O'ZBEK BOLALAR SHE'RIYATINING YANGILANISH JARAYONI
Abstract
Ushbu maqolada o’zbek bolalar she’riyati rivojlanishining asosiy bosqichlari, uning shakl va mazmun jihatidan yangilanish jarayoni yoritiladi. O’zbek bolalar adabiyotining barqarorlashuvi, uning o’ziga xos tamoyillari haqida fikr yuritiladi. O’zbek bolalar adabiyoti shakllanish jarayonlari, adabiyot namayondalari va ularning asarlari haqidagi mulohazalar bayon etiladi.Yangi davr bolalar ijodida kuzatilayotgan mavzu, til va obrazlilikdagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bolalar adabiyoti namnalari haqida
Full text
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 248 O‘ZBEK BOLALAR SHE’RIYATINING YANGILANISH JARAYONI Toshtemirova Ra’no O‘zbekiston Milliy Pedagogika Universiteti magistranti Ilmiy rahbar: Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim) kafedrasi dotsenti PhD Normurodova Nigora Abdusattorovna Annotatsiya Ushbu maqolada o’zbek bolalar she’riyati rivojlanishining asosiy bosqichlari, uning shakl va mazmun jihatidan yangilanish jarayoni yoritiladi. O’zbek bolalar adabiyotining barqarorlashuvi, uning o’ziga xos tamoyillari haqida fikr yuritiladi. O’zbek bolalar adabiyoti shakllanish jarayonlari, adabiyot namayondalari va ularning asarlari haqidagi mulohazalar bayon etiladi.Yangi davr bolalar ijodida kuzatilayotgan mavzu, til va obrazlilikdagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bolalar adabiyoti namnalari haqida Kalit so‘zlar: bolalar she’riyati, yangilanish, obraz, zamonaviylik, tarbiya. Аннотация В статье рассматриваются основные этапы развития узбекской детской поэзии, а также процесс её обновления в содержательном и художественном аспектах. Анализируются новые темы, язык и образы, появившиеся в творчестве современных поэтов для детей. Ключевые слова: детская поэзия, обновление, образ, современность, воспитание. Abstract This article examines the main stages of the development of Uzbek children’s poetry and its renewal in both form and content. It analyzes the modern tendencies in themes, language, and imagery reflected in contemporary children’s poems. Keywords: children’s poetry, renewal, imagery, modernity, education. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ma’ruzalaridan birida, “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko’rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo’l toppish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomllantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o’rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz” – deya ta’kidlagan edi. Buyuk adibimiz Abdulla Qahhorning : “Adabiyot atomdan kuchli, faqat uning kuchini o;tin yorishga sarflamaslik kerak” –degan gaplari ham adabiyotning hayotimizdagi
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 249 o’rni naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Bugun adabiyotimizning eng jo’shqin, hayojonli, samimiyatga boy bo’lgan tarmoqlaridan biri bo’lgan bolalar adabiyoti haqida gaplashamiz. Bolalar adabiyoti milliy adabiyotimizning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, yosh avlodni estetik va ma’naviy jihatdan tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bubolalar va o’smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiyommabop asarlar majmui. Bunda asarlarning katta qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Bolalar she’riyati o‘quvchi dunyoqarashini kengaytiradi, ona tiliga muhabbat uyg‘otadi va milliy qadriyatlarni singdiradi. Bolalar adabiyoti o’zgaruvchan hodisadir. U kitobxon yoshi, u yashayotgan, rivojlanayotgan muhit bilan bevosita bog’liq. Kitobxon yoshini hisobga olish bolalar adabiyotining muhim jihatidir. Bundan tashqari bolalar adabiyoti harakatga boyligi bilan ham ajralib turadi. Uning rivojlanish davri bevosita xalq og’zaki ijodiga borib taqaladi. Folklor namunalari: alla, lapar, masal, topishmoq, dostonlarsiz bolalar adabiyotini to’laqonli tasavvur etish mushkul. Bu kabi janr namunalari tilining soddaligi, ravonligi, xalqchilligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy shaklda bolalar adabiyoti yangidan yangi badiiy shakllar va jozibador uslublar bilan boyib bormoqda. XX asrning boshlarida bolalar adabiyoti fan sifatida shakllana boshladi.Sharq xalqlari adabiyoti asosan pand-nasihat ruhidagi asarlari bilan ajralib turadi.XX asr jadidchilik harakati bolalar adabiyoti shakllanishi uchun muhim asoslardan biri bo’ldi. Bolalar adabiyotiga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning o’ziga xos uslub va yo’nalishlarini belgilash 20-asr boshlariga xos hodisadir. 20asrning 20-30-yillarida Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, G’ayratiy, Shukur Sadulla, Po’lat Mo’min va boshqa adiblarning asarlari bolalar adabiyotining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 40-60yillarda o’zbek bolalar adabiyoti yanada boyidi. Uyg’un, Mirtemir, Said Ahmad kabi kattalar adabiyoti vakillari ham bolalar uchun o’zlarining keng ko’lamli, mazmunga boy , o’qilishi soda va ravon bo’lgan asarlarini yaratdilar. Ularning asarlarida bola ruhiyati, orzulari, maqsadlari, Vatanga muhabbat, ilm olishga intilish, mehnatsevarlik singari mavzular yetakchilik qilgan. Bolalar adabiyotiga oid asarlarda hammamiz sog’inib eslaydigan yoshligimizning izlarini ko’rishimiz mumkin. Bu turga mansub asarlarda inson qalbidagi barcha kechinmalar o’zining bor jozibasi bilan ko’rsatib beriladi. Mustaqillikdan keying davrda bolalar she’riyatidagi yangilanishlar bolalar adabiyotida tub burilish vazifasini bajardi. Professor Q.Yo’ldoshev istiqlol davri adabiyoti haqida quyidagicha yozadi: “ Bugungi adabiyot odamlarga yo’l ko’rsatishni gardaniga olmaydi, o’quvchiga aql o’rgatmaydi, muallimlik da’vosini qilmaydi. U tasvirning ingichkaligi, ifodalarning kutilmaganligi bilan o’quvchida munosabat uyg’otadi.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 250 Shuni aytish kerakki, istiqlol adabiyotimizning jozibasi sirtida emas, botinda, matn zamirida”. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, adabiyotda, ayniqsa, bolalar adabiyotida erkin fikrlash, milliy qadriyatlarni tiklash, istiqlol g’oyalari asosiy yo’nalishga aylandi.Bu davrda yangilanish quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ldi: 1. Til va uslubda yangilanish — bolalarning tili, tafakkuriga yaqin, jonli xalqona iboralar qo‘llanildi, tilning soddaligi va obrazlilik kuchaydi; 2. Mazmuniy yangilanish — ilm-fan, tabiat, ekologiya, tinchlik va do‘stlik mavzulari keng yoritildi. 3. Badiiy shakl yangiligi — qisqa, qofiyadosh, hazil-mutoyiba, miniatur, o‘qilishi oson she’rlar yaratildi. Masalan, Abdurahmon Akbarning “Quyosh bilan suhbat”, “Gul bilan bola” kabi she’rlarida bola va tabiat o‘rtasidagi samimiy muloqot ifoda etiladi. Erkin Vohidovning “Yoz keldi” yoki “Qorbobo” kabi she’rlarida esa xalqona ruh va shodlik kayfiyati yetakchilik qiladi. Zamonaviy davrda esa yosh shoirlar — Gulchehra Nurillo, Nodira Zokirova, Azizbek Ro‘zmetovlar ijodida raqamli texnologiyalar, ekologik muammolar, tinchlik, insoniylik g‘oyalari bolalar dunyoqarashiga mos tarzda yoritilmoqda. Bu davrga kelib bolalar adabiyoti badiiyestetik didni o’stirishga olam to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan, sersavollik xususiyatini aks ettirgan she’rlar bilan boyidi. Zamonaviy bolalar adabiyotida so’z va shakl uyg’unligi asosida yaratilgan grafik she’r ya’ni shaklli she’rlar yaratilmoqda. Bunday she’rlarni bola o’qiganida nafaqat ma’noni, balki ko’rinishni ham his qiladi. Bolalar she’riyatida grafik she’rlar tasviriy fikrlashni, tasavvur va estetik didni rivojlantiradi. So’z va rasm o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgatadi. Bu uslubdagi she’rlarning ajoyib namunasini Abdurahmon Akbar ijodida ham ko’plab uchratishimiz mumkin. Abdurahmon Akbarning “Bir daftar savol” turkumidagi she’rlarini bolalar adabiyotining mashhur olimi R.Barakayev yuksak baholagan. “Bu she’r Shuhratjon ismli bola tilidan berilgan savollardan iborat. Bolalar ularni uyda, bekatda , maktabda, yo’lda paydo bo’lishiga qarab guruhlarga ham ajratib qo’ygan . Bu savollar shunchaki savol emas, ularning har biri katta ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega” Xulosa Xulosa o’rnida aytish mumkunki, shakily-mazmuniy yangilanishlar asosida yaratilgan bolalar dunyoqarashini oshiruivchi o’yin usulidagi she’rlar bolalarning aqliy salohiyatini oshiradi, olam va odam , ul;arning kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi, adabiy tafakkurining shakllanishi uchun zamin yaratadi. She’rlar orqali bolalar nafaqat go‘zallikni his etadi, balki milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 251 o‘zlashtiradilar. Shuning uchun bolalar adabiyotini rivojlantirish, uni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy adabiyotdagi yangilanishlarni qabuk qilish, undan estetik zavq olish, mushihada yuritish uchun kitobxon tafakkuri va dunyoqarashi keng bo’lishi kerak. A.Akbar, D.Rajab kabi shoirlarimizning kashfiyotchi muallim sifatida namoyon bo’lishi yosh kitobxonlarda ham mana shunday ijodkorlik, kashfiyotchilik qobiliyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Adabiy jarayondagi rivojlanishlar bevosita inson tafakkuri va dunyoqarashiga bog’liq. Shakliy-mazmuniy yangilanishlarni qabul qilish uchun kitobxon tafakkuri yuksak darajada bo’lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Erkin Vohidov. Tanlangan asarlar. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2015. 2. Abdurahmon Akbar. Quyosh bilan suhbat. — Toshkent: Yosh gvardiya, 2018. 3. Normurodova N. Bolalar adabiyotida obrazlilik masalalari. — Toshkent 2020. 4. O‘zbekiston bolalar adabiyoti antologiyasi. — Toshkent: Sharq, 2022 5.Abdullayeva.G., & Mo’minova,T. (2025). Bolalar she’riyatining ma’rifiy-estetik funksiyasi. American Journal of Education And Learning [30-03-2025]. 6.https://yuz.uz/uz/news/