scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA OʻZBEK MATNLARIDA XIYAZM (CHIASMUS)NING LINGVOKULTUROLOGIK FUNKSIYALARI VA MADANIY MA'NO SHAKLLANISHIDAGI SIGNIFIKANT USLUBLARI

Xaydarova Munira Oʻtkir qizi

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek matnlarida xiyazm (chiasmus)ning lingvokulturologik funksiyalari tahlil qilinadi. Xususan, xiyazm san'atining madaniy ma'no yaratishdagi ahamiyati va uning estetik ta'sirchanlikni kuchaytirishdagi oʻrni koʻrib chiqiladi. Ingliz adabiyotida xiyazm koʻproq ritorik kuch va siyosiy-nutqiy uslubda qoʻllanilsa, oʻzbek she'riyatida u koʻpincha lirizm va milliy ruhni ifodalashda namoyon boʻladi. Maqolada ikki adabiyot namunalari qiyosiy tahlil asosida solishtirilib, umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Xiyazm orqali til birliklari oʻzaro madaniy konnotatsiyalar yaratib, lingvokulturologik tafakkurni shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari badiiy matnlardagi lingvostilistik va lingvokulturologik vositalarning ilmiy talqiniga yangi yondashuvlarni taklif etadi.

Full text

52 INGLIZ VA OʻZBEK MATNLARIDA XIYAZM (CHIASMUS)NING LINGVOKULTUROLOGIK FUNKSIYALARI VA MADANIY MAʼNO SHAKLLANISHIDAGI SIGNIFIKANT USLUBLARI Xaydarova Munira Oʻtkir qizi, Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti, Oriental universiteti stajyor-oʻqituvchisi [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek matnlarida xiyazm (chiasmus)ning lingvokulturologik funksiyalari tahlil qilinadi. Xususan, xiyazm sanʼatining madaniy maʼno yaratishdagi ahamiyati va uning estetik taʼsirchanlikni kuchaytirishdagi oʻrni koʻrib chiqiladi. Ingliz adabiyotida xiyazm koʻproq ritorik kuch va siyosiy-nutqiy uslubda qoʻllanilsa, oʻzbek sheʼriyatida u koʻpincha lirizm va milliy ruhni ifodalashda namoyon boʻladi. Maqolada ikki adabiyot namunalari qiyosiy tahlil asosida solishtirilib, umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Xiyazm orqali til birliklari oʻzaro madaniy konnotatsiyalar yaratib, lingvokulturologik tafakkurni shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari badiiy matnlardagi lingvostilistik va lingvokulturologik vositalarning ilmiy talqiniga yangi yondashuvlarni taklif etadi. Kalit soʻzlar: xiyazm, badiiy matn, tasirchanlik, estetika, adabiy sanʼat, lingvokulturologiya, stilistik tahlil. Abstract. This article analyzes the linguocultural functions of chiasm (chiasmus)in English and Uzbek texts. In particular, the importance of the art of chiasm in creating cultural meaning and its role in enhancing aesthetic impressionability are considered. In English literature, chiasm is used in a more rhetorical power and Politico-oratory style, while in Uzbek poetry it is often manifested in the expression of lyricism and national spirit. In the article, the samples of the two literature are compared on the basis of comparative analysis, and general and different aspects are determined. It is based on the fact that language units, through chiasm, create crosscultural connotations and serve to form linguocultural thinking. The results of the study offer new approaches to the scientific interpretation of linguistic and linguocultural means in artistic texts. Keywords: chiasm, artistic text, Impressionism, aesthetics, literary art, linguoculturology, stylistic analysis. Xiyazm termini XIX asrda lingvistika faniga kirib kelgan boʻlsa-da, uning mazmuni qadimdan buyon, xususan diniy manbalarda keng uchraydi va antimetabola, antimetatezis hamda antimetalepsis kabi tushunchalar bilan bogʻlangan. Ushbu figura til birliklarini parallel tarzda joylashtirishi bilan birga, maʼno qarama-qarshiligi hamda sabab-oqibat munosabatini kuchaytiradi. Aslida xiyazmning asosiy xususiyati AB/BA shaklidagi simmetrik tuzilishdir, biroq badiiy matnda u murakkabroq uslubiy variantlarda ham namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, “vatanim menga nima berdi deb emas , men vatanimga nima berdim deb yasha” kabi misolda soʻzlarning simmetrik 53 shaklda oʻrin almashinishi va maʼno oʻzgarishiga uchrayotganligini taʼsirli uslubda berilayotganini koʻrishimiz mumkin. Bizning fikrlash uslublarimiz, muammolarni hal qilish va mahsulot yaratish jarayonimizga katta taʼsir koʻrsatadi hamda aql-idrokimiz qanday ishlashini aks ettiradi [1]. Xiyazmlar — bu teskari tartibda til birliklarini takrorlashdan iborat boʻlgan nutqiy sanʼat shakllaridir. U klassiklar tomonidan yunoncha χ harfiga oʻxshashligi sababli shu nom bilan atalgan, chunki bu harf xochni ifodalaydi “Chiazmus” atamasi ritorikaga xosdek tuyulsa-da, aslida bu uslub hamma uchun tanish boʻlib, masalan, quyidagi maqollarda yoki mashhur iqtiboslarda uchraydi: yeyish uchun yashama, yashash uchun ye yoki yurt senga nima bera olishi haqida emas, sen yurt uchun nima qila olishing haqida oʻyla [2]. Xiyazm (chiasmus) qadimiy ritorik sanʼat sifatida antik davr manbalarida oʻz ifodasini topgan. Aristotel va Kvintilian kabi klassik ritorikachilar bu figurani nutqning taʼsirchanligini oshirishda muhim vosita sifatida baholaganlar. Ularning taʼrifida chiasmusning asosiy xususiyati – elementlarning oʻzaro teskari tartibda joylashuvi va shu orqali mantiqiy hamda emotsional urgʻu berilishidir [3]. Qadimiy diniy matnlarda va falsafiy risolalarda bu figura keng qoʻllanilib, qarama-qarshi tushunchalar orqali tinglovchi yoki oʻquvchiga kuchli psixologik taʼsir koʻrsatgan. XIX asrdan boshlab chiasmus lingvistik termin sifatida ilmiy muomalaga kirib, stilistika va adabiyotshunoslik doirasida muntazam tadqiq qilina boshlandi. Gʻarb adabiyotshunosligida, xususan, ingliz tilidagi izlanishlarda chiasmus koʻproq siyosiy nutqlar, ritorik chiqishlar hamda badiiy matnlarda estetik taʼsirchanlikni kuchaytiruvchi vosita sifatida oʻrganilgan [4]. Shu bilan birga, u koʻpincha antitezis va parallelizm bilan bogʻliq holda tahlil qilinib, matnda muvozanat, qarama-qarshilik va sababiy bogʻlanishlarni hosil qiluvchi konstruktiv birlik sifatida tavsiflanadi. Oʻzbek adabiyotida esa chiasmus atamasi bevosita keng qoʻllanmagan boʻlsa-da, sheʼriyatda uning mazmuniy va strukturaviy koʻrinishlari tez-tez uchraydi. Mumtoz sheʼriyatda zid maʼnoli tushunchalarning simmetrik tarzda joylashtirilishi orqali lirizm va badiiy obrazlilik kuchaytirilgan [5]. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida ham chiasmus oʻzining emotsional va lingvostilistik vazifalari bilan madaniy maʼnolarni shakllantirishda muhim oʻrin tutadi [6]. Soʻnggi yillarda lingvokulturologik yondashuv asosida chiasmusning nafaqat stilistik, balki madaniy maʼno yaratishdagi funksiyalari ham eʼtiborga olinmoqda. Chunki qarama-qarshi tushunchalarning teskari tartibda joylashtirilishi milliy mentalitet, estetik qadriyatlar va madaniy konnotatsiyalarni yuzaga chiqaradi .Bu jihatdan ingliz va oʻzbek adabiyotidagi chiasmusni qiyosiy tahlil qilish, uning lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berish nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik va tarjimashunoslik uchun ham dolzarb hisoblanadi. Shunday qilib, mavjud tadqiqotlar chiasmusning ritorik va stilistik jihatlarini oʻrgangan boʻlsa-da, uning ingliz va oʻzbek sheʼriyati kontekstida lingvokulturologik tahliliga yetarlicha eʼtibor berilmagan. Mazkur maqola aynan shu ilmiy boʻshliqni toʻldirishga, chiasmusning madaniy maʼno shakllanishidagi ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi. 54 Ushbu tadqiqotning metodologik asosini qiyosiy-tahliliy va lingvokulturologik yondashuv tashkil etadi. Xiyazmning (chiasmus) ingliz va oʻzbek sheʼriyatida qoʻllanishi, ularning semantik yuklamalari hamda madaniy maʼno shakllanishidagi funksional oʻrni aniqlashda quyidagi bosqichlardan foydalanildi: 1. Matn tanlash va korpus shakllantirish. Ingliz sheʼriyatidan U.Bleyk, T.S.Eliot, U.Shekspir kabi shoirlar asarlaridan namunalar hamda oʻzbek adabiyotidan A.Navoiy, Gʻ.Gʻulom, E.Vohidov va boshqa ijodkorlarning matnlari qiyosiy korpus sifatida tanlab olindi. 2. Lingvopoetik tahlil. Tanlangan matnlardagi xiyazm namunalarining poetik xususiyatlari, ularning obrazlilik darajasi, estetik taʼsir kuchi hamda badiiy matn ichidagi sintaktik-funksional oʻrni aniqlanadi. 3. Lingvokulturologik yondashuv. Xiyazmlar orqali madaniy qadriyatlarning aks etishi, xalq mentaliteti, milliy timsollar va ramzlarning semantik ifodalanish jarayoni tahlil qilinadi. 4. Qiyosiy tahlil. Ingliz va oʻzbek sheʼriyatidagi xiyazmning qoʻllanish usullari, madaniy konnotatsiyalari hamda funksional oʻxshash va farqli jihatlari aniqlanadi. 5. Diskursiv tahlil elementlari. Sheʼriy matnlarning konteksti va ularning oʻquvchi ongida uygʻotadigan madaniy-assotsiativ bogʻlanishlari ham koʻrib chiqiladi. Tadqiqot davomida deskriptiv, qiyosiy-tahliliy, interpretativ usullardan foydalanildi. Metodologik jihatdan H. Gardnerning “Multiple Intelligences Theory” (1999) [7], M.Dubremetzning chiasm boʻyicha ilmiy qarashlari (2013) [8], hamda lingvokulturologiya boʻyicha mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ishlari tayanch nuqta sifatida tanlandi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, xiyazm (chiasmus) ingliz va oʻzbek sheʼriyatida turli lingvopoetik va lingvokulturologik funksiyalarni bajaradi. Ingliz sheʼriyatida u, asosan, qarama-qarshi tushunchalarni kuchaytirish, dramatik taʼsirni oshirish hamda individual poetik uslubni shakllantirishda qoʻllaniladi. Masalan, T.S.Eliot va U.Shekspir asarlarida xiyazm oʻquvchi eʼtiborini semantik keskinlikka qaratish vositasi sifatida xizmat qiladi. Oʻzbek sheʼriyatida esa xiyazm koʻproq ramziy maʼno, madaniy timsollar va xalqona qarashlarni ifodalashda muhim rol oʻynaydi. A.Navoiyning asarlarida bu uslub estetik uygʻunlik yaratish, milliy qadriyatlarni badiiy shaklda koʻrsatish bilan uzviy bogʻliqdir. Shuningdek, zamonaviy shoirlarda ham xiyazm poetik tajriba vositasi sifatida ishlatilmoqda. Qiyosiy tahlil shuni koʻrsatadiki, ingliz va oʻzbek sheʼriyatida xiyazmlar tuzilishi jihatidan oʻxshash boʻlsa-da, ularning semantik yuklamasi va madaniy maʼno shakllantirishdagi funksiyalari turlicha. Ingliz sheʼriyatida individualizm va dramatizm kuchli boʻlsa, oʻzbek sheʼriyatida milliylik, ramziylik va estetik uygʻunlik yetakchi oʻrin egallaydi. Bu farqlar, bir tomondan, madaniy anʼanalarning oʻziga xosligi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan, poetik tafakkurning rivojlanish bosqichlarini ham koʻrsatadi [9]. Natijalar shuni tasdiqlaydiki, xiyazm lingvokulturologik tahlil uchun samarali mezon boʻlib, adabiyotshunoslikda ham, tarjimashunoslikda ham qoʻllanishi mumkin. 55 Shuningdek, tadqiqot koʻrsatdiki, xiyazm nafaqat poetik vosita, balki madaniy maʼno shakllanishining muhim konstruktiv usuli sifatida ham baholanishi lozim .Shu bois, mazkur figura lingvistik va madaniy tadqiqotlarda alohida ilmiy ahamiyatga ega. Yuqoridagi tahlillar shuni koʻrsatdiki, xiyazm (chiasmus) ingliz va oʻzbek sheʼriyatida oʻziga xos lingvopoetik va lingvokulturologik funksiyalarga ega. Ingliz sheʼriyatida u, asosan, semantik qarama-qarshilikni kuchaytirish, dramatik taʼsir yaratish hamda individual poetik uslubni shakllantirishda qoʻllaniladi. Oʻzbek sheʼriyatida esa xiyazm milliy ramzlar, xalqona qarashlar va estetik uygʻunlikni ifodalash vositasi sifatida namoyon boʻladi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni anglatadiki, ikki adabiyotda ham strukturaviy oʻxshashlik mavjud boʻlsa-da, madaniy maʼno shakllanishida sezilarli farqlar mavjud. Ingliz sheʼriyatida individualizm va dramatizm ustun boʻlsa, oʻzbek sheʼriyatida milliylik, timsollilik va ruhiy-estetik uygʻunlik yetakchilik qiladi. Mazkur tadqiqot, shuningdek, oʻzbek va ingliz adabiyotida badiiy sanʼatlarning lingvistik hamda madaniy asoslarini oʻrganishda yangi istiqbollarni ochib beradi. Adabiyotlar roʻyxati: 1. Kao C. Exploring the relationships between analogical, analytical, and creative thinking // Thinking Skills and Creativity. – 2014. – Vol. 13. – Pp. 80–88. 2. Dubremetz M. Chiasmusning lingvistik va ritorik tahlili // Uppsala universiteti, Lingvistika va filologiya kafedrasi. – Uppsala, Shvetsiya. 3. Aristotle. On rhetoric: A theory of civic discourse (G. A. Kennedy, Trans.). Oxford University Press (2007). 4. Dubremetz, M. Automatic discovery of chiasmus in texts. Uppsala: Uppsala University (2013). 5. Joʻrayev N. Navoiy poetikasida badiiy sanʼatlar. Toshkent: Maʼnaviyat. 6. Yusupov O. Oʻzbek sheʼriyati va lingvopoetika masalalari. Toshkent: Akademnashr (2018). 7. Gardner H. Intelligence Reframed: Multiple Intelligences for the 21st Century. New York: Basic Books (1999). 8. Dubremetz M. Automatic Discovery of Chiasmus in Texts. Uppsala University (2013). 9. Karasik V.I. Yazykovoy krug: lichnostʼ, kontsepty, diskurs. Volgograd: Peremena (2002).