scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XURSHID DAVRON SHE'RIYATIDA IJTIMOIY DARDNING IFODALANISHI

Ibragimova Dilovar

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xurshid Davron ijodi, she’riyatida qo‘llanilgan ijtimoiy dard, timsollar, xalq ruhiyati va zamon muammolarining badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Shoir she’riyatida inson va davr munosabati, ular o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar, bugungi kunning og’riqli nuqtalari tahlil qilinadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 614 XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA IJTIMOIY DARDNING IFODALANISHI Ibragimova Dilovar O‘zbek filolgiyasi fakulteti 3-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17675420 Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xurshid Davron ijodi, she’riyatida qo‘llanilgan ijtimoiy dard, timsollar, xalq ruhiyati va zamon muammolarining badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Shoir she’riyatida inson va davr munosabati, ular o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar, bugungi kunning og’riqli nuqtalari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Xurshid Davron ijodi, ijtimoiy dard, xalq ruhiyati, zamon, lirika va tahlil, tarixiy va ma’rifiy she’rlar. Mustaqillik davrida o‘zbek adabiyotida inson ruhiyati, millat og’rig’i va jamiyatdagi kichik o‘zgarishlar ham chuqur tahlil qilina boshladi. Bu jarayon albatta adabiyot vakillari, adib va yozuvchi va shoirlar bilan bevosita bog’liqdir. Bu jarayonda millatsevar shoirimiz Xurshid Davron ijodi alohida o‘rin egallaydi. U o‘z she’rlarida xalq dardi, tarix xotirasi, milliy o‘zlik va zamon ruhiyatini badiiy obraz va tasvirlar orqali o‘z she’riy asarlarida gavdalantiradi. Shoir ijodida ijtimoiy dardning urg‘uga olinganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ijtimoiy dard faqat bir mavzudagina emas, balki insoniy kechinmalarning asosiy manbayi sifatida ko‘rinadi. Ma’lumki, XX asrning 70-yillari o‘zbek she’riyatiga bir guruh iste’dodlar kirib keldi. Bu avlod namoyandalari o‘z salaflarni oxirida Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Azim Suyun va Usmon Azim kabi shoirlar ijodida yorqin namoyon bo‘ladi [4:] Xurshid Davron 1980-1990 -yillardayoq o‘zbek she’riyatiga yangi nafas olib kirgan shoirlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning ilk she’rlaridayoq xalq taqdiri, inson qalbidagi og‘riq va mas’uliyatni kabi mavzular seziladi. Shoir she’rni nafaqat estetik go‘zallik ifodasi, balki vijdon va xalq dardini his qilishni ham yuklaydi. Shoirning she’rlari tahliliga keladigan bo‘lsak, adib ko‘plab she’rlar va sh’eriy to‘plamlar muallifidir. Shoirning dastlabki she’rlarini 1976-yilda chop etila boshlaganligini ayrim manbalarda ko‘rishimiz mumkin. Masaln birinchi to‘plami “Qadrdon quyosh” 1979-yilda bosilib chiqdi. Shundan keyin “Bahordan bir kun oldin”, “Tungi bog‘lar”, “To‘marisning ko‘zlari” , “Qaqnus “ kabi mashhur to‘plamlari ham mavjuddir. X.Davron faqat she’riyat bilan cheklanib qolmasdan, o‘zi tarixiy zamin Samarqandda dunyoga kelgani uchunmi, tarixdan boxabar bo‘lgan, shuning uchun tarixiy va ma’rifiy mavzularda ham ko‘plab qissalar yozganini manbalarda uchratishimiz mumkin. “Samarqand xayoli”, “Najmiddin Kubroning tushlari”, “Bibixonim” kabi ko‘plab tarixiy asarlar muallifidir. Ushbu tarixiy asarlarida ham ma’lum davr insonlari va ularning davr nuqtayi nazardan tutgan o‘rni, hozirgi jamiyat bilan bog’liq ijtimoiy dard mavzularni badiiylik orqali ochib beradi. Shoirning bir qancha she’rlari “Padarkush”, “Orzu haqida rivoyat”, “Qismat”, “Muhabbat”, “Baxtsizlik”, “Shoir uchun ertak”, “Qayg’u”, ”She’r yozganda“ va ko‘plab she’rlari mavjud. Xurshid Davron she’rlari xalqchilligi, oson tushuniladigan jumlalari, jamiyatdagi kichik muammolarni kuylashi bilan ajralib turadi. Masalan shoirning “Shoir uchun ertak” she’rida shu misralarni uchratamiz. Shoir SO‘Zdan qo‘rqsa mobodo, ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 615 Yo ortiga chekinsa nogoh, Yo ortiga boqsa, o‘sha on, Uni yamlab yutadi ilon [1]. Adib ushbu she’rida ba’zi haqiqatdan qochib, xalq dardini kuylamasdan, o‘z manfaati yo‘lida yuruvchi shoirlarni tanqid qiladi, shoirlik mezonlariga va yaratgan ularga bergan iste’doddan to‘g’ri maqsadda foydalanishga chorlaydi, agar bunday bo‘lmasa ramziy ham to‘g’ri ma’noda “Uni yamlab yutadi Ilon “ iboralarini qo‘llanilishi orqali ham o‘z fikrini dalilamoqchi bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek adibimiz qadimiy shahar Samarqandda tug’ilgan va bu shoirlarga qaysidir ma’noda ba’zi she’rlarining yozilishiga ilhom manbai sifatida turtki bo‘lgan bo‘lishi mumkin deya bemalol ayta olamiz. Shoir tarixiy obrazlar orqali jamiyatning bugungi og’rig’ini ifodalaydi, uning nazarida xalq dardi – bu faqat og’riq emas, balki o‘zlikni anglash va yo‘qotmaslikka chaqiriqdir. Masalan “Padarkush” she’rida xalqimizning azaldan og’riqli nuqtasi bo‘lgan Mirzo Ulug’bek va padarkush deya nom olgan Abdulattif voqealariga atab bu she’rni bitadi. Samarqand shahrining chekkasida Qabr bor – odamlar yuz burib o‘tar, Unda Abdulatif yotar, deydilar, Deydilar: “Bu yerda padarkush yotar”. Yuqoridagi misralardan xalqimizning shunday ulug’ inson o‘g’li tomonidan o‘ldirilgani va ayanchli voqealar bayoni keltiradi. Insonlarning bu qabrdan jirkanishi: “Bu yerga go‘daklar o‘ynasa kelib, Otalar quvadi, Onalar qarg‘ar, “ So‘zlarida ham aniq ayon bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Tarix qotil padarkushni kechirmas, ammo faqat Ulug‘bek kechirgay qabilidagi so‘zlar ham keltirilib o‘tiladi. Bu voqealar uchun shoir vatanidan “Sen-chi, ey , Vatanim, Nima qilgaysan, Gapir qay birini avf etarsan?” deya hayqiriqli savol so‘raydi. She’r ajoyib mazmun va vatan tuyg’ularini o‘zida etadi. Xurshid Davron o‘zining “O‘g’lim Temurga” nomli she’rida ham bugungi kunda ijtimoiy muammo hisoblangan yoshlarda vatan tuyg’usining tobora kamayib ketayotganligini tushuntiradi va o‘g’lini, o‘g’li bilan birga jamiyat yoshlarini bu tuyg’uni muqaddas bilishga, shonli tarixni hurmat qilishga da’vat etgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Qo‘rqmasdan qadam tashla, Yer juda qattiq, Bobolarning qoni qotirgan uni, Momolarning ko‘z yoshi qotirgan uni.[3] Ushbu misralar orqali bu ulug‘ kunlarga osonlikcha erishilmaganligini ifodalangan bo‘lsa; Yiqilsang emaklama o‘g’lim, Turmoqni o‘rgan, Emaklaganim yetar, o‘g’lim’ ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 616 Qad tiklashni o‘rgan, Shuning uchun bizga berilgan, Bu yer – bu VATAN. [5] Yuqoridagi misralar bilan esa shuncha mashaqqatla erishgan mustaqil vatan qadriga yetishimiz, “shuncha emaklaganimiz yetar o‘g’lim“ so‘zlari orqali esa sovet davri qiyinchiliklari, madaniy va moddiy hayotdan uzilgan qadim vatanimiz tarixiga urg’u bermoqchi bo‘ladi shoir. Xurshid Davron she’riyatida o‘zbek xalqining tarixiy obrazlari, qadimiy shaharlar, xalqona timsolar orqali zamonaviy dard ifodalanadi. Shoirning she’rlari bugungi kunda ham dolzarb, insonlarni o‘ylashga , jamiyatni his etishga undaydi. X.davron she’rlarining markazida insoniy mas’uliyat, vijdon, millat og’rig’i markazda turishining guvohi bo‘lamiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Xurshid Davron. Tanlangan she’rlar. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 2010. 2. Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент: 2004. 3. Улуғов А. Адабиётшунослик назарияси. – Тошкент: G‘afur G‘ulom 4. nomidagi NMIU, 2017. – 308 б. 5. Sultonqulova, F. (2020). Metaphorcal images in Osman Azim poetry. ISJ Theoretical & Applied Science, 04 (84), 537-539. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS. 6. Sultonqulova, F. (2024). TROPES IN THE POEMS OF USMON AZIM International Bulletin of Applied Sciences and Technology. Volume 4, Issue 2. Volume 4, Issue 2. 186-189 B. Zenodo. https:doi.org/10.5281/zenodo.10670866 7. Sultonqulova, F. (2023). Yozma adabiyotda Barchin timsoli / Tarih Sahnesinde Türk Dünyası Kadını Uluslararası Sempozyumu 22-23 Haziran 2023, İzmir. 69-72 betlar. https://tdae.ege.edu.tr/a