scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISH DAVR TALABI

Jo'rayeva E'zoza Hamid qizi

Abstract

Mazkur maqolada bugungi zamonaviy hamda shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning roli qanchalik muhimligi va uni oshirish qanchalik zarurligi o’z ifodasini topgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 637 HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISH DAVR TALABI Jo’rayeva E’zoza Hamid qizi Namangan Davlat Universiteti Yuridik fakulteti 1-boshqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17682814 Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi zamonaviy hamda shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning roli qanchalik muhimligi va uni oshirish qanchalik zarurligi o’z ifodasini topgan. Аннотация. В данной статье отражено, насколько важна роль правового сознания и правовой культуры в современную, стремительно развивающуюся эпоху, а также насколько необходимо их повышение. Abstract.This article reflects how important the role of legal awareness and legal culture is in today’s modern and rapidly developing era, as well as how necessary it is to enhance them. Kalit so’zlar: qonun, davlat, renessans, jamiyat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, davlat organlari, inson. Kirish. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. (1) Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiaytini shakllantirish jarayonlaridagi muvaffaqiyatlar aholining, har bir fuqaroning huquqiy ong va huquqiy madaniyati darajasiga bog’liqdir. Chunki, bu borada qilinayotgan barcha ishlar insob uchun va bu ishlarni amalga oshirayotgan ham insonlardir. Huquqiy ong insonning o’z ma’rifat va ma’naviyat darajasiga tayangan holda jamiyatda amal qilayotgan huquqiy talab va normalarning mazmunini tushunish va mohiyatini anglashdir. Jamiyat a’zolarining huquqiy ongi yuksak bo’lishi uchun ular ma’rifatli va yuksak ma’naviyat egasi bo’lishlari zarur. Huquqiy ongning yuksakligi shaxsning fuqarolik jamiyatining to’laqonli a’zosi va huquqiy demokratik davlatning haqiqiy fuqarosi bo’lishi uchun kamlik qiladi. Buning uchun inson huquqiy madaniyatli inson bo’lishi zarur. Shaxsning huquqiy madaniyati fuqaroning o’z haq-huquqlarini huquqiy ongiga tayangan holda o’zgalar manfaatiga zid kelmaydigan tarzda amalga ishirilishidir. (2) Asosiy qism. So’nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to’sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. (3) Bunday kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda, ya’ni jamiyatda huquqiy maaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi qabul qilindi hamda unda aniq maqsad va vazifalar belgilandi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishda avvalo, bu tushunchalar mazmunini anglash muhimdir. Huquqiy ong odamlarning qonunga va jamiyat hayotidagi huquqiy hodisalarga munosabatini ifoda etadigan g’oyalar, tushunchalar va hissiyotlar to’plamidir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 638 Huquqiy manba sifatida huquqiy ong huquqiy aktlarda o’z ifodasini topadi, qonun ijod qilish jarayoni va natijalariga ta’sir qiladi. Huquqiy normalar, o’z navbatida, fuqarolarning huquqiy ongini rivojlantirishga, huquqiy tamoyillar va me’yorlar, huquqiy munosabatlar va javobgarlik to’g’risida to’g’ri g’oyalarni shakllantirishga ta’sir qiladi. L.I.Spiridonovning ta’kidlashicha, “ommaviy huquqiy ong - bu huquqiy haqiqatning kollektiv ongida aks etishi, nima bo’lishi kerakligi prizmasi orqali idrok etishi, madaniy me’yorlar, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va boshqa ijtimoiy ong shakllari vositasida aks etishi. Bu kontseptsiyalarda, g’oyalarda, qarashlarda, hissiyotlarda va boshqalarda ifodalangan qonun, qonun, huquqbuzarlik, hukm, huquqbuzarga psixologik munosabatni ifodalaydi’’. Huquqiy ong nafaqat mavjud huquqiy munosabatlarning sifatini tavsiflaydi, balki uning ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan o’zaro munosabatda bo’lib, rivojlanish tendentsiyalarini ham ko’rsatadi. U uzluksizligi va yangiligi bilan ajralib turadi, huquqiy tartibga solishning mohiyati va sifati to’g’risida, buzilgan huquqlarni himoya qilish usullari to’g’risida yangi g’oyalarni yaratadi. Huquqiy ong munosabatlar ta’sirida shakllanadi, ularga teskari ta’sir ko’rsatadi. Huquqiy mafkura qonuniy xatti-harakatlar uchun qiymat motivlarini yaratadi, u huquqiy psixologiyaga va shunga muvofiq huquqiy amaliyotga ta’sir qiladi. Huquqiy ongning mazmuni nafaqat jamiyatda beriladigan, balki huquqiy ta’lim jarayonida o’stirilishi kerak bo’lgan qadriyatlar tizimi bilan bog’liq. Huquqiy ong jamiyatning huquqiy hayotini rivojlantirish va takomillashtirishda ulkan rol o’ynaydi, chunki huquqiy normalarning sifati, ularning ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlariga muvofiqligi, shuningdek ularning ko’rsatmalarining aniq va to’liq bajarilishi fuqarolarning huquqiy ongi darajasiga bog’liq. Huquqiy ongning belgilari: 1) Huquqiy ong - bu siyosiy ong, siyosiy, axloqiy, diniy, milliy va boshqa shakllar bilan chambarchas bog’liq bo’lgan mustaqil ong shaklidir; 2) Huquqiy ong faqat huquqiy voqelik hodisalarini aks ettiradi va huquqiy normalarni yaratish, ularning talablarini jamoat hayotida amalga oshirish jarayonini qamrab oladi; 3) Huquqiy ong huquqning o’tmishi, buguni va kelajagi haqidagi g’oyalarni o’z ichiga oladi; 4) Huquqiy hodisalar to’g’risida xabardorlik maxsus huquqiy tushunchalar va toifalar orqali amalga oshiriladi; 5) Huquqiy ong huquqning manbai; 6) Huquqiy ong huquqiy faoliyatning manbai va huquqiy xatti-harakatlarning ichki regulyatori yoki uni amalga oshirish mexanizmi bo’lib xizmat qiladi. (4) Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish va shu yo’lda uchinchi renessansni amalga oshirishda, bu yo’ldagi maqsadga erishishda yoshlardan boshlash lozim, ya’ni tarbiyadan boshlasak har bir yosh avlodda huquqiy madaniyat o’z o’zidan shakllanib rivojlanadi. Voyaga yetmaganlarning huquqiy ongini yuksaltirishhuquqiy davlat barpo etish yo’lidagi eng muhim shartlardan biri bo’lib, bu jarayon psixologik va pedagogik yondashuvlar bilan uyg’un holda olib borilishi lozim. (5) Bu xususda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019yilning 9-yanvar kuni “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida’’gi farmonga imzo chekdi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 639 Birinchi navbatda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar farmonda belgilab berilgan. Jumladan: jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish; maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish; yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini bolaligidan boshlab singdirish; mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Davlat organlari, jamoat va fuqarolik jamiyatlari institutlari hamkorlikda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha amalga oshirishlari lozim bo’lgan ishlar ham farmonda belgilab berilgan. (6) Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish davr talabi bo’lib qolayotgan bugungi kunda, o’z huquqiy madaniyatini shakllantirish uchun shaxs: - o’z huquqiy bilimlarini muttasil oshirib borishi; - amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tanish bo’lishi; - huquqiy faoliyatda ajdodlarimizdan meros bo’lib kelgan ijtimoiy qoidalarni ham e’tiborga ola bilishi; - hokimiyat organlarining funksiyalari va vazifalarini bilishi va ular bilan o’zaro munosabatlarga kirisha olishi; - huquq-tartibot sohasining jamiyatdagi o’rnini to’g’ri idrok qilishi va ularning vazifalarini to’g’ri anglashi zarurdir. Yuksak huquqiy madaniyatga ega insonni tarbiyalash qanday vositalar orqali amalga oshiriladi, insonning huquqiy madaniyatiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi qabilidagi savollarga javob huquqiy ta’lim va ma’rifatni kuchaytirish, huquqiy targ’ibotni yanada yaxshilash zamirida yotadi. “Har qanday jamiyat, davlat ma’lum adolatni himoya etuvchi, huquqiy qonunlar asosida idora etiladigan, adolatsizlikka yo’l qo’yilmaydigan, qonun ustuvor bo’lgan adolatli jamiyat ta’limotini yaratishga, uni rivojlantirishga katta hissa qo’shadi’’- degan buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino. (7) Xulosa qilib aytganda, huquqiy ong va huquqiy madaniyat bosqichma bosqich shakllanib boradigan jarayon hisoblanadi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish esa qonunga itoat tuyg’usini rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi kunda mazkur masala davlat siyosati darajasiga ko’tarilmoqda, shu maqsadda fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, ta’lim-tarbiyasi, huquqiy savodxonligi yanada yuksaltirish, yoshlarning huquq sohasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularni huquqiy jihatdan yetuk va barkamol avlod etib tarbiyalash asosiy maqsad va muddaolardan biri hisoblanadi. Jamiyatda o’z haq-huquqini biladigan va qonun-qoidalarga og’ishmay amal qiladigan fuqarolar huquqiy davlatning poydevoridir. (8) Albatta, huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni oshirish va huquqiy davlat barpo etish hammasi insonning o’ziga bog’liqdir. Agar davlatni rivojlantirishni xohlasak, o’zgarishni avvalo o’zimizdan boshlashimiz lozim va buning qanchalik ahamiyatli ekanini fuqarolarga turli vositalar va usullar orqali tushuntirish zarur. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 640 Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida’’ farmonida so’zlagan nutqidan. 2. O.Karimova, N.Ismatova, Sh.Sariqov, O.Amanova o’quv qo’llanma (8 darslik) 3. LEX.UZ. PF-5618-son 09.01.2019.’’ Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida’’ 4. ‘’Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari’’ - Satvoldiyev F.A. (NamDU dars qo’llanmasi) 5. Сапогов В.М. - «Правовая культура и правосознание несовершеннолетних» 6. O.Karimova, N.Ismatova, Sh.Sariqov , O.Amanova o’quv qo’llanma (8 darslik) 7. BuxDU. ‘’Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi ‘’ asosida yoshlarda huquqiy ong va odob-axloq normalarini shakllantirish.11.01.2022dan 8. Ergashev Iskandarning ‘’Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish davr talabi’’ maqolasidan.