XVII ASR MOVARUNNAHR MADANIY HAYOTIDA SO'FI OLLOYORNING O'RNI VA UNING TASAVVUFIY MEROSI
Full text
45 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc XVII ASR MOVARUNNAHR MADANIY HAYOTIDA SO‘FI OLLOYORNING O‘RNI VA UNING TASAVVUFIY MEROSI Xasanova Nodira Ibragimovna Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti o‘qituvchisi. E-mail:[email protected] Tel:+998915749450 Ravshanova Marjona Karimovna Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti talabasi. E-mail:[email protected] Tel:+998993761903 https://doi.org/10.5281/zenodo.17707929 Annotatsiya. Ushbu maqolada XVII asr Movarounnahr madaniy hayotida yirik mutasavvif, shoir va ma’rifatparvar alloma So‘fi Olloyorning tutgan o‘rni hamda uning ilmiy-adabiy merosi tahlil qilingan. Siyosiy beqarorlik hukm surgan davrda ham So‘fi Olloyor tasavvuf ta’limoti orqali xalqni ruhiy uyg‘onish, sabr, tavozu, ilm va haqiqatga muhabbat ruhida tarbiyalagan. Maqolada “Tazkirai Qayyumiy”, “Risolai aziza” va unga yozilgan Tojuddin Yolchiqul o‘g‘li sharhi, shuningdek “Sabotul ojizin”, “Maslakul muttaqin”, “Nasoihul avom” kabi asarlar mazmun-mohiyati tahliliy yondashuv asosida yoritilgan. Maqolada So‘fi Olloyorning tasavvufiy qarashlari, Naqshbandiya tariqatiga munosabati hamda uning Movarounnahr ma’naviy hayotiga ko‘rsatgan ta’siri tarixiy manbalar asosida o‘rganilgan. Kalit so‘zi: Farhodiy Otaliq, Abulfayzxon, Movarounnahr, tasavvuf, Naqshbandiya, “Sabotul ojizin”, “Maslakul muttaqin”, “Risolai aziza”, XVII asr, Buxoro xonligi, ma’naviy uyg‘onish. Аннотация: В этой статье анализируется роль суфия Аллояра, важного мистика, поэта и просветителя в культурной жизни Мавераннахра XVII века, а также его научное и литературное наследие. Даже в период политической нестабильности суфий Аллояр через учение суфизма воспитывал народ в духе духовного пробуждения, терпения, смирения, любви к знанию и истине. В статье рассматриваются произведения «Тазкираи Каюми», «Рисалай азиза» и комментарии к ним Таджуддина Йолчикула оглу, «Саботуль аджизин», «Маслакуль Муттакин», «Насоиху авам» на основе контент-анализа. В статье изучаются мистические взгляды суфия Аллояра, его отношение к ордену Накшбанди и его влияние на духовную жизнь Моваруннахра на основе исторических источников. Ключевые слова: Фарходий Оталик, Абулфайзхан, Моваруннахр, суфизм, Накшбанди, «Саботул аджизин», «Маслакул мутакин», «Рисалай азиза», 17 век, Бухарское ханство, духовное пробуждение. Abstract: Three articles analyze the role of Sufi Alloyor, an important mystic, poet, and enlightener in the cultural life of the 17th century Movarunnahr, as well as his scientific and literary heritage. Even during the period of political instability, Sufi Alloyor, through his teachings of Sufism, educated the people in the spirit of spiritual awakening, patience, humility, love for knowledge and truth. The article covers works such as "Tazkirai Qayyumi", "Risalai aziza" and Tajuddin Yolchiqul oglu's commentary on it, "Sabotul ajizin", "Maslakul Muttaqin", "Nasoihul avam" based on content analysis. The article studies Sufi Alloyor's mystical views, attitude to the Naqshbandi order, and his influence on the spiritual life of Movarunnahr based on historical sources. Keywords: Farkhodiy Otalik, Abulfayzkhan, Movarunnahr, Sufism, Naqshband, “Sabotul adjizin”, “Maslakul mutakin”, “Risalay aziza”, 17th century, Bukhara Khanate, spiritual awakening. Kirish: So‘fi Olloyor XVII–XVIII asrlar davrida yashab ijod etgan, o‘zining tasavvufiy g‘oyalari, falsafiy qarashlari va go‘zal badiiy so‘zi bilan Movarounnahr ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutgan
46 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc so‘fiy shoirlardan biridir. Uning hayoti haqida ma’lumotlar juda kam bo‘lib, asosan “Tazkirai Qayyumiy” asarida tarqoq xabarlar ko‘rinishida keltirilgan. Tazkira ma’lumotlariga ko‘ra, Olloyor Kattaqo‘rg‘on tomonida tug‘ilgan bo‘lib otasi Alloqquli sarkarda va o‘z qabilasining nufuzli insonlaridan biri bo‘lgan, shoirning Farhodiy Otaliq nomi bilan mashhur bo‘lgan akasi ham jamiyatda obro‘li shaxslardan sanalgan. So‘fi Olloyor Abulfayzxon davrida davlat xizmatida yetishgan avval Kattaqo‘rg‘onga, so‘ngra Samarqandga amir etib tayinlangan ammo hayotining keyingi bosqichida tasavvuf yo‘liga yuz burib, dunyoviy mansab va hokimlikdan voz kechgan. Bu holat uning ichki pokligi, ruhiy uyg‘onish va ma’naviy kamolot sari intilishini yaqqol namoyon etadi. So‘fi Olloyorning hayoti haqida boshqa manbalarda ayrim farqli ma’lumotlar ham uchraydi ularning birida shoir Samarqand viloyatining Minglan qishlog‘ida tug‘ilgani, otasining ismi Temuryor ekani aytiladi Temuryor solih va taqvodor inson bo‘lib, o‘g‘lini o‘n ikki yoshida Buxoroga olib borib madrasaga topshirgan. Olloyor yoshligidan ilmga chanqoq, faol va zukko yigit bo‘lib yetishgan, yigirma besh yoshida u Buxoro podshohining boj mahkamasiga to‘ra qilib tayinlangan ammo bu mansab uning ruhiyatiga og‘ir ta’sir ko‘rsatgan u fusuq-fujur va isyon bilan mashg‘ul bo‘lgan davrda shayx Habibullohning tarbiyasiga kirib, ma’naviy uyg‘onish va haq yo‘lni topgan. Bu voqea So‘fi Olloyorning butun hayotida burilish nuqtasi bo‘lib, uni so‘fiylik yo‘liga yo‘naltirgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra So‘fi Olloyorning uch xotini, ikki qizi va bir o‘g‘li bo‘lgan, qizlaridan biri Omina, ikkinchisi Halima, o‘g‘li esa Muhammad Sodiq ismli edi. Shoir hayotining so‘nggi yillarini Hisorga yaqin Dahana nomli maskanda o‘tkazib, shu yerda 1136 hijriy (1723–1724 milodiy) yillarda vafot etgan. So‘fi Olloyorning hayot yo‘li insonning ma’naviy qayta tug‘ilishi va ruhiy poklanishining yorqin namunasi bo‘lib, uning ijodi va fikriy merosi bugungi kunda ham insonni ilm, hikmat va axloqiy yetuklik sari chorlaydi 1 Asosiy qisim: Tarixiy kitoblarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Musannifning o‘g‘liga aytgan nasihati”da yuqoridagi xabar va ma’lumotlarni boyituvchi yoki aniqlik kiritishi mumkin bo‘lgan so‘zlar bor. Ularga ko‘ra, Olloyorning o‘g‘li Muhammad Sodiq Buxoroda tug‘ilib, yigirma besh yoshga yetganda ota yurti Samarqandga ketadi, Olloyor esa Buxoroda qoladi. Oradan o‘n yil o‘tgach, Olloyor Baytullohni ziyorat qilish niyatida safarga chiqadi yo‘l davomida Bulg‘or (Bolg‘or) shahrida to‘xtagan. O‘sha davrda bu shaharda Idris Hofiz ismli komil so‘fiy yashagan bo‘lib, So‘fi Olloyor u bilan bir silsilaga mansub edi, so‘ngra u Bulġordan Arzirum (hozirgi Turkiyaning Erzurumi) tomon yo‘l oladi. Rivoyat qilinishicha, u yerda Olloyordan ko‘plab karomatlar zohir bo‘lgan shundan so‘ng u Iskandariya shahriga yo‘l olib, shu yerda “dori fanodan dori baqo”ga ya’ni vafotga yetgan. Manbalarda qayd etilishicha, bu voqea rajab oyining yigirma to‘qqizinchi kuni ya’ni milodiy 1721yil 27-may sanasiga to‘g‘ri keladi. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra esa bu sana 1724-yil 24-aprel bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, So‘fi Olloyor vafot etganida to‘qson yoshda bo‘lgan demak, u 1631 yoki 1634-yillarda tug‘ilgan deb taxmin qilish mumkin. So‘fi Olloyor haqida bizgacha yetib kelgan asosiy tarixiy ma’lumotlar manbai “Risolai aziza” va unga yozilgan Tojuddin Yolchiqul o‘g‘lining sharhi hisoblanadi mazkur sharhda muallif “Risolai aziza”ning kirish qismida So‘fi Olloyor hayoti, ilmiy qarashlari va tasavvufiy yo‘nalishiga oid muhim ma’lumotlarni keltiradi. Bu manba orqali nafaqat shoir hayoti va ijodini o‘rganish, balki So‘fi Olloyorning ruhiy dunyosini o‘z davri tilida, ya’ni o‘sha zamon o‘zbek tilining tabiiy ohangida his etish imkoniyati ham paydo bo‘ladi, bu jihatdan “Risolai 1 Abdurahmon Qayyumiy Buxoriy. “Tazkirai Qayyumiy” – Toshkent : 1998 1-jild, 61–62-betlar.
47 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc aziza”ga yozilgan sharh So‘fi Olloyorni zamondosh inson ruhiyati bilan yaqinlashtiruvchi eng muhim manbalardan biridir 2 Ayrim tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida qadimqadimdan bir rivoyat bor emish, So‘fi Olloyor amaldorlikni tashlab Payshanba bekligidagi ona qishlog‘iga qaytgach, osuda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan ekan. Xalqning unga tomon oqib kelayotgani va unga katta e’tiqod qo‘ygani sababli akasi Payshanba begi Farhod Otaliq o‘z hududidagi Zarafshon daryosining Hahripay irmog‘iga yaqin joyda so‘lim va bebaho go‘shasidan unga maskan qurib beradi. Dastlab u honaqoh va uning yonida ahli ayoliga mo‘ljallangan bir necha hujralardan iborat bo‘lgan tez orada ilm va ma’rifat markaziga aylangan. So‘fi Olloyor bu yerda tasavvuf, fiqh, hadis va Qur’on tafsiri darslarini bergan uning shogirdlari orasida Sayyid Abdug‘affor, Muhammad Yusuf Kattaqo‘rg‘oniy, Shoh Vali Samarqandiy kabi muridlar yetishib chiqqan bu xonaqohda shogirdlar so‘fiylikning asosiy tamoyillari zuhd, sabr, qanoat, sidq va ixlos ruhida tarbiyalangan shu tariqa So‘fi Olloyor Movarunnahrda tasavvufiy tarbiya tizimini qayta jonlantirgan avliyolardan biri sifatida tanilgan 3 So‘fi Olloyor o‘z davrida diniy-ilmiy merosni xalqona tilda bayon etgan eng mashhur mutasavviflardan biridir. Uning asarlari xalq orasida axloqiy va tasavvufiy qo‘llanma sifatida keng tarqalgan va asarlari hozirgacha ma’lum va ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Uning “Maslak ul-muttaqin” asari dindor insonning axloqiy yo‘l-yo‘rig‘larini bayon etuvchi didaktik asarlardan biri hisoblanadi. “Sabot ul-ojizin” asari esa insonni sabr va tavozega undaydigan, tasavvufiy she’riy bo‘lib “Sabot ulojizin” asari 19-asrda Kazanda bir necha bor toshbosmada nashr etilgan. “Maslak ul-mutavassitin” asari nafsni poklash va o‘rtacha yo‘l tutish haqida bo‘lsa, “Nasihatnoma” asari esa o‘g‘li Muhammad Sodiqqa bag‘ishlangan nasihatlar majmuasi bu asarlar arab, fors va turkiy tillarda yozilgan Movarunnahr, Xuroson, Eron, Hindiston va hatto Qozon hududlarida ham keng yoyilgan 4 XVII asr Movarunnahr siyosiy jihatdan nisbatan beqaror davr edi. Buxoro xonligida ichki nizolar, urug‘-qabila kurashlari, iqtisodiy qiyinchiliklar mavjud bo‘lsa-da, madaniy hayot so‘nmagan ayniqsa, tasavvuf tariqatlari xalq ruhiyatida barqarorlikni saqlashda muhim rol o‘ynagan. So‘fi Olloyor ana shu notinch muhitda xalqni ruhiy uyg‘onish, sabr, mehr-shafqat va ilm sari da’vat etgan. U o‘z ta’limotida Naqshbandiya tariqatining “dil ba yoru, dast ba kor” shioriga sodiq qolgan, ya’ni dunyodan uzilmay, balki halol mehnat orqali Allohga yaqinlashish g‘oyasini ilgari surgan. U “Sabot ul-ojizin”, “Maslak ul-muttaqin”, “Mujarrabot” kabi asarlarida insonni poklik, diyonat, mehr-shafqat, sabr-toqatga da’vat etgan uning ijodida diniy-falsafiy g‘oyalar xalq ruhiyati va hayot tarzi bilan uyg‘unlashgan bo‘lib, bu jihatdan u XVII asr Movarunnahr madaniy hayotida alohida o‘rin tutadi. So‘fi Olloyorning asarlari o‘z davrida keng tarqalgan, xalq orasida og‘zaki tarzda yod olingan, keyinchalik esa madrasalarda o‘quv qo‘llanmasi sifatida ham foydalanilgan. Bu jihatdan uning merosi nafaqat tasavvuf, balki butun o‘zbek ma’naviyatining shakllanishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilgan 5 Xulosa: Xulosa qilib shuni aytamizki, XVII asr Movarounnahr madaniy hayotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan So‘fi Olloyor o‘z davrining ilmiy, ma’naviy va badiiy muhitida chuqur iz qoldirgan allomadir. Uning asarlarida insonparvarlik, adolat, poklik va ma’rifatga chorlov g‘oyalari ustuvor o‘rin tutadi. Shoir o‘z ijodida tasavvufning nozik jihatlarini xalqona tilda, samimiy 2 Botirbek Hasanov. “Risolai aziza” “Sabotul ojiziyn” sharhi – Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, Toshkent:2000-yil. 3 So‘fi Olloyor. “Sabotul ojizin” – Qozon: 1890 (toshbosma nashriyoti). 4 H. Hasanov. “So‘fi Olloyor va uning tasavvufiy merosi” – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2010. 5 S. Mutallibov. “ XVII–XVIII asr Movarounnahrda tasavvuf maktablari va ularning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati” – Toshkent: 2002.
48 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tuyg‘ular bilan ifoda etib, ruhiy kamolot va axloqiy poklikni targ‘ib etgan. So‘fi Olloyorning asarlari nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham insonni ezgulikka, vatan va xalq sevgisiga undovchi bebaho ma’naviy manbadir uning boy ilmiy merosi, adabiy va tasavvufiy qarashlari Movarounnahr madaniyatining yuksak darajada rivoj topganini yana bir bor isbotlaydi. Foydalangan adabiyotlar: 1. Abdurahmon Qayyumiy Buxoriy. “Tazkirai Qayyumiy” – Toshkent : 1998 1-jild, 61–62-betlar. 2. Botirbek Hasanov. “Risolai aziza” “Sabotul ojiziyn” sharhi – Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, Toshkent:2000-yil. 3. So‘fi Olloyor. “Sabotul ojizin” – Qozon: 1890 (toshbosma nashriyoti). 4. H. Hasanov. “So‘fi Olloyor va uning tasavvufiy merosi” – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2010. 5. S. Mutallibov. “ XVII–XVIII asr Movarounnahrda tasavvuf maktablari va ularning ijtimoiyma’naviy ahamiyati” – Toshkent: 2002.