INTERTEKSTUALLIK TARIXI VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI
Full text
251 INTERTEKSTUALLIK TARIXI VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI Mixliyeva Shaxzoda Dilmurod qizi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va O‘zbek filologiyasi fakulteti Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17704099 Annotatsiya. Maqolada intertekstuallik atamasining kelib chiqish va o‘rganilish tarixi, uning falsafiy ildizlari, XX asr tilshunoslik va adabiyotshunosligidagi o‘rni tahlil qilinadi. M. Baxtin, J. Kristeva, G. Gennet kabi olimlarning yondashuvlari asosida intertekstuallikning matnshunoslik, diskurs tahlili, pragmatika va tarjimashunoslikdagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritiladi. Kalit so‘zlar: intertekstuallik, dialogizm, konsepsiya, gorizontal munosabat, vertikal munosabat, paratekstuallik, metatekstuallik, arxitekstuallik, alluziya, reministsensiya, iqtibos, parodiya. Аннотация: В статье анализируется история возникновения и изучения термина «интертекстуальность», его философские корни и место в лингвистике и литературоведении XX века. Опираясь на подходы таких учёных, как М. Бахтин, Ж. Кристева и Г. Женне, научно раскрывается значение интертекстуальности в текстологии, дискурс-анализе, прагматике и переводоведении. Ключевые слова: интертекстуальность, диалогизм, концепт, горизонтальные отношения, вертикальные отношения, паратекстуальность, метатекстуальность, архитекстуальность, аллюзия, реминисценция, цитата, пародия. Annotation: The article analyzes the history of the origin and study of the term intertextuality, its philosophical roots, and its place in 20th-century linguistics and literary studies. Based on the approaches of scholars such as M. Bakhtin, J. Kristeva, and G. Gennet, the importance of intertextuality in textual studies, discourse analysis, pragmatics, and translation studies is scientifically elucidated. Keywords: intertextuality, dialogism, concept, horizontal relationship, vertical relationship, paratextuality, metatextuality, architextuality, allusion, reminiscence, quotation, parody. Intertekstuallik tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab lingvistik va adabiyotshunoslik tadqiqotlarida asosiy tadqiqot birligi sifatida qarala boshlandi. Matnning mazmuni faqat uning ichki tizimi bilan emas, balki boshqa matnlar bilan munosabatlari orqali ham shakllanishi haqidagi g‘oya matnshunoslik paradigmasiga tub o‘zgarish olib kirdi. Shuning uchun intertekstuallik zamonaviy lingvistika va diskurs tahlilining tayanch kategoriyalaridan biri sanaladi. Intertekstuallikning shakllanish tarixi haqida so‘z borar ekan, rus adabiyotshunos olimi M. Baxtinning «dialogizm» konsepsiyasini ham yodga olish zarur. Chunki bu atamaning falsafiy ildizlari bevosita unga borib taqaladi. Baxtinga ko‘ra, har qanday matn boshqa nutqiy ovozlar, avvalgi matnlar va ijtimoiy kontekst bilan dialogda yashaydi. U «begona so‘z», «polifoniya» kabi terminlar orqali matnning o‘zaro bog‘liqligini asoslab
252 berdi. Baxtinning qarashlarida matn —biror individual shaxs ijod mahsuli emas, balki madaniy xotira mahsuli hisoblanadi. «Intertekstuallik» termini ilmiy atama sifatida fanga kiritilishi esa fransuz olimasi Julia Kristeva nomi bilan bog‘liq. 1960-yillarda fransuz olimasi Julia Kristeva Baxtin g‘oyalarini davom ettirib, «intertextualite» atamasini ilmiy muomalaga kiritdi. U matnni «iqtiboslar mozaikasi» deb ta’riflar ekan, har bir matn boshqa matnlarning uzviy qismi ekanini qayd etdi. Kristevaga ko‘ra, matn ikki xil munosabatga ega: 1. gorizontal munosabat – matn va o‘quvchi o‘rtasida; 2. vertikal munosabat – matn va uni oldingilari o‘rtasida. Bu yondashuv intertekstuallikni matnshunoslikdagi asosiy tushunchaga aylantirdi. 1982-yilda Gerard Genette intertekstuallikni kengaytirib, uni «transteksuallik» deb nomladi. U besh asosiy turini ajratadi: 3. Intertekstuallik – iqtibos, alluziya, reministsensiya. 4. Paratekstuallik – sarlavha, izoh, epigraf, muqova 5. Metatekstuallik – boshqa matn haqidagi izohlar va sharhlar. 6. Arxitekstuallik – janrga mansublik. 7. Gipertekst/gipotekst – parodiya, travestiya, moslashtirishlar. G. Gennet yondashuvi intertekstuallikni matnshunoslikning eng muhim kategoriya darajasiga ko‘tardi. Intertekstuallik ko‘p sohalarda o‘z o‘rniga ega. Shu jumladan, bu birlik tilshunoslikda ham muhim ahamiyat kasb etadi. U matnda quyidagilarda muhim ahamiyatga ega: 8. matnning mazmuniy tagzaminini aniqlash; 9. boshqa matnlar bilan bog‘lanishlarni ko‘rsatib berish; 10. madaniy ishoralarni aniqlash; 11. ma’no yaratish meznizimini ochib berish. Bundan tashqari, intertekstuallik matnning estetik va kommunikativ qiymatini oshiradi. Alluziya, reministsensiya, iqtibos va parodiya kabi birliklar tilda kuchli emotsional ta’sir, konnotativ ma’no, mantiqiy mustahkamlik, madaniy bog‘liqlik hosil qiladi. Tarjimashunoslikdagi intertekstuallikning o‘rni beqiyosdir. Uning bir qancha vazifalari borki, boshqa hech qanday birlik u bajargan vazifalarni bajara olmaydi. Shunday ekan, Tarjimon intertekstual unsurlarni tanish va mos tarjima strategiyasini tanlashga majbur: 12. to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalentlar; 13. madaniy muqobillar;
253 14. izohli tarjima; 15. izohli iqtiboslar ko‘pincha qo‘llanadi. Intertekstuallikni hisobga olmagan tarjima mazmunning buzilishiga olib kelishi mumkin. Demak, intertekstualikka amahiyat berilmay amalga oshirilgan tarjimada xatoliklar kuzatilishi mumkin. Diskurs tahlilida intertekstuallik siyosiy nutqlar, reklama matnlari, diniy va publitsistik diskurslar o‘rtasidagi yashirin bog‘lanishlarni ochishga yordam beradi. Masalan, siyosiy nutqda tarixiy shaxslar yoki diniy matnlarga alluziyalar orqali auditoriyaga psixologik ta’sir kuchaytiriladi. Korpus lingvistikasida ham intertekstuallik matnlar kartasidagi quyidagilarni tahlil qilish imkoniyatini beradi: 16. takrorlanmalarni; 17. avtorlik uslubini; 18. iqtiboslar chastotasini; 19. intertekstual bog‘lanishlarni; 20. statistik tahlil qilish. Intertekstuallik tilshunoslikning asosiy kategoriyalaridan bo‘lib, matnning madaniymantiqiy tuzilishini to‘liq anglashda muhimdir. Har bir matn boshqa matnlar bilan dialogga kirishuvchi ochiq, dinamik tizimdir. Intertekstuallik mazmun yaratish jarayonini tushunish, matnlarning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish, ma’no qatlamlarini ochish va tarjima sifati uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Аdabiyotlar: 1. Allen, G. Intertextuality. Routledge, 2000. 2. Bakhtin, M. The Dialogic Imagination. University of Texas Press, 1981. 3. Bakhtin, M. Problems of Dostoevsky’s Poetics. University of Minnesota Press, 1984. 4. Barthes, R. Image, Music, Text. London: Fontana Press, 1977. 5. Barthes, R. S/Z. Blackwell Publishing, 1991. 6. Barthes, R. «The Death of the Author.» Aspen, 1967. 7. Bassnett, S. Translation Studies. Routledge, 2014. 8. Fairclough, N. Discourse and Social Change. Polity Press, 1992. 9. Genette, G. Palimpsests: Literature in the Second Degree. University of Nebraska Press, 1997. 10. Kristeva, J. «Word, Dialogue and Novel.» Desire in Language. New York: Columbia University Press, 1980. 11. Kristeva, J. Revolution in Poetic Language. Columbia University Press, 1984. 12. Stubbs, M. Text and Corpus Analysis. Blackwell, 1996 13. Wodak, R. The Discourse of Politics in Action. Palgrave, 2009