbek ishbilarmonlik madaniyatlari xususiyatlarini tavsiflovchi, ijtimoiy madaniy mazmunga ega ilg’or xorijiy tajribalar asosida DTS talablariga mos ravishda takomillashtirilgan o’quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlash. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: «Oʻzbekiston», 2017.-488 b. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11-maydagi «Xalq talimini rivojlantirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida PQ-241-sonli qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o ’rta, o ’rta maxsus va kasb-hunar ta ’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to ’g’risida”gi 2018 yil 25 yanvardagi Farmoni. 4. O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 22 yanvarda PF-5308-sonli “20172021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y o ’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to ’g ’risida”gi Farmoni.- Toshkent, 2018 y. 5. Mirziyoev SH.M. Bugun ma’rifatga e ’tibor qaratish har qachongidan ham uhim.Shudegov V.E. Integratsiya nauki i obrazovaniya kak faktor innovatsionnogo razvitiya ekanomiki Rossii. // j. Distantsionnoe i virtualbnoe obuchenie. - 2007. №8. -3-5 s. 6. Yuzlikaev F.R. Sistema sovershenstvovaniya nachalbnoy professionalbnoy adaptatsii molodbix uchiteley: Dis. ... kand. ped. nauk. -Kazanb, 1985. - 259 s. 7. Haydarova O. Bo’lajak o ’qituvchilarni ta ’lim jarayoniga texnologik yondashuvga tayyorlash: Ped.fan. nom...yozil. Disser. - Qarshi, 2004. - 182 b. 1. Highter Education, Retrieved April 25, 2007 from http:// 2. www.bc.edu/cihe. 3. https://www.lecolevancleefarpels.com/en/sessions/savoir-faire 4. https://www.rca.ac.uk/