TURK RASMIY MULOQOTIDA INTERVYU JANRINING OʻRGANILISHIDAGI YONDASHUVLAR
Abstract
Maqolada intervyu janrining rasmiy muloqotdagi oʻrni va funksional xususiyatlari turli fanlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Intervyu institutsional diskurs turi sifatida baholangan hamda uning kommunikativ-struktur jihatlari, savol-javob formati, rasmiylik darajasi va nutqiy strategiyalari oʻrganilgan. Turk tilshunosligi doirasida olib borilgan tadqiqotlar asosida rasmiy kontekstdagi intervyularning lingvopragmatik xususiyatlari aniqlangan. Mavjud tadqiqotlarda metodologik aniqlik, intervyu turlarining belgilanishi hamda tahlil usullarining izchil yoritilmagani aniqlangan. Intervyuning rasmiy muloqotdagi janr va kommunikativ birlik sifatidagi roli ochib berilgan.
Full text
59 TURK RASMIY MULOQOTIDA INTERVYU JANRINING OʻRGANILISHIDAGI YONDASHUVLAR Tamilla Annazarova, Oriental universiteti Tillar-2 kafedrasi turk tili oʻqituvchisi Annotasiya: Maqolada intervyu janrining rasmiy muloqotdagi oʻrni va funksional xususiyatlari turli fanlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Intervyu institutsional diskurs turi sifatida baholangan hamda uning kommunikativ-struktur jihatlari, savol-javob formati, rasmiylik darajasi va nutqiy strategiyalari oʻrganilgan. Turk tilshunosligi doirasida olib borilgan tadqiqotlar asosida rasmiy kontekstdagi intervyularning lingvopragmatik xususiyatlari aniqlangan. Mavjud tadqiqotlarda metodologik aniqlik, intervyu turlarining belgilanishi hamda tahlil usullarining izchil yoritilmagani aniqlangan. Intervyuning rasmiy muloqotdagi janr va kommunikativ birlik sifatidagi roli ochib berilgan. Kalit soʻz: rasmiy muloqot, intervyu, diskurs, kommunikativ diskurs, kommunikativ tahlil, rasmiy kontekst. Abstract: The article examines the role and functional features of the interview genre within formal communication across various disciplinary perspectives. The interview is considered an institutional discourse type, with focus on its communicative-structural aspects, question–answer formats, degree of formality, and speech strategies. Based on studies in Turkish linguistics, the pragmatic characteristics of interviews in formal contexts are analyzed. A lack of methodological clarity, typological classification of interviews, and analytical procedures in existing research is identified. The interviewʼs function as a genre and communicative unit in official discourse is outlined, highlighting its significance for further linguistic and interdisciplinary studies. Keywords: formal communication, interview, discourse, communicative discourse, communicative analysis, formal context. Intervyu tushunchasi turli sohalar nuqtai nazaridan farqli taʼriflarga ega: sotsiologik, sotsiolingvistik, antropologik, jurnalistik va boshqalar. Oʻzbek milliy ensiklopediyasida mazkur tushuncha quyidagicha taʼriflanadi: intervyu (ing. Interview — uchrashuv) — publisistika janri boʻlib, jurnalistning bir yoki bir necha shaxs bilan dolzarb masalalar yuzasidan suhbati. U ikki turga boʻlinadi: 1. Xabar — asosan, axborot yetkazish maqsadida oʻtkaziladi; 2. Tahlilda — muhim voqea, hodisa va hujjatlar sharhda beriladi. Mazkur ishimizda shu taʼrifga asoslanamiz. Intervyu va uning turlari haqida soʻz borgach, ushbu muloqot shaklining rasmiy muloqot tizimidagi oʻrni va ahamiyati haqida ham toʻxtalish lozim. Rasmiy muloqot kitobiy uslublar qatoriga kirib, ogʻzaki nutq shaklida boʻlishi bilan birga, yozma nutq shaklida ham aks etiladi. Rasmiy muloqot majlislar, tantanali yigʻilishlardagi chiqishlar, qabul marosimlari, davlat va jamoat arboblarining maʼruzalari, uchrashuvlar, intervyular va hokazolarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy muloqot insonlararo
60 munosabatlarning nihoyatda muhim va mutlaqo rasmiy sohalariga xizmat qiladi: davlat hokimiyati va aholi oʻrtasidagi, davlatlar oʻrtasidagi, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar oʻrtasidagi, shaxs va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar. 1 Ayni paytda, rasmiy muloqotda mazmunning nihoyatda muhimligini inobatga olgan holda, bir tomondan, har qanday noaniqlik, turlicha talqin qilinish imkoniyatini istisno qilishi lozim. Boshqa tomondan esa, rasmiy muloqotga mavzular doirasining nisbatan cheklanganligi xos. Rasmiy muloqotning shu ikki xususiyati unda anʼanaviy, barqaror til vositalarining mustahkamlanishiga va nutq qurilishining maʼlum shakl hamda uslublarini ishlab chiqilishiga olib kelgan. Boshqacha aytganda, rasmiy muloqot quyidagilar bilan tavsiflanadi: nutqning yuqori darajadagi tartibga solinganligi (ifoda vositalari va ularni qurish usullarining belgilangan zaxirasi mavjud), rasmiylik (bayonning qatʼiyligi; soʻzlar odatda oʻzining toʻgʻridan-toʻgʻri maʼnosida qoʻllaniladi, obrazlilik deyarli yoʻq, badiiy til vositalari juda kam hollarda ishlatiladi) va shaxsiylikdan xoli boʻlish (rasmiy nutq aniq shaxsiylik va individuallikdan qochadi). Intervyu tushunchasining oʻrganilganlik darajasini tadqiq qilish jarayonida uning quyidagi sohalarda tahlil qilinganligining guvohi boʻldik. Tilshunoslik sohasida intervyu diskursiv va kommunikativ tahlil qilinib, u institutsional diskurs turi sifatida koʻrib chiqiladi. Unda soʻzlashuv strategiyalari va taktikasi, savol turlari, javoblarning tuzilishi, nutqiy aktlar, muloyimlik darajasi va manipulyativ mexanizmlar tahlil qilinadi. Shuningdek, intervyuer va intervyu beruvchining soʻzlashuvdagi roli va oʻzaro munosabatlari alohida oʻrganiladi. Pragmatik jihatdan intervyudagi implitsit maʼnolar, nutqiy maqsadlar va kontekstual omillar tahlil etiladi. Sotsiolingvistika nuqtai nazaridan intervyu turli ijtimoiy guruhlar nutq amaliyotini oʻrganish vositasi sifatida qaraladi. Gender, yosh, ijtimoiy maqom, dialekt farqlari kabi omillar inobatga olinadi. Lingvostilistik va janr hususiyatlari tahlil qilinganda intervyu ommaviy, rasmiy, ilmiy yoki siyosiy sohalardagi janr sifatida oʻrganiladi. Jurnalistika, siyosat va boshqa sohalardagi intervyu tilining oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Jurnalistika va mediakommunikatsiyalar sohasida intervyu mediamatnning asosiy janri sifatida qaraladi. Uning tuzilishi, maqsadli yoʻnalishi, jamoatchilik ongiga taʼsir koʻrsatish xususiyatlari va savol berish texnikasi oʻrganiladi. Axborotli, portretli, muammoli kabi turli intervyu shakllari ajratiladi. Sotsiologiya va madaniyatshunoslik sohasida intervyu sifatli tadqiqotlarning (chuqur intervyu, fokus-guruhlar va h.k.) asosiy usuli sifatida faol qoʻllaniladi. U ijtimoiy voqelik haqida empirik maʼlumot olish usuli sifatida oʻrganiladi. Psixologiya va psixolingvistika sohasida intervyu shaxsiy xususiyatlar, motivatsiya va emotsional holatni tahlil etishda qoʻllaniladi. Unda ishtirokchilarning ogʻzaki va noverbal xattiharakatlariga eʼtibor qaratiladi. Siyosatshunoslik sohasida intervyu taʼsir koʻrsatish vositasi, imidj shakllantirish va manipulyativ texnologiya sifatida tahlil etiladi. Siyosiy intervyular, ishontirish strategiyalari va siyosatchi obrazini yaratish jarayonlari oʻrganiladi. Bu xususda Brinkmann, S., & Kvale, S. (2015), Seidman, I. (2019), Junnier, F., (2024), Белановский, С. А. (2001), Петрова, Л. Е. (2023), Чеховский, 1 Narkhodjaeva, Khurshida. (2023). Characteristics of Official Communication Culture. Anglisticum. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 13(3), 1-12. https://doi.org/10.58885/ijllis.v13i3.41nk
61 И. В. (2009), Dömbekci, H. A., & Erişen, M. M. (2022), Karahan, S., Uca, S., & Güdük, T. (2022), Kekezoğlu, E. (2004), Polat, A. (2022), Turancı, E. (2023), Uslu, F., & Demir, E. (2023), Асамова, У. (2023), Shamsiddinova, D. (2024), Yusupova, N. (2023), Ибрагимова, Р. (2022), Худойназарова, Д. (2023) lar tadqiqotlarga murojaat etish mumkin. Bu tadqiqotlarda intervyudan foydalanishning metodologik jihatlari batafsil yoritilmagan, xususan, qaysi turdagi intervyu qoʻllanganligi — chuqur intervyu, yarim tuzilgan yoki toʻliq tuzilgan intervyu ekanligi aniq koʻrsatilmagan; shuningdek, respondentlarni tanlash mezonlari va tartibi hamda olingan javoblarni tahlil qilish usullari haqida ham batafsil maʼlumot berilmagan, bu esa tadqiqotni takrorlash va tanlangan usulning ilmiy masalalar kontekstida asoslanganligini tushunishni sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Shu oʻrinda aniqlashtirish joiz-ki, tadqiqotimiz tilshunoslik sohasidagi izlanishlarga asoslanadi. Turk tilshunosligida intervyu janri rasmiy kontekstda keng qamrovli tarzda oʻrganilmagan boʻlsa-da, bir qator turk olimlarining ishlari ushbu masalaning chegaralarini belgilashga yordam beradi. Ular orqali nutq amaliyoti hamda rasmiy muloqotning kommunikativ hususiyatlari yoritiladi. Tadqiqotimizda quyidagi ishlarni koʻrib chiqamiz. Özge Demirelning “A Research On The Differences Between Business Negotiation Styles Of Turkish And American Managers” (manba: Dergipark) nomli maqolasida intervyu biznes muloqot diskursi sifatida talqin qilingan. Unda Turkiya va AQSH rasmiy doira vakillari oʻrtasidagi muzokaralar uslublaridagi oʻziga xosliklar tahlil qilingan. Muallif intervyuni empirik tadqiqot usuli sifatida qoʻllaydi, bu esa biznes muhitida ishlatiladigan rasmiy kommunikativ modellarning tahlilini amalga oshirish imkonini beradi. Muzokaralarda ishtirok etganlar bilan oʻtkazilgan intervyular orqali dalillarni keltirish, uslubiy ifoda vositalari va diskursdagi biznes muloqot doirasi darajasidagi farqlar aniqlanadi. 1 Didar Akarning “The macro contextual factors shaping business discourse: The Turkish case” nomli tadqiqoti Turkiyada rasmiy diskurs shakllanishiga taʼsir etuvchi madaniy va institutsional omillarni yoritadi. Intervyu janri tadqiqotning markazida turmasa-da, ushbu ish formal kommunikasiya janrlarini, jumladan intervyuni, tahlil qilish uchun muhim nazariy asos boʻlib xizmat qiladi. 2 Çağan Günning “An analysis on the daytime woman talk shows in Turkey” nomli magistrlik dissertasiyasi (manba: METU ochiq kutubxonasi) Turkiyadagi kunduzgi ayollar tok-shoulari doirasida olib borilgan intervyularni oʻrganadi. Tok-shou koʻngilochar koʻrsatuv namunasi boʻlsa ham muallif intervyuning tuzilmasi, rollarning taqsimlanishi va leksik-grammatik xususiyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda intervyuning struktur tuzilmaviy jihati nutqiy akt nuqtai nazaridan tahlil qilingan. 3 Emre Seyrekning “Türkiyeʼde İşe Gömülmüşlük Üzerine Yapılan Araştırmaların İçerik Analizi” nomli maqolasi ishchilarning ishga boʻlgan qiziqishi va ishtirokini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda intervyu va soʻrovnoma asosiy empirik usullar 1 Demiral, Ö. (2018). A Research On The Differences Between Business Negotiation Styles Of Turkish And American Managers. Ege Akademik Bakış Dergisi, 18(2), 199–212. https://dergipark.org.tr/en/pub/eab/article/499119 2 Akar, D. (2002). The macro contextual factors shaping business discourse: The Turkish case. ResearchGate. https://doi.org/10.13140/RG.2.1.3236.4643 3 Gün, Ç. (2006). An analysis on the daytime woman talk shows in Turkey (Magistrlik dissertatsiyasi). Middle East Technical University, Graduate School of Social Sciences. https://open.metu.edu.tr/handle/11511/16588
62 sifatida qoʻllaniladi. Mazkur ishda muallif intervyuning janr xususiyatlariga alohida eʼtibor qaratmaydi, biroq intervyu jarayonida yuzaga kelgan dialoglar va nutq strategiyalari rasmiy diskursni pragmalingvistik va diskursiv tahlil qilish uchun foydali manba deb qaraydi. 1 Intervyu fanlar tarkibidagi umumiy bir hodisa sifatida oʻrganilib, diskursning yuqorida taʼkidlangan ikki jihati nuqtai nazaridan, kommunikativ yondashuv doirasida oʻrganilgan boʻlsa-da, ular media intervyular, biznes muloqot intervyulari mavzulari doirasidadir. Koʻrilgan turk tadqiqotchilarining ishlari yoki rasmiy shaxslar (masalan, mansabdor shaxslar, rasmiy ekspertlar) bilan oʻtkazilgan haqiqiy intervyularni tahlil qilishga qaratilmagan, yoki intervyu faqat maʼlumot toʻplash usuli sifatida ishlatilgan. Yaʼni, janr sifatida, uning tuzilishi, rasmiylik darajasi, pragmatikasi, rollari, murojaat shakllari oʻrganilmagan. Taʼkidlash joizki, intervyu ham bosma ham ogʻzaki koʻrinishga ega boʻlib, mazkur ishimizda intervyuning ogʻzaki turi xususida fikr yuritildi. Oʻz-oʻzidan savol tugʻilishi mumkin. Intervyuni rasmiy muloqot kontekstida oʻrganish zarurati nima uchun dolzarb? Nima sababdan bu mavzuga murojaat qilish ehtiyoji mavjud? Til - biror oʻquv qoʻllanma yoki bir kitob koʻrinishida mavjud emas. U nutqiy janrlar yigʻindisi tarkibida mavjuddir. Ayrim hollarda uslub, uslubshunoslik (stilistika) deyilishi mukin. Umuman til - nutqning bir turidir. Shu nuqtai nazardan qaralganda, tilning bir qismi sifatida aks etuvchi rasmiy muloqotdagi intervyu hodisasini oʻrganish turk tilini oʻqitish amaliyotini amalga oshiruvchi mutaxassislar, turli rasmiy, biznes, ishbilarmonlik treyninglari tayyorlovchi mutaxassislariga nazariy va amaliy asos boʻlishi mumkin. Tadqiqot natijalaridan ilmiy izlanishlar olib borishda, ilmiy maqolalar, risola va oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqishda, shuningdek, boshqa turdagi ilmiy-amaliy izlanishlarda samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, axborotni qabul qilish va qayta ishlashda koʻrish kanali ahamiyati ortdi, yozma nutqda ogʻzaki nutq taʼsiri ostida verbal va noverbal komponentlar funksiyalarining qayta taqsimlanishi yuz berdi. Shunday qilib, ayni haqiqatning oʻzi kommunikasiyaning noverbal komponentini tadqiq qilishga undamoqda, u esa yangi ilmiy paradigmalar doirasida oʻrganilayotgan markaziy obyektlardan biriga aylanmoqda. Yuqorida tahlil qilingan manbalar shuni koʻrsatadiki, rasmiy diskursda intervyu janriga oid maxsus tadqiqotlar hozircha yetarli emas. Bu janr turli ilmiy ishlarda bilvosita yoki yordamchi komponent sifatida oʻz aksini topgan. Ushbu intervyular maʼlumot toʻplash usuli sifatida; rasmiy muloqot vositasi sifatida; televizion hamda korporativ diskurs elementlari sifatida qoʻllaniladi. Tahlillar turk tilida intervyu janrining lingvopragmatik tahlili uchun dastlabki qoʻzgʻalish nuqtasi vazifasini oʻtadi. Kelgusida intervyularni paralingvistik va kommunikativ xususiyatlari asosida chuqurroq oʻrganish istiqbollari mavjud. 1 Seyrek, E. (2023). Türkiye’de İşe Gömülmüşlük Üzerine Yapılan Araştırmaların İçerik Analizi. Iğdır Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi, (31), 396–412. https://dergipark.org.tr/tr/pub/igdirsosbilder/article/1193179
63 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Narkhodjaeva, Khurshida. (2023). Characteristics of Official Communication Culture. Anglisticum. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 13(3), 1-12. https://doi.org/10.58885/ijllis.v13i3.41nk 2. Demiral, Ö. (2018). A Research On The Differences Between Business Negotiation Styles Of Turkish And American Managers. Ege Akademik Bakış Dergisi, 18(2), 199–212. https://dergipark.org.tr/en/pub/eab/article/499119 3. Akar, D. (2002). The macro contextual factors shaping business discourse: The Turkish case. ResearchGate. https://doi.org/10.13140/RG.2.1.3236.4643 4. Gün, Ç. (2006). An analysis on the daytime woman talk shows in Turkey (Magistrlik dissertatsiyasi). Middle East Technical University, Graduate School of Social Sciences. https://open.metu.edu.tr/handle/11511/16588 5. Seyrek, E. (2023). Türkiyeʼde İşe Gömülmüşlük Üzerine Yapılan Araştırmaların İçerik Analizi. Iğdır Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi, (31), 396– 412. https://dergipark.org.tr/tr/pub/igdirsosbilder/article/1193179