Full text
38 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) BUYUK IPAK YO‘LI TARIXI BO‘YICHA MUSTAMLAKA VA SOVET DAVRIDAGI ILMIY TADQIQOTLAR. Seytjanov Islam Jeńisbaevich Ajiniyoz nomidagi NDPI, Tarix fakulteti 2-kurs talabasi. (Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) [email protected] +99893-460-29-09 https://doi.org/10.5281/zenodo.17708000 Annotatsiya. Ushbu ilmiy ishda Buyuk Ipak Yoʻli tarixini ilmiy oʻrganishning asosiy bosqichlari koʻrib chiqilgan, bu esa XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan. Mualliflik izlanishlari uch bosqichga boʻlingan: Chor Rossiyasi davri, Sovet davri va Oʻzbekiston Mustaqillik davri. Unda Buyuk Ipak Yoʻli nomini ilmiy muomalaga kiritgan nemis geografi F.F. fon Rixthofen hamda Usturtdagi qadimiy karvonsaroylar (masalan, Belevli) haqida dastlabki yozma ma'lumotlarni bergan P.I. Rychkov va A.I. Levshin kabi muhim olimlarning faoliyati yoritilgan. Shuningdek, D.A.Klemenc, S.F.Oldenburg va M.M.Berezovskiy boshchiligidagi rus ekspeditsiyalari hamda T.Sven Gedin va A.Shteyn kabi Gʻarbiy Yevropa olimlarining sharqshunoslik va arxeologik tadqiqotlariga alohida e'tibor qaratilgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida xalqaro hamkorlikning kuchayishi va hozirgi globallashuv sharoitida Buyuk Ipak Yoʻli tarixini oʻrganishning davom etayotgan ahamiyati ta'kidlangan. Kalit soʻzlar: Buyuk Ipak Yoʻli, karvon yoʻllari, ilmiy tadqiqotlar, Chor Rossiyasi, Sovet davri, mustaqillik, Usturt, Belevli, ekspeditsiya, F.F. fon Rixthofen, A. Shteyn, Sven Gedin, Sharqiy Turkiston, arxeologiya. SСIENTIFIC RESEARCH ON THE HISTORY OF THE GREAT SILK ROAD DURING THE COLONIAL AND SOVIET PERIODS Annotation. This scholarly work explores the main stages of the scientific study of the history of the Great Silk Road, which began in the second half of the 19th century. The research is categorized into three phases: the period of Tsarist Russia, the Soviet period, and the period of Uzbekistan's Independence. It highlights the contributions of key scholars such as the German geographer F.F. von Richthofen, who first introduced the term "Great Silk Road" into scientific discourse, and P.I. Rychkov and A.I. Levshin, who provided early written accounts of ancient caravanserais on the Ustyurt plateau (e.g., Belevli). Special attention is given to the Russian expeditions led by D.A. Klemenc, S.F. Oldenburg, and M.M. Berezovskiy, as well as the orientalist and archaeological work of Western European scholars like Sven Hedin and A. Stein. The work emphasizes the intensification of international cooperation at the turn of the 19th and 20th centuries and the continued relevance of studying the history of the Great Silk Road in the current context of globalization. Keywords: Great Silk Road, caravan routes, scientific research, Tsarist Russia, Soviet period, independence, Ustyurt, Belevli, expedition, F.F. von Richthofen, A. Stein, Sven Hedin, Eastern Turkestan, archaeology. НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ПО ИСТОРИИ ВЕЛИКОГО ШЕЛКОВОГО ПУТЬ В КОЛОНИАЛЬНЫЙ И СОВЕТСКИЙ ПЕРИОДЫ Аннотация. Данная научная работа рассматривает основные этапы научного изучения истории Великого шелкового пути, начавшегося во второй половине XIX века. Исследования поделены на три периода: царской России, советский период и период независимости Узбекистана. Освещается деятельность ключевых ученых, таких как немецкий географ Ф.Ф. фон Рихтгофен, который впервые ввел в научный оборот
39 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) термин "Великий шелковый путь", а также П.И. Рычков и А.И. Левшин, предоставившие первые письменные сведения о древних караван-сараях на плато Устюрт (например, Белеули). Особое внимание уделено российским экспедициям под руководством Д.А. Клеменца, С.Ф. Ольденбурга и М.М. Березовского, а также востоковедческим и археологическим изысканиям западноевропейских ученых, таких как Свен Гедин и А. Стейн. Подчеркивается усиление международного сотрудничества на рубеже XIX–XX веков и продолжающаяся актуальность изучения истории Великого шелкового пути в современных условиях глобализации. Ключевые слова: Великий шелковый путь, караванные пути, научные исследования, Царская Россия, советский период, независимость, Устюрт, Белеули, экспедиция, Ф.Ф. фон Рихтгофен, А. Стейн, Свен Гедин, Восточный Туркестан, археология. Qadimgi karvon yo‘llari va Buyuk ipak yo‘li tarixini ilmiy asosda o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, Angliya, Fransiya, Daniya, Shvetsiya, Rossiya davlatlari tomonidan maxsus ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi va bu borada dastlabki ma’lumotlar to‘plana boshlandi. Bu Buyuk ipak yo‘li tarixi ilgari tadqiqot obyekti bo‘lmaganini anglatmaydi. Qadimgi karvon yo‘llari haqida o‘rta asrlarda va undan keyingi davrlarda ham tadqiqotlar olib borilgan va keng ko‘lamli asarlar nashr etilgan. Qadimgi yo‘llar tarixini ilmiy tadqiq etish bo‘yicha ishlarni uch bosqichga bo‘lish mumkin. Uning birinchi bosqichi podsho Rossiyasi davrida nashrda e’lon qilingan ilmiy ishlar bilan bog‘liq. Ikkinchi bosqichga sovet davridagi ilmiy tadqiqotlarni kiritish mumkin. Uchinchi bosqich bu mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda olimlarimiz tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar bilan bog‘liq. Ustyurt kengligidagi qadimgi karvonsaroylar haqida dastlabki yozma ma’lumotlar XVIII asrdagi rus sayyohi P.I. Richkovning "Topografiya Orenburgskaya to est obstoyatelnoye opisaniye Orenburgskoy gubernii (Spb,1762 ) " asarida bayon etiladi. Bu asarda Belevlida masjid, karvonsaroy va quduq borligi haqida ma’lumotlar beriladi. XIX asr boshida rus tadqiqotchisi A.I.Levshin "Opisaniye kirgiz-kazachix ili kirgiz kaysackix ord i stepey (Spb, 1832) " asarida: "Ustyurtning qoq o‘rtasida Belevlida masjid va madrasa, chuqurligi 64 metr bo‘lgan quduq bor"ligini yozib qoldirgan. 1892-yili Nikitin boshchiligidagi ekspeditsiya, 3 yili Shtukenberg boshchiligidagi ekspeditsiya a’zolari Ustyurtdagi karvonsaroylar haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan. Buyuk ipak yo‘li tarixiga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda turli fikrlar va bu masalani tadqiq etish bo‘yicha keng ko‘lamli metodologik yondashuvlar bayon etilgan. Podsho Rossiyasi davriga oid adabiyotlarda Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga sivilizatsiya olib keluvchi davlat sifatidagi roli yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Bu davrdagi ishlarda Buyuk ipak yo‘li tarixi bilan bog‘liq muhim masalalar tarixiy nuqtayi nazardan o‘zining boshlang‘ich bosqichini boshdan kechirgan. Ko‘pgina ishlar ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida emas, balki publitsistik, ilmiy-ommabop, axborot va ma’lumotlar yetkazish xarakteriga ega bo‘lgan. Bu davrda Buyuk ipak yo‘lini o‘rganish masalasi tarixshunoslik yo‘nalishida maxsus tadqiqotga yo‘naltirilmagan edi.
40 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Ular asosan ayrim voqealarni bayon qilish, umumiy faktlar bilan cheklangan edi. Bu guruhdagi olimlardan N.S. Likoshkin, V.A. Obruchev 1 , V.V. Bartold, I.V. Mushketovning ishlarini ta’kidlash o‘rinlidir. Bu ishlarda kichik hajmda tarixshunoslik yo‘nalishida ma’lumotlar berishga intilishlar bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, ular tomonidan e’lon qilingan ishlarda asosan O‘rta Osiyo xalqlarining uzoq o‘tmishini o‘rganish bilan bog‘liq turli masalalarga bag‘ishlangan asarlarni eslash bilan cheklanib qolingan, tegishli tarixshunoslik yo‘nalishida, ilmiy baho berilmagan. Buyuk ipak yo‘lini tadqiq etish uchun Olssiya Fanlar akademiyasi 1898-yilda D.A.Klemens rahbarligida Sharqiy Turkistonga maxsus arxeologik ekspeditsiya tashkil etadi. 1898-yilgi D.A.Klemens ekspeditsiyasi Sharqiy Turkistonni o‘rganish bo‘yicha olimlarning ishlarini tezlashtirdi, O‘rta va Sharqiy Osiyoni o‘rganish bo‘yicha Xalqaro assotsiatsiyani tashkil etishning sabablaridan biri bo‘ldi. Uning markazi Peterburg bo‘lib, bu yerda O‘rta va Sharqiy Osiyoni tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik jihatdan o‘rganish uchun tashkil etilgan Rus qo‘mitasi joylashgan edi. 1900-yilda Rus arxeologik jamiyati Tarim vohasiga yil muddat bilan ekspeditsiya tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq, moliya vazirligi moliya bilan ta’minlashdan bosh tortdi va bu yerda tadqiqot ishlarini olib borishni nemis, ingliz, fransuz, shved, yapon va xitoy olimlari o‘z qo‘llariga oldilar 2 . Rus geografik jamiyatining ekspeditsiyalarida qatnashgan olimlardan biri M.M.Berezovskiy 1905-yilning oxirida Kuchada ishini boshladi va bu yerda 1907-yilning dekabrigacha ish olib bordi. M.M.Berezovskiy shu vaqt ichida 20 ta qadimiy shaharlarni aniqladi. Tadqiqotlar natijasida topilgan sanskrit, uyg‘ur, toxar, braxma yozuvlari dunyo olimlarining e’tiborini o‘ziga tortdi. 1908-yili rus hukumati Sharqiy Turkistonga akademik S.F.Oldenburg boshchiligida ekspeditsiya tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1909-1911 va 1914-1915-yillarda ular tomonidan to‘plangan etnografik va arxeologik materiallar O‘rta va Markaziy Osiyodagi budda va islom san’ati haqida ilmiy ishlarning yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. Ushbu ekspeditsiya tomonidan ko‘plab g‘orlar, budda yozuvlari va ibodatxonalar topildi. 1914-yili Sharqiy Turkistonda rus olimlarining tadqiqotlari qayta tiklandi. Akademik S.F. Oldenburg rahbarligidagi ikkinchi ekspeditsiya Dunxuan g‘orlarida ish olib bordi. Tadqiqotlar davomida Sharqiy Turkiston va O‘rta Osiyo turli madaniyatlar to‘plangan makon ekanligi haqida xulosa qilindi. S.F.Oldenburg tadqiqotlari davomida topgan topilmalarini Osiyo muzeyiga va Ermitajning Sharq bo‘limiga topshirdi. Buyuk ipak yo‘li tarixini o‘rganishda G‘arbiy Yevropa olimlarining xizmati katta bo‘ldi. 1877-yilda Berlinda, D.Rayner bosmaxonasida Ferdinand fon Rixtgofenning ko‘p jilddan iborat "Xitoy" deb nomlangan monografiyasi nashr etiladi. . F.F.fon Rixtgofen (1833-1905) - nemis geografi va geologi bo‘lib, Xitoyning tabiatini o‘rgangan. U o‘zining keng ko‘lamli ilmiy ishini to‘rt qismga bo‘ldi. Bu asarida F.F. fon Rixtgofen birinchi marta Buyuk ipak yo‘li atamasini ilmiy muomalaga kiritdi. 1 Лыкошкин Н.С. Очерк археологических изысканий в туркестанском крае до учреждения туркестанского кружка любителей археологии// ПТКЛА.-Вып.1.- Т., 1896. – 58 с.; Обручев В.А. Краткий обзор экспедиций.снаряженных Русским географическим обществом для исследования материка Азии с 1846 по 1896 г. // известия.Вост.Сиб.Отд. РГО. 1897. – Т. XXVI; Бартольд В.В. К вопросу об археологических исследованиях в Туркестане.- Т. Изд-во Бр.Каменских. 1899. – 34.; Мушкетов И. Туркестан. В 2 х т. Пг.Издво ИРГО, 1915. – Т.- 1. – 558 с. 2 Кобзева О.П. Великий Шелковый путь и мировая цивилизация. Т.,2002, б. 28
41 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) 1895-yilning oxirida shved geografi Sven Gedin Taklamakon shaharlariga yo‘l oladi. U bilan birga M.Aurel Steyn sayohatda qatnashadi. U keyinchalik Buyuk ipak yo‘lining birinchi arxeologi bo‘ldi. Mashhur shved sayyohi Sven Gedin (1865-1952 yy.) 1893-1897 yillari Toshkentda bo‘lgan. Sayohat boshida Sven Gedin Rossiya orqali Bokuga, so‘ngra Samarqand shahriga temir yo‘l transportida kelgan. Keyin u Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab Toshkent, Qo‘qon, Marg‘ilon, O‘sh va Qashqarga borgan 3 . 1900-yilda A.Steyn qadimgi karvon yo‘li bo‘ylab yo‘lga chiqadi. Ipak yo‘lining janubiy yo‘li bo‘lgan Xotan, Turfon, Loulondagi qazilmalari va Dunxuandagi tadqiqotlari davomida topilgan kashfiyotlari uning nomini butun dunyoga mashhur qildi. Dunxuanda topilgan ko‘plab materiallarni A.Steyn 1907-yilda Angliyaga olib keldi va Britaniya muzeyiga topshirdi. Aurel Steyn kashfiyotidan so‘ng Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha haqiqiy ilmiy tadqiqotlar boshlandi. Sven Gedin Tibet, Sinszyan, Mo‘g‘uliston, Sharqiy Turkiston, Shimoliy Eron, Kashmirda tadqiqotlar olib borgan. U 1923-1935 yillarda Shimoliy Amerika, Yaponiya, Mongoliya, Sibir va Xitoyga sayohat qiladi. XX asr boshida Buyuk ipak yo‘lini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilishi bilan birga, rus, nemis, fransuz, ingliz va yapon olimlarining xalqaro hamkorligi boshlandi. Shu davrda Markaziy Osiyoni lingvistik o‘rganish bo‘yicha Xalqaro assotsiatsiya (Rim, 1899 y.) tashkil etildi. Ushbu uyushmaga Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Avstriya, Vengriya, Shveysariya, Italiya, AQSH va boshqa davlatlarning olimlari a’zo bo‘ldi. 1906-1908-yillarda mashhur fransuz olimi Pol Pellio boshchiligidagi ilmiy ekspeditsiya tadqiqotlar olib bordi. Tadqiqotlar davomida topilgan materiallar asosida P.Pellio daosizm, buddizm va Xitoydagi xorijiy dinlar haqida ilmiy ishlar yozadi. Sinszyanda topilgan barcha qo‘lyozmalarni P.Pellio Parij milliy kutubxonasiga sovg‘a qiladi. 1920-1930-yillarda Sharqiy Turkiston o‘lkasida Buyuk ipak yo‘lini o‘rganish bo‘yicha bir necha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Amerikalik D.Uorner (1923, 1925) va skandinaviyaliklar (X.Xaslund) -Kristensen (1927-1930), S.Gedin (1933-1935), F.Bergman (1934) va boshqalar Sharqiy Turkistonda tadqiqotlar olib bordilar. XX asrning 30-40-yillari Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab to‘plangan materiallarni qayta ishlash va ularni baholash bo‘yicha tinimsiz ishlar olib borildi. 1946-yili Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi S.P. Tolstov rahbarligida Ustyurtda tadqiqotlar olib boradi. S.P. Tolstov Belevlidagi karvonsaroyni "X-XI asrlarga oid mustahkam karvonsaroy" 4 deb hisoblagan. 1950-yili Ural-Ustyurt otryadi (XAEE) Ustyurtdagi karvon yo‘llari bo‘yicha arxeologik tadqiqotlar olib bordi. Ustyurtning markaziy qismida Churuk, Beleuli, Qo‘shbuloq va Uchquduq karvonsaroylari o‘rganildi. 3 Джамалхаджи И.Н. Свен Гедин в Ташкенте: путешествие по Великому шелковому пути в XIX столетии. Буюк ипак йўлининг ўтмиши ва ҳозирги куни: ривожланишнинг ижтимоий-маданий, тарихий, сиёсий ва иқтисодий йўналищлари, Халқаро илмий – амалий конференция материаллари тўплами. -Т.,2013, б. 57. 4 5. Толстов С.П. По следам Древнехорезмской цивилизации. – М.: 1948. С.49.
42 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) 1950-1980-yillarni Buyuk ipak yo‘li tarixi bo‘yicha to‘plangan materiallar asosida keng ko‘lamli ishlar yaratilgan yillar deb baholash mumkin. Shu yillari ekspeditsiyalarni tashkil etish bo‘yicha ancha samarali mehnat qilgan Xitoy olimlari bo‘ldi. 50-yillarning boshlarida Dunxuan va Sharqiy Turkistonning qadimiy shaharlarini kompleks o‘rganish ishlari boshlandi. Shu davrda Buyuk ipak yo‘li tarixi va tarixiy-madaniy meroslarini o‘rganish bo‘yicha fundamental ishlar yaratildi. Shu davrdagi mashhur olimlar - A.Xerman, V.B.Xenning, M.E.Masson, P.Bernar, B.L.Staviskiy, S.Vaytfild, J.-P.Drej, K.Kato va boshqalarning nomlari faqat mutaxassislar uchun emas, balki keng jamoatchilikka ma’lum. Sharqiy Turkistonni o‘rganishning asosiy bosqichlarini, shu bilan birga bu yer orqali o‘tgan Buyuk ipak yo‘lini tadqiq etgan olimlar haqida ma’lumotlar A.N. Bernshtam va B.A. Litvinskiy 5 ning ilmiy maqolalarida bayon etilgan. XX asr oxiri - XXI asr boshida Rossiya Federatsiyasida Buyuk ipak yo‘li tarixi bo‘yicha dolzarb masalalarni o‘rgangan bir qancha ishlar nashr etildi. Masalan, B.Ya. Staviskiyning tadqiqotlarida Buyuk ipak yo‘li tarixini davrlarga bo‘lish masalasi muhokama qilinadi. N.X. Axmetshin o‘zining ikki monografiyasida Buyuk ipak yo‘lini tadqiq etish masalasiga e’tibor berish bilan birga, shuningdek, Xitoy siyosati, o‘tmishdagi va hozirgi davrdagi geografik nomlar, sanalarni aniqlashga alohida e’tibor bergan. Dunyo olimlari tomonidan Buyuk ipak yo‘li tarixini ilmiy asosda tadqiq etish ishlari XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa, XXI asr boshida bugungi kunda ham bu masalaga e’tibor yanada kuchaydi. Yevropa olimlari bilan birga, Rossiya va Osiyo mamlakatlarida qadimgi yo‘llar tarixiga bag‘ishlangan ilmiy ishlar nashr etilmoqda. Buyuk ipak yo‘li tarixini tadqiq etish masalasi bo‘yicha bir necha konferensiyalar o‘tkazildi, to‘plamlarda ilmiy maqolalar chop etildi. Buning asosiy sababi hozirgi vaqtda globallashuv sharoitida yashayotgan insoniyat madaniy va ilmiy jihatdan o‘zaro axborot almashish, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyatini anglab yetdi. Buni amalga oshirishda transport kommunikatsiyalarining tutgan o‘rni va xizmati alohida ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Bu aloqalar Sharq va G‘arb mamlakatlarini yaqinlashtirishga va butun insoniyatga kelajak yo‘lida hamkorlik qilishga xizmat qiladi. Shu bois ham Buyuk ipak yo‘lining o‘tmishi va istiqboli haqida ilmiy tadqiqotlar davom etadi, bu borada qimmatli monografiyalar, to‘plamlar va ilmiy maqolalar chop etilishi shubhasiz. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ахметшин Н.Х. Тайны Шелкового пути. М.Вече, 2002. – 414 стр. 2. Ахметшин Н.Х. Тайны Великой пустыни. Миражи Такла Макан. –М. Вече. 2003. 3. Бернштам А.Н. Проблемы истории Восточного //Вестник древней истории –М. 1947. -№2. С 52-70; Литвинский Б.А. Труды Альберта фон лекока по древней культуре Восточного Туркестана // народы Азии и Африки. –М. 1981. № 4. – С 187193; Его же Изучение древней истории и культуры Восточного Туркестана в отечественной зарубежной науке // Народы Азии и Африки. –М. 1982.№1 с-69-78.; 5 Бернштам А.Н. Проблемы истории Восточного //Вестник древней истории –М. 1947. -№2. С 52-70; Литвинский Б.А. Труды Альберта фон лекока по древней культуре Восточного Туркестана // народы Азии и Африки. –М. 1981. № 4. – С 187-193; Его же Изучение древней истории и культуры Восточного Туркестана в отечественной зарубежной науке // Народы Азии и Африки. –М. 1982.№1 с-69-78.; исторические судьбы Восточного Туркестана и Средней Азии(проблемы этнокультурной общности)// Восточный Туркестан и Средняя Азия: история.Культура.Связи / под ред. Б.А. Литвинского. – М.Н, 1984. –С 4-27.
43 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) исторические судьбы Восточного Туркестана и Средней Азии(проблемы этнокультурной общности)// Восточный Туркестан и Средняя Азия: история.Культура.Связи / под ред. Б.А. Литвинского. – М.Н, 1984. –С 4-27. 4. Джамалхаджи И.Н. Свен Гедин в Ташкенте: путешествие по Великому шелковому пути в XIX столетии. Буюк ипак йўлининг ўтмиши ва ҳозирги куни: ривожланишнинг ижтимоий-маданий, тарихий, сиёсий ва иқтисодий йўналишлари, Халқаро илмий – амалий конференция материаллари тўплами. -Т.,2013, б. 57. 5. Кобзева О.П. Великий Шелковый путь и мировая цивилизация. Т.,2002, б. 28 6. Лыкошкин Н.С. Очерк археологических изысканий в туркестанском крае до учреждения туркестанского кружка любителей археологии// ПТКЛА.-Вып.1.- Т., 1896. – 58 с.; Обручев В.А. Краткий обзор экспедиций.снаряженных Русским географическим обществом для исследования материка Азии с 1846 по 1896 г. // известия.Вост.Сиб.Отд. РГО. 1897. – Т. XXVI; Бартольд В.В. К вопросу об археологических исследованиях в Туркестане. - Т. Изд-во Бр.Каменских. 1899. – 34.; Мушкетов И. Туркестан. В 2 х т. Пг.Изд-во ИРГО, 1915. – Т.- 1. – 558 с. 7. Ставиский Б.Я. Великий шелковый путь // Культурные ценности. Международный Ежегодник. –М.Европейский дом. – 1995. стр – 19 – 29. 8. Толстов С.П. По следам Древнехорезмской цивилизации. – М.: 1948. С.49.