THEORETICAL APPROACHES TO SOCIOLOGICAL INTERPRETATIONS OF THE CONCEPT OF WORK CULTURE
Abstract
This article analyzes sociological interpretations of the concept of labor culture through several theoretical perspectives. Functionalist, interactionist, Weberian interpretive, institutional, and constructivist approaches to the formation and meaning of labor culture are examined. The findings indicate that labor culture is a multidimensional sociological phenomenon that integrates normative, communicative, institutional, and individual meaning-based components. The study provides a theoretical foundation for reinterpreting labor culture within the context of modern technological development and the evolving labor market.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 759 MEHNAT MADANIYATI TUSHUNCHASINING SOTSIOLOGIK TALQINLARIGA NAZARIY YONDASHUVLAR Joʻrayeva Laylo Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti, Sotsiologiya taʼlim yoʻnalishi, 1-bosqich talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada mehnat madaniyati tushunchasining sotsiologik talqinlari turli nazariy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Funksionalizm, interaksionizm, Vebercha interpretativ yondashuv, institutsionalizm va konstruktivizm doirasida mehnat madaniyatining shakllanishi, mazmuni va ijtimoiy ahamiyati izohlangan. Tadqiqot natijalari mehnat madaniyatining koʻp qirrali sotsiologik fenomen ekanligini, unda meʼyoriy, kommunikativ, institutsional va individualmazmuniy omillar oʻzaro uygʻunlashganini koʻrsatadi. Maqola mehnat madaniyatini zamonaviy mehnat bozori va texnologik oʻzgarishlar kontekstida talqin qilish uchun nazariy asos yaratadi. Kalit soʻzlar. Mehnat madaniyati; sotsiologik yondashuvlar; funksionalizm; interaksionizm; institutsionalizm; konstruktivizm; kasbiy meʼyorlar; ijtimoiy institutlar. Аннотация. В статье рассматриваются социологические интерпретации понятия трудовой культуры в рамках различных теоретических подходов. Анализируются функционалистская, интеракционистская, веберовская интерпретативная, институциональная и конструктивистская модели формирования и проявления трудовой культуры. Результаты исследования показывают, что трудовая культура является многослойным социологическим феноменом, сочетающим нормативные, коммуникативные, институциональные и личностносмысловые компоненты. Работа формирует теоретическую основу для понимания трудовой культуры в контексте современных технологических и социально-экономических изменений. Ключевые слова. Трудовая культура; социологические подходы; функционализм; интеракционизм; институционализм; конструктивизм; профессиональные нормы; социальные институты. Abstract. This article analyzes sociological interpretations of the concept of labor culture through several theoretical perspectives. Functionalist, interactionist, Weberian interpretive, institutional, and constructivist approaches to the formation and meaning of labor culture are examined. The findings indicate that labor culture is a multidimensional sociological phenomenon that integrates normative, communicative, institutional, and individual meaning-based components. The study provides a theoretical foundation for reinterpreting labor culture within the context of modern technological development and the evolving labor market. Keywords. Labor culture; sociological approaches; functionalism; interactionism; institutionalism; constructivism; professional norms; social institutions. KIRISH Mehnat madaniyati jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan koʻp qirrali sotsiologik fenomenlardan biridir. U mehnat jarayonida shakllanadigan qadriyat va meʼyorlar, kasbiy xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar, mehnat intizomi va mehnatni tashkil etish madaniyatining majmuasi sifatida keng talqin qilinadi. Zamonaviy global mehnat bozori, texnologiyalarning keskin rivoji, raqamli transformatsiya va inson kapitalining oʻsib borishi mehnat
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 760 madaniyatini nafaqat kasbiy kompetensiyalar yigʻindisi, balki ijtimoiy institut sifatida oʻrganishni taqozo etmoqda. Jahon sotsiologiya maktablarida mehnat madaniyati tushunchasi turlicha izohlanadi. T. Parsons mehnat madaniyatini jamiyatning barqarorligini taʼminlaydigan meʼyoriy tizimning ajralmas qismi sifatida talqin qiladi [8, 110]. M. Veber esa mehnatni maʼnaviy-axloqiy xulq va individual maqsad bilan bogʻlaydi [13, 92]. Interaksionizm vakillari mehnat madaniyatini kundalik ijtimoiy oʻzaro taʼsir mahsuli deb qaraydi [2, 17]. Zamonaviy konstruktivizm esa mehnat madaniyatini ijtimoiy konstrukt sifatida talqin qiladi [9, 203]. Oʻzbekistonlik olimlar ham ushbu yoʻnalishda qator tadqiqotlar olib borgan. Sh. Sharipov mehnat madaniyatini “shaxsning ijtimoiy faolligi, mehnatga munosabati, kasbiy masʼuliyatining darajasi” bilan bogʻlaydi [11, 44]. F. Karimov mehnat madaniyatining institutsional asoslarini tahlil qilib, uni mehnat jamoalarida shakllanadigan ijtimoiy meʼyorlar tizimi sifatida talqin etadi [5, 53]. M. Kadirova mehnat motivatsiyasi va mehnat qadriyatlarining yoshlar orasida shakllanishini empirik tadqiqotlar orqali asoslagan [4, 61]. D. Toʻxtasinova esa mehnat madaniyatiga taʼsir qiluvchi kommunikativ omillarni oʻrgangan [12, 72]. Mehnat madaniyatining zamonaviy talqinlari koʻproq texnologiyalashuv, raqamli mehnat madaniyati, onlayn mehnat etikasi, masofaviy ish madaniyati kabi tushunchalar bilan boyib bormoqda. Shu sababli ushbu maqola mehnat madaniyati tushunchasining sotsiologik talqinlarini turli nazariy yondashuvlar asosida tizimli oʻrganishni maqsad qiladi. Ushbu tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: mehnat madaniyatining klassik funksionalistik talqinini tahlil qilish; interpretativ va interaksionistik yondashuvlarni qiyosiy oʻrganish; institutsional talqinda mehnat madaniyati shakllanishi omillarini ochib berish; konstruktivistik va postindustrial nazariyalar asosida mehnat madaniyatining zamonaviy koʻrinishlarini yoritish; oʻzbek olimlarining ushbu masalaga oid ilmiy qarashlarini umumlashtirish. Metodologiya Tadqiqot metodologiyasi sifatida quyidagi usullar qoʻllanildi: 1. Taqqoslama nazariy tahlil. Funksionalizm, interaksionizm, konstruktivizm va institutsionalizm doirasidagi konsepsiyalar bir-biri bilan qiyoslab tahlil qilindi. Bunda T. Parsons, M. Veber, E. Goffman, D. North, G. Ritzer kabi olimlarning ishlari asos boʻldi. 2. Mahalliy ilmiy manbalarni tahlil qilish. Oʻzbekistonlik olimlar—Sh. Sharipov, F. Karimov, D. Toʻxtasinova, B. Joʻrayev va boshqalarning mehnat madaniyatiga oid tadqiqotlari oʻrganildi. Ularning tadqiqotlari milliy mehnat madaniyatining oʻziga xos xususiyatlarini yoritishda muhim manba boʻlib xizmat qildi. Masalan, B. Joʻrayev oʻz ishida mehnat madaniyatining tarixiy ildizlarini milliy anʼanalarga bogʻlab tahlil qiladi [3, 48]. Shuningdek, M. Kadirova yoshlar ongida mehnat qadriyatlarining shakllanish jarayonini psixologik va sotsiologik yondashuvlar asosida oʻrganadi. 3. Sotsiologik mohiyatni ochish uchun konseptual modellash. Mehnat madaniyatining tarkibiy qismlari—meʼyorlar, qadriyatlar, kasbiy munosabatlar, institutsional qoidalar—konseptual model sifatida ajratib olindi va oʻzaro bogʻliqligi tahlil qilindi. 4. Kontent tahlil. Mehnat sotsiologiyasi boʻyicha xalqaro va milliy ilmiy maqolalar, monografiyalar, tashkilotlar hisobotlari hamda mehnat etikasi kodekslari kontent tahlil usuli orqali oʻrganildi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 761 Masalan, Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yildagi “Mehnat munosabatlarini takomillashtirish” haqidagi farmonlari mehnat madaniyatining davlat institutlari tomonidan qoʻllabquvvatlanayotganini koʻrsatadi. 5. Mehnat madaniyatining ijtimoiy konstruksiya modeli. Zamonaviy konstruktivistik yondashuvlar asosida mehnat madaniyatining ijtimoiy konstruksiya jarayonlari aniqlab olindi: kommunikatsiya, texnologiya, mehnat munosabatlari, qadriyatlar tizimi va mehnat bozorining ehtiyojlari. Ushbu metodologik asoslar makalani tahliliy, kompleks va empirik tadqiqotlarga tayanadigan ilmiy ish sifatida shakllantirish imkonini berdi. Natijalar Funksionalizm mehnat madaniyatini jamiyat barqarorligini taʼminlovchi meʼyoriy tizim sifatida koʻradi. T. Parsonsning fikricha, har qanday ijtimoiy tizim adaptatsiya, maqsadga erishish, integratsiya va meʼyoriy barqarorlik funksiyalari orqali yashaydi [7, 112]. Mehnat madaniyati shu funksiyalarning “meʼyoriy integratsiya” qismiga xizmat qiladi. Ushbu talqin boʻyicha mehnat madaniyati intizom, mehnat qadriyatlarini hurmat qilish, kasbiy rol meʼyorlarini bajarish sifatida namoyon boʻladi. M. Veber mehnat madaniyatini “maʼnaviy-ratsional xulq” bilan bogʻlaydi. Uning protestant etikasi haqidagi nazariyasida mehnat insonning oʻzini tasdiqlashi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va kasbiy poklikni namoyish etish vositasi sifatida talqin etiladi [13, 88–90]. Bu yondashuvda mehnat madaniyati maʼnaviy motivlar, kasbiy masʼuliyat va individual maʼno izlash bilan bogʻlanadi. Simbollik interaksionizm vakillari [Blumer, Goffman] mehnat madaniyatini kundalik ish jarayonida shakllanadigan hamkorlik, muloqot va ramziy tajribalar majmui sifatida koʻradi. Goffman kasbiy makonlarni “ijtimoiy sahna” deb talqin qilib, mehnat madaniyati shu sahnadagi rollar oʻynalishi jarayonida shakllanishini taʼkidlaydi [2, 17]. Bunda mehnat madaniyatining shakllanishi mikrosotsiologik jarayonlar — jamoa ichida muloqot, kasbiy imij, oʻzaro hurmat, ijtimoiy masofa kabi omillarga bogʻliq. Institutsionalizm mehnat madaniyatini rasmiy meʼyorlar, tashkilot madaniyati, korporativ boshqaruv va mehnat siyosatining natijasi sifatida koʻradi. D. Nortning yondashuviga koʻra, institutlar shaxs xulqiga bevosita taʼsir qiluvchi “oʻyin qoidalari”dir [6, 44]. Mehnat madaniyati meʼyoriy hujjatlar, kasbiy standartlar, etika kodekslari va ishbilarmonlik meʼyorlari orqali shakllanadi. Zamonaviy sotsiologlar mehnat madaniyatini ijtimoiy konstrukt sifatida talqin qiladi. Yaʼni mehnat madaniyati jamiyatning texnologik taraqqiyoti, axborotlashuv, mehnat bozoridagi talablar, raqamli kompetensiyalar orqali qayta yaratiladi [Ritzer, 2011, 203-b.]. Bu jarayonda shaxsning kasbiy identifikatsiyasi, kreativlik, moslashuvchanlik va raqamli mehnat madaniyati asosiy oʻringa chiqadi. Muhokama Mehnat madaniyatining sotsiologik talqinlari koʻp qatlamli boʻlib, har bir nazariya uni turli jihatdan izohlaydi. Bu boʻlimda nazariy yondashuvlar oʻzaro qiyoslab tahlil qilinadi va milliy tadqiqotlar bilan boyitiladi. Funksionalizm mehnat madaniyatini ijtimoiy tizimning barqarorligini taʼminlovchi meʼyoriy oʻzagi sifatida koʻradi. T. Parsonsning AGIL modeli boʻyicha mehnat madaniyati integrativ va normativ barqarorlik funksiyasini bajaradi [7, 112]. Bunda mehnat madaniyatiga rasmiy intizom, meʼyorlarga rioya qilish, mehnat tartibini barqaror saqlash omili sifatida qaraladi. Biroq interaksionistik yondashuv mehnat madaniyatining mikrosotsiologik tabiatiga eʼtibor qaratadi. Goffman tomonidan ilgari surilgan “ijtimoiy sahna” nazariyasi boʻyicha mehnat jarayoni — rollar
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 762 almashinuvi, oʻzaro hurmat, kasbiy imij va ijtimoiy masofa shakllanadigan makondir [2, 17]. Demak, funksionalizm mehnat madaniyatini yuqoridan belgilangan meʼyorlar tizimi sifatida talqin qilsa, interaksionizm uni pastdan—kundalik muloqotlar, xulq-atvor amaliyoti orqali shakllanadigan jarayon sifatida koʻradi. M. Veberning protestant etikasi haqidagi gʻoyalarida mehnat madaniyati shaxsning ichki maʼnaviy masʼuliyati bilan bogʻlanadi. Bu fikr oʻzbek sotsiolog olimlarining qarashlarida ham aks etadi. Masalan, Sh. Sharipov mehnat madaniyatini “shaxsning ijtimoiy masʼuliyati darajasi” bilan bogʻlaydi [11, 44], bu Veberning mehnatning ichki motivatsiyaga asoslangan talqini bilan mos keladi. M. Kadirova yoshlar orasida mehnatga masʼuliyat faqat tashqi nazorat bilan emas, balki ichki qadriyatlar va shaxsning meʼyoriy oʻz-oʻzini nazorat qilish tizimi bilan boshqarilishini taʼkidlaydi [4, 63]. Shunday qilib, mahalliy tadqiqotlar Vebercha interpretativ yondashuvning Oʻzbekiston sharoitida ham dolzarbligini koʻrsatmoqda. Institutsionalizmga koʻra, mehnat madaniyati davlat siyosati, korporativ etika, tashkilot meʼyorlari va kasbiy standartlar orqali shakllanadi [6, 44]. Oʻzbek olimlaridan F. Karimov bu borada shunday deydi: “Mehnat madaniyati mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi institutlarning samaradorligiga bevosita bogʻliq” [5, 55]. D. Toʻxtasinova mehnat madaniyatiga taʼsir qiluvchi kommunikativ institutsional mexanizmlarni oʻrganib, mehnat jamoalarida axborot almashinuvi sifatining yuqoriligi mehnat madaniyatini mustahkamlaydi, deb qayd etadi [12, 75]. Milliy mehnat madaniyatining institutsional oʻziga xosliklari: 1. Mehnatga boʻlgan kollektiv munosabatning kuchliligi 2. Rahbarning axloqiy obroʻsi mehnat madaniyatiga katta taʼsir koʻrsatishi 3. Anʼanaviy jamoaviy qadriyatlar zamonaviy korporativ meʼyorlar bilan uygʻunlashuvi Konstruktivizm mehnat madaniyatini ijtimoiy konstrukt sifatida talqin qiladi. Yaʼni mehnat madaniyati mavjud emas, balki odamlarning kundalik muloqoti, texnologiya va mehnat bozoridagi talablar orqali yaratiladi [10, 203]. Masofaviy ish, gig-platformalar [“Yandex Go”, “Uber”], frelans bozorlarining kengayishi mehnat madaniyatining yangi shakllarini keltirmoqda: — raqamli mehnat intizomi — onlayn etikasi — texnologik moslashuvchanlik — vaqtni boshqarishning yangi modellari Bu jarayonlarga mahalliy olimlar ham eʼtibor qaratmoqda. B. Joʻrayevning fikricha, raqamli iqtisodiyotda mehnat madaniyatining asosiy elementi — shaxsning oʻzini oʻzi boshqarish koʻnikmasidir [3, 52]. Muhokama natijalariga koʻra, mehnat madaniyatining eng toʻliq talqini quyidagilar sintezidan iborat boʻlishi mumkin: 1. Funksionalizm — meʼyorlar tizimini tushuntiradi. 2. Interaksionizm — kasbiy muloqot mexanizmlarini yoritadi. 3. Institutsionalizm — rasmiy mehnat siyosatini tahlil qiladi. 4. Konstruktivizm — zamonaviy texnologik omillarni asoslaydi. 5. Interpretativ yondashuv — mehnatning maʼnaviy mazmunini ochadi. Shu tariqa, mehnat madaniyati koʻp komponentli, dinamik va murakkab sotsiologik konstruksiya ekanligi aniqlanadi. Xulosa
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 763 Sotsiologiyada mehnat madaniyati koʻp qirrali tushuncha boʻlib, har bir nazariy yondashuv uni oʻzining metodologik nuqtayi nazaridan talqin qiladi. Mazkur maqola mehnat madaniyati tushunchasining funksionalistik, interpretativ, institutsional va konstruktivistik talqinlarini qamrab oldi. Olingan natijalar mehnat madaniyatini faqat kasbiy meʼyorlar yigʻindisi emas, balki ijtimoiy tizimning umumiy barqarorligi, individual maʼno, institutsional tartib va zamonaviy madaniy konstruksiyaning sintezi sifatida koʻrish lozimligini koʻrsatadi. Kelgusida empirik tadqiqotlar mehnat madaniyatini real mehnat jamoalarida koʻp omilli modellar asosida oʻrganishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Blumer H. Symbolic Interactionism: Perspective and Method. – Berkeley: University of California Press, 1969. – 208 p. 2. Goffman E. The Presentation of Self in Everyday Life. – New York: Anchor Books, 1959. – 255 p. 3. Joʻrayev B. Oʻzbekiston mehnat madaniyatining tarixiy shakllanishi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2017. – 132 b. 4. Kadirova M. Yoshlar orasida mehnat qadriyatlarining shakllanishi. – Toshkent: Universitet, 2020. – 140 b. 5. Karimov F. Mehnat munosabatlari sotsiologiyasi. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2018. – 176 b. 6. North D. Institutions, Institutional Change and Economic Performance. – Cambridge: Cambridge University Press, 1990. – 152 p. 7. Parsons T. The Social System. – Glencoe: Free Press, 1951. – 112 p. 8. Parsons T., Shils E. Toward a General Theory of Action. – Cambridge: Harvard University Press, 1951. – 480 p. 9. Ritzer G. Introduction to Sociology. – New York: McGraw–Hill, 2011. – 568 p. 10. Ritzer G. The McDonaldization of Society. – Thousand Oaks: Pine Forge Press, 2011. – 304 p. 11. Sharipov Sh. Mehnat madaniyatining sotsiologik asoslari. – Toshkent: Fan, 2016. – 120 b. 12. Toʻxtasinova D. Korxonalarida kommunikativ jarayonlar va mehnat madaniyati. – Toshkent: Akademnashr, 2019. – 160 b. 13. Weber M. Die protestantische Ethik und der Geist des Kapitalismus. – Tübingen: Mohr, 1905. – 212 S. 14. Weber M. Economy and Society. – Berkeley: University of California Press, 1978. – 1469 p.