scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻQUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Shomurodov Jаmshid Olimboy oʻgʻli

Abstract

Ushbu maqolada oʻquvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, kitobxonlik madaniyati shaxsning bilim doirasi, intellektual salohiyati va mustaqil fikrlashini shakllantiruvchi muhim omil sifatida talqin qilinishi haqidagi biliblar yoritilgan. Shuning bilan bir qatorda oʻquvchilarda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish, oʻqilgan matndan toʻgʻri xulosa chiqarish, oʻquvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish orqali ularda ma'naviy dunyoqarashni tarkib toptirishga oid fikrlar bayon etilgan.

Full text

30 OʻQUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Shomurodov Jаmshid Olimboy oʻgʻli, Orientаl universiteti Uzluksiz tаʼlim pedаgogikаsi kаfedrаsi dotsent v.b. p.f.f.d., PhD [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻquvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, kitobxonlik madaniyati shaxsning bilim doirasi, intellektual salohiyati va mustaqil fikrlashini shakllantiruvchi muhim omil sifatida talqin qilinishi haqidagi biliblar yoritilgan. Shuning bilan bir qatorda oʻquvchilarda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish, oʻqilgan matndan toʻgʻri xulosa chiqarish, oʻquvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish orqali ularda maʼnaviy dunyoqarashni tarkib toptirishga oid fikrlar bayon etilgan. Kalit soʻzlar: kitobxonlik madaniyati, pedagogik imkoniyatlar, shaxs, oʻquvchi, maʼnaviy tarbiya, taʼlim jarayoni, yoshlar maʼnaviyati, idrok. Annotation. This article covers the knowledge of the pedagogical possibilities of the development of the culture of reading in readers, the interpretation of the culture of reading as an important factor forming the circle of knowledge, intellectual potential and independent thinking of the individual. In addition to this, readers have views on the formation of a spiritual worldview by increasing interest in reading books, drawing accurate conclusions from the text read, developing a reading culture in readers. Keywords: reading culture, pedagogical opportunities, personality, reader, spiritual education, educational process, youth spirituality, perception. Bugungi kunda yoshlarimizning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali ularning maʼnaviy olamini boyitishda kitob ulkan taʼsirga ega ekanligi mamlakatimiz prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning fikrida yaqqol namoyon boʻladi: “Men shunga aminman, kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi. Kitob oʻqimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yoʻq... Otabobolarimizdan qolgan yaxshi anʼanalarni davom ettirib, navoiyxonlik, boburxonlik, mashrabxonlik kechalari oʻtkazsak, kerak boʻlsa, badiiy asarlarni televidenie orqali oʻqitishni yoʻlga qoʻysak” 1 Bugungi shiddatli va murakkab globallashuv davrida yuzaga kelayotgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish eng muhim masaladir. Vatanimizning barqaror taraqqiyoti uchun yoshlarning mavjud intellektual salohiyatini kuchaytirishga ongli yondashuvni shakllantirish, ularning shaxsiy masʼuliyati va tashabbuskorligini jadallashtirish katta ahamiyatga egadir. Insonning shaxsiy masʼuliyati, tashabbuskorligi hamda fidoiylik fazilatlari esa Vatanni chin dildan sevishdan, vatanparvarlikdan kuch oladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Har qanday davlat siyosatining asosini vatanparvarlik tarbiyasi tashkil etadi. Vatanparvarlikning 1 Мирзиёев Ш.М. Мамлакатимизнинг жавоҳир хазинаси Унинг ўзи. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз.-Т.: Ўзбекистон, 2017.-Б.114. 31 harakatlantiruvchi kuchi esa odamlarning maʼnaviy dunyosi, intellektual salohiyati, kitob mutolaasi ularning hayotida qanchalik muhim oʻrin tutishi bilan oʻlchanadi” deya taʼkidlagan. Shuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar orasida kitobxonlikga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirish uchun barcha imkoniyatlar, shartsharoitlar yaratilgan. Shu jumladan, “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus” doirasida ilgari surilgan gʻoyalarida ham kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish vazifalari belgilanib, yoshlarni internet manbalaridagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga oʻrgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratilgan. Inson kitob oʻqisa u koʻp maʼlumotlarga ega boʻladi. Kitob xamisha insoniyat uchun maʼnaviy boylik, qudrat timsoli boʻlib kelgan. Kitoblar biz uchun eng katta maʼnaviy meros, porloq kelajak sari eltuvchi yoʻl xisoblanadi. Kitob oʻqishdan toʻxtagan har bir inson albatta toʻgʻri fikirlashdan xam toʻxtaydi. Lekin ming afsuski bugungi kunda koʻp yoshlarimizni kitobga boʻlgan qiziqishi juda ham sust. Sababi yoshlarning aksariyati global axborot oqimi manbalaridan meʼyordan ortiq foydalanishida namoyon boʻlmoqda. Turli davrlarda yashab ijod qilgan ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlardagi hayotiy xaqiqatlar, pand-u nasihatlar yoshlar uchun tarbiyaviy vosita sifatida xizmat qilib kelmoqda. Bu xaqiqatlar kitobdagi matn orqali oʻquvchi-yoshlar ongiga yetib boradi. Masalan, maqollar, rivoyatlar katta pedagogik imkoniyatlarga ega boʻlib, yoshlarni salbiy hatti-harakatlardan saqlanishga undaydi. Aynan xalq maqollari ezgulikning ahamiyatini loʻnda qilib ifodalab berishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham maqollarda ifodalangan pedagogik fikrlar tarbiyaviy qadriyat sifatida yosh avlodni xalq donishmandligi maxsuli bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qilib kelmoqda. Obrazli ifodalar yordamida yomonlik va yovuzlikni kitobxon koʻz oʻngida gavdalantiradi. Masalan, “Qozonga yaqinlashsang, qorasi yuqar, yomonga yaqinlashsang – balosi”. Bu kabi oʻquv materiallarini oʻqib oʻrganish orqali kitobxonlik madaniyatining shakllanishi natijasida oʻquvchilarda matnni oʻqib, idrok qilish layoqati rivojlanadi. Kitobxonlik madaniyati bu insonning kitob oʻqishga boʻlgan munosabati, kitoblardan toʻgʻri va samarali foydalanish, uni tushunib idrok eta olishi, oʻqish odati va saviyasini anglatadi. Kitobni tushunib, uning mazmun mohiyatini anglab oʻqish muhim ahamiyatga ega. Kitobxonlik madaniyati oʻqimishlilikning muhim belgisi hisoblanadi 1 . Har qanday kitobni tushunib, anglab oʻqish esa oʻqimishlilik va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirishga koʻmaklashadi. Kitobxonlik madaniy-intellektual rivojlanish omili boʻlish bilan bir qatorda xordiq chiqarish, asarda aks etgan voqelikdan zavqlanish manbai hamdir. Shu maʼnoda kitob insonni estetik tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Kitobxon boʻlish uchun u yoki bu kasb egasi boʻlish shart emas. Har bir inson kitob bilan muloqotga kirisha olishi lozim. Kundalik xayotning muayyan qismini kitob mutolaasiga sarflash orqali inson oʻzi va 1 Shomurodov J. PROSPECTS FOR THE USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'COGNITIVE THINKING //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B9. – С. 71-75. 32 farzandlarining maʼnaviy-intellektual salohiyatini rivojlantirishga muvaffaq boʻladi. Koʻpincha, insonlar duch kelgan kitobni oʻqiyveradilar. Uning mazmun mohiyati esa kishilar, ayniqsa yoshlar ruxiyati, xulq-atvoriga turlicha taʼsir koʻrsatadi. Ota-onalar va pedagoglar birinchi navbatda oʻquvchi va talaba-yoshlarda kitob oʻqish madaniyatini toʻgʻri shakllantirishlari kerak. Oʻquvchilarda kitobga boʻlgan qiziqish aslida oiladan boshlanishi kerak. Insonda kitobga boʻlgan mehr oilada ota-ona, bobo-buvilarning farzandlariga kitob oʻqishga oʻrgatishi va birgalikda kitobni mutoala qilish yordamida qiziqishlari yuzaga keladi. Oʻquvchilarni kitobxonlikka oʻrgatish nafaqat ota-onalar, pedagoglar, balki jamiyatimizning barcha ziyolilari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Buning uchun yoshlar ongiga kitob har bir insonning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltiruvchi asosiy vosita ekanligini yetkazish lozim. Har bir kitobxon uchun kitobdan olingan bilimlar kelajakda uning hayot yoʻlini toʻgʻri tanlashiga, uchraydigan qiyinchiliklarni yengib oʻtishida katta yordam beradi 1 . Kitob oʻqigan inson odamlar bilan muloqot qilishga, bilimdonlikga, maqsad sari harakat qilishga va albatta muvaffaqiyatlarga erishishiga, soʻz boyligi oshishiga, toʻgʻri fikrlashga hamda har qanday uchraydigan qiyin vaziyatlarda yechimni topishga yordam beradi. Taniqli adib Herman Hessi kitob mutolaasi haqida quyidagi fikrlarni keltiradi: «oʻqimishli boʻlish haqida qaygʻurgan, hordiq chiqarish, vaqt oʻtkazishni istagan kitobxon undagi qalbni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir nomaʼlum bir kuchni his qiladi. Biroq bu kuchni aniq tasavvur etib baholay olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga oʻxshaydi, yaʼni aynan qaysi dori kerakligini tushunmasdan, har bir qutichadagidan tatib koʻra boshlaydi 2 . Faylasuf Lebbon esa: «Ota-bobolarimiz kitob topishga qiynalar edilar, hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. Kitob oʻqish, mutolaa qilish uchun juda ziyrak boʻlmoq kerak» deb taʼkidlaydi. Uzluksiz taʼlimning har bir bosqichida oʻquvchi-yoshlarning yoshi, psixologik xususiyatlari, oʻzlashtirish imkoniyatlarini inobatga olib, oʻquv predmetlarining xususiyatidan kelib chiqib, oʻquvchilarning qalbi va ongini turli zararli gʻoya va mafkuralar taʼsiridan ximoya qilish, shuningdek, ilmiy-ommabop, badiiy-gʻoyaviy mazmunga ega boʻlgan asarlarni oʻqishga qiziqishlarini muntazam oshirib borish maqsadida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Shuning uchun ham barcha ziyolilar oʻz faoliyatlari davomida kitobni madaniy ehtiyojlarni qondiruvchi asosiy vosita sifatida targʻib qilishga intilishlari talab qilinadi. Oʻquvchilarda kitob oʻqish madaniyatini shakllantirishda ularning yosh xususiyatlari, dunyoqarashi, maʼnaviy rivojlanish extiyojlarini alohida hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Misol uchun umumiy oʻrta taʼlimning boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kitob oʻqish madaniyatini shakllantirishda tavsiya etiladigan milliy, badiiy-gʻoyaviy mazmunga boy boʻlgan asarlarni oʻqishga, ularning mazmun mohiyatini idrok etishga oʻrgatish kitob oʻqish madaniyatini tarkib toptirish bilan bir 1 Абдулла Авлоний танланган асарлар 2 жилдлик, 2-жилд Тошкент “Маънавият”-1998. 2 Herman Hesse Cho‘l bo‘risi (Der Steppenwolf) Yangi Asr Avlodi 2023-yil. 256 bet. 33 qatorda oʻquvchilarning maʼnaviy hamda estetik tarbiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu jarayonda quyidagilarga tayaniladi: - xalq ogʻzaki ijodi namunalari: ertak, masal, rivoyat, dostonlarda aks etgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, hamjihatlik, bagʻrikenglik, mardlik tushunchalari aks ettirilgan qaxramonlar qiyofasi orqali ularda insoniylik tushunchalarni singdirish; - milliy ertak qahramonlari orqali halollik, rostgoʻylik, vijdonlilik, mexnatsevarlik, odamiylik kabi fazilatlarni shakllantirish; - oʻquvchilarni kitob oʻqishga oʻrgatish orqali goʻzallikka muhabbat uygʻotish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuygʻusi rivojlanadi. Bu orqali oʻquvchilarda nafosat tarbiyasi tarkib topadi. Oʻquvchilarning tanlangan badiy asar yoki ilmiy-nazariy oʻquv materiallarining matn mazmunini oʻzlashtirganlik darajalarini aniqlash uchun oʻqituvchilar yetarli bilim va pedagogik tajribaga ega boʻlishlari kerak. Pedagoglar oʻquvchilarning kitoblardagi mavzu matnini mutolaa qilishlariga yaqindan koʻmaklashishlari zarur. Buning uchun birinchi navbatda ular oʻquvchilar mutolaa qilayotgan kitoblarning mazmun mohiyati bilan tanish boʻlishlari talab qilinadi. Xulosa qilib aytganda oʻquvchi-yoshlarning hayot bilan uygʻunlashuvini taʼminlashda kitobxonlik madaniyati muhim ahamiyatga egadir. Kitobni oʻqib zavqlanish orqali hayot maʼnosini teran anglash hamda tushunib yetish mumkin. Kitobning bizga oʻrgatadigan eng ulkan sabogʻi toʻgri soʻzlikdir. Kitob – insonni moʻjizaga chorlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Мирзиёев Ш.М. Мамлакатимизнинг жавоҳир хазинаси Унинг ўзи. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз.-Т.: Ўзбекистон, 2017.-Б.114. 2. Абдулла Авлоний танланган асарлар 2 жилдлик, 2-жилд Тошкент “Маънавият”-1998. 3. Herman Hesse Choʻl boʻrisi (Der Steppenwolf) Yangi Asr Avlodi 2023-yil. 256 bet. 4. Shomurodov J. PROSPECTS FOR THE USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTSʼCOGNITIVE THINKING //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B9. – С. 71-75. 5. Shomurodov J. O. POSSIBILITIES OF COGNITIVE TECHNOLOGIES IN PROVIDING STUDENTS WITH ARTISTIC AND AESTHETIC EDUCATIONAL MATERIALS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2022. – Т. 3. – №. 02. – С. 9-12. 6. Shomurodov J. O. POSSIBILITIES OF COGNITIVE TECHNOLOGIES IN PROVIDING STUDENTS WITH ARTISTIC AND AESTHETIC EDUCATIONAL MATERIALS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2022. – Т. 3. – №. 02. – С. 9-12.