scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK VA TURK TILLARINING FONETIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

Aydin Sultanova; Qalandarova Qurbonjon Zokir

Full text

292 O‘ZBEK VA TURK TILLARINING FONETIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI Aydin Sultanova Nukus DPI O‘zbek tili kafedrasi dotsenti Qalandarova Qurbonjon Zokir Nukus DPI Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17704309 Annotatsiya. Mazkur maqola o‘zbek va turk tillarida fonetik jihatlar hamda jonli va jonsiz predmentlarni anglatuvchi otlarning o‘xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi. O‘zbek va turk tili orasidagi bunday farqlarning ba’zilari tilning ichki taraqqiyoti tufayli keyingi davrlarda yuz bergan bo‘lsa, ayrimlari azaldan mavjud. O‘zbek va turk tillari orasidagi fonetik farqlar, asosan, quyidagilardan iborat: O‘zbek adabiy tilida olti unli fonema mavjud deya qaralsa, turk adabiy tilida esa unli fonemalar soni sakkizta. Shuni unitmaslik joizki, o‘zbek shevalarida ham unlilar ko‘p; ba’zi shevalarda ularning soni o‘ndan ortiq. Hozirgi o‘zbek alifbosida unlilar ro‘yxatiga oltita unli kiritilgan. Shunga qaramasdan, talaffuzda boshqa unlilar borligi ham seziladi. Masalan, qara, qari, qattiq; Tilak, bilak kabi so‘zlarda esa [a] tovushi yumshoq old qator unli sifatida (tilak, bilak) talaffuz etiladi yoki qo‘l, qo‘n so‘zlaridagi [o‘] bilan ko‘l, ko‘r so‘zlaridagi [o‘] ham farq qiladi. Qo‘l, qo‘n so‘zlaridagi [o‘] orqa qator qattiq. Keyingi (ko‘l, ko‘r) so‘zlaridagisi esa, old qator yumshoq unlilardir. Lekin, ba’zan bu so‘zlar qo‘shimcha sifatida olinganda, qo‘shimcha ta’sirida tovushlarning asl xususiyati kuchsizlashadi: qo‘lga, qo‘ngan. Shu bilan birga, har ikki til orasida fonetik farqlar ham bor: Jarangsiz [t] tovushi [d] ga aylanadi : til –dil , tog‘ - dag‘ , to‘qqiz – dokuz; so‘z boshidagi [m] o‘rniga turkchada [b] tovushi keladi: men-ben, minmoq-binmek, ming-bin. Turk tiliga xos yana bir xususiyat unlilar uyg‘unligi. Ko‘pgina qo‘shimchalar ikki yoki to‘rt xil shaklga ega, ularning orasidagi tanlov quyidagiga bog‘liq. Unli so‘zning asos yoki oldingi qo‘shimchaning holatini evler bu evlerdan “uylardan” kabi. O‘zbek tilidagi sonor [ng] tovushi o‘rniga turk tilida [n] tovushi keladi. Masalan, dengiz-deniz, uning-unun, seningsenin. O‘zbek imlosida morfologik tamoyil bosh o‘ringa olingan. Turk imlosida esa fonetik tamoyil yetakchidir. Talaffuzda bordi, keldi, aytdi, qochdi, deganimiz bilan o‘zbek tili imlo qoidasiga ko‘ra bu usul so‘zdagi qo‘shimchalarni bir ko‘rinishga keltirib, bordi, keldi, aytdi, qochdi shaklida yozamiz. Turk tilida esa eski o‘zbek tilida bo‘lgani 293 sari talaffuzi qanday bo‘lsa, yozuvda ham shunday ko‘rinishda yoziladi. Aynan shu kabi grammatik asoslar tilning tarkibiy qisimlarini tashkil qiladi. Tilning rivojlanishi va shakllanishi uchun ham bu kabi asoslar muhim sanaladi. O‘zbek, turk tillari qardosh tillar hisoblanadi, chunki ular Oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi. O‘zbek va turk tilida ot so‘z turkumi bo‘lib, predmet nomini bildiradi. Har ikki tilda ham otning ma’nosi har xil bo‘lib, jonli va jonsiz narsa predmet va hodisalarni bildiradi. Shuning uchun ot o‘zbek tilida kim?, nima? turk tilida kim?, ne? so‘roqlariga javob bo‘ladi. O‘zbek va turk tillari o‘rtasidagi muhim farq shundaki, o‘zbek adabiy tili turkiy tillarning qarluq (qarluq-chigil) guruhiga mansub, turk adabiy tili esa o‘g‘uz guruhiga kiradi. O‘zbek tilining xorazm shevalari ham o‘g‘uz lahjasiga mansub. Shuning uchun qarluq, qipchoq lahjasini tashkil qiluvchi o‘zbek shevalari (masalan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Samarqand) shevalari foydalanuvchilariga qaraganda xorazmliklar turk tilini qiyinchiliklarsiz tushunishadi. Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, o‘zbek tili va boshqa turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan tillarda ham jonli va jonsiz predmetlar kategoriyalari mavjud emas. Jonli va jonsiz predmetlar guruhi bo‘lib turlarga ajratilmaydi. Chunki bu tillarda jonli va jonsiz predmetlar guruhiga ajratish uchun hech qanday grammatik asos yo‘q. Shuning uchun, asosan turk tili va o‘zbek tili bir ildizga ega bo‘lgan turkiy tillar oilasiga mansub. Bu tillarning har biri tarixiy taraqqiyot, hududiy sharoit va boshqa tillar ta’siri ostida o‘ziga xos grammatik tizimni shakllantirgan. Bugungi kunda ushbu ikki til bir-biriga tushunarli darajada yaqin bo‘lib, grammatik o‘xshashliklar ularni o‘rganishni osonlashtiradi. Shu bilan birga, bu ikki tilni o‘rganish nafaqat lingvistik jihatdan, balki madaniy va tarixiy nuqtayi nazardan ham katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, o‘zbek va turk tillarini qiyosiy o‘rganish turkiy tillar oilasining umumiy qonuniyatlarini ochishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Kelajakda bu ikki tildagi o‘xshashlik va farqlarni yanada chuqurroq tahlil etish turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Shu kabi ilmiy izlanishlar orqali biz nafaqat til, balki milliy o‘zlikni anglash yo‘lida ham yangi yutuqlarga erishamiz. Adabiyotlar: 1. Muxtorov. J. Sanakulov. U. O‘zbek adabiy tili tarixi. Qo‘llanma. Toshkent, 1995. 2. Y. Abdurasulov. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent 2008. 3. Rasulov.R. Hozirgi o‘zbek tili. Toshkent: 2009. 4. Komilov.N. Tilshunoslik asoslari. Toshkent: 2018. 5. Turk dil Kurumu rasmiy sayti: https//www.tdk.go.tr.