Full text
34 BIRINCHI KENGASH. TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI “NUZHATU-T-TARF FI IʼLMI-S-SARF” ASARIDA ISMLAR TALQINI Yakubova Feruza Rashidovna, Oriental universiteti Tillar-1 kafedrasi katta oʻqituvchisi Annotatsiya. Maqolada Ahmad Maydoniyning «Nuzhatu-t-tarf fi iʼlmi-s-sarf» asarida ismlarning talqini hamda ularning morfologik tuzilishi tahlil qilingan. Muallif asarda sarf ilmi faqat feʼllar emas, balki ismlar tizimini ham oʻz ichiga olishini taʼkidlaydi. Tadqiqotda ismning «mujarrad» va «mazid» turlari, ularning uch, toʻrt va besh harfli vaznlari, shuningdek, ishlatilmaydigan qoliplarning sabablari izohlangan. Maydoniyning qarashlari Ibn Usfur, Ibn Hojib va Ahmad al-Hamlaviy kabi grammatik olimlarning fikrlari bilan solishtirilib, sarf ilmidagi izchillik va ilmiy uzviylik yoritilgan. Maqolada ismlarning turlari, ularning qoʻllanish chegaralari hamda qadimgi arab tilshunosligidagi fonetik va morfologik yondashuvlarning oʻzaro bogʻliqligi ilmiy asosda ochib berilgan. Kalit soʻzlar: arab tili, sarf, ism, vazn, mujarrad, mazid, Maydoniy, Ibn Usfur, Ibn Hojib, Hamlaviy, morfologiya. Abstract. The article analyzes the interpretation and morphological structure of nouns in Ahmad al-Maydaniʼs work Nuzhatu-t-tarf fi ʿIlmi-s-Sarf. The author emphasizes that the science of morphology (sarf) applies not only to verbs but also to nouns. The study explores the two types of nouns—al-ism al-mujarrad (root form) and al-ism al-mazid (derived form)—and explains their three-, four-, and five-letter patterns, as well as the reasons why some patterns fell out of use. Maydaniʼs views are compared with those of classical grammarians such as Ibn Usfur, Ibn Hajib, and Ahmad al-Hamlawi, highlighting the consistency and continuity of morphological thought in Arabic grammar. The paper presents a detailed examination of noun forms, their usage, and the phonological and morphological interrelations in classical Arabic linguistics. Keywords: Arabic language, morphology, noun, pattern, mujarrad, mazid, Maydani, Ibn Usfur, Ibn Hajib, Hamlawi, linguistic structure. Arab tilida soʻz turkumlari uchga: “feʼl”, “ism” va “harf” larga boʻlinib, ism kelishikda turlanadigan, zamonga ishora qilmaydigan soʻz turkumidir. Ism guruhiga oʻzbek tilidagi ot, sifat, son kabi soʻz turkumlari hamda sifatdosh shakli kiradi. Arab tilida morofologik usul bilan soʻz yasashning affiksal turi eng sermahsul soʻz yasovchilardan biridir. Ismlar tarkibida affiks vazifasida keluvchi oʻnta harfning mavjud yoki mavjud emasligiga koʻra ikki turi bor: 1) tarkibida affiks sifatida qayd etilgan oʻnta harf boʻlmagan ism درجملا مسلاا )al-ism al-mujarrad ( – tub soʻz; 2) oʻzak morfemaga ushbu harflarning qoʻshilishi orqali yasalgan soʻzlar ديزملا مسلاا )al-ism al-
35 mazīd( – yasama soʻzlardir. Bu ikki tur orqali tilshunoslar affiksal derivatsiya asosida soʻz yasalishi jarayonini izohlaydilar. 1 Ahmad Maydoniyning “Nuzhatu-t-tarf fi iʼlmi-s-sarf” asarida sarf ilmi faqat feʼllarga emas, balki ismlarga ham tegishli ekanligini, chunki ismlarda ham birlik , koʻplik, aniqlik, noaniqlik, nisbat, kichraytirish kabi holatlar boʻlishi, xuddi feʼllarda madiy (oʻtgan), mustaqbal (kelasi), amr (buyruq), nahi (inkor), foil (aniq daraja sifatdoshi), mafʼul (majhul daraja sifatdoshi) boʻlgani kabi, deb izohlaydi. Ismga bagʻishlangan boʻlim asarning ikkinchi bobida “ءامسلأا ةينبأ ىف” (ismlarning qoliplari) boʻlimida aks etgan. Muallif ismga taʼrif bermay turib, uning turlari va vaznlarini misollar yordamida tushuntiradi: ُلْثِم ٌّيِسامُخَو ، ٍ رَفْعَجَو ٍبَلْعَث ُلْثِم ٌّيِعابُرَو ،ٍلَمَجَو ٍ رْكَب ُلْثِم ٌّيِثلاُث :ٌةَثلاَث ِءاَمْسَلأا ُةَيِنْبَأ .ٍلَدْرَمَشَو ٍلَجْرَفَس ءاَنِب َرَشَع اَنْثا ِةَقيِقَحلا يِف َيِهَو ،ٍةَيِنْبَأ ُةَرَشَع ُّيِثلاُّثلاَف 2 - Ism binolari (vazn) uch turga boʻlinadi: uch harfli (masalan, ٌرْكَب , ٌلَمَج ), toʻrt harfli (masalan, بَلْعَث , رَفْعَج ) va besh harfli (masalan, لَدْرَمَس لَجْرَفَس , ) Maydoniy uch oʻzakli ismlarning vaznlari oʻn xil boʻlsa-da, aslida ular oʻn ikki xil boʻladi deb quyidagicha sharhlaydi: ُأَدْبَنَف َهَف ،ٌلْعَف ،َلِعَف ْلُقَف ،َلَعَف ُجُرْخَيَف ،ِنْيَعلا يِف ِهُجْ وَلأا ِةَعَبْرَلأا يِف اَهُفِ رْصَنَف ِةَحوُتْفَملا ِءافلاِب ُّمُضَنَو .ٌةَعَبْرَأ ِهِذ َأ ِهِذَهَف ،ٌلْعُف ،َلِعُف ْلُقَف ،َلَعُف ُجُرْخَيَف ،ِهُجْ وَلأا ِةَعَبْرَلأا يِف اَهُفِ رْصَنَو َءاَفلا ،َلَعِف ُجُرْخَيَف ،َءاَفلا ُرِسْكَنَو .ىَرْخُأ ٌةَعَبْر ءاَنِب َرَشَع اَنْثا ِهِذَهَف ،ٌلُعِف ،ٌلْعِف ،َلِعِف 3 - Avval fāʼni , yaʼni birinchi oʻzak harfni fathali qilib, ʼaynni, yaʼni ikkinchi oʻzak harfni toʻrt xil shaklda tasarruf etamiz. Natijada quyidagi vaznlar hosil boʻladi: ٌلْعَف ،َلِعَف ْلُقَف ،َلَعَف (faʼala, faʼila, faʼlu faʼula)— jami toʻrtta. Keyin fāʼni dammali qilib, yana toʻrtta koʻrinishga keltiramiz va shu tariqa yana toʻrtta chiqadi.( ٌلْعُف ،َلِعُف ْلُقَف ،َلَعُف) Soʻng fāʼni kasrali qilib, xuddi shu usulda tasarruf qilsak, yana toʻrtta shakl hosil boʻladi. Shu bilan jami oʻn ikki boʻladi. Ikkita - “لُعِف” va “لِعُف” - qoliplarni isteʼmoldan chiqqan deb korsatadi. Ushbu ikki qolipning izohini esa tilshunos Axfashning gapini iqtibos orqali keltirish bilan tushuntiradi. Axfash shunday degan: bu vaznda bitta soʻz kelgan, u ham boʻlsa “ ُلئُّدلا ” boʻlib, kichik bir jonzot nomidir. Muallif olimning fikrini sharhlab, “ َلِعُف” vazni feʼllarning majhul nisbat shakllari masalan, “ َبِ رُد”, “ َلِتُق” kabi feʼllar kabidir shu sabab isteʼmolda nisbatan mavjud boʻlganini taʼkidlaydi. Ammo “لُعِف” vazni esa umuman uchramaydi. Chunki arablar uchun kasradan dammaga, yoki dammadan kasraga oʻtish talaffuz jihatidan ogʻir hisoblangan. XIX asrning mashhur misrlik tilshunos olimi Shayx Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmad al-Hamlaviy (1856–1928) ham oʻzining mashhur “Shazā al-ʿarf fī fanni-ssarf” nomli asarida Maydoniy fikrini taʼkidab keltiradi: ْي ِ صْخَت َدِ صُق ُنْزَوْلا اَذَه َّنَِ لأ ،ٍةَلْيِبَق ُمْسا ْ وَأ ،ٍةَبْيَوُدِل ٌمْسا :)ِلِئُد(َو ، ِ رسَكَف ٌمَضِب لِعُف ُّلِقَي يِنْبَملا ِلْعِفْلاِب ُهُص ِلوُهْجَمْلِل 4 1 Грандэ Б.М. Курс арабской грамматики в сравнительно-историческом освещении. Второе издание.)– Москва: Восточная литература, 2001. – C. 117. 2 .يناديملا دمحأفرصلا ملع ىف فرطلا ةهزن بئاوجلا ةعبطم .ىلولأا ةعبط..- ةينيطنطسق ۱۲۹۹ .ه-ص-5 3 .يناديملا دمحأفرصلا ملع ىف فرطلا ةهزن بئاوجلا ةعبطم .ىلولأا ةعبط..- ةينيطنطسق ۱۲۹۹ .ه-ص-6 -5 4 .يولامَحلا َدَمْحَأ يماحلاب ةيفلسلا ثيدحلا راد يرصملا ديعس نب راتخم ديعس يبأ:قيقحت .فرص لا ن ف يف فرعلا ادش۲٠۲٣ص .م-72
36 - Lekin “ َلِعُف ” (fāʼ ḍamma, ʿayn kasra bilan) juda kam uchraydi. Masalan, “ ِلِئُد”duʾila — kichik bir jonzotning nomi yoki bir qabilaning nomi. Chunki bu vazn maxsus ravishda majhul feʼl uchun ajratilgan. Hoji Ahmad (570-646 xijriy) ning “ Shofiya” asarida ham uch harfli mujarrad ismning oʻnta vazni mavjud ekanligi ilmiy taqsimotga koʻra, uning oʻn ikki vazni boʻlishi kerak ekanligi taʼkidlanadi. Biroq ulardan ٌلِعُف va ٌلُعِف vaznlari ogʻir koʻrilgani uchun qoldirilgan, «لِئُّدلا» va « كُبُحلا» esa koʻchirilgan deb hisoblangan (yaʼni, aslidan emas, boshqa manbadan kelib chiqqan): ِئُّدلا َلِعُجو ، لااقْثِتْسا ٌلُعِفو ٌلِعُف اهنم َطَقَس ،َرَشَع ينثا يضتقت ةمسقلاو ،ةينبأ ُةَرَشَع ِدَّرَجُملا يثلاثلا مسلالو ُل( لاوُقْنَم۱ )( كبحلاو،1 ، ٌدُضَعو ، ٌ فِتَكو ، ٌ سَرَفو ، ٌ سْلَف :يهو .)ةملكلا يَفْرَح يف ِنيتغُّللا ِلُخاَدَت ىَلعف َتَبَت ْنِإ. ) ( ٌدَرُصو ،ٌلْفُقو ،لباو ،ٌبَنِعو ،ٌرْب ِحو٣ )سيو وجي قنعو 1 Ibn Usfur Ishbiliyning (597-669 xijriy) “فيرصت لا يف عتمملا” asarida muallif ism qismini quyidagi soʻzlar bilan boshlaydi: لاإ ،فرحأ ةثلاث نم لقأ ىلع ،نكمتم مسا دجوي لاو .ةسمخ نوكت ام رثكأو ،ةثلاث نوكت ام لقأ لوصلأا امهبابو مدو دي :وحن ،اصوقنم نوكي نأ 2 . Аsoslar (oʻzak harflar) eng kam uch harfdan iborat boʻladi, eng koʻpi esa besh harfdan iboratdir. Mutamakkin (uch kelishikda turlanadigan) ism uch harfdan kam boʻlmaydi. Faqatgina nuqsonli holat istisno tarzida keladi, masalan: “ دي ” (qoʻl), “ مد ” (qon) va ularning bobidagilar. Ibn Usfur Ishbiliy ham uch oʻzakli undoshlarning 10 ta vazni borligini va 2 ta shakl, yaʼni “لُعِف” va “لِعُف” qoliplaridan foydalanmasligini aytadi va buni arab tilida dammadan keyin kasraga oʻtish noqobil hisoblanishi bilan izohlaydi: ، ةحوتفم نوكت نأ ءافلا يف ُرَّوَصَتُي هنأ كلذو . ءانب رشع اننأ هيف روصتُيف ، لوصلأا نم ، يثلاثلا امأف ةمومضمو ،ةحوتفم نوكت نأ : هجوأ ةعبرأ نيعلا يف ، حتفلاب اهكيرحت عم ، روصتيو . ةروسكمو ، ةمومضمو (۲إ . رسكلاو ، مضلاب اهكيرحت عم كلذكو ،ةنكاسو ، ةروسكمو ، ) « و » لعف « امهو ، ناءانب اهنم لمهأ هنأ لا رسك ىلإ مض نم جورخلا ةيهاركل » لعف 3 - Аmmo uch oʻzakli feʼllar haqida gap ketganda, unda oʻnta vazn tasavvur qilinadi. Chunki, faʼ (birinchi harf) uch holda kelishi mumkin: fatha, damma yoki kasra. Аgar faʼ harfi fatha bilan harakatlansa, ayn (ikkinchi harf) uchun toʻrt hol tasavvur qilinadi: fatha, damma, kasra va sukun. Huddi shuningdek, agar faʼ damma yoki kasra bilan harakatlansa, ayn harfi uchun ham shu toʻrt hol (fatha, damma, kasra, sukun) tasavvur qilinadi. Biroq ulardan ikkita vazndan foydalanilmagan. Ular « لُعِف » (fiʻul) va « لِعُف » (fuʻil) qoliplaridir. Chunki arab tilida dammadan keyin kasraga oʻtish yoki kasradan keyin dammaga oʻtish noqobil (makruh) hisoblanadi. Sibavayh va koʻpchilik nahv ulamolarining talqini boʻyicha, ismning asl qoliplari uch harfli, toʻrt harfli va besh harfli boʻladi. Kufaliklar esa asl harflarining chegarasi uchta, deb daʼvo qilganlar. 4 Yaʼni, agar ismda uch harfdan ortiq boʻlsa, unda “ziyoda” (qoʻshimcha harf) qoʻshilgan boʻladi. Agar u besh harfli boʻlsa, oxirgi ikkisi ortiqcha boʻladi. Kufaliklarning baʼzilari shunday deydilar: asl harflar uchta, qolganlari esa oʻz harfi bilan vaznlanadi. Shuning uchun رفعج soʻziga شرمحج ,رلعف soʻziga شرلعف deb 1 .بجاحلا نبا .ي ِجَيِفاَّشلا نامثعلا دمحأ نسح روتكدلا : قيقحت . طَخْلاَو ِفي ِ رْصتلا ىلع يف ُةَيِفاَّشلا– يناثلا ةعبطلا ،:ةكم۲٠۱٤ .م – .ج1ص .-95. 2 هدابق نيدلا رخف روتكدلا :قيقحت .فيرصتلا يف عتمملا .يليبشلإا روفصع نبا - توريب– ةفرعملا راد ،نانبل۱۹۸۷.ملولأا ءزجلا. ص60 3 O'sha asar: 60-bet 4 .بجاحلا نبا .يِجَيِفاَّشلا نامثعلا دمحأ نسح ر وتكدلا : قيقحت . طَخْلاَو ِفي ِ رْصتلا ىلع يف ُةَيِفاَّشلا– يناثلا ةعبطلا ،:ةكم۲٠۱٤ .م– .ج1ص .-95
37 aytadilar. Boshqalar esa uch harfdan ortiq harflarni ortiqcha deb hisoblaydilar, lekin ularni vaznga kiritmaydilar 1 Maydoniy toʻrt oʻzakli soʻzlarning 5 ta qolipda boʻlishini va besh oʻzakli soʻzlarning 4 ta qolipini keltiradi. Toʻrt oʻzaklilarning quyidagi qoliplarini sanab oʻtadi: ٌلَلْعَف - ٌلِلْعِف - ٌلَلْعِف - ٌلُلْعُف - ٌّلَعِف Ibn Holib ham toʻrt oʻzakli ismlarning beshta qolipi borligini aytadi: 2 .بَدْخُج وحن شفخلأا دازو .رْطَمِقو ْمَهْرِدَو ،ٌنُتْرُبو ، ٌجِ رْب ِ زَو ،ُرَفْعَج : ةسمخ دَّرَجُملا يعابرللو - toʻrt harfli mujarrad (yaʼni, ziyoda harfsiz) ismning besh qolipi bor: ُرَفْعَج (Jaʼfar), ٌجِ رْب ِ ز (Zibrij), ٌنُتْرُب (Burtun), ْمَهْرِد (Dirham). Axfash esa " بدخج " (juxdab) kabilarni ham qoʻshdi. Ushbu ikki olim ham oʻz asarlarida tilshunos Axfashni zikr qilib, uning oltinchi qolip “ ٌلَلْعُف” ni ham qoʻshganini aytadilar. Bu maʼlumotlarni “Shazā al-ʿarf fī fannis-s-sarf” nomli asarda ham koʻrdik: ُهَّنِإ ُلْ وُقَي ْمُهُضْعَبَو .ِدَسَْ لِْل ٌمْسا :)ٍبَدْخُج(َو ،ِحْتَفَف ِنوُكُسَف َّمَضِب ،لَلْعُف َنْزَو ُ شَفْخَْ لأا َداَزَو ِ مَّضلاِب ٍبُدْخُج ُعْرَف ٌليِلَق ُهَّنِكَلَو ،ٌلْصَأ ُ ه َّنَأ ُحي ِحَّصلاَو 3 -Аxfash “ لَلْعُف ” vaznini ham qoʻshgan, u (faʼllal) “ ٍبَدْخُج ” soʻzida boʻlib, sherning nomi sanaladi. Аyrimlar bu soʻz “ ٍبُدْخُج ” soʻzining bir turi, deb aytadilar. Lekin toʻgʻrisi shuki, u asl soʻz hisoblanadi, biroq kam ishlatiladi Bu qoʻshimcha keltirilgan vaznga kufiliklar ham qoʻshilgan, lekin dasraliklar bu qolipni eʼtirof etmaydilar va uni “مضلا” bilan talaffuz qilailar. Besh oʻzakli ismlarning 4 ta qolipi mavjud ekanligi va ular ham ism, ham sifat boʻlishi mumkin. Bular: لَّلَعَف - ٌلِ لَعُف – ٌّلَلْعِف – ٌلِلَلْعَف - ٌلِلَلْعُف Masalan: ُعلدنهلا (oʻsimlik nomi). Ammo buni لَلْعِف qoʻshib, mulhaq hisoblash mumkun. Arab soʻzlarida ketmaket toʻrtta harakatli harf kelmaydi. Agar shunday koʻrinsa, demak undan bir harf tushub qolgan boʻladi: دِبَدُه– طِبَلُع– ِدَنَج Aslida esa, لِدانَج– طِبلاُع– دِبادُه Maydoniy uch kelishikda ham turlanadigan soʻzlarni “نكمتملا مسلاا” deb ataydi va ular uch harfdan kam boʻlmasligi, harflar soʻz boshida, soʻz oʻrtasida va soʻz oxirida keladi deb izohlaydi. “ نكمتملا مسلاا” atamasi Ahmad al-Hamlaviy ham qoʻllagan unga “ برعم” (uch kelishikda turlanadigan) soʻzlar deb izoh beradi. Shuningdek, uch harfdan kam boʻlsa, demak undan bir harf tushib qolganini va bu oʻzak qoidalariga tushmasa, yaʼni besh harfdan ortiq boʻlsa, u holda u “لخاد” chetdan oʻzlashgan soʻz turiga kiradi. Yuqorida keltirilgan iqtiboslardan mulohaza qilsak, Maydoniy, Ibn Hojib va Usfuriyning ushbu grammatik masala boʻyicha fikrlari hamohang boʻlib bir -birini toʻldirib keladi. XII asrda yashab ijod etgan Maydoniyning grammatik masalalarga boʻlgan yondashuvni ozidan keyin yashab ijod etgan olimlar hatto, XIX asr tilshunos olimlar nazaridan qolmaganini guvohi boʻldik, ular faqat grammatik masalani ifoda etish usullari bilan farqlanadilar. Maydoniy uch oʻzakli ismlarning qoliplari sharhini bayon qilar ekan, barcha vaznlarni bitrma-bir sanab oʻtadi, yaʼni qoliplarni aynan oʻzini yozib tushuntiradi. Ibn 1 O‘sha asar: 88 - bet 2 .يولامَحلا َدَمْحَأ يماحلاب ةيفلسلا ثيدحلا راد يرصملا ديعس نب راتخم ديعس يبأ:قيقحت .فرص لا ن ف يف فرعلا ادش۲٠۲٣ص .م-72 3 .يولامَحلا َدَمْحَأ يماحلاب ةيفلسلا ثيدحلا راد يرصملا ديعس نب راتخم ديعس يبأ:قيقحت .فرص لا ن ف يف فرعلا ادش۲٠۲٣ص .م72
38 Hojibda esa qoliplarni aynan oʻzi keltirilmaydi, balki misollar yordamida tushuntiriladi. Ibn Usfur Ishbiliy va Ahmad al-Hamlaviy asarlarida esa, ushbu sharhlar jumla tarzida oz ifodasini topgan va faqatgina sharhni tugatgach har bir qolipga misollar keltirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Грандe Б.М. Курс арабской грамматики в сравнительно-историческом освещении. Второе издание.– Москва: Восточная литература, 2001. 2..بجاحلا نبا .ي ِجَيِفاَّشلا نامثعلا دمحأ نسح روتكدلا : قيقحت . طَخْلاَو ِفي ِ رْصتلا ىلع يف ُةَيِفاَّشلا– ةعبطلا ،:ةكم يناثلا۲٠۱٤ .م– .ج1 . 3. هدابق نيدلا رخف روتكدلا :قيقحت .فيرصتلا يف عتمملا .يليبشلإا روفصع نباتوريب– ةفرعملا راد ،نانبل ۱۹۸۷.ملولأا ءزجلا. .4 .يناديملا دمحأفرصلا ملع ىف فرطلا ةهزن بئاوجلا ةعبطم .ىلولأا ةعبط..- ةينيطنطسق ۱۲۹۹ ه 5 ةعبطلا ،يحم دمحم :قيقحت .نييوحنلا نيب فلاخلا لئاسم يف فاصنلإا باتك .يرابنلأا تاكربلا وبأ . .ةثلاثلارصم1955 م 6 ث يدحلا راد يرصملا ديعس نب راتخم ديعس يبأ:قيقحت .فرصلا نف يف فرعلا ادش يولامَحلا َدَمْحَأ . يماحلاب ةيفلسلا۲٠۲٣م