scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTAB DARSLIGIDA MUMTOZ ADABIYOT NAMOYONDALARINI O'QITISH BO'YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR

Temirova, Moxidil

Abstract

Ushbu maqolada maktab darsliklarida mumtoz adabiyot namoyondalarining hayoti, asarlarini o‘quvchilarga qiziqarli usullarda o‘rgatish maqsad qilib olingan.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 51 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us MAKTAB DARSLIGIDA MUMTOZ ADABIYOT NAMOYONDALARINI O‘QITISH BO‘YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR Temirova Moxidil Komilovna (SamDU, lingvistika, magistr) Kalit so‘zlar: sinkveyn, zigzag, kungaboqar metodi, Gulxaniy, Sa’diy Sheroziy, Ogahiy, Nodira Annotatsiya Ushbu maqolada maktab darsliklarida mumtoz adabiyot namoyondalarining hayoti, asarlarini o‘quvchilarga qiziqarli usullarda o‘rgatish maqsad qilib olingan. Sa’diy Sheroziy hayoti uning «Guliston» va «Bo‘ston» asarlaridan parchalar berilgan. Bu asarlarda ham 5-sinf o‘quvchisga noma’lum bo‘lgan quyidagi so‘zlar mavjud:hamulteng, ittifoqo-oqibat, xullas, nisor qilmoq-berib yubormoq, g‘addoryolg‘onchi, qabo-mato turi. 5-sinfda Saʼdiy Sheroziy hayoti va ijodidan keyin berilgan topshiriqlarda shunday savol bilan murojaat qilinadi: “Tabʼi aybjoʻylik boʻlsa agar bas, Tovus oyogʻidan boshqasin koʻrmas” satrlari maʼnosini tushuntirib bering”. Xoʻsh, 1213 yoshli bola shu savolga javob topa oladimi?Aslida, Shayx Saʼdiyning asarlaridan olingan sheʼriy parchalarni birinchi galda tahlil qilish, oʻquvchilarga soddaroq tilda tushuntirish lozim edi. Ammo mualliflar bundan chekinib, yuqoridagi kabi savollar bilan oʻquvchini oʻylantirib qoʻyishmoqda. Shu oʻrinda muhim bir masalaga toʻxtalsak. Til va adabiyot sohasining ham ilmiy, ham amaliy jabhasi boʻlgan muassasalar – Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi Oʻzbek tili, adabiyoti va folk¬lori instituti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti nega darslik yaratish jarayoniga jalb qilinmaydi? Kelajak egalarining tafakkurini rivojlantirish va ularning koʻngliga ezgulik hamda toʻgʻrilik urugʻlarini qadashda, nahotki, sanoqli mutaxassislarning maqolalari-yu taqrizlari yetarli boʻlsa?! Bizningcha, bu ishda koʻpchilik boʻlib, bahamjihat ishlagan maʼqul. Shu boisdan ham, yuqorida sanab oʻtilgan tashkilotlarni darslik yaratish jarayonida bevosita ishtirok etishlari, oʻz fikr-mulohazalari bilan darsliklarning ba’zi qismlari yaratilshi lozim. 5-sinfda turli afsona va rivoyatlardan iborat hind eposi sifatida “Panchatantra” va “Kalila va Dimna” alohida asarlar sifatida sanab oʻtilgan. 8-sinfda esa u bitta asar sifatida izohlangan: “…sanskrit tilida mashhur “Panchatantra”, yaʼni keyinalik “Kalila va Dimna” nomi bilan mashhur boʻlib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi” (72- INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 52 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us bet). 8-sinfdagi maʼlumotga tayanilsa, ikkala asar bitta ekanligi oydinlashadi.Koʻrinib turibdiki, maʼlumotlar bir-birini inkor qiladi. 6-sinf II qismida mumtoz adabiyot namoyondalaridan Gulxaniy berilgan. Darslikda adibning hayoti hamda “Zarbulmasal” asaridan parchalar berilgan, Asarda ko‘zga tashlanuvchi badiiy obrazlar o‘zlarining tur va tabiatlariga ko‘ra, uch xildir: qushlar, hayvonhasharot va kishi obrazlari. Qushlar obrazlari asarning bosh rejasiga qo‘yilgan asosiy orazlar bo‘lib, hayvon-hasharot va kishi obrazlari quslarning o‘zaro suhbatlarida,, ular tomonidan keltirilgan naql-u rivoyatlatlarda namoyon bo‘ladi. Asar ko‘p planli, qiziqarli syujet chizig‘iga ega, folklorizmga boy, o‘ta xalqchil majoziy asar sifatida o‘zbek adabiyotining nodir namunasidir. Unda xalqimizning yaqin o‘tmishidagi tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, til xazinasi, zarbulmasallari o‘z ifodasini topgan. Zarbulmasalni o‘qitishda biz bolalarga yanada tushunarli bo‘lishi uchun “Kungaboqar”metodidan foydalanishimiz mumkin. “Kungaboqar”metodidao‘quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o‘rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o‘sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo‘yadilar. Bu uslubda o‘tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda o‘quvchilar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin. Masalan, asardagi qushlarning suhbatlaridagi masallarni muhokama qilish orqali asarning didaktik mohiyatini ochish mumkin. 7-sinf adabiyot darsligida Mumtoz adabiyot namoyondalaridan Jahon otin Uvaysiy va uning g‘azal va chistonlari berilgan. Uvaysiyning g‘azal chistonlari juda chuqur ma`no hamda ramzdan iborat, buni o‘quvchiga tushuntirishimizda dars davomida biz“SINKVEYN” texnologiyasidan fodalanishimiz mumkin. “SINKVEYN” texnologiyasi haqida tushuncha “SINKVEYN” – bu besh qatordan iborat bo‘lib, unda bir tushuncha haqida axborot beriladi. Birinchi qatorda mavzu (kalit so‘z) beriladi, ikkinchi qatorda unga bir yoki ikkita aniqlovchi tanlanadi. Uchinchi qatorda unga harakat-holat (fe’l) bilan to‘ldiriladi. To‘rtinchi qatorda so‘z har xil usul bilan yoyiq gapga aylantiriladi. Beshinchi qatorda kalit so‘zning ma’nodoshi (sinonimi) keltiriladi. “Sinkveyn” (taxminiy variant) Kalit so‘zlar:Uvaysiyman, Sog‘indim, Anor, Yong‘oq, Kun-tun INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 53 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us G‘azal Hasbi hol g‘azal O‘g‘liga bag‘ishlab yozilgan g‘azl Sog‘indim g‘azali Mushtipar onaning fazand sog‘inchi chiston nn Qizil gumbaz Ul na qushdirkim,so‘ngoki tashida .Qil sig‘maydigan ikki mahbub Anor, yong‘oq, kun-tun Uning g‘azallari davr muhiti bilan tahlil qilinadi. g‘azal Hasbi hol g‘azal Uvaysiyning qiynoqlarda yozilgan g‘azali Uvaysiyman g‘azali INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 54 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us 8-sinf darsligida esa, Mumtoz adabiyot namoyondalaridan Lutfiyning hayoti va ijodi uning g‘azallari berilgan. Navoiygacha bo‘lgan davrdagi o‘zbek she`riyatining yirik vakili Mavlono Lutfiy asarlarining ham o‘rni bilan katta shuhrat qozongan shoir ijodi ulkan ma`naviy xazinadir. Ushbu darslikda hazaj bahrining hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (yoki maqsur), hazaji musad dasi mahzuf vaznlari Lutfiy gʻazallari misolida tahlil qilingan. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” radifli gʻazali aruzning oʻynoqi, lekin oʻquvchi uchun nisbatan murakkab turlaridan biri boʻlmish hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (yoki maqsur), ya’ni maf’uvlu – mafoiylu – mafoiylu – faulun (yoki mafoiyl) vaznida bitilgan. Taqte’si: – – V |V – – V|V– – V |V – – (yoki V – ~)” [5; 76]. Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Yuqorida keltirilgan baytning birinchi rukni – sadr va ibtido mafoiylunning axrab ko‘rinishi – maf’uvlu (– – V) rukniga, ikkinchi, uchinchi ruknlari – hashv – mafoiylunning makfuf tarmogʻi – mafoiylu (V– – V)ga, oxirgi ruknlar – aruz hamda zarb – esa mafoiylunning mahzuf ko‘rinishi – fauvlun (V – – )ga teng. Matla’dagi se-, -va, i-, ihijolari qisqa, sen-, -sen, -rim, -non, -non, -ma hijolari choʻziq, xoh hijolari esa oʻta choʻziq hijolar sanaladi. Demak, bu hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (– – V |V – – V|V– – V |V – –) deb nomlanadi.Lutfiyning 430 ta she’ridan 61 tasi mazkur vazn mahsuli hisoblanadi.Darslikda berilgan hazaj bahrining ikkinchi vazni hazaji musaddasi mahzuf oʻlchovidir.Ushbu vazn ham Lutfiyning “Ayoqinggʻa tushar har lahza gisu…” gʻazali misolida tahlil qilinadi.Mazkur vaznda Lutfiyning 326 gʻazalidan 23 tasi yozilgan. Shuningdek, olti ruknli ushbu oʻlchovda “Shashmaqom”ning “Soqiynomai savti navo”, “Soqiynomai moʻgʻulcha navo”, “Soqiynomai savti chorgoh” kuylari bastalangan. Ushbu darslikdagi uchinchi bahr – “ramal” bahri she’riyatimizda juda keng qo‘llangan o‘lchov turi bo‘lib “tuyaning lo‘killashi” degan ma’noni anglatadi. Bu bahrning asosini esa foilotun aslining aynan takrori tashkil qiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zi ning “Muxtasar” asarida: “Ramal bahri ellik to‘qqiz vazn, o‘ttiz bir musta’mal, yigirma sekkiz muxtara’, o‘n ikki vazn musta’mali matbu’”,– deb ta’kidlab, 59 ta vaznning barchasiga misollar keltiradi. Adabiyotshunos U.Toirovning fikricha, ramalning shakllanishi, asosan, xalq og‘zaki ijodi qo‘shiqlari bilan bog‘liq hodisa bo‘lib, Hirot hukmdorlari davrida mazkur bahr alohida qo‘shiq janri hisoblangan. Ma’lumki, aruz tizimida har bir bahr bir necha vaznlarni o‘z ichiga oladi.Bu vaznlar bir bahrga INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 55 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us mansubligidan qat’i nazar, o‘ziga xos ohangga ega.8-sinf “Adabiyot” darsligida ramal bahrining ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ramali musammani maxbuni mahzuf vaznidagi g‘azallardan keng foydalanilgan. Darslikda tahlil qilingan ramal bahri o‘lchovlari orasida ramali musammani mahzuf (yoki maqsur) –V – –\–V – –\–V – –\–V – (yoki –V ~) vaznida yozilgan g‘azallar ko‘proq qismni tashkil etadi. Bu vazn “turkiy she’riyatda eng ko‘p istifoda etilgan bo‘lib, “Xazoyin ul-maoniy”dagi 2600 ta g‘azaldan 1101 tasi ushbu o‘lchovda bitilgan”. 8-sinf “Adabiyot” darsligidagi mazkur vaznda yozilgan g‘azallarning tahlili Alisher Navoiy hamda Nodira ijodi misolida keltirilgan. Shuningdek, darslikda Mavlono Lutfiyning “Bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” radifli g‘azali ham ramali musammani mahzuf vaznida, deb keltiriladi. Lutfiynng “Bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” radifli g‘azalining vazni “ramali musammani mahzuf (maqsur), ya’ni foilotun – foilotun –foilotun – foilun(yoki foilon). Taqte’si: –V – –\–V – –\–V – –\–V – (yoki –V ~)” tarzida berilgan. Lekin g‘azal tahlil qilinganida “ramali musammani mahzuf (maqsur)” vazniga to‘g‘ri kelmasligi kuzatildi. Quyida darslikdagi va biz tahlil qilgan taqte’larni keltiramiz. Darslikda (G‘azal jadvalga o ‘zimiz tomonimizdan solingan): Meni shaydo qila durg‘onbu ko‘nguldur bu ko‘ ngul – V – – – V – – – V – – – V – Xoru ras vo qi la durg‘onbu ko‘nguldur bu ko‘ ngul – V – – – V – – – V – – – V – Biz tahlil qilganda esa: Meni shaydo qila durgʻon bu koʻnguldur bu koʻngul – V – – VV – – V V – – V V – Xoru ras vo qila durgʻonbukoʻnguldurbukoʻngul – V – – VV – – V V – – V V – G‘azali misralarini vaznga moslab, hijolarga ajratsak, ulardagi-ni, qi-, -la, bu, ko‘-, bu, ko‘-,-u, qi-, -la, bu, ko‘-, bu, ko‘- hijolari qisqa, me-, shay-, -do, -dur, -g‘on, -ngul, - dur, -ngul, xor-, ras-, -vo, -dur, -g‘on, -ngul, -dur, -ngul hijolari esa cho‘ziq ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shunga ko‘ra Lutfiyning“Bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” radifli g‘azali matla’si ramali musammani mahzuf vaznida emas, balki ramali musammani maxbuni mahzuf(–V– –\VV– –\VV– –\ VV–) o‘lchovida yozilganligi aniqlashadi. Shuningdek, gʻazalning 6-baytining birinchi misrasi ramali musammani maxbuni maqsur(–V – – \VV – –\VV – –\ VV ~) vaznida yaratilgan. Mazkur vazn yuqoridagi oʻlchovdan oxirgi hijoning oʻta choʻziqligi bilan farq qiladi. Quyida baytning matnini keltiramiz: Dushman-u doʻst orasinda men gʻofilni mudom, Besar-u po qiladurgʻon bu koʻnguldur, INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 56 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us bu koʻngul. Shuningdek, gʻazal maqtasining birinchi bayti ramali musammani maxbuni maqtu’(–V – –\VV – –\VV – –\ – –) vaznida bitilgan. Oʻzgadin koʻrmaki koʻzung yoshini, ey Lutfiy, Ayni daryo qiladurgʻon bu koʻnguldur, bu koʻngul. Gʻazalda oʻta choʻziq hijo uchramaydi: Xuddi shunday holatni Alisher Navoiyning “Deyin” radifli g‘azalida ham kuzatish mumkin. Mazkur g‘azalning vazni ham ramali musammani mahzuf (maqsur), ya’ni foilotun –foilotun –foilotun – foilun(yoki foilon)da deb beriladi. Taqte’si: –V – –\–V – –\–V – –\–V – (yoki –V ~) tarzida keltirilgan. Lekin biz Alisher Navoiyning “Deyin” radifli g‘azalini tahlil qilganimizda darslikdagi she’r ramali musammani mahzuf (maqsur) vazniga to‘g‘ri kelmasligini kuzatdik. Quyida darslikdagi va biz tahlil qilgan taqte’larni keltiramiz. Darslikda (g‘azal jadvalga o‘zimiz tomonimizdan solingan): Qoshi yo sinmude yin ko‘ zi qa ro sinmudeyin – V – – – V – – – V – – – V – Ko‘nglu mahar bi ri ningdarduba lo sinmudeyin – V – – – V – – – V – – – V – Biz tahlil qilganda esa: Qo shi yo sinmude yin ko‘ zi qa ro sinmudeyin – V – – V V – – V V – – V V – Ko‘nglu mahar bi ri ningdarduba lo sinmudeyin – V – – V V – – V V – – V V – Shu o‘rinda bu g‘azalning ham matla’sidagi hijolarnieslab o‘tishni joiz deb topdik. Alisher Navoiyning“Deyin” radifli g‘azali matla’si misralarini vaznga moslab, hijolarga ajratsak, ulardagi-shi, -mu, de-, -zi, qa-, -mu, de-, -lu, bi-,-ri, -du, ba-, -mu, dehijolari qisqa, qo-, yo-, -sin, -yin, ko‘-,-ro, -sin, -yin, ko‘ng, -ma, har, -ning, dar-, - lo, -sin, -yin kabi hijolari esa cho‘ziq ekanligi ma’lumbo‘ladi. Shunga ko‘ra Alisher Navoiyning“Deyin” radiflig‘azali ham ramali musammani mahzuf vaznida emas balki ramali musammani solimi maxbuni mahzuf o‘lchovida yozilganligi aniqlashadi. Mazkur vazn asosini esa foilotun aslining maxbun tarmog‘i failotun(birinchi, ikkinchi, uchinchi ruknlarda) hamda maxbuni mahzuf tarmog‘i failun(to‘rtinchi ruknlarda) tashkil etadi. 8 ta cho‘ziq va 7 ta qisqa hijoning juft-juft bo‘lib takrorlana borishi sho‘x, yengil, o‘ynoqi, musiqabop ohang yaratadi . Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ahmedov S., Qosimov B., Qo ‘chqorov R.,Rizayev Sh. Adabiyot, 5-sinf majmua. Ma’naviyat, –T.: 2004-yil. 2. Rajabova I. Adabiyot darslarini intеrfaol usullarda tashkil etish. – Toshkеnt: Tamaddun, 2010. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 57 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us 3. To‘xliyеv B., Niyozmеtova R. va b. Til va adabiyot ta’limining zamonaviy tеxnologiyalari. – Toshkеnt: 2011. 4.Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar, o‘quv mavzular (59 sinf. o‘zbek tili va adabiyot).