XUSHMUOMALALIK KATEGORIYASINING EKSTRALINGVISTIK VA LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Full text
182 XUSHMUOMALALIK KATEGORIYASINING EKSTRALINGVISTIK VA LINGVISTIK XUSUSIYATLARI Babaeva G.S., PhD, Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17715472 Annotatsiya. Maqolada xushmuomalalikning nemis, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida verbal va noverbal ifodalanishi tahlil qilindi. Shuningdek, nemis, o‘zbek va qoraqalpoq madaniyatlaridagi muomala madaniyatining o‘xshash va farqlli jihatlari kuzatildi. Kalit sо‘zlar: madaniyat, til, verbal va noverbal shakl, xushmuomalalik, muloqot jarayoni, hurmat. Аннотация. В статье анализируется вербальное и невербальное выражение вежливости в немецком, узбекском и каракалпакском языках. Также рассматриваются сходства и различия в культуре общения в немецкой, узбекской и каракалпакской культурах. Ключевые слова: культура, язык, вербальная и невербальная форма, вежливость, процесс общения, уважение. Abstract. The article analyzes the verbal and nonverbal expression of politeness in German, Uzbek, and Karakalpak languages. It also examines the similarities and differences in the culture of politeness in German, Uzbek, and Karakalpak cultures. Keywords: culture, language, verbal and nonverbal form, politeness, communication process, respect. Xushmuomalalik nafaqat lingvistik voqelik sifatida emas, balki ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega ekanligi bilan ham ajralib turadi. O‘zining ifodalanishiga ko‘ra xushmuomalalik verbal va noverbal shakllarga ega bo‘lib, badiiy asarlar bilan tanishish jarayonida uning noverbal shakliga nisbatan verbal shaklining ko‘p ishlatilishini kuzatishimiz mumkin. Insonning noverbal aloqasi aqliy, va shuningdek uning jismoniy va psixologik idrok etish bilan belgilanadi. Kommunikantlar o‘rtasidagi munosabatlarda yaqinlik va masofa, samimiylik va hurmat muhim ahamiyatga ega. Muloqotning tashqi ko‘rinishi dinamika va ritm kabi ongli va ongsiz ravishda bajariladigan tana harakatlarida namoyon bo‘ladi. Muloqot jarayonida mimika va imo-ishoralar bilan birgalikda prosodik va paralingvistik signallar hisoblanuvchi noverbal til komponentlari ham ishtirok etadi. Noverbal shaklning bir qismi oʼzining lisoniy jihatdan oʼxshashligiga ega emas. Аksincha, imo-ishoralar tilni yoki belgilarni taʼkidlaydi. Misoli uchun imoishoralarning yordamida qoʼshtirnoq yoki undov belgilarini, va shuningdek verbal shakldagi boshlangan gapda havoga qo‘yilgan nuqta ishorasi bilan berilishi kuzatiladi. Insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan murojaat shakllari lisoniy birliklar bilan bir qatorda, yuqorida keltirib o‘tilganidek har xil imo-ishoralar
183 bilan ham amalga oshiriladi. Suhbatning verbal va noverbal shakllari, uning verbal shakllarining (murojaat, minnatdorlik, iltimos, kechirim va hokazolar) taʼriflanishi xushmuomalalikning lisoniy aspektiga aloqador bo‘lgan har qanday tadqiqot ishining tarkibiy qismini tashkil etadi. Demak, muomala nutqiy shaklda amalga oshiriladi va bu jarayon ma’lum harakatlar bilan o‘zaro almashinishi yoki kuzatib borilishi mumkin. Har bir xalqning muomala madaniyati boshqa xalqlarning muomala madaniyatidan farq qiladi va shu bilan birga, ma’lum xalqlarda qo‘llaniladigan muomala shakllari va ishoralar bir-biriga yaqin hodisalardir. Xushmuomalalik insonlar muloqotidagi muammoli masalalardan biri hisoblanadi. Аgar biz rahmat va iltimos kabi so‘zlarining qo‘llanilishi nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bu o‘ta murakkab hodisadir. Nemis, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi xushmuomalalik konseptining milliymadaniy xususiyatlari tahlil uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlardan olingan misollar orqali taqdim etiladi. Xushmuomalalik universal voqelik bo‘lishiga qaramay, u har xil ko‘rinishlarga ega. Shuning uchun xushmuomalalik maʼlum bir jamiyatdagi muomala madaniyatining milliy-madaniy tomonlarini tahlil qilish bilan aniqlanadi. Har bir madaniyatning o‘zidan kelib chiqqan holda, xushmuomalalikka turli tillarda turlicha ifodalar berilganligi tabiiydir. Xushmuomala xulqqa aloqador bo‘lgan “jemanden anreden”/”kimgadir murojaat qilmoq”, “sich entschuldigen“/”kechirim so‘ramoq“, “danken“/”minnatdorlik bildirmoq“, “bitten“/”iltimos qilmoq“ va boshqa iboralari har doim so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlarda ahamiyatli hisoblanadi. Xushmuomalalik konseptini madaniyatlararo tushunmovchiliklar voqeligi sifatida ko‘rsatishga, nemis, o‘zbek va qoraqalpoq madaniyati vakillari o‘rtasida uchraydigan muloqotdagi muammolar yoki bir-birini tushunishda yuzaga keladigan vaziyatlarni yoritish va tahlil qilishga harakat qilamiz. Bir millat madaniyatidagi o‘ziga xos hayot tarzi va tajribalaridan kelib chiqqan holda, o‘sha xalqqa xos bo‘lgan muomala madaniyatini o‘rganish mumkin. Bunday vaziyatda madaniyatlararo qiyoslash muhim ahamiyatga egadir. Misol: Er war genauso höflich wie das erstemal, bedauerte unsere Verluste und zahlte anstandslos die hundert Contos [2; 161-s.]. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq maʼnolari tomib turgan bu xotin qutidorning rafiqasi – Oftob oyim, ikkinchisi yetmishlardan o‘tkan bir kampir [6; 32b.]. - Ádep úylenip ala bereyik aǵa, ayaǵıńızdıń islası bolar, - dep Kamal sıpayı ǵana jımıydı. [4; 18-b.].
184 Misollar tahlilidan maʼlum bo‘ladiki, til va odamlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalashda har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Nemis tilida berilgan misoldagi höflich sein, wie … ni qoraqalpoq va o‘zbek tillarida keltirilgan misollardagi yuzidan muloyimlik, sıpayı ǵana jımıydı kabi leksik birliklar bilan qiyoslaganimizda nemis tilidagi xushmuomala munosabat ko‘rinishi qaysiki voqea yoki holatga o‘xshashini, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida esa yuz qismidagi hattiharakatlar yordamida bildirilganini anglaymiz. B.Brehmer verbal vositalar orqali ifoda qilinadigan alohida muloqot turlarining turli xil joylarni (masalan, uy, kvartira, xizmat o‘rni, do‘kon, jamiyat transport vositalari) talab etishini ta’kidlaydi [1; 159-s.]. Muomala odobida eng yuqori turuvchi insoniy qarashlar, nigohlar, so‘zsiz noverbal harakatlar muhim ahamiyatga egadir. Insonning qarashida, yuz ifodasi va qo‘l harakatlarida uning turli vaziyatlarga ko‘ra tilga ifoda etilmagan hissiyotlari, talablari, uning madaniyatliligi, suhbatdoshiga bo‘lgan hurmatini aks ettiradi. Chunki, suhbatdoshining gapiga quloq tutmaslik, diqqat bilan eshitmaslik, diqqat e’tiborni chalg‘itish muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Kommunikativ jarayon verbal turdan tashqari noverbal vositalar bilan ham amalga oshiriladi. Xulqning noverbal ifodalanishi muloqot jarayonida suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishi va axloqiy fazilatlarning o‘zgarishiga imkon yaratadi. Imo-ishoralar idrok etish jarayoni, turli xil vaziyatlar, o‘zaro munosabatlar va suhbat davomida muhim ahamiyat kasb etadi. Xushmuomala muloqotda minnatdorlikning izohlanishi faqat suhbatlardagina emas, shuningdek, noverbal muloqotda ham muhim ahamiyatga ega. M. SchraderKniffki fikricha, noverbal muloqotlarda sapoteklarning boshni egishi hurmat bilan minnatdorlikni ifodalaydi [3; 152-s.]. O‘zbek madaniyatida aloqa-aralashuv jarayonida qadimdan tarkib topgan va ishlatib kelinayotgan muomala shakllarini M.Saydxonov quyidagi guruhlarga ajratib ko‘rsatadi: 1. Millatning urf-odatini, ularning hatti-harakatlarini va marosim jarayonlarini ifodalovchi ritual udumlar; 2. Muloqot jarayonidagi odob-axloq qoidalarini ifodalovchi etiket shakllar; 3. Maʼlum bir axborotni uzatishda so‘zlovchi tomonidan muloqotni amalga oshirish jarayonida ishlatiladigan imo-ishoralar [5; 24-b.]. Demak, muomala nutqiy shaklda amalga oshirilar ekan, bu jarayonda so‘zlovchining nutqi maʼlum harakatlar bilan to‘ldiriladi. Har qanday millat vakillarining muomala madaniyati boshqa xalqning muomala madaniyatidan farqlanib, muloqot jarayonida ifodalanadigan muomala shakllari va ishoralar bir-biriga yaqin
185 hodisalar bo‘lib hisoblanadi. Ishoralar shartli maʼno kasb etsa, etiket shakllari simvolik mazmunni bildiradi. Misollar tahlilidan maʼlum bo‘ladiki, noverbal vositalarning qo‘llanilishi ham turli madaniyatda turlicha milliy o‘ziga xoslikni kasb etadi. Bunga bir tomondan, aniq bir ramzlarning yo‘qligi, ikkinchi tomondan esa, ularning turli madaniyatda turlicha farqli izohlanishida dunyo xalqlarining madaniyati va anʼanalari sabab bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, nemis, o‘zbek va qoraqalpoq madaniyatlarida qo‘llaniladigan odob shakllari xushmuomalalikka bog‘liq bo‘lgan milliy o‘ziga xoslik, vazifasiga ko‘ra chegaralangan va shu bilan birga verbal va noverbal vositalarda faol qatnashuvchi hodisalardir. Adabiyotlar: 1. Brehmer B. Höflichkeit zwischen Konvention und Kreativität. Eine pragmalinguistische Analyse von Dankesformeln im Russischen. – München: Verlag Otto Sagner, 2009. – 547 S. 2. Klein Lene und Walter. Der Sohn des Sertao. – Berlin: Neues Leben, 1978. – 299 S. 3. Schrader-Kniffki M. Spanisch-Zapotekische Bittund Dankeshandlungen. Spürachkontakt und Höflichkeit in einer amerindischen Kultur Mexikos. – Frankfurt am Main: Vervuert, 2003. – 547 S. 4. Матмуратов Қ. Тербенбес. – Нөкис: Билим, 2004. – 336 б. 5. Сайдхoнoв М. Алoқа-аралашув ва имo-ишoралар. – Тoшкент: Фан, 2008, - Б. 22-44. 6. Қoдирий А. Ўткан кунлар. – Тoшкент: Шарқ, 2000.- 400 б.