TUPROQ DEGRADATSIYASI MUAMMOSINING GLOBALLASHUVI VA OLDINI OLISH YO'LLARI
Full text
658 UDK: 912.43:630.4 TUPROQ DEGRADATSIYASI MUAMMOSINING GLOBALLASHUVI VA OLDINI OLISH YO’LLARI Xalmuratova Baxitgul Uzaxbergenovna, q.x.f.f.d. Qоraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Kaniyazova Dilbar Ajiniyaz qızı, talaba Qоraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17676074 Аnnotaciya: Ekologik muammolarning o’ziga xos tomonlari shundaki,u chegara bilmaydi, chunki bu muammolar bir butun birlikda, ya’ni tabiatda kechadi. Tuproqda ro’y berayotgan jarayonlar biosferaning barcha qismlari bilan chambarchas bog’liqdir. Tabiatda, xususan tuproq qoplamida kechayotgan o’zgarishlar, tuproq muhiti bilan bog’liq hisoblanadi. Shu tufayli, ushbu maqolaning maqsadi tuproq degradaciyasi holatlarini o’rganish va oldini oilishdan iborat. Kalit so’zlar: tuproq, ekologiya, eroziya, degredatsiya, omillar, tabiat, biosfera. Аннотация: Особенность экологических проблем заключается в том, что они не знают границ, поскольку эти проблемы происходят в едином целом, то есть в природе. Процессы, происходящие в почве, тесно связаны со всеми частями биосферы. Изменения, происходящие в природе, в частности в почвенном покрове, связаны с почвенной средой. Поэтому цель данной статьи заключается в изучении и предотвращении случаев деградации почв. Ключевые слова: почва, экология, эрозия, деградация, факторы, природа, биосфера. Annotation: The peculiarity of environmental problems is that they know no boundaries, since these problems occur in a single whole, that is, in nature. The processes occurring in the soil are closely connected with all parts of the biosphere. Changes occurring in nature, particularly in soil cover, are related to the soil environment. Therefore, the purpose of this article is to study and prevent cases of soil degradation. Keywords: soil, ecology, erosion, degradation, factors, nature, biosphere. Hozirgi kunda tabiatning о‘zgarishi bilan bog‘liq ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Bugungi kun ekologik vaziyati, jumladan tuproq xossaxususiyatlarining keskin о‘zgarishi va qishloq xо‘jaligida foydalanilayotgan yerlarning “tanglik” holiga tushib qolishi va boshqa omillar qatorida insoniyat faoliyatining о‘rni ham zalvorli ekanligi bugun barchaga ayon bо‘lmoqda.Global ekologik muammolari kishilik jamiyatining barqaror rivojlanishiga xavf tug`dirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 10iyunda “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq,
659 mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish, bioxilma xillikni asrab qolish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish asosida mintaqalarni barqaror rivojlantirishga erishish bo’yicha ko’rsatmalar belgilab berildi [1]. Tuproqda rо‘y berayotgan jarayonlar biosferaning barcha qismlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiatda, xususan tuproq qoplamida kechayotgan о‘zgarishlar, ularning taqdiri bilan bog‘liq jarayonlarni bilish va unga jiddiy yondashish muhim hisoblanadi. Tuproq degradatsiyasi — bu tuproq funksiyalarining oʻzgarishiga, uning xususiyatlarining miqdoriy va sifat jihatidan yomonlashishiga, unumdorlikning asta-sekin yomonlashishiga va yoʻqolishiga olib keladigan jarayonlar majmui. Quyidagilar tuproq degradatsiyasining eng muhim turlari: texnologik (uzoq muddatli foydalanish natijasida); tuproq eroziyasi; shoʻrlanish; ikkilamchi sho'rlanish; botqoqlanish; tuproqning ifloslanishi; degumifikatsiya jarayonning ortishi; choʻllanish; tuproq muhitining buzilishi; tuproq degradatsiyasining oʻta yuqori darajasi - bu tuproq qoplamining buzilishidir. [2] Bu hodisa dunyo miqyosida tobora kengayib borayotgan muammoga aylanmoqda, chunki sog'lom yer qishloq xo'jaligi, biologik turli xillik va ekosistema xizmatlarining asosidir. Yer degradatsiyasining asosiy sabablari orasida ortiqcha chorvachilik, o'rmonlarning kesilishi, shahar qurilishi, noto'g'ri qishloq xo'jaligi amaliyotlari (kimyoviy moddalarni haddan tashqari ishlatish) va iqlim o'zgarishi mavjud. Tuproq unumdorligi (salomatligi) uchun isbotlangan yechimlar: Iqlimga moslashgan qishloq xo‘jaligi; tuproqda uglerod saqlash; himoyalangan qishloq xo‘jaligi; barqaror suv boshqaruvi. Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Tuproqning degradatsiyasining bu muammosi dehqonchilik uchun ishlatiladigan yerlarning katta qismiga ta'sir qiladi, potentsial boyliklarni kamaytiradi va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qiyinchiliklarga olib keladi. Tuproqning tanazzulga uchrashi va hosildorlikning yo'qolishi qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning yo'qolishini va aholining oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotganini bildiradi. Bu nafaqat tuproq va unumdorlikka ta'sir qiladi, balki daryolar, botqoq va ko'llar va ularning
660 atrofidagi tuproqlarning oqimiga ta'sir qiladi, ozuqa moddalarini olib tashlaydi va ko'proq ifloslantiruvchi moddalarni qo'shadi, uzoq muddatda bu muammolar katta suv zaxiralarida potentsial xavfli bo'ladi. Tuproqning bu o'zgarishi uning sifati va ozuqaviy elementlariga ham ta'sir qiladi, uni qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yaroqsiz holga keltiradi. Degradatsiya jarayonlarini bartaraf etishda tomchilatib sug'orish usuli ham tavsiya etilgan. Bu usul suv va zarur o'g'itlarni sug'orilayotgan ekinning ildiz yonidagi qismga to'g'ridan-to'g'ri uzatuvchi tizim bo'lib hisoblanadi. Suv uzatish miqdori va davriyligi o'simlikning ehtiyojidan kelib chiqib yuboriladi. Bu usulda suv barcha ekinlarga bir tekisda, bir xil miqdorda va suvni ortiqcha isrof qilmasdan yetib boradi. Shuningdek, suvni oqish vaqtidagi bug'lanishlari miqdori kamayadi. Xulosa. Degradatsiyalangan tuproqlar atmosferaga karbonat angidrid chiqara boshlaydi, bu esa global isishning kuchayishiga hissa qo'shadi. Yuqorida tuproq degredatsiyasi bo’yicha keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, shunday xulosaga kelish mumkin: tuproq degredatsiyasi bu erning fizik, kimyoviy, biologik va iqtisodiy unumdorligini kamaytirish yoki umuman yo'qotishlarni o'z ichiga olgan jiddiy muammodir. Qishloq xo'jaligi mahsuldorligining pasayishi: Tuproq sifati yomonlashgan sari, hosil kamayadi, bu esa oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muammolarga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. "Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" 10.06.2022 yildagi 277son 2. Maxsudov X.M. «Tuproq eroziyasi va muhofazasi» ToshDAU 2003 3. Teshaboev M «Tuproqlar degradatsiyasining ildini oilsh va oqibatlarini bartaraf etishga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish choralari» Ilmiy maqolalar to’plami. Toshkent.2012 4. Карманов И.И. Булкаков Д.С Деградaция почь: предложения посовершенствованию терминов и определений // Антропогенная деградация почвенного покрова и меры ее предупреждение. М.1998.т1 с.5-6.ч 5. Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabbarov Z.A., Turapov I.T., Saidova M.E. Tuproq degradatsiyasi. Darslik. Toshkent, Mumtoz sо‘z nashriyoti, 2019. -234 b. 6. Abdurahmonov T. Jabborov Z. Nikadambayev X. "Tuproqlarni kimyoviy iflaslanish muommalari va muhofaza qilish tadbirlari maxsus kursini o'qitish pedagogic texnologiyalar" T.. Universitet 2017. 7. FAO. Tuproqni himoyalovchi va resurstejovchi qishloq xо‘jaligi: Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda qishloq xо‘jaligi mutaxassislari va fermerlar uchun о‘quv qо‘llanma. Toshkent. 160 varaq.