ABU RAYHON BERUNIY ILMIY-MA'NVIY MEROSIDA ILMNING YORITILISHI
Full text
35 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ABU RAYHON BERUNIY ILMIY-MA’NVIY MEROSIDA ILMNING YORITILISHI Djurakulov Xusan Anvarovich Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining Samarqand mintaqaviy filiali dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc) E-mail: [email protected] тел: +99893-334-85-31 https://doi.org/10.5281/zenodo.17707758 Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’naviy merosida ilmning falsafiy mohiyati, inson tafakkuri va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Beruniy ilmni faqat amaliy bilim emas, balki insonni komillikka yetaklovchi ma’naviy kuch sifatida talqin etgan. Uning asarlarida tabiatni bilish, aql va tajriba uyg‘unligi, haqiqatni izlash hamda ilmning inson axloqi bilan bog‘liqligi chuqur yoritilgan. Maqolada Beruniyning ilmga bo‘lgan falsafiy yondashuvi, uning bugungi ilm-fan va ma’naviyat taraqqiyotidagi ahamiyati tahliliy asosda yoritiladi. Kalit so‘zlar: Abu Rayhon Beruniy, ilm, ma’naviyat, tafakkur, falsafa, haqiqat, tajriba, komillik, inson va tabiat uyg‘unligi. ОСВЕЩЕНИЕ НАУКИ В НАУЧНО-ДУХОВНОМ НАСЛЕДИИ АБУ РАЙХОНА БЕРУНИ Аннотация: В данной статье анализируется философская сущность науки в научнодуховном наследии великого учёного Абу Райхона Беруни. Учёный рассматривал знание не только как практическую деятельность, но и как духовную силу, ведущую человека к совершенству. В его трудах глубоко освещаются вопросы познания природы, гармонии разума и опыта, поиска истины и взаимосвязи науки с нравственностью человека. В статье раскрывается философский подход Беруни к науке и его значение для современного развития науки и духовности. Ключевые слова: Абу Райхон Беруни, знание, духовность, мышление, философия, истина, опыт, совершенство, гармония человека и природы. THE ILLUMINATION OF SCIENCE IN THE SCIENTIFIC AND SPIRITUAL HERITAGE OF ABU RAYHON BERUNI Abstract: This article analyzes the philosophical essence of science in the scientific and spiritual heritage of the great scholar Abu Rayhon Beruni. Beruni regarded knowledge not only as a practical activity but also as a spiritual force leading a person toward perfection. His works deeply explore the understanding of nature, the harmony of reason and experience, the pursuit of truth, and the interconnection between science and human morality. The article reveals Beruni’s philosophical approach to science and its significance for the modern development of science and spirituality. Keywords: Abu Rayhon Beruni, knowledge, spirituality, thought, philosophy, truth, experience, perfection, harmony between human and nature. Ma’lumki, bugungi zamonaviy yoshlar texnologik o‘zgarishlar davrida yashamoqda. Ular, ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishlari bilan birga, turli yot g‘oyalar ta’sirida ma’naviy, axloqiy jihatdan oʻta murakkab boʻlgan muammolarga duch kelmoqdalar. Bu muammolarni hal etishda buyuk allomalar, yetuk ma’rifatparvarlarning boy ma’naviy merosi, ular ilgari surgan ijtimoiyfalsafiy qarashlar muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ayniqsa, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning ilmga qaratilgan qarashlari va ilmiy asoslangan gʻoyalaridan yoshlar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda va ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarida samarali foydalanish
36 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc zaruriyati asosiy masalalardan biri bо‘lib qolmoqda. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning yuksak gumanistik g‘oyalarga asoslangan boy ma’naviy merosi umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa bо‘lib qо‘shilgani dunyo jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda e’tirof etiladi” [1, 3-b.]. Shu nuqtai nazardan ham mamlakatimizda bugungi kunda buyuk mutafakkirlarning ilmiy-ma’naviy merosini har tamonlama chuqur о‘rganish va ularni keng doirada targ‘ib etish bо‘yicha islohotlar izchil davom ettirilmoqda.Shu ma’noda dunyo tamadduniga ulkan hissa qо‘shgan buyuk qomusiy allomalarimizning, ayniqsa Abu Rayhon Beruniyning boy ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq qilish va u ilgari surgan ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy qarashlarni yoshlar ongiga singdirib borish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mashhur amerikalik olim Stiven Frederik Starrning buyuk ajdodimiz Abu Rayxon Beruniyga: “Beruniy kо‘plab olamshumul kashfiyotlari uchun insoniyatning cheksiz mehr-muhabbati va olqishiga loyiqdir. U Xristofor Kolumb Amerikani kashf etishidan 500 yil oldin, dengiz safariga chiqmasdan turib, Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining mavjudligini aniqlab bergan” [2, 401-402-b.], -deb e’tirof etishi bejiz emas, albatta. Buyuk ajdodimiz, qomusiy olim, mutafakkir Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mas’ud qonuni”, “Mineralogiya”, “Saydana”, “Geodeziya” va boshqa kо‘plab yirik asarlari bir necha tilga tarjima qilinib, ularda ilgari surilgan tabiat, jamiyat, inson, ilm, ma’naviyat, axloq, olam, borliq, materiya, fazo, vaqt, qonuniyat, zaruriyat va tasodif, harakat va rivojlanish, ziddiyat kabi masalalarni о‘rganishda bugungi kunda ilmiy jamoatchilik uchun asosiy manba sifatida xizmat qilmoqda. Xususan, buyuk mutafakkir о‘zining “Geodeziya” asarida ilmga e’tibor qaratib, “Ilm о‘z zoti bilan matlubdir, haqiqatan ham u barcha narsalardan lazzatli. Ilmdan boshqa qanday narsada manfaat zohirroq va qandayida foyda kо‘proq bо‘ladi, faqat ilm bilangina ham din, ham dunyo uchun xayrli ishlarni qilish va ularga zarar keltirishdan saqlanish mumkin. Agar ilm bо‘lmaganida biz jalb qilayotgan narsa yomonlik emasligiga va chetlanayotgan narsa yaxshilik emasligiga ishonch bо‘lmas edi” [3, 61-62-b.], - deb ta’kidlaydi. Albatta, ushbu ma’noli sо‘zlar bizga Imom Buxoriyning “Ilmdan boshqa najot yо‘qdir” nomli mashhur hadisini eslatadi. Ya’ni, Beruniy о‘z mulohazalarida ilmning yaratilishi misolida, ular insonning manfaat va ehtiyojlarini kо‘zlab yaratilganligini kо‘rsatishga harakat qiladi. Beruniy о‘z mulohazalarini davom ettirib, “...insonda ilmga intilish xususiyati bо‘lganidan, u о‘zidan g‘oyib narsalarni bilishga qattiq tirishdi. U kelajakda har xil ofatlardan ehtiyot bо‘lish va ularning daf qilish uchun xushyorlikda bо‘lish maqsadida о‘zining kelgusidagi ahvolini bilishga intildi. Uning tepasida esa Quyoshning havoga ta’siri tufayli yil fasllarida yuz beradigan holatlar va Oyning dengizlar va namliklarga ta’siridan oy choraklarida hamda kecha va kunduzda yuz beradigan holatlar ketma-ket almashinib turardi. Bularni kuzatish natijasida uning tajribasi oshib, bu inson ikki yoritgichdan boshqa yoritgichlarni qiyoslashga о‘tdi. Natijada unda ahkomi nujum san’ati hosil bо‘ldiki, bu san’at о‘ziga xos yо‘l bilan о‘zida bо‘lmagan narsalar bilan adovatsiz va noqulayliksiz boradi” [3, 64-b.], - deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, bugun inson ilm sari intilishi najasida, о‘z tasavvuriga sig‘magan xodisalar, zamonaviy texnik-texnologik jarayonlarga guvoh bо‘lmoqda. Abu Rayhon Beruniyning fikricha, “Agar inson izlovchan va aniqlikni talab qiluvchi bо‘lsa, ilm tarmoqlaridan biror tarmoqning tо‘la ma’nosi haqida sо‘zlay olishi mumkin. Buning uchun u albatta faylasuf bо‘lishi, hamma bilimlarning asoslarini egallagan bо‘lishi lozim” [3, 203-b.]. Shundagina inson yuksak darajaga erishishi mumkin. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy “Mineralogiya”
37 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc asarining muqaddimasida inson, burch, oliyjanoblik, axloq va odob masalalari haqida qimmatli fikrmulohazalarni keltirib о‘tadi. Ya’ni, u inson fe’l-atvori haqida gapirib, uni inson tabiatida mavjud qarama-qarshilik bilan tushuntirmoqchi bо‘ladi va insonga biologik-fiziologik nuqtai-nazardan yondashadi hamda uning ijtimoiy holatini tasvirlaydi. Beruniy yuksak insoniy fazilatlar haqida tо‘htalar ekan, inson fe’l-atvori, yurish-turishi, tarbiyasi bilan bog‘liq tozalik, pokizalik, ozodalik va halollik inson hayotiy faoliyatining har bir ishida bо‘lishi kerakligini hamda yaxshilik va oliyjanoblik kabi xislatlarni esdan chiqarmaslikni ta’kidlaydi. Shu bilan birga insonning ma’lum bir kasb hunar egasi bо‘lishi, halol mehnat qilishi kabi masalalarga ham e’tibor qaratadi. Bugungi kunning ham asosiy talabi shu bо‘lmoqda. Shu ma’noda yoshlarimizni har tamonlama barkamol qilib tarbiyalashda Beruniyning ilmiy-ijodiy, tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlaridan samarali foydalanish bugungi kunning muhim konstruktiv masalalaridan biri bо‘lib qolmoqda. Xulosa qilib aytganda, buyuk mutafakkirlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosidan samarali foydalanish, xususan Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mas’ud qonuni”, “Mineralogiya”, “Saydana”, “Geodeziya” va boshqa ko‘plab yirik asarlarida ilgari surilgan konstruktiv g‘oyalardan bugungi zamonaviy ta’lim tizimida oqilona foydalanish orqali yoshlarning ilmga bо‘lgan ishtiyoqini yanada oshirishga va ta’lim-tarbiya jarayonlarini kuchaytirishga erishish mumkin, deb hisoblaymiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng о‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar о‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish tо‘g‘risida” // Xalq sо‘zi. 15.05.2018. №98 (7056 ). -B. 3. 2. Mirziyoyev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. - Toshkent: “О‘zbekiston” NMIU, 2018. – B. 401-402. 3. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Tom III. GeodeziY. Muqaddima, tarjima va izohlar muallifi A.Ahmedov. – T.: Fan, 1982. –B. 61-62.