scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY TA'LIMDA TALABALAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSIY RIVOJLANISH TIZIMINING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI

Po'latov Laziz Azamat o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda shaxsiy rivojlanish tizimining innovatsion modelini yaratish masalalari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan model ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar va sun’iy intellekt asosida shakllangan monitoring tizimini integratsiyalashni nazarda tutadi. Ushbu yondashuv talabalarda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil, o‘zini o‘zi rivojlantirish va raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirishda samarali ekanligi tajriba asosida isbotlangan. Tadqiqot natijalari shaxsiy rivojlanish tizimini modernizatsiya qilish oliy ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Full text

724 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 OLIY TA’LIMDA TALABALAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSIY RIVOJLANISH TIZIMINING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI Po‘latov Laziz Azamat o‘g‘li Oriental universiteti dotsenti, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Tel.: +998 90 359-08-86 E-mail: pulatov[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17714913 Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda shaxsiy rivojlanish tizimining innovatsion modelini yaratish masalalari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan model ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar va sun’iy intellekt asosida shakllangan monitoring tizimini integratsiyalashni nazarda tutadi. Ushbu yondashuv talabalarda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil, o‘zini o‘zi rivojlantirish va raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirishda samarali ekanligi tajriba asosida isbotlangan. Tadqiqot natijalari shaxsiy rivojlanish tizimini modernizatsiya qilish oliy ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: shaxsiy rivojlanish tizimi, intellektual salohiyat, innovatsion model, oliy ta’lim, raqamli texnologiyalar. A MODERN CONCEPT OF A PERSONAL DEVELOPMENT SYSTEM FOR ENHANCING STUDENTS’ INTELLECTUAL POTENTIAL IN HIGHER EDUCATION Abstract. This article explores the creation of an innovative model of the personal development system aimed at improving students’ intellectual potential in higher education. The model developed by the author integrates digital technologies, mobile applications, and AIbased monitoring tools into the educational process. The proposed approach has proven effective in fostering independent thinking, critical analysis, self-development, and competitiveness among students. Research findings indicate that modernization of the personal development system contributes significantly to improving the quality and efficiency of higher education. Keywords: personal development system, intellectual potential, innovative model, higher education, digital technologies. СОВРЕМЕННАЯ КОНЦЕПЦИЯ СИСТЕМЫ ЛИЧНОСТНОГО РАЗВИТИЯ В ПОВЫШЕНИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО ПОТЕНЦИАЛА СТУДЕНТОВ ВЫСШЕЙ ШКОЛЫ Аннотация. В статье рассматриваются вопросы создания инновационной модели системы личностного развития, направленной на повышение интеллектуального потенциала студентов в системе высшего образования. Разработанная автором модель предусматривает интеграцию цифровых технологий, мобильных приложений и инструментов искусственного интеллекта в учебный процесс. Предложенный подход доказал свою эффективность в формировании у студентов навыков самостоятельного мышления, критического анализа, саморазвития и конкурентоспособности. Результаты исследования показывают, что модернизация системы личностного развития способствует повышению качества и эффективности высшего образования. Ключевые слова: система личностного развития, интеллектуальный потенциал, инновационная модель, высшее образование, цифровые технологии. 725 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 KIRISH Zamonaviy ta’lim tizimi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli davrda inson kapitalini, xususan, yoshlarning intellektual salohiyatini samarali rivojlantirishni talab etmoqda. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi — faqat kasbiy bilim berish emas, balki talabalarda mustaqil fikrlash, yangilik yaratish, tanqidiy tahlil va ijodkorlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib bormoqda. Shu bois, ta’lim jarayonida shaxsiy rivojlanish tizimini joriy etish va uni innovatsion model asosida modernizatsiya qilish zamon talabi hisoblanadi. Oliy ta’limda talabalar shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan yondashuv ularning o‘z ustida ishlash, bilimlarni ongli ravishda egallash hamda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, intellektual salohiyatni rivojlantirishning poydevorini yaratadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarda talabalarning intellektual rivoji ta’lim mazmunining markaziga aylangan, bu jarayonda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt tizimlari va mobil ilovalar keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham bu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning ta’lim sifatini oshirish, raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida kadrlar tayyorlashga oid qaror va farmonlari mazkur jarayonni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Shu bilan birga, talabalarning shaxsiy va intellektual rivojlanishini boshqaruvchi innovatsion tizimlarni yaratish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, muallif tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy rivojlanish tizimining innovatsion modeli talabalarning intellektual salohiyatini oshirishga, ularning o‘zo‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va raqobatbardoshlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Mazkur modelda raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar va sun’iy intellekt asosida ishlovchi monitoring tizimi integratsiyalashgan bo‘lib, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Shunday qilib, maqolaning dolzarbligi shundaki, unda oliy ta’lim muassasalarida shaxsiy rivojlanish tizimini modernizatsiya qilish asosida talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvning ilmiy-nazariy asoslari ochib beriladi va u amaliy tajribalar bilan tasdiqlanadi. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Oliy ta’limda talabalar shaxsiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash masalasi zamonaviy pedagogika, psixologiya hamda ta’lim texnologiyalari fanlarining markaziy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar talaba shaxsining har tomonlama yetukligini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish madaniyatini tarbiyalash zarurligini asoslamoqda. G‘arb olimlaridan J. Dewey, C. Rogers, A. Maslow, D. Kolb va P. Sengelarning asarlarida shaxsiy rivojlanish insonning o‘z tajribasidan o‘rganish, mustaqil fikrlash va ichki motivatsiya orqali amalga oshishi ta’kidlanadi. Ularning nazariyalariga ko‘ra, ta’lim jarayonida har bir talaba o‘zining individual rivojlanish yo‘lini shakllantirishi lozim. Bu yondashuv keyinchalik “personalized learning” (shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) konsepsiyasining ilmiy asosini yaratdi. Rus pedagogika maktabi vakillari — L.S. Vygotskiy, A.N. Leontyev, V.V. Davydov, P.Ya. Galperinlarning ishlarida shaxsning intellektual rivojlanishi faoliyat, muloqot va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy asoslangan. Ularning fikricha, intellektual salohiyat insonning o‘quv faoliyatida o‘zini anglash, o‘z faoliyatini rejalashtirish va refleksiya qilish jarayonlarida shakllanadi. 726 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 O‘zbekistonlik olimlar orasida A. Abduqodirov, M. Ochilov, N. Jo‘raev, U. Nishonov, A. Yusupov, Sh. Toshpulatov va boshqalar ta’lim jarayonida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, shaxsiy rivojlanish kompetensiyalarini shakllantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalarini keng yoritganlar. Ularning tadqiqotlarida ta’limda shaxsiy yondashuv, o‘z-o‘zini anglash, o‘qishga ijobiy motivatsiya yaratish va mustaqil fikrlashni rivojlantirishning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. K.Mirzayeva ta’kidlaganidek, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish — bu nafaqat yangi texnologiyalarni joriy etish, balki ta’limning aksiologik (qadriyatga asoslangan) yo‘nalishini kuchaytirish orqali talabaning shaxsiy va intellektual salohiyatini oshirish jarayonidir. Unga ko‘ra, innovatsion yondashuvlar orqali talaba o‘z o‘quv faoliyatining faol subyekti sifatida shakllanadi va bu holat uning o‘zini anglash, ijodkorlik hamda ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytiradi (Mirzayeva K. I., 2024: 45). Xuddi shunday, Z.Raximov ham oliy ta’lim tizimida talabalar o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirish orqali ularning kasbiy tayyorgarligi, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va ijodiy fikrlash darajasi sezilarli darajada oshishini asoslab bergan. Olimning fikricha, bunday yondashuvlar natijasida ta’lim jarayoni faqat bilim berish emas, balki har bir talabaning tafakkurini rivojlantirish va shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qiladi (Raximov Z. T., 2025: 52). Pulatova va Murodullayeva (2024) esa ta’limning zamonaviy transformatsiyasi to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, oliy ta’lim muassasalarida raqamlashtirish, ilmiy innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali global raqobatbardoshlikni ta’minlash zarurligini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, bunday islohotlar ta’limning mazmunini yangilaydi, o‘quvchilarda zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradi va ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirishga yordam beradi (Pulatova M. B. & Murodullayeva M. E., 2024: 61). So‘nggi yillarda ko‘plab olimlar raqamli pedagogika yo‘nalishidagi tadqiqotlarda shaxsiy rivojlanish tizimlarini sun’iy intellekt, mobil ilovalar va raqamli monitoring tizimlari orqali amalga oshirish samarali natijalar berayotgani ta’kidlanadi (Bates D., 2019: 34, Siemens B., 2020: 57, Anderson J., 2021: 105). Bu yondashuv ta’limni shaxsga moslashtirish, o‘quv jarayonini individual trayektoriya asosida boshqarish imkonini beradi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqotda tizimli, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asos qilib olindi. Shaxsiy rivojlanish tizimining innovatsion modelini ishlab chiqishda pedagogik eksperiment, kuzatish, suhbat, so‘rovnoma va diagnostik testlar kabi empirik metodlar qo‘llanildi. Tajriba-sinov ishlari O‘zbekiston Milliy universiteti sport fakulteti talabalari o‘rtasida olib borilib, ikki yil davomida tizimning samaradorligi amaliy jihatdan baholandi. Tadqiqot jarayonida talabalarning intellektual faolligi, o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalari va motivatsiya darajasi dinamikasi maxsus ishlab chiqilgan mobil ilova va sun’iy intellekt asosidagi baholash moduli orqali monitoring qilindi. Natijalarni tahlil qilishda taqqoslash, statistik va kontent tahlil usullaridan foydalanildi. TAHLIL VA NATIJALAR Shaxsiy rivojlanish tizimi (SRT) – innovatsion modelning mohiyati shundan iboratki, u talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning akademik, tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini kompleks tarzda rivojlantiradi. Tizim quyidagi asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi: 727 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 1. Individual yondashuv: har bir talabaning qobiliyati, bilim darajasi va intellektual ehtiyojlariga moslashtirilgan vazifalar va mashqlar. 2. Gamifikatsiya va rag‘batlantirish: talabalarning ichki motivatsiyasini oshirish uchun interaktiv vazifalar, ball tizimi, mukofotlar va tanlovlar. 3. AI va monitoring vositalari: talabalar o‘z o‘sish jarayonini kuzatishi, o‘z-o‘zini baholashi va natijalarni tahlil qilishi mumkin. 4. Kompyuter va til ko‘nikmalari: zamonaviy axborot resurslari, ingliz tili va IT vositalaridan foydalanish orqali talabalar global ma’lumotlar bilan ishlashni o‘rganadi. 5. Refleksiya va muhokama: talabalarning o‘z faoliyati bo‘yicha fikr yuritishi, o‘zini tahlil qilishi va muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Dolzarbligi shundaki: - Zamonaviy oliy ta’limda talabalar bilim olish bilan birga, o‘z intellektual salohiyatini tizimli rivojlantira olishi muhim. - Rivojlanayotgan texnologiyalar va global talablar talabalarni mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va tezkor qaror qabul qilishga tayyorlashni zarur qiladi. - Shaxsiy rivojlanish tizimi nafaqat akademik natijalarni yaxshilaydi, balki talabalarning hayotga tayyorligini, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi. Ushbu tizim orqali talabalarning intellektual, ijodiy va tanqidiy fikrlash salohiyati oshadi, shaxsiy o‘sish va motivatsiya darajasi yuqorilaydi, ta’lim jarayoni esa samarali va innovatsion xususiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, tizimning qo‘llanilishi universitetlarda o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish va talabalarni global raqobatga tayyorlashga xizmat qiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalar intellektual va jismoniy ko‘rsatkichlaridagi o‘sish asosan integrallashgan shaxsiy rivojlanish tizimining qo‘llanilishi hisobiga amalga oshdi. Ushbu tizim bir nechta komponentlarni o‘z ichiga oladi: 1. Shaxsiy rivojlanish dasturi – talabalarga kunlik vazifalar orqali intellektual ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu dasturga ilmiy maqolalar yozish, kitob o‘qish, IELTS va boshqa chet tili mashqlari, shuningdek, kritikal fikrlash va mantiqiy tahlil mashqlari kiradi. Bu komponent talabalar bilim darajasi va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. 2. Ilmiy-metodik model – talabalar faoliyatini tizimli ravishda rejalashtirish va baholash uchun ishlab chiqilgan. Modelning mohiyati shundaki, har bir mashg‘ulot, vazifa va amaliyot maqsadga muvofiq tarzda o‘lchov mezonlari bilan belgilanadi. Bu esa o‘z-o‘zini tahlil qilish va refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda natijalarning aniq monitoringini ta’minlaydi. 3. Jismoniy tayyorgarlik tizimi – talabalarni yosh xususiyatlariga mos holda chidamlilik, tezlik, koordinatsiya va kuch kabi jismoniy sifatlar bo‘yicha rivojlantirishga mo‘ljallangan. Tizimda yurak urish chastotasi asosida individual yuklamalar, oraliqli va intensiv mashqlar, shuningdek, texnik-taktik tayyorgarlik mashqlari kombinatsiyalangan. Ushbu integratsiyalashgan tizimning qo‘llanilishi natijasida talabalar barcha ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘sishga erishgan. Ya’ni, intellektual, ilmiy-tadqiqot va jismoniy ko‘rsatkichlar bir-birini qo‘llab-quvvatlab, umumiy rivojlanishga xizmat qilgan. Tizimning mazmun-mohiyati shundaki, u talabaning shaxsiy, akademik va jismoniy potensialini bir vaqtning o‘zida oshirishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va ilmiy asoslangan metodikalarni o‘z ichiga oladi. 728 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarning intellektual va shaxsiy rivojlanishiga qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlash uchun bir qator indikatorlar kuzatildi. 1-jadval Talabalar rivojlanish ko‘rsatkichlari (o‘quv yilining boshi va oxiri) Ko‘rsatkichlar Boshlang‘ich qiymat Yakuniy qiymat O‘sish O‘lchov birligi Intellektual test ballari 65 82 +17 ball Mashqlarni o‘z-o‘zini baholash (refleksiya) 3.2 4.5 +1.3 5 ballik shkalada Maqola yozish sifati 58 77 +19 ball Ingliz tili test natijalari 45 62 +17 ball Kunlik jismoniy mashqlar davomiyligi 25 35 +10 daqiqa Tezlik (30 m yugurish) 5.2 4.8 -0.4 soniya Chidamlilik (1000 m yugurish) 280 250 -30 soniya Intellektual test ballari: Talabalar tadqiqot boshlanishida 65 ball bilan o‘rta darajani tashkil qilgan, tizim orqali o‘qish va ilmiy vazifalarni bajarish natijasida 82 ballga yetdi, bu +17 ball o‘sishga teng. Bu intellektual faollikning sezilarli o‘sishini ko‘rsatadi. Mashqlarni o‘z-o‘zini baholash (refleksiya): Talabalar o‘z mashqlari va natijalarini tahlil qilish ko‘nikmalarini baholashda 5 ballik shkalada 3.2 dan 4.5 gacha o‘sish ko‘rsatdi. Bu mustaqil tahlil va kritikal fikrlashni rivojlantirishni bildiradi. Maqola yozish sifati: Tadqiqot davomida talabalarning ilmiy maqola tayyorlash malakasi sezilarli oshdi (58 dan 77 ball). Bu yozma kommunikatsiya va ilmiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ingliz tili test natijalari: Til ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ishlash natijasida talabalar 45 balldan 62 ballgacha o‘sdi, bu ularning akademik va professional sohada faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kunlik jismoniy mashqlar davomiyligi: Talabalar mashqlar davomiyligini 25 daqiqadan 35 daqiqaga oshirdi, bu ularning chidamlilik va sog‘lom turmush tarziga e’tiborini oshirishni ko‘rsatadi. Tezlik (30 m yugurish): Yugurish tezligi 5.2 soniyadan 4.8 soniyaga yaxshilandi, bu tezlik va koordinatsiya ko‘nikmalarining rivojlanganligini bildiradi. Chidamlilik (1000 m yugurish): Chidamlilikni o‘lchash uchun 1000 m yugurish vaqti 280 soniyadan 250 soniyaga qisqardi, bu fizika-tarbiya mashqlari samaradorligini ko‘rsatadi. Jadvaldan aniq ko‘rinib turibdiki, taklif etilgan shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarning barcha ko‘rsatkichlarida sezilarli va uzluksiz yaxshilanishlarni ta’minladi. Ushbu tizim nafaqat intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan, balki talabalarning til o‘rganish darajasi, ilmiy yozma ishlarni bajarish ko‘nikmalari, refleksiya va tahlil qobiliyati, shuningdek, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini ham kompleks tarzda qo‘llab-quvvatlaydi. Shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarning har bir individini hisobga olgan holda, ularning o‘z qobiliyatlari va ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv vazifalari, interaktiv mashqlar va monitoring vositalarini o‘z ichiga oladi. Shu orqali talabalar nafaqat bilim olish, balki o‘z-o‘zini baholash, tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. 729 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bundan tashqari, tizimning gamifikatsiya elementi talabalarning ichki motivatsiyasini oshiradi, rag‘batlantirish mexanizmlari esa faoliyatda faol qatnashishga undaydi. Talabalar o‘z natijalarini kuzatish, yutuqlarini baholash va rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ularning o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonini samarali va tizimli qiladi. Shaxsiy rivojlanish tizimi, shuningdek, talabalarni zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar bilan tanishtiradi, ular axborot resurslaridan samarali foydalanishni o‘rganadi, ingliz tili va boshqa til ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, shuningdek, jismoniy faollikni rag‘batlantirish orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga hissa qo‘shadi. Shu tariqa, tizim talabalarning nafaqat akademik, balki shaxsiy va ijodiy rivojlanishini ham kompleks tarzda ta’minlaydi va oliy ta’lim jarayonini yanada samarali, innovatsion va dolzarb qiladi. 2-jadval Shaxsiy rivojlanish tizimi orqali talabalar intellektual salohiyatining o‘sish ko‘rsatkichlari (n = 20) № Ko‘rsatkich O‘lchov birligi Boshlang‘ich qiymat 3 oy davomida qiymat O‘sish (%) 1 Akademik bilim ball (0–100) 68 81 19% 2 Tanqidiy fikrlash ball (0–10) 5,2 7,1 36,5% 3 Kreativ fikrlash ball (0–10) 4,8 6,9 43,7% 4 Akademik yozma ishlar sifati ball (0–100) 70 84 20% 5 Internet va kompyuter savodxonligi foiz 60 78 30% 6 Ingliz tilidagi bilim darajasi (IELTSga tayyorgarlik) ball (0–9) 5,0 5,7 14% 7 Shaxsiy rivojlanishga motivatsiya ball (0–10) 6,0 8,3 38,3% Ushbu jadval shaxsiy rivojlanish tizimi (SRT) orqali oliy ta’lim talabalari intellektual salohiyatini rivojlantirish samaradorligini ko‘rsatadi. Jadvaldagi ko‘rsatkichlar tizimning asosiy komponentlari va ularning ta’sirini aks ettiradi: Akademik bilim – talabalarning o‘quv fanlari bo‘yicha erishgan natijalarini o‘lchaydi. Boshlang‘ich 68 balldan 81 ballgacha o‘sish 3 oy ichida amalga oshdi, bu tizimning kunlik vazifalar, mustaqil o‘rganish va o‘qituvchi rahbarligi orqali bilimlarni mustahkamlash samarasi sifatida baholanishi mumkin. Tanqidiy fikrlash – talabalar fikrlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘rsatkichi. 36,5% o‘sish SRTning asosiy metodikasi – vazifalarni refleksiya qilish, muhokama va baholash mexanizmlaridan foydalanish natijasidir. Kreativ fikrlash – ijodiy fikrlash qobiliyati va yangi g‘oyalarni ishlab chiqish darajasi. 43,7% o‘sish gamifikatsiya va kreativ mashqlar orqali talabalar o‘qishga qiziqishini oshirgani natijasidir. Akademik yozma ishlar sifati – talabalarning ilmiy maqolalar, insho va hisobotlar sifatini baholaydi. Bu ko‘rsatkich 20% o‘sib, tizimning yozma ishlarni bosqichma-bosqich monitoring qilish va AI yordamida tahlil qilish mexanizmi samaradorligini ko‘rsatadi. 730 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Internet va kompyuter savodxonligi – 3 oy davomida 60% dan 78% gacha o‘sish talabalar IT va onlayn resurslardan samarali foydalanishni o‘rganishlarini aks ettiradi. Bu tizimning texnologik komponenti bo‘lib, har bir talaba uchun individual mashqlar va amaliy vazifalarni o‘z ichiga oladi. Ingliz tilidagi bilim darajasi (IELTSga tayyorgarlik) – SRTning til komponenti orqali talabalar o‘zlarining ingliz tilidagi bilimlarini oshirdi. 14% o‘sish tizimning muntazam onlayn mashqlar va interaktiv testlar orqali qo‘llanilishi natijasidir. Shaxsiy rivojlanishga motivatsiya – talabalar o‘zini rivojlantirishga qanchalik qiziqishini o‘lchaydi. 38,3% o‘sish gamifikatsiya, rag‘batlantirish, mukofot tizimi va doimiy nazorat orqali talabalarning ichki motivatsiyasini oshirgani bilan izohlanadi. Jadvalning umumiy mohiyati: Shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarni intellektual, ijodiy va tanqidiy fikrlash salohiyatini kompleks ravishda oshirishga qaratilgan. Tizim quyidagi asosiy elementlardan iborat: kunlik vazifalar, AI asosidagi monitoring, gamifikatsiya, individual yondashuv, til va IT mashqlari, natijalarni kuzatish va rag‘batlantirish mexanizmlari. Tizim har oy davomida qo‘llanilib, talabalarni o‘z-o‘zini tahlil qilish, shaxsiy muvaffaqiyatlarini aniqlash va o‘quv jarayoniga faol jalb qilish imkonini beradi. XULOSA VA TAKLIFLAR Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalar shaxsiy rivojlanish tizimi va integrallashgan dastur orqali intellektual, ilmiy-tadqiqot va jismoniy ko‘rsatkichlarini samarali tarzda oshirishga erishgan. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan metodik model talabaning individual xususiyatlarini hisobga olib, mashg‘ulotlarni optimallashtirish va ularning rivojlanish darajasini aniq monitoring qilish imkonini berdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki:  Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyati va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirdi.  Jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik ko‘nikmalar sezilarli darajada rivojlandi.  Integratsiyalashgan tizim talabaning shaxsiy va akademik potensialini bir vaqtning o‘zida oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, tadqiqot ko‘rsatdiki, metodik va dasturiy vositalarning birgalikdagi qo‘llanilishi natijalarni maksimal darajada yaxshilashga imkon beradi. Takliflar 1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar shaxsiy rivojlanish tizimini doimiy ravishda joriy qilish tavsiya etiladi. 2. Mashg‘ulotlar individual xususiyatlar va yosh davriga mos ravishda optimallashtirilishi lozim. 3. Talabalarni intellektual va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashgan dastur ishlab chiqilgan metodik modelga asoslanishi mumkin. 4. Ilmiy-tadqiqot va refleksiya mashqlari talabaning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish uchun muntazam kiritilishi lozim. 5. Kelgusida tizim samaradorligini oshirish maqsadida yangi metodik yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Аxmedov Sh. (2020). Studentlarning sport tayyorgarligi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Fan va texnologiya. 731 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 2. Islomov D. (2022). Universitet yoshlarini intellektual va jismoniy rivojlantirish tizimi: innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Ilm-fan. 3. Karimova N. (2020). Talabalarni jismoniy faollik orqali shaxsiy rivojlantirish metodikasi. Toshkent: Pedagogika. 4. Mirzayeva K. (2024). Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilishning aksiologik imkoniyatlari. Ilmiy Xabarlar Jurnali, № 2, 38–51. 5. Nazarov R. (2019). Oliy ta’limda talabalarni shaxsiy rivojlantirish uchun pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Universitet Publishing. 6. Magomedov M. (2021). Sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari. Moskva: SportScience. 7. Pulatova M.B., & Murodullayeva M.E. (2024). Ta’limning zamonaviy transformatsiyasi: O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyati. Pedagoglar.org. 8. Raximov Z.T. (2025). Oliy ta’lim jarayonida talabalarning o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirish orqali kasbiy tayyorlash. Ta’lim Innovatsiyasi va Integratsiyasi. 9. To‘raev S., & Mamatqulov J. (2021). Taekvondo sportida yosh sportchilarning texniktaktik tayyorgarligi. Toshkent: Sport Publishing. 10. Ziyadov A. (2022). Universitet talabalari shaxsiy rivojlantishini integrativ yondashuv. International Journal of Education, 15(3), 45–56. 11. G‘ulomov F. (2020). Talabalarni intellektual rivojlantirishda innovatsion dasturlar. Toshkent: Ilm. 12. World Taekwondo Federation (WTF). (2023). Taekwondo Competition Rules and Technical Guidelines. Seoul: WTF. 13. Bompa T., & Haff G. (2019). Periodization: Theory and Methodology of Training. Champaign, IL: Human Kinetics.