Full text
66 INGLIZ TILIDAGI “FAMILY”- “OILA” QADRIYaT KONSEPTINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI Nizamova Salomat Usmanovna, Oriental universiteti, Tillar - 2 kafedrasi katta oʻqituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada “family-oila” giperkonsepti sifatidagi qadriyat tushunchasi tilini, uning xususiyatlari va ushbu qadriyat tushunchasini tashkil etuvchi mezonlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Belgilangan vazifalarni hal qilish uchun lingvistik materialni tahlil qilish algoritmini ishlab chiqish zarur boʻlib tuyuladi, bu esa ingliz tilidagi “family-oila” qadriyat konseptining amal qilishining pragma-semantik va lingvomadaniy parametrlarini toʻliq tushunishga imkon beradi. Dominant qadriyatlarni aniqlash maqsadida amerikalik mualliflar tomonidan badiiy adabiyot matnlari asosida oilaviy qadriyatlarning til vakillarining pragma-semantik, kognitiv-semantik tahlili – “family-oila” konseptining semantik koʻlamini tashkil etuvchi asosiy mezonlar tahlil qilindi. Kalit soʻzlar: dwelling, salbiy munosabat, ijobiy munosabat, yashirin munosabat, qadriyat, relations, oilaviy munosabatlar, qarindoshlik munosabatlari, children, farzandlarga munosabat. Abstract. This article is devoted to the study of the language of the concept of value as a hyperconcept “family”, its features and the criteria that form this concept of value. To solve the specified tasks, it is necessary to develop an algorithm for analyzing linguistic material, which will allow us to fully understand the pragmaticsemantic and linguocultural parameters of the functioning of the concept of value “family” in the English language. In order to identify dominant values, American authors conducted a pragmatic-semantic, cognitive-semantic analysis of linguistic representatives of family values based on literary texts - the main criteria that form the semantic scope of the concept of “family”. Keywords: dwelling, negative attitude, positive attitude, hidden attitude, value, relations, family relations, kinship relations, children, attitude to children. “Family-oila” qadriyatlari konseptining tizimlashtirish va uning konseptual sohasining asosiy xususiyatlarini tavsiflash katta ahamiyat kasb etadi. Avvalgi maqolamizda biz britan Oxford Learnerʼs Dictionary va amaerika Merriam Websterʼs Dictionary lugʻatlari taʼriflarining tahlili “family-oila” leksemasining asosiy/yadroli maʼnolarini aniqlash imkonini berdi. Mazkur maqolada oilaviy qadriyatlar va “family-oila” qadriyatlari konseptining barcha toʻplangan misollarini tahlil qilish va ularning leksik-semantik tasnifini koʻrsatib berish rejalashtirilgan. Badiiy asarlar matnlaridan foydalangan holda bunday tahlil qilish uchun asos boʻlib, birinchi navbatda, “family-oila” soʻzining maʼlum kontekstlar doirasida amalga oshiriladigan asosiy maʼnolari va shu bilan oʻrganilayotgan “family-oila” konseptining mazmuni ochib bershga harakat qildik.
67 Tadqiqot materiali sifatida turli semantik tarkibga ega boʻlgan ushbu konseptning qadriyat-semantik maydoni bilan bogʻliq “family-oila” yoki oilaviy qadriyatlar konseptining obʼektivlashuvi kontekstlari hisoblanadi. “Family-oila” va boshqa konseptlarning leksik-semantik, pragma-semantik, kognativ-mazmuniy va boshqa yoʻnalishlari boʻyicha yetarli darajada ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Masalan, rus tilshunoslari N.N. Goncharova, Yu.A.Iksanova, V.I. Krasik, M.M.Kovalevskiy, V.A.Maslova, I.A.Zyuzina, D.G. Larionova, N.Yu. Kazakova, Z.A. Axmetjanova, V.B. Tyurin, N.V. Nagovitsina, A.N.Pribilova, M.Yu.Romanyuk, M.V.Zimina kabi ilmiy tadqiqotchilar rus, nemis, fransuz, ingliz, ispan, edigey, tatar va boshqa tillardagi maqollarda “family”-oila” konseptining turli yoʻnalishlarini oʻz ishlarida ochib berganlar. Oʻzbek tilshunosligida ham konsept masalasiga doir turli ishlar, yaʼni Z.I.Salieva, A.M. Bazarbaeva, K.M. Amanullaeva, Sh.Q. Shamsieva, N.B. Kuldosheva, D.K. Baxronova, Z.R. Gulyamova, Yu.T. Nosirov va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, turli konseptlar, turli yoʻnalishlarda tadqiq etilgan. Biroq aynan va “family”-oila” konsepti oʻzbek lingvistikasida alohida tadqiqot darajasida oʻrganilmagan. Ushbu maqolada yetakchi tadqiqot usullari sifatida, taʼrifiy, qiyosiy, tavsifiy, uzluksiz tanlab olish usuli, konseptual tahlil usuli, lingvokulturologik usul va lugʻat taʼriflarini tahlil qilish metodlari qoʻllanildi. Pragma-semantik va kognitiv tahlil uchun kontekst sifatida XX –XXI - asrlarda yozilgan quyidagi badiiy janrdagi adabiyotlar – Loren Vaysbergerning “Prada kiygan iblis”, Daniel Stilning “Baxt” (“Dadajon”), Nikolas Sparksning “Soʻnggi qoʻshiq” kabilar tanlab olindi. Loren Vaysbergerning “Prada kiygan iblis”, Daniel Stilning “Baxt” (“Dadajon”), Nikolas Sparksning “Soʻnggi qoʻshiq” asarlarda yozuvchilar oilaning ahamiyati va oilaning bosh qahramonlar hayotidagi oʻrni kabi oilaviy qadriyatlar masalasini koʻtaradilar. “Family-oila” giperkonseptsining qadriyat toifalarining lingvistik tasvirlarini toʻplash uchun ishlatiladigan barcha sanʼat asarlarining qahramonlari Amerika til madaniyati vakillari boʻlganligi sababli, ularning oilaviy qadriyatlari boshqa xalqlar olamining qadriyat manzarasida taqdim etilgan qadriyatlardan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Barcha toifalar lingvistik talqin shaklida taqdim etilgan qadriyat xususiyatlari va belgilari nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Avvalo, “family-oila” leksemasining taʼrifiy tahlil natijasida olingan asosiy belgilarini aks ettiruvchi kontekstlarni koʻrib chiqamiz. Shunday qilib, birinchi guruhni family tushunchasining dwelling maʼnosidagi “muayyan munosabatlar bilan birlashgan odamlar guruhi tomonidan umumiy boʻlgan uy, xonadon, boshqa yashash joyi" sifatida ifodalanishidagi misollar tashkil etadi. (1) It took four weeks for me to feel human again and another two until I began to feel that living at home was unbearable. Mom and Dad were great, but being
68 asked where I was going every time I left the house—or where Iʼd been every time I returned—got old quickly 1 . Ushbu misol (1) Lauren Vaysbergerning “Prada kiygan iblis” kitobidan olingan boʻlib, qahramon ayol otasining uyini tark etib, endi yaqin oʻtmishni eslaydi. Kontekstdan biz bosh qahramonning “uy” haqidagi tushunchasi oilasi “Mom and Dad” bilan bogʻliqligini bilib olamiz. Biroq, “unbearable” sifatdoshi va “got old quickly” iborasi tufayli qahramonning uyga nisbatan munosabati juda salbiy ekanligini tushunish mumkin, bu tushunarli, chunki balogʻatga etgan koʻplab odamlar, shu oʻrinda qahramaon ayol ham uydan imkon qadar tezroq chiqib ketishga va mustaqil kattalar hayotini boshlashga intilgan. (2) She lived in Purchase, New York, in a beautiful house they almost owned, after fourteen years of struggling with the mortgage. She had three children, one dog, the last hamster had finally died the year before. And she had a husband she loved 2 . Daniel Stilning “Baxt” (“Dadajon”) asaridagi misolda (2) butunlay boshqacha manzarani kuzatish mumkin. Bizning oldimizda qariyb 20 yildan beri turmush qurgan qahramon ayol turadi. Bu misolda “uy” leksemasiga “beautiful” deb ijobiy baho berilgan. “Fourteen years of struggling with the mortgage” soʻzlarida egalik qilish uchun uzoq kutilgan uyning qadriyati aniq ifodalangan. Bundan tashqari, kontekstda biz “family-oila” leksemasining boshqa yadro maʼnolarini – “children”, “relations” (“three children”, “a husband she loved”) ham kuzatamiz. (3) She wasnʼt just visiting her dad. Visiting implied a weekend or two, maybe even a week. She supposed she could live with a visit. But to stay until late August? Pretty much the entire summer? That was banishment… 3 . Nikolas Sparksning “Soʻnggi qoʻshiq” kitobidan olingan misol (3) ham tadqiqot uchun qiziqarlidir. Bu yerda onasi bilan ajrashgan otasining uyiga yozni oʻtkazish uchun borgan oʻsmir qiz qahramon haqida soʻz ketadi. Ushbu misolda dwelling maʼnosi yashirin boʻlib, u qahramonning otasi bilan “qolishi” kerakligini “banishment” ga ishora deb hisoblaydi. Bolalar va ota oʻrtasidagi yomon munosabatlar bilvosita aks ettirilgan, shuning uchun qahramonning otasi yashaydigan joy ham salbiy baholanadi. Shunga qaramay, boshqa “children”, “relations” kabi yadroviy maʼnolar bilan oʻzaro taʼsir kuzatiladi. Ikkinchi guruh relations – oilaviy munosabatlar, yaqin munosabatlar, qon qarindoshlik munosabatlarini amalga oshiradigan misollar bilan ifodalanadi. (4) “… Marriage is for women who are looking for someone to support them. I want to take care of myself, Oliver Watson”. (5) In the eighteen years theyʼd been married, sheʼd become so dependent on him. He took care of all the little problems in her life, and most of the big ones. It was like living in a hermetically sealed world, with Ollie always there to protect her 4 . 1 Weisberger L. The Devil Wears Prada.- 2003. (Электрон ресурс, мурожаат санаси 09.03.2025). 2 Steel D. Daddy.- DELL PUBLISHING, 2010. – URL: file:///C:/Users/Win/Downloads/steel_danielle_daddy.pdf (Мурожаат санаси 09.03.2025) 3 Sparks N.- The Last Song.- Great Britain: Sphere, 2010. (Электрон ресурс, мурожаат санаси 09.03.2025). 4 Steel D. Daddy.- DELL PUBLISHING, 2010. – URL: file:///C:/Users/Win/Downloads/steel_danielle_daddy.pdf (Мурожаат санаси 09.03.2025).
69 Misollarda (4, 5) qahramon turmushga chiqish sabablarini tasvirlaydi. Bu nikoh qahramonning ochilishiga yoʻl qoʻymaydi, chunki 20 yil davomida bu turmush uni eriga qaram qilib qoʻyadi (“sheʼd become so dependent on him”) va buni “in a hermetically sealed world” taqqoslash tasdiqlaydi. Bu yerda oilaviy munosabatlar juda salbiy tasvirlangan. Ikki bir-biriga zid holat, yaʼni asardagi holatda boʻlgani kabi nikoh har doim boshqa oila aʼzosini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq, lekin qahramon ayol erkinlikni/mustaqillikni orzu qiladi. (6) Okay, she wasnʼt the worst mom. She really wasnʼt. And when she was feeling generous, Ronnie might even admit that she was pretty good as far as moms went.< …> and Ronnie wished for the hundredth time that sheʼd been born in May instead of August. That was when sheʼd turn eighteen, and her mom wouldnʼt be able to force her to do anything. Legally, sheʼd be old enough to make her own decisions… 1 Misolda (6) bizga oilaviy va qarindoshlik munosabatlari taqdim etiladi. Bu yerda biz bolalar va ularning ota-onalari oʻrtasidagi tushunmovchilik asosidagi avlodlar toʻqnashuvini kuzatishimiz mumkin, asosiy qahramon nazoratdan charchagan “to force” (bosim oʻtkazish) va erkinlikka, mustaqillikka “old enough to make her own decision” intilish gʻoyasi aniq ifodalangan. Yuqorida tahlil qilingan misolida (1) biz avlodlar toʻqnashuvini, otaonalarning haddan tashqari nazoratini ham kuzatamiz: Mom and Dad were great, but being asked where I was going every time I left the house—or where Iʼd been every time I returned—got old quickly. Shunday qilib, uchta misoldan foydalanib, biz ikki turdagi – qarindoshlik va yaqin munosabatlarni tahlil qildik. Shulardan kelib chiqqan holda biz bu munosabatlarni koʻpincha salbiy baholash mumkin, degan xulosaga kelishimiz mumkin, lekin ularda ijobiy holatlar (qoʻllab-quvvatlash, nazorat) ham mavjud. Uchinchi guruhga asosiy “children”- farzandlar maʼnosini ifodalovchi misollar kiradi. Daniel Stilning “Baxt” (“Dadajon”) asarida farzandlar mavzusi aniq koʻrsatilgan boʻlib, bosh qahramon va qahramon ayolning farzandlarga boʻlgan munosabati juda farq qiladi. (7) “Is that what Oliver feels too?” She didnʼt answer for a long moment. She didnʼt want to tell him that Ollie had always wanted more children.He was doing well, advancing rapidly in the firm, and even if they had been starving, he wouldnʼt have let her get an abortion. He just wouldnʼt. It was their baby. Theirs. And long before the baby came, he loved it 2 . Misollar (7, 8) bosh qahramonning farzandlariga boʻlgan mehri koʻrsatilib, bunday mehr uning xotinida boʻlmaydi. Albatta, bu misol real hayotda tez-tez uchramaydi, lekin, ayniqsa, turmush oʻrtoqlar oʻrtasida tenglik mavjud boʻlgan Amerika mentalitetida bunday holat kam boʻlsada mavjud. Bundan tashqari, “It was their baby. Theirs” jumlalarida egalik olmoshining takrorlanishi nafaqat bosh 1 Sparks N.- The Last Song.- Great Britain: Sphere, 2010. . (Электрон ресурс, мурожаат санаси 09.03.2025). 2 Steel D. Daddy.- DELL PUBLISHING, 2010. – URL: file:///C:/Users/Win/Downloads/steel_danielle_daddy.pdf (Мурожаат санаси 09.03.2025).
70 qahramon uchun farzandlarning muhimligini bildiradi, balki farzandlar u uchun oilaviy hayotining bir qismi hisoblanadi. (8) <…> he walked around the house, carrying him in his arms, while Sarah collapsed in a chair with a sigh and a glass of wine, wondering how she was going to survive it. Motherhood was definitely not her strong suit, and the apartment was so small, it was driving her crazy 1 . Misolda (9) koʻrinib turibdiki, “collapse”, “survive” feʼllarida onalik bosh qahramon uchun katta quvonch olib kelmaydi shuningdek, “drive oneʼs crazy” iborasi mazkur kontekstda keskin muhitini yaratadi. “Soʻnggi qoʻshiq” asarida otalik mehrining quyidagi misollarda koʻrsatishimiz mumkin. (9) He fell asleep almost immediately but woke an hour later. Tiptoeing outside again, he went to check on the daughter he loved more than life itself. (10) Steve loved his children more than life itself, but more than that, he knew that Jonah needed him, and once more, he was struck by the realization that he was failing as a father 2 . Misoldagi (10, 11) “more than life itself” taqqoslash farzandlarni “hayotning oʻzidan koʻra koʻproq” sevadigan qahramonning dunyoqarashidagi qadr-qimmatni koʻrsatadi. (11) Even though it didnʼt work out in the end the way you or I wanted it to, I see you and Jonah and I think how lucky I am to have you as children. In a lifetime of mistakes, you two are the greatest things that have ever happened to me” 3 . Misoldagi (12) “lucky”, “the greatest” ijobiy sifatlari farzandlarga boʻlgan muhabbatni namoyish etadi va ularning hayotdagi ahamiyatini tushunishga imkon beradi. Leksik-semantik tahlil jarayonida “family-oila” leksemasining asosiy maʼnolarining amalga oshirilishi ham ijobiy, ham salbiy boʻlish belgilarini aniqladik, bu esa oʻz oʻrnida, maʼlum kontekst doirasida oʻzini namoyon qiluvchi “family-oila” leksemasi tarkibidagi baholovchi komponentning mavjudligini koʻrsatadi. Demak, “family-oila” leksemasining taʼrifiy tahlili natijasida ochilgan oʻzak maʼnolari badiiy asar matnlarida keltirilgan lisoniy tasvirlar bilan ham tasdiqlanadi. Asosiy maʼnolar bir xil kontekstda paydo boʻlishi, oʻzaro taʼsir qilishi yoki bir-birini toʻldirishi, boshqa qadriyatlarni inkor etishi yoki maʼlum bir baholash komponenti mavjudligi sababli ustunlik qiluvchi asosiy qahramonlar olami manzarasida qadriyat sifatida ishlashi mumkin. Shuning uchun asosiy qadriyatlarni “family-oila” konseptining qadriyat-semantik koʻlamining asosiy tarkibiy qismlari sifatida koʻrish mumkin. Shunday qilib, dwelling maʼnosini amalga oshirish doirasida biz “home”ni “family-oila”ning qadriyat konsepti bilan bogʻliq tarkibiy komponent sifatida ajratib koʻrsatishimiz mumkin, relations maʼnosi er-xotin yoki oilaviy munosabatlar – 1 Steel D. Daddy.- DELL PUBLISHING, 2010. – URL: file:///C:/Users/Win/Downloads/steel_danielle_daddy.pdf (Мурожаат санаси 09.03.2025). 2 Sparks N.- The Last Song.- Great Britain: Sphere, 2010. (Электрон ресурс, мурожаат санаси 09.03.2025). 3 Ўша ерда.
71 relatives oʻrtasidagi munosabatlarda ifodalanadi, children maʼnosi ham “familyoila” qadriyat konseptining tarkibiy elementi sifatida qaralishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Steel D. Daddy.- DELL PUBLISHING, 2010. – URL: file:///C:/Users/Win/Downloads/steel_danielle_daddy.pdf (Murojaat sanasi 09.03.2025). 2. Sparks N.- The Last Song.- Great Britain: Sphere, 2010. (Elektron resurs, murojaat sanasi 09.03.2025). 3. Weisberger L. The Devil Wears Prada.- 2003. (Elektron resurs, murojaat sanasi 09.03.2025).