scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURK DUNYOSIDA O'ZBEKISTON-TURKIYA ALOQALARI: MINTAQAVIY HAMKORLIK VA KELAJAK ISTIQBOLLARI

Mo'minov Nodirbek Botir o'g'li; Hotamov Avazbek Sobir oʻgʻli

Full text

106 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc TURK DUNYOSIDA O‘ZBEKISTON-TURKIYA ALOQALARI: MINTAQAVIY HAMKORLIK VA KELAJAK ISTIQBOLLARI Mo‘minov Nodirbek Botir o‘g‘li Hotamov Avazbek Sobir oʻgʻli Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari e-mail: [email protected] Tel: +998902494943 e-mail: avazbekhotamov[email protected] Tel: +998907473732. https://doi.org/10.5281/zenodo.17731912 Annotatsiya: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi aloqalar tarixan kuchli bo‘lib, bugungi kunda iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda rivojlanmoqda. Mintaqaviy hamkorlikning yuksalishi va yangi istiqbollar, ikki mamlakatning o‘zaro manfaatlariga asoslangan rivojlanish strategiyalarini shakllantirishga imkon beradi. Ushbu maqola, O‘zbekiston va Turkiyaning o‘zaro aloqalarining 1991-1999 yillardagi hamkorligning turli sohalaridagi muvaffaqiyatli hamkorligini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston va Turkiya, hamkorlik, Toshkent, iqtisodiy. Kirish: O‘zbek va Turk xalqlarining tarixi ming yillarga borib tarqaladi. Bu ikki Turk xalqlarining tarixiga ham qarasangiz kelib chiqishi bitta hisoblanadi. Zamonaviy O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlandi. O‘zbekiston respublikasi o‘z mustaqilligini e’lon qilganida, davlat mustaqilligini birinchilardan bo‘lib 1991-yilning 16-dekabr kuni Turkiya Respublikasi tan oldi. Ikki ham dindosh, ham qardosh davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar birodarlik ruhida yo‘lga qo‘yildi, o‘zoro ishonch va manfaatlarni hisobga olgan holda rivojlantirib borildi. Mana shularning natijasida 1992-yilning 28aprel oyida Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi, 1993-yilning yanvar oyida esa O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi o‘z ishini boshladi. 1996-yil ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasida abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tamonlama shartnomalar imzolandi. Rasmiy davlat tashriflari jarayonida ta’lim, madaniyat, turizm va boshqa bir qator sohalarda aloqalar yo‘lga qo‘yildi. [1] O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1991-yilning 16-19 dekabr kunlari Turkiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya respublikasi o‘rtasidagi aloqalarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida” shartnoma, “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy hamda savdo hamkorligi to‘g‘risida bitim”, “Ahdlashuv protokoli’ kabi juda muhim hujjatlar imzolandi. Bundan tashqari ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy jihatdan amaliy yordamlar ham ko‘rsatildi. Jumladan Turkiya qizil yarim oy jamiyati, bosh vazir Sulaymon Demirel boshchiligida O‘zbekistonga dori-darmonlar, tibbiy asbob-uskunalar ka’bi yordamlarni ko‘rsatdi. Turkiya Respublikasining bosh vaziri Sulaymon Demirelning 1992-yiln 27-28 aprel kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. [2] O‘zbekiston va Turkiya munosabatlar tarixini shartli ravishda 3 bosqichga bo‘lishimiz mumkin. Birinchi bosqich XX asrning so‘nggi o‘n yili ya’ni 1991-1999 yillarni qamrab oladi. Ushbu bosqichda siyosiy va iqtisodiy aloqalarning asoslari qaror topgan. Ikkinchi bosqich 2000-2016, uchinchi bosqich esa 2016-yildan boshlanib hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari ikki tamonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, mamlakatlararo hamkorlikni kuchaytirish uchun yana qator tashriflar amalga oshirildi. Jumladan 1992-yilning 29-iyun-1 iyul 107 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc kunlari O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom karimovning Turkiyaga tashrifi, shuningdek 1994-yil iyun oyida hamda 1997-yilning noyabr oyida Turkiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. 1998-yilning oktabr oyida Turkiya respublikasining 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etdi. O‘z navbatida Sulaymon Demirel 1996-yilning 7-mayida O‘zbekistonga tashrif bilan keldi. 1996-yilning oktabr oyida Turkiya prezidenti O‘zbekistonda o‘tkazilgan Turkiy tilli davlatlar rahbarlarining oliy darajadagi IV-uchrashuvida hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi. Sulaymon demirel 1999-yilning 15-mart kuni yana bir bor O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif jarayonida Imom Al-Buxoriyning qabrini ziyorat qildi. Imom Al-Buxoriyning 1225-yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Ikki davlat prezidentlari “Sam Kochavto” qo‘shma korxonasining ochilish marosimida ham ishtirok etdi. [3] Turkiyaning Toshkent shahrida o‘z vakalotxonalarini ochgandan so‘ng “Koch xolding A Sh”, “Bursel inshoat va Makina”, “Ram Dish tijorat” kabi 20 dan ortiq yirik kompaniyalar o‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarini bog‘ladi. Ikki mamlakat hukumatlararo imzolangan muhim bitimga ko‘ra “Turkeksimbank” O‘zbekistonga bergan 250 mln dollari hajmidagi kreditning yarmi investitsiya shaklida berildi. Yirik sanoat-moliya kampaniyalaridan biri sanalgan “Koch xolding A.SH” bilan O‘zbekiston munosabatlari 1992-yildan boshlangan. Ushbu moliya giganti tarkibiga kiradigan “Ram Dish Tijorat” kampaniyasi 1993-yildan boshlab Dogan va Pejo avtomabillari hamda tibbiy jihozlarni keltirdi. O‘zbekistonning Turkiya bilan bilan iqtisodiy aloqalari nihoyatda tez rivojlanib bordi. Xususan 1995-yil eksport-import aloqalarida Turkiya Top beshta mamlakatlar tarkibiga kirgan. 1991-yildan boshlangan O‘zbek-Turk iqtisodiy aloqalari 90-yillar o‘rtalariga kelib bazi sabablarga ko‘ra biroz qisqardi. Bunda Eski sanoat mahsulotlarining keltirilishi, O‘zbekistonning xomashyo yetkazib beruvchi hudud sifatida qaralishi va O‘zbekistonning ulkan salohiyati borligiga qaramay investitsiya kiritilishida sovuqqonlikka yo‘l qo‘yilishi hisobiga kelib chiqqandi. 1994-yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom karimovning Turkiyaga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqa va hamkorlikni rivojlantirishda, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga doir hamkorlik tamoyillarini ilgari surdi. Tushinmovchiliklar bo‘lib tursada ikki davlar o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bordi. [4] Iqtisodiy aloqalarni olib borish uchun albatta transport yo‘llarining xavfsizligi va qulayligi borasidagi masalalarni hal etish albatta muhim edi. Shu asnoda 1996-yil 13-may kuni Turkmanistonda “O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya” davlatlari o‘rtasida temir yo‘l transportlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risida ko‘ptamonlama bitim imzolandi. Mazkur yo‘nalish O‘zbekiston va Turkiya O‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Turkiya havo yo‘llari” aviakompaniyalari doimiy parvozlarini yo‘lga qo‘ydi. Ikki davlat hamkorligi natijasida Turkiyaning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyalarning hajmi 1998-yilga kelib 1.5 mlrd dollardan oshdi. Bundan tashqari import mahsulotlarni O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqarilish uchun ikki tamonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yilib sanoat korxonalari barpo etildi. Jumladan paxta tolasini ishlab chiqarish kamaytirmagan holda, mazkur resursning eksport ulushini 51 foizga qisqartirish, yangi tejamkor texnalogiya qo‘llash asosiy vazifa qilib olindi. [5] O‘zbekiston o‘zining milliy manfaatlaridan kelib chiqib Turkiya bilan ikki tamonlama teng huquq va manfaatlarga asoslangan holda madaniy aloqalarni ham olib bordi. Hamkorlik ta’lim, fan va adabiyot sohalarda ham jadal rivojlandi. Jumladan O‘zbekiston xalq ta’lim vazirligi bilan Turkiya Respublikasining “Silm” shirkati o‘rtasida 1992-yil imzolangan “1992-2000” yillarga mo‘ljallangan 108 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ta’lim sohasidagi hamkorlik dasturiga binoan 1992-1993 o‘quv yilida 7 ta, 1993-1994 o‘quv yilida 14 ta, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi bilan 1992-yil imzolangan shartnomalarga binoan, 1993-1994 o‘quv yilida 7 ta, umumiy hisobda esa 28 ta O‘zbek-Turk litseylari ochildi. Mazkur litseylarning 19 tasi umumta’lim, 3 tasi tijorat, 1 tasi tijorat yo‘nalishlariga mo‘ljallangan. Oliy ta’lim sohasida ham qator kelishuvlar amalga oshirildi. [6] Iqtisodiy jihatdan ikki davlat o‘rtasida yuzlab kelishuvlar amalga oshirildi. Turkiyaning 5 mlrd dollar sarmoyaga ega bo‘lgan “Ekenjeler Xolding”ga qarashli “Ekpar” firmasi “Namangan shoyi ishlab chiqarish” aksiyadorlik jamiyatiga 7.5 mln nemis markasi miqdorida investitsiyalar sarflandi. Namanga tumanida Turkiyaning “Sar-Turk” va “Bish Tash” firmalari bilan hamkorlikda “TurkAtlas” qo‘shma korxonasi ipak matodan mahsulotlar, jumladan gilamlar ham ishlab chiqarildi. [7] Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng izchil rivojlana boshladi. Ikkala davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar tez orada mustahkamlandi va savdo, iqtisodiyot hamda madaniyat sohalarida samarali hamkorlikka asos solindi. 1990-yillarda, ayniqsa, Turkiya O‘zbekistonga iqtisodiy yordam ko‘rsatishda faol bo‘ldi. Turkiya kompaniyalari O‘zbekistonda qurilish, energetika, va ishlab chiqarish sohalarida ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. Madaniyat sohasida esa, o‘zaro talaba almashinuvi, san'at va ilmiy hamkorliklar rivojlandi. Kattadan-katta yutuqlarga erishildi. Bu davrda, ikkilamchi aloqalar mustahkamlanib, uzoq muddatli strategik sheriklikka asos yaratildi. Bu boradagi yutuqlar XXI asrga kelib yanada har tamonlama rivojlandi. Tarixiy va buyuk hamkorlik aloqalari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yanada mustahkam poydevor yaratib, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, madaniyat va iqtisodiyot sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Zokirov Saydullo Odiljon o‘g‘li. “O‘zbekistonning Turkiy davlatlar bilan aloqalari tarixi” (maqola) “New renaissance international journal to‘plami”. B 696-697. 2. 2.Rajabov Qahramon, Bekmuratov Xolmat. “O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlik tarixidan” “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent-2017. B 60-63. 3. Imamov Bobur Xo‘janazarovich. “O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida siyosiy-diplomatik aloqalarning rivojlanishi” (maqola). B 5-9. 4. https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.10791440 5. Rajabov Qahramon, Bekmuratov Xolmat. “O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlik tarixidan” “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent-2017. B 63-70. 6. Karimov Islom. “Bizdan ozod va obod vatan qolsin “ 2-jild. Toshkent. O‘zbekiston, 1996. B 1530. 7. Rajabov Qahramon, Bekmuratov Xolmat. “O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlik tarixidan” “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent-2017. B 90-95. 8. Mirzayev f. “Turk-Atlas” shu’lasi “Iqtisod va xisobot”, 1995. B 33-41.