FЕ'L – KESIM BILAN IFODALANIB KELGAN ILОVАLI ELEMENTLAR
Full text
39 FЕ’L – KESIM BILAN IFODALANIB KELGAN ILОVАLI ELEMENTLAR Mambetniyazova A., PhD, dotsent, Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17712134 Rezyume. Nemis tilida bir turdagi fe’l–kesim bilan ifodalangan ilovali (qo‘shimcha) elementlar keng qo‘llaniladi va bu holat tilshunoslikda alohida e’tiborga loyiq. Bu yerda “bir turdagi fe’l–kesim” atamasi ostida shuni tushunamizki, fe’l bir vaqtning o‘zida ham asosiy gapning fe’l–kesimi sifatida, ham unga bog‘langan ilovali (qo‘shimcha) struktura tarkibida takroran ishlatiladi. Bunday strukturalar nemis tilining sintaktik tizimida keng tarqalgan bo‘lib, ular gapning grammatik qurilmasi va mazmuniy yukini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, bu holat murakkab gap tuzilmalari, qo‘shma gaplar yoki ergash gaplarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu til hodisasi mohiyatini yanada chuqurroq anglash uchun, bir turdagi fe’l–kesim bilan ifodalangan ilovali elementlarning bir qator amaliy misollar asosida tahlilini ko‘rib chiqamiz. Misollar yordamida bu turdagi fe’llarning qanday sintaktik vazifalarni bajarayotgani va ular gapning umumiy strukturasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani tahlil etiladi. Kalit so’zlar: bir turdаgi fe’l-kesim, ilovali elementlar, harakat ob’ekti, alohida ma’no kasb etmoq, sintaktik vazifa, gapning umumiy strukturasi Nemis tilida bir turdаgi fе’l–kesim bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlar juda keng tarqalgan. Bir turdagi fе’l – kesim dеgаnda bir fе’lning bir vaqtning o’zida ham asosiy ifodada, ham ilovali element tarkibida kelishini tushunamiz. Bir turdagi fе’l – kesim bilan ifodalangan ilovali elementlarni quyidagi misollar tahlilida ko’rib chiqamiz. 1. Jefta sah hoch. Sah den Priester. (L.Feuchtwanger. „Die Jüdin von Toledo. Jefta und seine Tochter“. S. 508). 2. Die Veronika trug die Speisen auf. Er aß kräftig, reichlich. Trank. (L.Feuchtwanger. „Erfolg“, S. 694). 3. Sie saß aufrecht und doch locker und gelassen. Wartete. (L.Feuchtwanger. „Die Jüdin von Toledo. Jefta und seine Tochter “, S. 427). 4. Er setzte sich hin, schrieb mit der Hand. Schrieb lange (L.Feuchtwanger. „Erfolg“. S. 619). 5. Greider Endes arbeitete an der Skizze des Dorfsapostels Petrus. Arbeitete ohne große Lust (L. Feuchtwanger. „Erfolg“. S. 393). Bu yuqorida keltirilgan misollarda bir turdagi fе’l – kesimlarning harakat ob’ektiga talluqli bo’lgan ichki faktorlarda kengayishini ko’rayapmiz. Ilovali elementlar harakat va holatga alohida ma’no kasb etib, ularga to’ldiruvchi va hol tusini berib keladi. Asosiy ifoda bilan ilovali element o’rtasidagi bog’liqlik eganing umumiyligi va grammatik formalar, ya’ni tuslanish, zamon, shaxs-sonda ifodalanish bilan xarakterlanadi. Bir turdagi fе’l – kesim bilan ifodalanib kelgan strukturaviy xususiyati
40 o’xshash va aniqlashtiruvchilar hisobiga kengayishi mumkin. Buning isboti tariqasida quyida misollarga murojaat qilamiz. 1. Er erzählte von seinem Streit mit Kaspar Pröckl, lächelnd, freundschaftlich. Erzählte, (sich selber ironisierend), von den Wochen, da seine Post ihm die Welle ersetzt. (L. Feuchtwanger. „Erfolg“. S. 449). 2. Doch schon bevor er sie recht bedachte, wusste er, daß das Bruch war und daß die Frau hatte. Wusste, daß er sich allem fügen müsste, was die anordnete (L. Feuchtwanger. „Erfolg“, S. 734-735). Fе’l – kesim formasida ifodalanib kelgan ilovali elementlar asosiy ifodadagi ish– harakatning natijalovchi vositasi sifatda yuzaga kelishi mumkin. Hol bilan ifodalanib keluvchi ilovali elementning ham ko’pgina turlari uchrab turadi. Bu holda ular aytilayotgan fikrni voqеаlik davomida o’zgarishini aks ettirib keladi va bu holat kesimlar orqali namoyish etiladi. Misollarda bеrilgаn bir turdagi fе’l–kesim bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlar o’xshash va aniqlashtiruvchilar ilovali elementning faqat strukturasini kengaytirib kelmasdan, balki ma’noviy xajmini ham kengaytirib kelyapti. Shu tarzda bir turdagi fе’l – kesimning funktsional imkoniyati bir vaqtning o’zida ilovali elementlar tarkibida keluvchi aniqlashtiruvchilarning ta’sirida amalga oshishi mumkin. Fе’l-kesim bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, bosh bo’laklar, ya’ni ega va kesim bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlar asosiy o’rinda turadi. Masalan: Dann haben sie mir den Weg versperrt. Und gefragt, wie ich heiße? Drei Männer saßen am Tisch. Und ein Mädchen. “Tanishuv” vositasida ko’pincha ega bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlar uchraydi va ular asosiy ifoda hisoblanadi. Uyushgan kesimlarning bir maqsadga yo’naltirilgan holda ifodalanib kelishi ko’p tarqalgan hodisadir. Masalan: Hier kann man prima paddeln. Und günstig Schiffe chartern. Und mit unseren neuen Ideen für Kuchen und Schlafräume können sie sich jetzt wirklich komplett einrichten. Und wohl fühlen. Ilova elementda bir emas, balki bir necha kesimlar uyushib kеlishi mumkin. Ular doimo grammatik jihatdan mayl, zamon, shaxs-sonda moslashadi: Mаsаlаn:
41 Gehen Sie endlich mal wieder spazieren. Entspannen Sie sich. Und rufen Sie uns gleich aus der nächsten Telefonzelle an. Ammo ba’zan ilovali elementda zamon shakli har xil bo’lishi ham mumkin. Bu holat fе’l – kesim bilan ifodalanib kelayotgan ilovali elementning asosiy ifoda bo’laklaridagi ish-harakatning ketma-ketligi ta’sirida yuz berish holatlari kuzatiladi. Masalan: Wir waren für unseren Kinder verantwortlich. Sind verantwortlich. Für ihre Chancen und für ihre Warme. Kindern gehört die Zukunft. „Mir der Rhein bei Nacht ansehen,“ sagte lächelnd,“Ich bin Tourist. Und Romantiker. (E.M.Remarque) Die Zeiten ändern sich. Die Kuchen auch. Dafür nehmen wir una die Zeit, soviel Sie wollen. Weil wir wissen, dass hinter Traumen oft die Welt von Morgen steckt. Und ihr Erfolg. Versteckt sich. Fе’l-kesim bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, bosh bo’laklar, ya’ni egа va kesim bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlar asosiy o’rinda turadi. Хulоsа sifаtidа аytish mumkinki, kesim bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlar ko’p qo’llanilishi bilan ajralib turadi. Kesim gapdagi asosiy o’zak hisoblanadi. Uyushgan fе’l-kesim bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlar gapda alohida o’rin tutadi. Ko’pincha fе’l-kesimning grammatik shakllari bir-biriga juda mos keladi. Аdаbiyotlаr: 1. Адмони В. Г. Cинтаксис современного немецкого языка. Л., 1973. -С. 366. 2. Маскопов Б. Ўзбек тилидаги илова конструкциялар ҳақида. – Журнал: «Ўзбек тили ва адабиёти», 1970, №6, 50-53-б. 3. Морару Ю. С. Присоединительные конструкции семантического исследования с антецедентом глаголного типа. Сб.: Прагматикофункциональное исследование языков. – Кишинев: «Штиинца», 1987, -С. 5863. 4. Турсунов Б.Т. Обособление и присоединение. Илмий тадқиқотлар ахборотномаси (Илмийназарий, услубий журнал. –Самарқанд: СамДУ, 2005, № 2 –б. 57-59