Full text
69 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) 13-14 YOSHLI FUTBOLCHILARNING ZARBA KUCHINI ANIQLASH BO‘YICHA OLINGAN ANKETA SO‘ROVNOMASI VA “ADIDAS MI COACH SMART BALL” NATIJALARI BO‘YICHA TAVSIYALAR S.S. Abduqahhorov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tayanch doktaranti O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. Chiqchiq shahri, O‘zbekiston Muallif bilan bog‘lanish uchun: Tel: +998944155454 Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17708542 Annotatsiya. Mazkur tadqiqot futbolchilar orasida kuch-jismoniy sifatlarni, xususan, oyoq kuchini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni shakllantirishga bag‘ishlangan. Mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan anketa-so‘rovnomalar va ilmiy manbalarni tahlil qilish natijasida oyoq kuchini oshirish futbolchining texnik harakatlarini samarali bajarish uchun muhim omil ekanligi aniqlandi. Shu maqsadda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Namangan viloyati futbol akademiyalarining 13–14 yoshli futbolchilari ishtirokida tajriba mashqlari o‘tkazildi. Tadqiqotda Adidas miCoach Smart Ball to‘pi yordamida zarba kuchi o‘lchandi. Nazorat mashqlari darvozadan to‘pni o‘yinga kiritish, burchak zarbasi, jarima zarbasi, uzoq masofadan zarba va 11 metrlik jarimalar bo‘yicha tashkil etildi. Har bir akademiya vakillari amplua (darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi) bo‘yicha guruhlarga ajratildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Toshkent viloyati futbol akademiyasi darvozabonlari o‘ng oyoqda 86,5 km/soat, chap oyoqda 84,5 km/soat tezlikda zarba bera olishgan. Toshkent futbol akademiyasi o‘rtacha 84,5–85 km/soat, Namangan futbol akademiyasi esa 65–74 km/soat diapazonida natijalar qayd etdi. Uzoq masofadan zarba testlarida Toshkent viloyati akademiyasi vakillari 89,5 km/soat tezlikda zarba berishgan. Olingan ma’lumotlar yosh futbolchilarda oyoq kuchini rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari o‘quv mashg‘ulotlarini yanada samarali rejalashtirishga ilmiy asos yaratadi. Kalit so‘zlar: futbolchilar, kuch sifati, oyoq kuchi, zarba kuchi, texnik harakat, yosh futbolchilar, test mashqlari, Adidas miCoach Smart Ball, o‘yin samaradorligi, jismoniy tayyorgarlik, futbol akademiyasi, tajriba, texnik-taktik harakatlar, nazorat mashqlari, sport ilmiy tadqiqoti. Аннотация. Данное исследование посвящено разработке рекомендаций по развитию силовых физических качеств футболистов, особенно силы ног. Анализ анкетирования специалистов и научной литературы показал, что развитие силы ног является ключевым фактором эффективного выполнения технических действий на поле. С этой целью были проведены контрольные упражнения среди футболистов 13–14 лет футбольных академий Ташкентской области, города Ташкента и Наманганской области. Измерения ударной силы выполнялись с помощью специального мяча Adidas miCoach Smart Ball. Тесты включали ввод мяча в игру от ворот, угловые, штрафные, дальние удары и 11-метровые удары. Игроки были распределены по амплуа: вратари, защитники, полузащитники, нападающие. Средние результаты показали, что вратари Ташкентской области выполняли удары со скоростью 86,5 км/ч правой и 84,5 км/ч левой ногой. Вратари Ташкентской академии показали 84,5–85 км/ч, а Наманганской — 65–74 км/ч. При дальних ударах футболисты Ташкентской области достигали 89,5 км/ч.
70 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Полученные данные подтверждают необходимость специальных упражнений для развития силы ног у юных футболистов. Результаты исследования могут быть использованы для совершенствования учебно-тренировочного процесса. Ключевые слова: футболисты, силовые качества, сила ног, ударная мощность, технические действия, юные футболисты, тестовые упражнения, Adidas miCoach Smart Ball, эффективность игры, физическая подготовка, футбольная академия, эксперимент, техническо-тактические действия, контрольные упражнения, спортивное исследование. Annotation. This study focuses on developing recommendations for improving the physical strength qualities of football players, particularly leg strength. Analysis of expert surveys and scientific literature revealed that enhancing leg power is crucial for performing technical actions effectively on the field. For this purpose, control exercises were conducted among 13–14-year-old players from the Tashkent Region Football Academy, Tashkent City Football Academy, and Namangan Region Football Academy. The ball strike force was measured using the Adidas miCoach Smart Ball. The tests included goal kicks, corner kicks, free kicks, long-distance shots, and penalty kicks. Players were categorized according to their positions: goalkeepers, defenders, midfielders, and forwards. Results showed that goalkeepers from the Tashkent Region Academy achieved an average of 86.5 km/h with the right foot and 84.5 km/h with the left. Players from the Tashkent City Academy reached 84.5–85 km/h, while those from the Namangan Academy showed 65–74 km/h. In long-distance shots, Tashkent Region goalkeepers achieved 89.5 km/h. The findings indicate that specialized training programs are needed to improve leg strength in young football players. These results provide a scientific basis for optimizing training sessions and improving technical performance in youth football. Keywords: football players, strength quality, leg power, kicking force, technical actions, young footballers, test exercises, Adidas miCoach Smart Ball, game efficiency, physical training, football academy, experiment, technical-tactical skills, control tests, sports research. Mutaxassislar oʻrtasida olingan anketa-soʻrovnoma natijalari va ilmiy adabiyotlarni oʻrganish orqali erishilgan taklif va tavsiyalarning yoritilishi boʻyicha maʼlumotlar, aynan futbolchilarning kuch-jismoniy sifati sifatida oʻyin xususiyatlarini inobatga olib, oʻyinning maʼlum bir texnik harakatlarini samarali bajarish va oʻyinda yuzaga keladigan xavfli vaziyatlarni ijobiy hal etish maqsadida, ayniqsa, oyoq kuchi sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini koʻrsatib berdi. Shu sababli, Toshkent viloyat futbol akademiyasi, Toshkent futbol akademiyasi va Namangan viloyat futbol akademiyasi 13-14 yoshli futbolchilarining maydonda bajaradigan texnik-taktik harakatlarida zarba kuchining namoyon boʻlishi boʻyicha nazorat mashqlari oʻtkazildi.
71 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Jumladan, darvozadan toʻpni oʻyinga kiritish, burchak zarbasi, jarima zarbasi, uzoq masofadan zarbalar va 11 metrlik jarima zarbasi boʻyicha test meʼyorlari qabul qilindi. Bunda har uchala guruh vakillarining amplua boʻyicha darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi, hujumchilari alohida kontingentda taqsimlanib, oʻrtacha natijalar olindi. Dastlab 13 yoshli akademiya futbolchilarining Adidas miCoach Smart Ball maxsus toʻpi yordamida zarba kuchini aniqlashning oʻrtacha natijalari bilan tanishib chiqsak. Toshkent viloyat futbol akademiyasi darvozabonlari darvoza yonidan toʻpni oʻyinga kiritishda 86,5 km/soat natijani qayd etishgan boʻlsa, chap oyoqda bu koʻrsatkich 84,5 km/soatga toʻgʻri keldi. Toshkent futbol akademiyasi darvozabonlarining oʻrtacha natijasi esa 84,5 km/soatni tashkil etgan boʻlsa, chap oyoqdagi berilgan zarbalar boʻyicha bu koʻrsatkich 85 km/soat koʻrinishida ekanligi aniqlandi. Namangan futbol akademiyasi darvozabonlari natijalari quyidagicha: darvozadan toʻpni oʻyinga kiritish boʻyicha 74 km/soat hajmida namoyon boʻlgan boʻlsa, chap oyoqdagi natijalar 65 km/soat koʻrinishiga ega bo‘ldi. Himoyachilar soni – 7ta Yarim himoyachilar soni – 9ta Xujumchilar soni – 2ta Darvozabonlar soni – 2ta Burchakdan berilgan zarbalar boʻyicha 86,5 km/soat oʻng oyoqda bajarilgan boʻlsa, chap oyoqdagi natijalar 79 km/soatni tashkil etdi. Toshkent futbol akademiyasi darvozabonlarining burchakdan zarba berish boʻyicha koʻrsatkichi 89 km/soatga teng boʻldi. Chap oyoqdagi natijalar 73,5 km/soat hajmida namoyon boʻldi. Namangan futbol akademiyasi darvozabonlarining burchak zarbasini bajarish boʻyicha koʻrsatgan natijalari 63 km/soatni tashkil etgan boʻlsa, chap
72 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) oyoqda bu koʻrsatkich 69 km/soatga teng ekanligi maʼlum boʻldi. Uzoq masofadan zarba berish testida Toshkent viloyat futbol akademiyasining darvozabonlari oʻng oyoqda 89,5 km/soat, chap oyoqda 89,5 km/soat hajmida mashqni bajarganligi maʼlum boʻldi. Toshkent futbol akademiyasining darvozabonlari 85 km/soat hajmida buni amalga oshirgan boʻlsa, demak, chap oyoqdagi koʻrsatkichlar 88,5 km/soat hajmida ekanligi maʼlum boʻldi. 11 metrlik jarima zarbalarini berish boʻyicha zarba kuchi, darvozabonlar, yaʼni Toshkent viloyat futbol akademiyasi darvozabonlari oʻng oyoqda 97 km/soat koʻrinishida mashqni bajargan boʻlsa, chap oyoqda 87,5 km/soat hajmida namoyon boʻlgan. Toshkent futbol akademiyasining darvozabonlari oʻng oyoqda 92 km/soat, chap oyoqda 77 km/soat. Namangan futbol akademiyasi darvozabonlari oʻng oyoqda 69, chap oyoqda 63,5 km/soat koʻrinishida ushbu testni amalga oshirgan. Amplua boʻyicha, yaʼni darvozabonlar kesimida aniqlandiki, oʻrtacha darvoza yonidan berilgan zarbalar 80 km/soat atrofida ekanligi maʼlum boʻldi. Bu yerda eng yuqori koʻrsatkich Toshkent viloyat futbol akademiyasi darvozabonlariga tegishli boʻldi. Demak, bu koʻrsatkichlar jarima zarbalari berishda, 11 metrlik jarima zarbalarini berishda va burchak zarbalarini berishda ham oʻz aksini topdi. Himoyachilar kontingentida, darvozadan toʻpni oʻyinga kiritishda oʻrtacha Toshkent viloyat futbol akademiyasida 86,1 km/soatni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkichlar chap oyoqda 77,7 km/soatni, burchak zarbasi boʻyicha 86 km/soatni, chap oyoqda 73,7 ni, jarima zarbasi boʻyicha 86 km/soatni, chap oyoqda 73,7 ni, jarima zarbasi boʻyicha oʻng oyoqda 89, chap oyoqda 86,4 km/soatni, uzoq masofaga zarbalarda oʻng oyoqda 86,7, chap oyoqda 77 km/soatni va 11 metrlik jarima zarbalari boʻyicha oʻng oyoqda 89,7, chap oyoqda 83,1 km/soat koʻrinishida namoyon boʻldi. Himoyachilar soni – 7ta Yarim himoyachilar soni – 9ta Xujumchilar soni – 2ta Darvozabonlar soni – 2ta Toshkent futbol akademiyasi himoyachilarining natijalari quyidagicha: darvozadan toʻpni oʻyinga kiritishda oʻng oyoqda 89, chap oyoqda 84,2. Burchak zarbasida 84,3, chap oyoqda 78.
73 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Jarima zarbasida oʻng oyoqda 88,7, chap oyoqda 81,6. Uzoq masofadan zarbalarda 86,3, chap oyoqda 77,2 va 11 metrlik jarima zarbalarida 90, chap oyoqda 86,2 km/soat. Demak, Namangan futbol akademiyasi himoyachilarining natijalari quyidagicha koʻrinish oldi: darvozadan toʻpni oʻyinga kiritishda oʻng oyoqda 84,7, chap oyoqda 74,9. Burchak zarbalarida oʻng oyoqda 81,9, chap oyoqda 69,9. Jarima zarbalari oʻng oyoqda 86,4, chap oyoqda 78,6. Uzoq masofadan zarbalarda 86,7, chap oyoqda 74,9. 11 metrlik jarima zarbasi oʻng oyoqda 91,4, chap oyoqda 78,9 km/soat ekanligi maʼlum boʻldi. Hujumchilar kesimida ham oʻrtacha natijalar, demak, darvoza yonidan toʻpni oʻyinga kiritishda oʻrtacha natija 85,2 ni, burchak zarbasida oʻng oyoqda 79,3 km/soatni, chap oyoqda 78,2 km/soatni tashkil etdi. Hujumchilarning eng qoniqarli oʻsha zarba berish masofasi bu 11 metrlik jarima zarbasiga toʻgʻri keldi. Bu oʻrtacha 90,2 km/soat ekanligi aniqlandi. 13 yoshli akademiya futbolchilarining zarba kuchini aniqlash boʻyicha dastlabki natijalarda maʼlum boʻldiki, Toshkent shahar futbol akademiyasi va Namangan futbol akademiyasi 13 yoshli shugʻullanuvchilarida zarba kuchini aniqlash boʻyicha, demak, natijalar qoniqarli darajada, lekin Toshkent viloyat futbol akademiyasida har ikkala akademiyaga nisbatan natijalar biroz yaxshiroq. Umumiy tarzda barcha koʻrsatkichlar boʻyicha, demak, uchala guruhimizda ham deyarli natijalar bir-biriga yaqin va umumiy tarzda Adidas miCoach Smart Ball xususiyatlari boʻyicha natijalar umumiy tarzda qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi. Bu esa, demak, 13 yoshli futbolchilarning zarba kuchini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi va uning aniqligini oshirish lozimligi boʻyicha xulosalar beradi. Endi mazkur uchala guruhning 14 yoshli akademiya futbolchilaridan olingan natijalar tahliliga oʻtamiz. Demak, darvozabonlar: oʻng oyoqda oʻrtacha 85.7 km/soat natijani qayd etishgan boʻlsa, chap oyoqdagi bu koʻrsatkich 74 km/soat ekanligi maʻlum boʻldi. Jarima zarbalarini bajarish boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich oʻng oyoqda 80 km/soatni tashkil etgan boʻlsa, chap oyoqda bu koʻrsatkich 70 km/soat koʻrinishida qayd etilganligi maʼlum boʻldi. 11 metrlik jarima zarbasini bajarishda, demak, nazorat guruhi vakillari (darvozabonlar) oʻng oyoqda 98.5 km/soat, chap oyoqda 89 km/soatni qayd etgan boʻlsa, tajriba guruhi darvozabonlari 85 km/soat va chap oyoqda 78.5 km/soat natijani qayd etdi. Namangan futbol akademiyasi, yaʼni ikkinchi tajriba guruhi vakillari natijalari: oʻng oyoqda 78.5, chap oyoqda 84.5 km/soat ekanligi aniqlandi. Demak, himoyachilar kesimida: Toshkent viloyati futbol akademiyasi himoyachilarining oʻng oyoqdagi darvozadan toʻpni oʻyinga kiritish zarbalari 88.1, chap oyoqda 81.3, burchak zarbalarida 75.8, chap oyoqda 73.4, uzoq masofadan zarba berishda 86, chap oyoqda 80, 11 metrlik jarima zarbasida 86.7, chap oyoqda 83.3 kilometr/soat ekanligi maʼlum boʻldi. Hujumchilar kesimida ushbu natijalarga toʻxtaladigan boʻlsak, Toshkent viloyati futbol akademiyasi hujumchilari oʻng oyoqda 84, chap oyoqda 75, burchak zarbasida 79, chap oyoqda 69, jarima zarbasida 81, chap oyoqda 70, uzoq masofadan zarbalarda 77, chap oyoqda 65.5, 11 metrlik jarmada 80, chap oyoqda 76 km/soat koʻrinishida natijalarni qayd etganligi aniqlandi. Demak, Toshkent shahar futbol akademiyasi yarim himoyachilarining natijalarini kuzatadigan boʻlsak, bu yerda darvozaga toʻpni yoʻnaltirishda oʻng oyoqda 88.1, chap oyoqda 73.44; burchak zarbasida 82.4, chap oyoqda 68.22; jarima zarbasida 85.89, chap oyoqda 72.89; uzoq masofaga zarbalarda oʻng oyoqda 90, chap oyoqda 77 km/soat ekanligi aniqlandi. Namangan futbol akademiyasi hujumchilarining natijalari aniqlanganda, demak, bunda darvozadan toʻpni oʻyinga kiritishda oʻng oyoqda 85.5, chap oyoqda 74; burchak zarbalarida oʻng oyoqda 82, chap oyoqda 64; jarima zarbalarida oʻng oyoqda 86, chap oyoqda 69 va 11 metrlik jarima zarbalarida oʻng oyoqda 84 va chap oyoqda 72 km/soat koʻrinishida ushbu nazorat mashqlarini bajarganligi aniqlandi.
74 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Umumiy xulosalarga keladigan boʻlsak, 14 yoshli akademiya futbolchilarining zarba kuchlari, demak, 13 yoshli futbolchilarnikiga qaraganda biroz yuqoriroq. Ayrim koʻrsatkichlar boʻyicha juda ham past ekanligi maʼlum boʻldi. Buning ajablanarli jihati shundaki, juda ham koʻp amplualar kesimidagi holat boʻyicha 14 yoshli futbolchilarning zarba kuchi koʻrsatkichlari 13 yoshli futbolchilarnikidan biroz pastroq koʻrinishda namoyon boʻlgani maʼlum boʻldi. Bu esa, avvalo, avvallari zarba kuchini aniqlash boʻyicha nazorat mashqlarining oʻtkazilmasligi, bunga eʼtibor kamligi, zarba berish boʻyicha aniq tahliliy ishlanmalar mavjud emasligi va murabbiylar bundan bexabar qolishlari evaziga ushbu jarayon yuzaga kelgan. Bu esa, demak, texnik jihatdan yoki maxsus jismoniy tayyorgarlik jihatidan kamchiliklar borligi va aynan testlash jarayoniga moslashuvchanlikning yoʻqligi bu jarayonni nazoratga olish muhimligini belgilab beradi. Bundan tashqari, yana bir omil borki: bunda zarba kuchi qanchalik aniqlikka eʼtibor berilsa, toʻpning aylanish doirasi ham shuncha marta kam boʻladi. Demak, mazkur dastlabki testlash boʻyicha ushbu xulosani keltirish mumkinki, agar futbolchilar, avvalo, zarba berishda masofani his qilishlari, yaʼni uzoq masofaga zarba berish holatlarida koʻproq kuchga tayanishlari, lekin yaqin masofadagi nishonlarga zarba berishda bu kuchni maksimal darajada namoyon qilishda biroz oʻsha monelik boʻlayotganligini alohida aniqladik. Bundan tashqari, agar zarbaga zarbani beruvchi asosiy oyoqda berilgan zarbalar asosan oʻsha toʻp aylanish soni kamroq va zarbaning aniqligi yuqoriroq va kuchning maksimal namoyon boʻlishi ham yaqqol koʻrindi. Biroq noqulay oyoqda zarba berilganda, asosan, oʻsha oyoqning biomexanik holatini toʻgʻri chamalay olmaslik va toʻpni asosan yon tomonlariga zarba berish holati kuzatilmoqda va bu, avvalo, zarba kuchining maksimal namoyon boʻlishini cheklasa, undan tashqari toʻpning aylanish soniga ham taʼsir qilib, belgilangan nishondan boshqa tomonga toʻp yoʻnalishi kuzatilganini koʻrsatib berdi. Umumiy olganda, har uchala guruh vakillarining natijalari birbiriga yaqinligi, ayrim koʻrsatkichlar boʻyicha oʻsha Toshkent viloyati futbol akademiyasi natijalari biroz yuqoriroq boʻlganligi, Toshkent futbol akademiyasi va Namangan futbol akademiyasining 13-14 yoshli futbolchilarining zarba kuchi va zarba aniqligini rivojlantirish alohida masala ekanligi va bunga oʻziga xos tarzda choralar koʻrish lozimligi maʼlum boʻldi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Abduqahhorov S. S. S. Innovatsion vositalardan ustuvor foydalanish asosida o‘quv mashg‘ulot guruhi futbolchilarining kuch sifatini oshirish. – Toshkent: O‘zDJTSU, 2024. 2. Karimov B. Futbol nazariyasi va uslubiyati asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 3. Qodirov A., Nurmatov S. Yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish usullari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 4. Mamatqulov I. Futbolchilarning kuch sifatlarini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar. – Sport ilmiy jurnali, №2, 2022. 5. Saidov J. Futbol mashg‘ulotlarida plyometrik mashqlar tizimi. – Toshkent: O‘zDJTSU nashriyoti, 2023. 6. Bompa T., Buzzichelli C. Periodization: Theory and Methodology of Training. – Human Kinetics, 2019. 7. Reilly T., Williams A. M. Science and Soccer. – London: Routledge, 2020. 8. Bangsbo J. Fitness Training in Football: A Scientific Approach. – Copenhagen: University of Copenhagen Press, 2018. 9. FIFA Technical Report. FIFA Talent Development Scheme Guidelines. – Zurich: FIFA, 2022.
75 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) 10. UEFA Academy. Developing Young Players: Modern Methods and Tools. – Nyon: UEFA Publishing, 2021. 11. Kholmatov R. Yosh futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini baholash. – O‘zbekiston sport ta’limi jurnali, №3, 2022. 12. Bompa T., Carrera M. Conditioning Young Athletes. – Human Kinetics, 2018. 13. Verkhoshansky Y. Fundamentals of Special Strength Training in Sport. – Moscow: Fizkultura i sport, 2017. 14. Nosirov O. Sportchilar jismoniy sifatlarini shakllantirishda kuch mashqlarining o‘rni. – Toshkent, 2020. 15. Ismoilov U. Futbolchilarda zarba kuchini oshirish mashqlari tizimi. – Sport nazariyasi jurnali, №4, 2021. 16. Gissis I., Papadopoulos C. Kinematic Analysis of Soccer Kicking Performance. – Journal of Human Movement Studies, 2019. 17. Ali A. Measuring Physical Performance in Football: Reliability and Validity of Testing Protocols. – Sports Medicine Journal, 2021. 18. Sodiqov D. Futbolchilar oyoq mushaklarining kuchini rivojlantirishda texnik vositalar. – Toshkent: Innovatsion sport nashriyoti, 2022. 19. Adidas R&D Department. Smart Ball miCoach User Manual and Performance Data Interpretation. – Germany: Adidas Group, 2020. 20. Barlett R. Introduction to Sports Biomechanics. – Routledge, 2020. 21. Platonov V. Sistema podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte. – Kyiv: Olimpijskaya literatura, 2015. 22. Narzullayev Sh. Yosh futbolchilar mashg‘ulot jarayonida kuch va tezlik sifatlarini uyg‘un rivojlantirish. – Toshkent, 2023. 23. Yuldashev E. Jismoniy tayyorgarlikni baholashda zamonaviy o‘lchov texnologiyalari. – Sport fanlari jurnali, 2021. 24. Bompa T., Haff G. Periodization for Sports. – Human Kinetics, 2021. 25. Abdullaev A. Futbolchilarning o‘yin faoliyatida kuch ko‘rsatkichlarini tahlil qilish. – Toshkent: O‘zDJTSU, 2022.