scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB VA OʻZBEK TILLARIDA HARAKAT FE'LLARINING QOʻLLANILISHI XUSUSIDA

Mirzamuxamedova Zilola Iskandarovna

Abstract

Ushbu maqolada arab va oʻzbek tillarida fe'l soʻz turkumi, uning tilshunoslar tomonidan oʻrganilishi, har ikki tildagi harakat fe'llarining qiyosiy leksik-semantik tahlili tarzda yoritib oʻtilgan. Maqolada arab va oʻzbek tillaridagi fe'l soʻz turkumining semantic guruhlarga boʻlinishi koʻrsatilgan boʻlib, ularning leksik-semantik munosabatlarini oʻrganishda ushbu fe'llarning sinonimlik va antonimlik xususiyatlari koʻrsatib oʻtilgan. Xususan, arab izohli lugʻati va arabcha oʻzbekcha lugʻatlarda kelmoq harakat fe'lining qanday ma'nolar kasb etishi hamda ushbu fe'l predloglar bilan kelganda qanday semantic oʻzgarishlarga duch kelishi izohlangan. Har ikkala tildagi izohli lugʻatlarda berilgan ushbu fe'llar ma'nolarining miqdori oʻrtasida sezarli farq borligini koʻrish mumkin. Kelmoq fe'li har ikki tilning frazeologik iboralar tarkibida ham kelishi mumkin boʻlib, mazkur fe'lning arab va oʻzbek tillaridagi frazeologik iboralarda qoʻllanilishi oʻzaro qiyoslanib, ularning oʻxshash va farqli jihatlari aniqlandi. Hozirgi davrda jahon tilshunosligida koʻplab tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, oʻzbek tilshunoslari harakat fe'llarining morfologik, stilistik, semantic valentik hususiyatlarini oʻrganib, ularni oʻz ilmiy ishlarida bafurcha yoritganlar. Arab tilshunosligida esa, olimlar asosan fe'l kategoriyasiga ana'naviy yondashib, uni morfologik jihatdan oʻrganlar. Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi harakat fe'li mazmunan arab tilidagi kelmoq leksemasiga mos keladi. Oʻzbek tilidagi “kelmoq” fe'liga xos ba'zi ma'nolarni ifodalashda, ularning aynan arabcha muqobil variantini qoʻllash lozim. Ba'zi holatlarda esa oʻzbek tilidagi ushbu harakat fe'lining anglatgan ma'nolari arab tilida ham, aynan “kelmoq” fe'li bilan ifodalanadi, biroq ushbu holatda arab tilida “kelmoq” ma'nosini beruvchi sinonim fe'llardan kutilgan ma'noni ifodalovchi aynan bir fe'lni tanlash lozim. Oʻzbek tilidagi harakat fe'lining istak va egalik qoʻshimchalarini olgan fe'l shakli bilan birikkan koʻrinishi arab tilida modal soʻzlar, yuklamalar yordamida ifodalanadi.Maqolada ushbu holat misollar orqali izohlangan.

Full text

39 ARAB VA OʻZBEK TILLARIDA HARAKAT FEʼLLARINING QOʻLLANILISHI XUSUSIDA Mirzamuxamedova Zilola Iskandarovna, Toshkent ijtimoiy va innovatsiya universiteti, Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada arab va oʻzbek tillarida feʼl soʻz turkumi, uning tilshunoslar tomonidan oʻrganilishi, har ikki tildagi harakat feʼllarining qiyosiy leksiksemantik tahlili tarzda yoritib oʻtilgan. Maqolada arab va oʻzbek tillaridagi feʼl soʻz turkumining semantic guruhlarga boʻlinishi koʻrsatilgan boʻlib, ularning leksiksemantik munosabatlarini oʻrganishda ushbu feʼllarning sinonimlik va antonimlik xususiyatlari koʻrsatib oʻtilgan. Xususan, arab izohli lugʻati va arabcha oʻzbekcha lugʻatlarda kelmoq harakat feʼlining qanday maʼnolar kasb etishi hamda ushbu feʼl predloglar bilan kelganda qanday semantic oʻzgarishlarga duch kelishi izohlangan. Har ikkala tildagi izohli lugʻatlarda berilgan ushbu feʼllar maʼnolarining miqdori oʻrtasida sezarli farq borligini koʻrish mumkin. Kelmoq feʼli har ikki tilning frazeologik iboralar tarkibida ham kelishi mumkin boʻlib, mazkur feʼlning arab va oʻzbek tillaridagi frazeologik iboralarda qoʻllanilishi oʻzaro qiyoslanib, ularning oʻxshash va farqli jihatlari aniqlandi. Hozirgi davrda jahon tilshunosligida koʻplab tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, oʻzbek tilshunoslari harakat feʼllarining morfologik, stilistik, semantic valentik hususiyatlarini oʻrganib, ularni oʻz ilmiy ishlarida bafurcha yoritganlar. Arab tilshunosligida esa, olimlar asosan feʼl kategoriyasiga anaʼnaviy yondashib, uni morfologik jihatdan oʻrganlar. Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi harakat feʼli mazmunan arab tilidagi kelmoq leksemasiga mos keladi. Oʻzbek tilidagi “kelmoq” feʼliga xos baʼzi maʼnolarni ifodalashda, ularning aynan arabcha muqobil variantini qoʻllash lozim. Baʼzi holatlarda esa oʻzbek tilidagi ushbu harakat feʼlining anglatgan maʼnolari arab tilida ham, aynan “kelmoq” feʼli bilan ifodalanadi, biroq ushbu holatda arab tilida “kelmoq” maʼnosini beruvchi sinonim feʼllardan kutilgan maʼnoni ifodalovchi aynan bir feʼlni tanlash lozim. Oʻzbek tilidagi harakat feʼlining istak va egalik qoʻshimchalarini olgan feʼl shakli bilan birikkan koʻrinishi arab tilida modal soʻzlar, yuklamalar yordamida ifodalanadi.Maqolada ushbu holat misollar orqali izohlangan. Kalit soʻzlar: feʼl kategoriyasi, feʼl zamonlari, feʼl mayllari, feʼl semantikasi, arab va oʻzbek tilshunosligi, bu mavzuni arab olimlari tomonidan oʻrganilishi, asarlari. Abstract. This article explains the set of verbs in Arabic and Uzbek, its study by linguists, a comparative lexical-semantic analysis of action verbs in both languages. The article provides the division of verbs in Arabic and Uzbek into semantic groups, and the study of their lexical-semantic relations shows the synonymous and antonymous features of these verbs. In particular, the Arabic explanatory dictionary and Arabic-Uzbek dictionaries explain the meaning of the verb to come and what semantic changes this verb encounters when it comes with prepositions. It can be seen that there is a significant difference between the amount of meaning of these verbs given in the explanatory dictionaries of both languages. The verb “come” can also be 40 found in the phraseological expressions of both languages, and the use of this verb in the phraseological expressions of the Arabic and Uzbek languages has been compared, and their similarities and differences have been identified. There is a lot of research going on in world linguistics today. In particular, Uzbek linguists have studied the morphological, stylistic, semantic and other properties of action verbs and described them in detail in their scientific works. In Arabic linguistics, scholars have traditionally approached the category of verbs and studied them morphologically. In this article, the Uzbek verb action corresponds in content to the Arabic lexeme. In expressing some of the meanings of the Uzbek verb "to come", it is necessary to use their Arabic alternative. In some cases, the meaning of this action verb in Uzbek is also expressed in Arabic by the verb "to come", but in this case it is expected from synonymous verbs meaning "to come" in Arabic. It is necessary to choose exactly one verb that represents ʼbreadʼ. The Uzbek form of the action verb combined with the verb form with the suffixes of desire and possession is expressed in Arabic by modal words, prepositions. The article analyses this situation with examples. Keywords: verb category, verb tenses, verb moods, verb semantics, Arabic and Uzbek linguistics, research by Arab scholars, scholarly works. Oʻzbek tilshunosligida feʼl kategoriyasi Sh. Shukurov, A. Xojiyev, A.Gʻulomov, Gʻ. Abdurahmanov, Sh.Sh.Shoabdurahmonov kabi olimlar tomonidan tadqiq qilingan boʻlib, harakat feʼllarining morfologik, stilistik hamda semantik valentlik jihatlari Q.Xoliqov, S.Muhamedova M.Sodiqova, M.Orazov tomonidan oʻrganilgan. Oʻzbek tilshunosligida feʼl faoliyat, sezgi, harakat, oʻzgarish, mavjudlik, munosabat hamda taqlidiy feʼllar kabi semantik yoʻnalishlarga ajratib koʻrsatilgan. Oʻzbek tilidagi harakat feʼllaridagi leksik-semantik munosabatlarni oʻrganishda ushbu feʼllarning sinonimlik va antonimlik xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻzbek tilidagi harakat feʼllarining sinonimlik xususiyatlari oʻrganilganda, koʻp maʼnoni kasb etgan bir harakat feʼli ikki yoki undan ortiq maʼnoga ega oʻzaro sinonimik qatorni tashkil etishi mumkinligi maʼlum boʻldi (aynimoq, buzulmoq). Arab tilshunosligida feʼl deganda harakatni ifodalaydigan soʻzlar tushunilib, bunday soʻzlar qatʼiylikni , yangilanish hamda sodir boʻlishni ifodalaydi. Tilshunoslar, asosan, arab tilidagi feʼl soʻz turkumiga anʼanaviy yondashgan holda, uni morfologik jihatdan bafurcha oʻrganganlar. Arab tilshunosligida Qurʼoni Karim suralaridagi oʻrganilgan harakat feʼllari bilan bogʻliq ilmiy ishlarni oʻrganib, tahlil qilganimizda , ularning semantik jihatdan oldinga qarab harakatlanish, orqaga qaytish, man etish, toʻsish, yoʻq qilish, aylanma yoʻnalishda harakatlanish, chiqish va ketish, biror joyga yetib kelish, tezlashish va yugurish, sekin harakatlanish, biror joyga kirish, uchrashuv, tepaga harakatlanish maʼnolaridagi hamda muayyan holatlar bilan bogʻliq harakat feʼllariga ajratilganligini koʻrdik. Qurʼoni Karimda kelgan insonning harakat yoʻnalishi maʼnosini beruvchi koʻplab feʼllar oldinga qarab harakatlanish maʼnosiga ega ekanligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, Qurʼon Karimda kelgan inson bilan bogʻliq harakat feʼllari umumiy ravishda paygʻambarlar, nabiylar bilan bogʻliq boʻlib, xususan, Yusuf, Ibrohim suralarida ushbu maʼnoga ega boʻlgan koʻplab feʼllarni uchratish mumkin. Baʼzi 41 harakat feʼllari insonlarning muayyan sinfi bilan bogʻlangan. Shuningdek, ushbu feʼllar ogohlantirish va xushahabar berish maʼnosida kelgandir. ينيوثلا عايش يهيرب روتكود ning "فلاا فرح ينارقلا قايسلا يف اهتلالاد و ميركلا نارقلا يف لاعفا” ilmiy ishida Qurʼoni Karimda kelgan "ا" arab alifbosi alif harfi bilan boshlangan barcha feʼllarning maʼnolarini koʻrib chiqqan. ينيوثلا عايش يهيرب روتكود ning ilmiy ishi نيزلا فطاع حيمس ning “ميركلا نارقلا ظافلا تادرفم ريسفت مجعم” ilmiy ishiga asoslanib yaratilgan. Ushbu asarda Qurʼoni Karimda kelgan ىتا kelmoq harakat feʼlining 16 ta semantikasini sharhlagan 1 . Oʻzbek tilidagi “kelmoq” harakat tushunchasini ifodalovchi leksemalardan biri hisoblanadi. Kelmoq feʼlining “ Oʻzbek tili izohli lugʻati”da ushbu leksemaning 14 xil maʼnosi ifodalangan 2 . "عماجلا يناعملا مجعم " izohli lugʻatida kelmoq harakat feʼlining 24 ta maʼnosi ifodalangan 3 . Har ikkala tildagi izohli lugʻatlarda berilgan ushbu feʼllar maʼnolarining miqdori oʻrtasida sezarli farq bor. “Oʻzbekcha-Arabcha As-Sulton lugʻat”da esa kelmoq feʼlining 15 dan oshiq maʼnolari misollar bilan keltirilgan 4 . Hozirgi arab adabiy tili leksikasining deyarli barcha qatlamlarini oʻz ichiga olgan “ميعنلا-An-naʼim” arabcha-oʻzbekcha lugʻatida keltirilgan “kelmoq” harakat feʼlining 17 ta maʼnosi berilgan 5 . Kelmoq feʼlining bosh maʼnosi “yurish, uchish yoki transport vositalari bilan soʻzlovchi turgan tomonga , joyga yoki soʻzlovchi koʻrsatgan, aytgan joyga yaqinlashmoq, yetmoq” 6 . Poezd kelyapti. Yaqinda qaldirgʻoch keladi. Choʻlga suv keldi. "عماجلا يناعملا مجعم " izohli lugʻatida kelmoq feʼlining bosh maʼnosi biror shaxshning yoki biror hodisaning kelishi ifodalangan. Shu bilan birga kelmoq feʼlining predloglar bilan birga kelishi aytib oʻtilgan. يتام لوعفملاو ، تآ و وهف ، ائايتإو ايتأ ، ينا ، يتأي يلع ىتأ / ب ىتأ / ىتأ- : صخشلا ىتأ و يدعتملل لاجاع وأ لاجآ اننيب باسحلا موي يتأي فوس .لحو لزن ،لصو ،رضحو ءاج Oʻzbek tilidagi kelmoq leksemasining bosh semasi anchagina sodda koʻrinishda boʻlsa-da, mazmunan arab tilidagi kelmoq leksemasiga toʻla muvofiq keladi. Kelmoq feʼli vaqt, fasl, mavsum maʼnolarini bildiruvchi soʻzlar bilan kelganda “boshlanmoq, yetishmoq” maʼnosini ifodalaydi 7 . Bahor keldi. Qish keldi. Paxta terimi mavsumi keldi. Kuzatishlarimiz jarayonida arab tilida bunday holatni uchratmadik. Arab tilida vaqt, fasl, mavsumga nisbatan ادب yoki ادتبا (boshlamoq, boshlanmoq) yoki feʼllari kelmoq maʼnosida qoʻllanadi. Arab tilidagi ىتا feʼlining sinonim maʼnodosh feʼllaridan biri ءاج bilan ham kelishini mumkin. عيبرلا ءاج bahor keldi 8 . Oʻzbek tilidagi kelmoq feʼlining bosh maʼnosining xos semalaridan “chiqqan joyiga qaytib kelmoq, qaytmoq”dir. Ha, aytgandek, qudangiznikiga yuborgan kishingiz keldimi? (A.Qodiriy) 1 ينيوثلا عايش يهيرب روتكود "فلاا فرح ينارقلا قايسلا يف اهتلالاد و ميركلا نارقلا يف لاعفا" 2 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 3 "عماجلا يناعملا مجعم " 4 “O’zbekcha-arabcha As-Sulton lug’ati”, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011. 5 “ميعنلا-An-na’im” arabcha-o’zbekcha lug’ati, - Toshkent-2003. 6 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 7 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 8 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 42 Oʻzbek tilidagi kelmoq feʼlining “chiqqan joyiga qaytib kelmoq, qaytmoq” maʼnolari arab tilida با / رك /داع /عجر - qaytmoq, chiqqan joyiga qaytib kelmoq feʼllari bilan ifodalanadi.Masalan; U yurtiga qaytib keldiهنطو ىلا عجر /هنطو ىلا داع Ovoz, tovushga nisbatan “eshitilmoq” semasi kelmoq leksemasining bosh maʼnosi qatoriga kiritiladi: Oyoq tovushi toʻxtab, narigi yoqdan usta Olimning tovushi keldi (A.Qodiriy). Arab tilida esa, ovozga nisbatan majhul nisbatdagi eshitilmoq semasi emas, balki aniq nisbatdagi eshitmoq semasi qoʻllanadi. Biz bunga Qurʼoni Karimdagi “Sod” surasining 21 oyati, “Algʻoshiyat” surasining 1 oyati, “Toho”surasining 9 oyatlarini misol qilishimiz mumkin. Biroq, shunisi eʼtiborga molikki, ushbu oyatning ingliz tilidagi tarjimasida ىتا kelmoq feʼli eshitmoq 1 maʼnosida , oʻzbek tilidagi tarjimasida “xabar keldi” 2 maʼnosida tarjima qilingan. Shuni qoʻshimcha qilib aytishimiz mumkinki, ينيوثلا عايش يهيرب روتكود ning فرح ينارقلا قايسلا يف اهتلالاد و ميركلا نارقلا يف لاعفا "فلاا” ilmiy ishida Qurʼoni Karimda kelgan "ا" arab alifbosi alif harfi bilan boshlangan barcha feʼllarning maʼnolarini koʻrib chiqqan. Shu jumladan kelmoq “ىتا” harakat feʼlini ham sharhlagan. Qurʼoni Karimda kelmoq feʼlining 17 ta maʼnosidan 8 maʼnosini eshitmoq semasini keltirib oʻtgan hamda oyatlardan misollar keltirgan. Oʻzbek tilidagi paydo boʻlmoq, nasib boʻlmoq, qismatiga , boshiga tushmoq semalari kelmoq leksemasining maʼnosini beradi 3 . Masalan, Qaygʻu ketib, shodlik keldi. Unga baxt keldi. Bizga omad keldi. Ammo arab tilidagi ىتا feʼli ushbu qatordagi faqatgina paydo boʻlmoq maʼnosini oʻz ichiga qamrab oladi. Nasib boʻlmoq, qismatiga, boshiga tushmoq maʼnolarini esa, aynan arab tilidagi ekvivalent soʻzlari orqali ifodalash mumkin. Masalan, u menga katta quvonch olib keldi 4 - /ينرس/ يل اريبك ارورس ) بلج ( ثدحا Istak qoʻshimchalari –gi(-ki,-qi), -gu (-gʻu,-qu) va egalik qoʻshimchasini olgan feʼl shakli bilan birikkanda shu feʼl bildirgan harakatni bajarish istagini bildiradi 5 . Koʻrgim keldi, kulgisi keldi. Arab tilida esa, biz bu holatni istak maylini hosil qilish uchun qoʻllaniladigan maxsus modal feʼllar hamda yuklamalar orqali ifodalaymiz. Masalan,uyqusi kelmoq 6 –ماني نا دارا Oʻzbek tilidagi evaziga tushmoq, olinmoq, toʻgʻri kelmoq maʼnosidagi feʼllar 7 . Bu pulga koʻp narsa keladi. Oʻzbek tilidagi kelmoq feʼli evaziga tushmoq, olinmoq, toʻgʻri kelmoq semalariga toʻgʻri kelsa, arab tilida esa, evaziga tushmoq, olinmoq, mos kelmoq feʼllari ىتا kelmoq feʼli bilan ifodalanmaydi. Ushbu maʼnolarni arab tilidagi aynan muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda, “AsSulton oʻzbekcha-arabcha lugʻat”ida toʻgʻri kelmoq feʼlining 10 ta maʼnosi misollar bilan keltirilgan. Masalan: Toʻgʻri kelmoq- //هجوب اهجو لباق / هجاو //)لاسم بوثلا( قفاو /بسان /قباط /ل حلص /ب قلا رطضا 1 The Holy Quran. – India: Goodword Books, 2017 2 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Qur’oni Karim 3 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 4 As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-566b 5 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 6 IbrohimovN.,HasanovB.,MusayevO.,IbrohimovB.,O’zbekcha-arabcha lug’at.-Toshkent,2000 7 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 43 Bu senga toʻgʻri kelmaydiكب قيلي لا اذه Bu poyafzal unga toʻgʻri keldi- / همدق دق ىلع ءاذحلا اذه ناك / همدق قفاو ءاذحلا اذه U toʻgʻri kelgan joyda uxlab ketaveradiقفتا ام ثيح ماني U kitobning toʻgʻri kelgan joyini ochdiقفتا ام ثيح باتكلا حتف Toʻgʻri sening oldingga keldimةرشابم كيلا تيتا Birinchi sentabr jumaga toʻgʻri keladiموي لوليا نم لولاا مويلا )قفاو ( قداص ةعمجلا Unga buni qilish toʻgʻri kelib qoldiكلذ لمعي نا هيلع ناك / كلذب مايقلا ىلا رطضا U joʻnashga toʻgʻri kelyaptiليحرلا ىلا رطضيس Oʻzbek tilidagi kelmoq feʼli hajm, oʻlchov, miqdor bildiruvchi soʻzlar bilan birikkanda , shaxs yoki predmetning shu soʻzlar bildirgan oʻlchov yoki miqdor darajasida ekanligini bildiradi. Gʻoz besh kilo keladi, terakning balandligi-15-16 metr keladi, har bir olma koptokdek keladi. Arab tilida esa, bu holat kuzatilmaydi. Ushbu maʼnolarni arab tilidagi aynan muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin. Masalan, baliq uch kilogram keladi; - 1 تامارغوليك ةثلاث ةكمسلا نزت يسايقم ىلع سيل صيمقلا اذه - Bu koʻylak mening oʻlchamimga toʻgʻri kelmas ekan Joʻnalish kelishigi feʼldagi ayrim soʻzlar bilan birikkanda shu soʻz bildirgan narsaning bayoniga, izohiga, muhokamasiga oʻtish maʼnosini bildiradi 2 . Endi Boʻtaning ustidagi anavi gapga kelsak, bu tuhmat edi. S.Ahmad. Hukm. Endi paxtani nimaga kuzda sotmay, yozda sotayotganiga kelsak, buning tagida gap koʻp. Arab tilida ىتا feʼli يف predlogi hamda ام yuklamasi bilan birga kelganda, u gapda qisman izoh, bayon maʼnosini bildiradi. Shuningdek, oʻrin-payt kelishigi maʼnosidagi يف predlogi ءاج feʼli bilan birga birikib kelganda, birorbir voqea-hodisani ifodalsh maʼnosini bildiradi. Masalan, دق و ناسنلال ةرورض ةقادصلا نا لاثملاا يف ءاجMaqollarda aytilishicha, doʻstlik inson uchun kerakdir. ىتاي ام navbatdagi; ىتاي امك quyida keltirilganidek; Joʻnalish kelishidagi feʼldagi ayrim mavhum soʻzlar bilan birikib, shu soʻz bildirgan tushunchaga erishishni, uni toʻgʻri deb bilishni ifodalaydi. Qanday fikrga keldingiz? Men shunday xulosaga keldim. Arab tilida bunday holat kuzatilmaydi. Ushbu maʼnolarni arab tilidagi aynan muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin . Masalan; Bu fikr miyamga keldiترطخ / ةركفلا هذه لابب يل ترطخ / رطاخلا يل رطخ / ةركف يل ترطخ ةرطاخملا هذه ينهذ ىلع Bir xulosaga kelmoqجتنتسا / جاتنتسا ىلا لصوت Chiqish kelishigi feʼlidagi shaxs bildiruvchi soʻzlar bilan birikkanda, biror xattiharakatning shu soʻz bildirgan shaxs bajarishini bildiradi 3 . Masalan, bu ish sendan kelgan. – Sidiqjonning rangi boʻzarib ketti… Men dayus emasman! Bunaqa qoʻshmachilik sizlardan keladi. (A.Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari) Ushbu holatda oʻzbek tilida “kelmoq” feʼli zamirida muayyan hattiharakatni amalga oshirishga qodirlik maʼnosi ham qisman mavjud boʻladi. Biroq arab tilida 1 IbrohimovN.,HasanovB.,MusayevO.,IbrohimovB.,O’zbekcha-arabcha lug’at.-Toshkent, 2000. 2 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 3 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 44 bunday holat faqatgina qilmoq, bajarmoq maʼnosini anglatuvchi ىتا feʼli bilan ifodalanadi. Shu bilan birga, arab tilidagi ىتا – kelmoq feʼli qoʻshimcha ravshda qila olmoqعاطتسا maʼnosini bermaydi. Chiqish kelishigi feʼldagi soʻzlar bilan birikib, shu soʻz bildirgan narsa haqida gap borishini yoki gapirish kerakligini bildiradi 1 . Masalan, qani choydan kelining, quruq gapni qoʻying, ishdan keling. Biri boʻgdan kelsa, biri togʻdan keladi. Matal. Arab tilida esa, bunday feʼllar oʻzining muvofiq ekvivalenti bilan ifodalanadi. Belgi, xususiyat bildiruvchi ayrim soʻzlar bilan birikkanda “boʻlmoq” maʼnosini bildiradi. Sutsiz sigir suzogʻon keladi. Maqol . Ot jonivor juda eslik keladi. M.Ismoiliy,Fargʻona t.o. Arab tilida ىتا feʼli راص yaʼni boʻlmoq,yuz bermoq , sodir boʻlmoq, aylanmoq feʼli maʼnosida kelishi mumkin, bunda ushbu feʼl ifodalab kelayotgan belgi-xususiyat tushum kelishigida noaniq holatda keladi. Qurʼoni Karimning Yusuf surasining 93 – oyatida shunday keladi: “ وقلاف اذه يصيمقب اوُبهذاه اًريصب ِتأي يبأ هجو ىلع ” “Mening mana bu koʻylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, koʻzi ochilur.” اريصب لبق نم ناك اذا اريصب عجري وا ، ريصب وهو يلإ تأي دارملا وا اريصب ريصي يأ ، اريصب ِتأي ” ينيوثلا عايش يهيرب روتكود ushbu oyatdagi تاي kelmoq feʼlining aylanmoqراص maʼnosida kelishini shunday izohlaydi. Yaʼni u koʻradigan boʻldi, bundan murod u mening oldimga koʻzi ochilgan holda (koʻradigan ) yoki u huddi avvaldagidek, koʻzi ochilib qaytadi. Biz odatda ىتا feʼlini kelmoq maʼnosida oʻrganganmiz. Biroq ushbu oyatda ىتا feʼli راص feʼli (boʻlmoq, sodir boʻlmoq, aylanmoq) maʼnosida kelgan. II-shaxs buyruq feʼlida (kel,keling) daʼvat, chaqiriq,undash,qistash kabi maʼnolarni bildiradi. Kel, gapingni qoʻyʼchi, ovqat-povqating bormi? Gʻ.Gʻulom, Shum bola. Keling , hazilingizni qoʻying, tillani chaqirib bering. Latifalar Arab tilida bunday holat kuzatilmaydi. Ushbu maʼnolarni arab tilidagi aynan muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin. Masalan, kel, oʻzing kelib koʻr 2 - جرفت لاعت biznikiga yana kelib turing - ديدج نم انرز keling tanishamiz - فراعتنل kelinglar andijoncha osh pishiramiz - ! ةيناجيدنا ةروصب يراخبلا زرلاا خبطن انوعد keling dangal gaplashamiz- !ةحارصب ملكتن انوعد kel bu yerdan ketaylik (ketamiz)- انه نم بهذنلف Oʻzbek tilida kelmoq feʼli frazeologik iboralar tarkibida ham qoʻllanilishi mumkin. Masalan, joʻnalish kelishigi qoʻshimchasini olgan ayrim soʻzlar maʼnolari taqqoslanayotgan feʼllar bilan kelganda , ibora hosil qiladi 3 : Uni koʻrgan zahotiyoq esimga keldi (A.Qahhor) Arab tilida esa, bunday holatda mufoviq ekvivalentlar qoʻllanadi. Masalan, bu xabarni eshitiboq yurak larzaga keldi 4 - ءابنلاا هذه عامس درجمل بلقلا عطقت koshki yoshlik qaytib kelsaدوعي بابشلا تيل 1 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j. 2 As-SultonO’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-443b 3 ShabanovD.K.Turk va o’zbek tillarida faol harakat fe’llarining semantikasi.-Toshkent,2017 4 “As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-946b 45 Suvning hidi kelib qolibdiءاملا نتنا / ءاملا )حورا ( حورت Xush kelibsiz !- !كب ابحرم !لاهس و لاها - i (b) ravishdosh shaklidagi yetakchi feʼl vazifasida qoʻllanadi va harakatning ancha ilgaridan davom etayotganligini bildiradi. Nurining buyruqlariga soʻzsiz boʻysunub kelgan. Gulnor, hech nima oʻylamasdan oʻrnidan turdi. Oybek, Qutlugʻ qon. Men bu sirni shu choqqacha ichimda saqlab kelayotgan edim, endi aytmasam boʻlmaydi. A.Qahhor,Xotinlar Arab tilida kelmoq feʼli bunday maʼnoni ifodalamaydi. Mazkur maʼnoni ifodalash uchun shu mazmunni bildiruvchi muqobil variantlardan foydalanish lozim. Arab tilida bunday holatda امزلا yordamchi feʼli qoʻllaniladi. Otlar va baʼzi boshqa soʻzlar bilan birikib, qoʻshma feʼl yasaydi. Masalan, duch kelmoq, zoʻr kelmoq, yaqin kelmoq, teng kelmoq. Ushbu maʼnolarni arab tilidagi aynan muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin. Masalan; Duch kelmoqيف عقو /قلات / /لباق /دجو / ىقتلا /قلا Ishda mashaqqatlarga duch kelmoq 1 - لمعلا يف تابوعص قلا Tasodifan duch kelmoqةفاصم لباق / فداص Men unga klubda koʻp duch kelamanاريثك يدانلا يف هيقتلا ينا Duchma-duch kelmoqفداص /لباق // هجوب اهجو لباق /هجاوت Ular bir-birlariga duch kelib qoldilar 2 - مهضعب يف اوعقو Yaqin kelmoqنم اند /نم برق / نم برتقا Eng yaqin yoʻldan kelmoqقيرطلا برقا نم ىتا / برقتسا Teng kelmoqىوتسا Zoʻr kelmoqبلغ / ىلع رهظتسا / ىلع بلغت Yuzaga kelmoqققحت //اشن //زرب /ناب /ادب /رهظ Yangi qiyinchiliklar yuzaga keldi3 ةديدج تابوعص تاشن Gʻazabi kelmoqىلع طخس /ظاتغا /ظاغنا /ىلع بضغت / ىلع بضغ Gʻashi kelmoqلعفنا /جيهت /لعز Kimgadir gʻashi kelmoqدحا ىلع ردك Gʻashi kelganلعفنم /جيهتم /لعز /نلاعز Bas kelmoqلداع /ىواس Baroridan kelmoqزاف /حجلفا /حجن Hojatim baroridan keldiيتجاح تحجن Uning ishi baroridan keldi 4 - هلمع حجن Bordi-keldi qilmoqلصتا /سملا //طلاخ /رشاع Kim bilandir doimiy bordi-keldi qilib turmoqتلااصتا هل تناك / رارمتساب ادحا رشاع دحاب ةمئاد Qarindoshlik bordi-keldisi 5 - محرلا ةلص Dunyoga kelmoqدوجولا ىلا جرخ // دلو / ايندلا ىلع لط Yod(i)ga kelmoqضرع /حنس /ل رطخ 1 “As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-211b 2 O’sha yerda 3 O’sha asar. - 950b 4 O’sha asar.-77b 5 O’sha asar.-126b 46 Malol kelmoqىلع بعص //لما /لم Qayta-qayta oʻqishlik menga malol kelmaydiةءارقلا راركت نم لما لا Quloqqa malol kelmoq - هنذا شدخ Agar sizlarga malol kelmasa 1 …- /مكلضف نم /.... ف مكيلع ائبع نكي مل اذا Rahm (i) kelmoqمحر //عم رعش / ىلع قفش /ىلع فطع /ىلع فطعت Rahmi kelmaganga (qilmaganga) rahm qilinmasمحري لا و محري لا نم Ustun kelmoqقاف / ىلع قوفت / /ىلع بلغ /ب رفظ /ب زاف Hush (i)ga kelmoq-)هدشر( هسفن ىلا باث /قافا /احص / هيعو ىلا داع U 24 soat ichida hushiga kelmaydi (hushida boʻlmaydi)- نيرشع و عبرا ةدم ائيش يعي لا ةعاس Mast hushiga keldiناركسلا قافا / ناركسلا احص Xush kelmoq- !كب ابحرم !لاهس و لاها Es(i)ga kelmoq / هلابب رطخ //ركذ /ركذتضرع /حنس Esimga kelmabdi2 يرطاخب ردي مل Erta kelmoqركاب / رداب / ردب Ertalab kelmoqاحابص ىتا /حبص Oʻng(i)dan kelmoq - قفاو /ب قلا /ب قبل /ل حلص Qoʻl(i)dan kelganicha - / ناكملاا ردقب / ةعاطتسلاا وا ناكملاا ردق ىلع / ةيناكملاا ردق ىلع عاطتسملا ردقب Qoʻl(i) dan kelmoq - نا هنكما / نكمت / ىلع ردق / عاطتسا Gʻolib kelmoqىلع بلغت /بلغ Havas(i) kelmoqىلع صرح // بحا /بح /ىوغ /يوه / ىهتشا /طبغ Mening bu kishiga havasim keladi 3 - لجرلا لاح لثم ىنمتا / لجرلا اذه طبغا Gal(i) kelmoqةبون ءاج Endi mening galim (navbatim) ) keldi 4 (- يرود نلاا /يتبون تءاج Galalashib kelmoq5 اجاوفا )ءاج( ىتا Hayajonga kelmoq 6 - قلق /برطضا //راث //جاتها /جاه /جيهت Fursat(i) kelmoq 7 - ناولاا نا Larzaga kelmoqرعشقا /فجترا /دعترا /شعترا / /لقلقت /عزعزت Qaytib kelmoqبا / رك /داع /عجر Hid kelmoqهتحئار ترشتنا /حاف Gullarning hidi kelyaptiرهزلا حوفي Tutunning hidi kelyaptiناخدلا حوفي Suvning hidi kelib qolibdiءاملا نتنا / ءاملا )حورا ( حورت Vaqt (i) kelmoq / تقولا ناح / ىتا / نا Yetib kelmoq ناكملا درو /غلب / لصو Mos kelmoq / قباط /بسات / قلا Yoʻqlab kelmoqهتيؤرل ءاج /هتيؤرل ىتا //نع ربختسا //راز/داع /دقتفا /دقفت Sizni sogʻindim shunga sizni yoʻqlab keldim - كتيؤرل تيتا كلذل و كيلا اقاتشم تنك 1 “As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-465b 2 O’sha asar.-230b 3 O’sha asar. - 285b 4 O’sha asar.-251b 5 “As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-251b 6 O’sha asar.87b 7 O’sha asar..-223b 47 Xulosaga kelmoqجتنتسا / جاتنتسا ىلا لصوت Olib kelmoqدروتسا /بلجا /بلج //ىدا /ببس /ثدحا //رضحا /ب ىتا /ب ءاجا /ب ءاج Bu yaxshilikka olib kelmaydiريخ ىلا يدؤي لا اذه Tosh olib kelmoqرجحب ءاج /رجحب ىتا Chet-eldan mollarni (tovarlarni ) olib kelmoqجراخلا نم عئاضبلا )بلج( دروتسا Bolani uyga olib kelmoqتيبلا ىلا لفطلاب ءاج Bizga ikki pors kabob olib kelingبابك نم نيقبط انل )بلجا( بلجا Ofat kelmoqةفا هتباصا /فا Shaharga qurgʻoqchilik (qahatchilik) keldiةحق نم ةفا اهتباصا / دلابلا فا Pochta kelmoqتلاسارم درو Qarshilikka duch kelmoqةمواقملا هجاو Siyosat qarshilikka duch keldiةمواقملا ةسايسلا تهجاو Qahri kelmoqظاغنا /ظاتغا / ظيغت /ىلع طخس /ىلع بضغت /ىلع بضغ Kun oralab kelmoqاموي هكرت و اموي هاتا / بغ ينيوثلا عايش يهيرب روتكود ning "فلاا فرح ينارقلا قايسلا يف اهتلالاد و ميركلا نارقلا يف لاعفا” ilmiy ishida Qurʼoni Karimda kelgan "ا" arab alifbosi alif harfi bilan boshlangan barcha feʼllarning maʼnolarini koʻrib chiqqan. Shu jumladan kelmoq “ىتا” harakat feʼlini ham sharhlagan. Xulosa qilib aytamizki, oʻzbek tilidagi “kelmoq” harakat feʼlining arab tilida ifodalanishida, oʻxshash va farqli jihatlar mavjud. Oʻzbek tilida ushbu harakat feʼlining bosh semasi anchagina sodda koʻrinishda boʻlsada, mazmunan arab tilidagi “kelmoq” leksemasiga mos keladi. Oʻzbek tilida ushbu feʼl oʻzi qaratilgan obyektning, asosan, tushum, oʻrin-payt, chiqish va joʻnalish kelishiklarida kelishini talab qilsa, arab tilida ular tushum kelishigi yoki muayyan kelishik maʼnosini beruvchi predlog bilan ifodalanadi. Oʻzbek tilidagi “kelmoq” feʼliga xos baʼzi maʼnolarni ifodalashda, ularning aynan arabcha muqobil variantini qoʻllash lozim boʻlsa, baʼzi holatlarda esa oʻzbek tilidagi ushbu harakat feʼlining anglatgan maʼnolari arab tilida ham, aynan “kelmoq” feʼli bilan ifodalanadi, biroq ushbu holatda arab tilida “kelmoq” maʼnosini beruvchi sinonim feʼllardan kutilgan maʼnoni ifodalovchi aynan bir feʼlni tanlash lozim. Oʻzbek tilidagi harakat feʼlining istak va egalik qoʻshimchalarini olgan feʼl shakli bilan birikkan koʻrinishi arab tilida modal soʻzlar, yuklamalar yordamida ifodalanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. ينيوثلا عايش يهيرب روتكود فلاا فرح ينارقلا قايسلا يف اهتلالاد و ميركلا نارقلا يف لاعفا" 2. "عماجلا يناعملا مجعم " 3. Oʻzbek tilining izohli lugʻati.-M.: Rus tili.-1981.-1j 4. “Oʻzbekcha-arabcha As-Sulton lugʻati”, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011 5. “ميعنلا-An-naʼim” arabcha-oʻzbekcha lugʻati,Toshkent-2003 6. Qurʼoni Karim Ingliz tili tarjimasi 7. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Qurʼoni Karim 8. IbrohimovN.,HasanovB.,MusayevO.,IbrohimovB.,Oʻzbekcha-arabcha lugʻat.-Toshkent,2000 9. ShabanovD.K.Turk va oʻzbek tillarida faol harakat feʼllarining semantikasi.- Toshkent,2017