scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

URDU GAZETASI NUTQIDAGI EVFEMIZMLAR VA TABU LEKSIKASI

Nishanova Lola Axmadovna

Abstract

Maqolada urdu tilidagi gazeta matnlarida evfemizm va tabu leksikasining qo‘llanish xususiyatlari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ijtimoiy jihatdan nomaqbul deb topilgan hodisalarni bayon etishda evfemistik ifodalardan foydalanish matbuot amaliyotida keng tarqalgan. Tadqiqotda o‘lim, siyosiy tanqid, shaxsiy-biologik jarayonlar, sog‘liq va nogironlik mavzulariga oid leksik birliklarning evfemistik variantlari misollar orqali yoritib berilgan. Muallif evfemizm va tabu hodisalarining o‘zaro munosabatini ochib beradi.

Full text

133 URDU GAZETASI NUTQIDAGI EVFEMIZMLAR VA TABU LEKSIKASI Nishanova Lola Axmadovna, Oriental universiteti mustaqil tadqiqotchisi [email protected] Annotatsiya. Maqolada urdu tilidagi gazeta matnlarida evfemizm va tabu leksikasining qo‘llanish xususiyatlari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ijtimoiy jihatdan nomaqbul deb topilgan hodisalarni bayon etishda evfemistik ifodalardan foydalanish matbuot amaliyotida keng tarqalgan. Tadqiqotda o‘lim, siyosiy tanqid, shaxsiy-biologik jarayonlar, sog‘liq va nogironlik mavzulariga oid leksik birliklarning evfemistik variantlari misollar orqali yoritib berilgan. Muallif evfemizm va tabu hodisalarining o‘zaro munosabatini ochib beradi. Kalit so‘zlar: evfemizm, tabu, lingvistik tahlil, tabu leksikasi, evfemistik ifoda. Аннотация. В статье с лингвистической точки зрения рассматриваются особенности употребления эвфемизмов и табуированной лексики в газетных текстах на урду. Применение эвфемистических выражений при освещении социально чувствительных тем является распространённой практикой в журналистском дискурсе. В статье анализируются эвфемистические замены лексических единиц, связанных с темами смерти, политической критики, физиологических процессов и здоровья. Автор раскрывает взаимосвязь между эвфемизмами и табуированными языковыми явлениями. Ключевые слова: эвфемизм, табу, лингвистический анализ, табуированная лексика, эвфемистическое выражение. Ommaviy axborot vositalari, xususan, matbuot nashrlari - ayniqsa gazetalar - jamiyatda axborot yetkazishning asosiy vositasi bo‘lish bilan birga, til madaniyatini shakllantirishda ham muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Har qanday til tizimi, ayniqsa diniy e’tiqodlar, urf-odatlar va madaniy me’yorlarga boy jamiyatda, ijtimoiy jihatdan qabul qilinishi mushkul bo‘lgan so‘z va iboralarni bevosita qo‘llashdan saqlanish maqsadida turli til vositalaridan, xususan, evfemizmlardan keng foydalanadi. Bugungi globallashuv davrida ommaviy axborot vositalari, xususan, gazeta nutqi til o‘zgarishlari va jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik holatlarning ifodachisi sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Urdu tilidagi gazetalarda evfemizmlar va tabu leksikasining qo‘llanilishi jamiyatning madaniy, diniy va axloqiy qadriyatlarini aks ettiradi. Ayni mavzuni chuqur tahlil qilish orqali urdu tili gazeta nutqidagi til vositalarining jamiyatga ta’siri, ularning qanday funksional yuklamalarni bajarayotgani, axloqiy senzura va til madaniyatiga qanday ta’sir qilayotgani ilk bor o‘rganilmoqda. Tadqiqot maqsadi - urdu tili gazeta nutqida evfemizmlar va tabu leksikasining qo‘llanilish xususiyatlarini lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilish, ularning mazmuniy-pragmatik vazifalarini aniqlash hamda ularning ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘liqligini ochib berish. Tadqiqot vazifalari - evfemizm va tabu leksikasi tushunchalarining nazariy asoslarini umumlashtirish; urdu tilidagi gazetalarda uchraydigan evfemizm va 134 tabu so‘zlarni aniqlash va ularni tasniflash; bu til birliklarining qo‘llanish kontekstlarini tahlil qilishdan iborat. Evfemizmlar - bu ijtimoiy, madaniy yoki axloqiy jihatdan nomaqbul deb hisoblangan ifodalarni yumshatilgan, madaniy mezonlarga mos shaklda bayon etish vositalaridir. Evfemizatsiya - bu taqiqlangan narsalar haqida - jamiyatda ochiq gapirish odatiy bo'lmagan narsalar haqida gapirishning yagona usuli [3: 335]. Aksincha, tabu leksikasi deb jamiyat tomonidan ochiqchasiga qo‘llanilishi nomaqbul sanalgan, odatda jinsiy, siyosiy yoki diniy mazmunga ega bo‘lgan til birliklari tushuniladi [5: 35]. Bir qator tilshunoslikka oid va madaniy tadqiqotlarda ta’kidlanganidek, hozirgi zamon tilshunosligida keng qo‘llanilayotgan “tabu” atamasi Polineziya orollari aholisi tomonidan qo‘llaniladigan Tongan tilidan olingan bo‘lib, u “muqaddas”, “daxlsiz” ma’nolarini anglatadi. Bu atama dastlab nafaqat qo‘l bilan tegish, balki og‘zaki nutqda ifodalash ham man etilgan muqaddas tabiatdagi predmetlar va hodisalarni bildirgan. Avstraliyalik tilshunoslar K.Allen va K.Burrijlar tabu leksikasini quyidagi guruhlarga ajratadi: 1) inson tanasi ishlab chiqaradigan suyuqlik va moddalar; 2) jinsiy a’zolar va u bilan bog‘liq jarayonlar; 3) kasallik, o‘lim va qotillik (shu jumladan ov va baliq ovlash); 4) ayrim shaxslarga, muqaddas mavjudotlarga, narsalarga va joylarga nom berish, ularga murojaat qilish yoki teginish, ular haqida mulohaza yuritish; 5) oziqovqat mahsulotlarini yig‘ish, tayyorlash va iste’mol qilish [1: 1]. Tabu so‘zlar har bir jamiyatning ijtimoiy, diniy va axloqiy qadriyatlariga bog‘liq holda shakllanadi. A.Hojiyevning “Lingvistik terminlar izohli lug‘ati”da tabu so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan: “Diniy eʼtiqod, irim, qo‘rqish va shu kabilar taʼsirida so‘zning ishlatilishini cheklash yoki man etish; ishlatilishida shunday cheklangan, man etilgan so‘z. Mas., chayon so‘zi o‘rnida eshak, oti yo‘q so‘zlarining qo‘llanishi” [6: 101]. “Lingvistik ensiklopedik lug‘at” asoschilari evfemizmlarni “...soʻzlovchiga nojo‘ya, qoʻpol yoki nomaqbul eshitiladigan so‘zlarning ahloqiy normalarga mos keluvchi, emotsional jihatdan neytral soʻzlar yoki iboralar bilan almashtirilishi” deb tasniflaydilar [4]. A.Hojiyevning “Lingvistik terminlar izohli lug‘ati”da evfemizm tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Evfemizm (grek. euphemismos < eu - yaхshi, phemi - gаpirаmаn) nаrsа hodisаning аnchа yumshoq shakldаgi ifodаsi; qo‘pol, beаdаb so‘z, iborа vа tаbu o‘rnidа qo‘pol bo‘lmаgаn, botmаydigаn so‘z (iborа)ni qo‘llаsh. Mаs., ikkiqаt, bo‘g‘oz so‘zlari o‘rnidа homilаdor, og‘ir oyoqli so‘zlаrini qo‘llаsh” [6: 131]. Urdu tilidagi gazeta matnlarida evfemizmlardan quyidagi tematik sohalarda keng foydalaniladi: 1. O‘lim va motamga oid evfemizmlar Gazeta matnlarida bevosita ایگ رم “mar gaya” (“o‘ldi”) so‘zidan ko‘ra, ijtimoiy jihatdan maqbulroq bo‘lgan evfemistik ifodalarga murojaat qilinadi: Tabu so‘z Evfemistik ifoda Ma’nosi اوہ توف (faut hua) ایگ وہ ارایپ وک اللہ (Allah ko pyara ho gaya) Allohga suyukli bo‘lib qoldi 135 انرم (marnā) ایگ وہ تصخر ےس ایند سا (is duniya se rukhsat ho gaya) Hayotdan ko‘z yumdi لاو ےنرم ہموحرم / موحرم (marhoom / marhooma) Marhum / marhuma 2. Siyosiy tanqid evfemizmlari Bu sohada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblov o‘rniga diplomatik iboralar qo‘llaniladi: Tabu so‘z Evfemistik ifoda Ma’nosi یئگ وہ ماکان تموکح (hukumat nakaam ho gayi) ںیہ شیپرد زجنلیچ وک تموکح (hukumat ko challenges darpaish hain) Hukumat muammolarga duch keldi ےہ ٹپرک رڈیل (leader corrupt hai) ںیئوہ ںایگطباض ےب یلام (maali bezaabtigiyan huein) Moliyaviy beqarorlik 3. O‘ta shaxsiy mavzudagi evfemizmlar Aynan ayollarga xos jarayonlarni tasvirlashda لئاسم ےک نیتاوخ Khawateen ke masail (ayollar muammolari) iborasidan foydalaniladi: Tabu so‘z Evfemistik ifoda Ma’nosi قلعت یسنج (jinsi talluq) تاقلعت زئاجان (najaiz talluqat) Noqonuniy aloqalar انز (zina) ماک طلغ (ghalat kaam) Noto‘g‘ri ish پیر (rape) یل ٹول تزع (izzat loot li) Nomusni poymol qildi 4. Kasalliklar va nogironlik mavzusidagi evfemizmlar Bu mavzuga ehtiyotkorlik bilan yondashiladi, inson qadr-qimmatini e'tiborda tutuvchi, yumshoq va hurmatga asoslangan leksikani qo‘llash odat tusiga kirgan: Tabu so‘z Evfemistik ifoda Ma’nosi اھدنا (andha) مورحم ےس ینشور (roshni se mehroom) Yorug‘likdan mahrum, ko‘zi ojiz ارہب (behra) مورحم ےس تعامس توق (quwat-e-sama’at se mehroom) Qulog‘i og‘ir لگاپ (pagal) ضیرم یغامد (dimaaghi mareez) Ruhiy xasta 136 Ushbu maqolada urdu tilidagi matbuot tilida evfemizm va tabu leksikasining qo‘llanishi lingvistik va madaniy nuqtayi nazardan atroflicha tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, evfemizm va tabu so‘zlarining ishlatilishi nafaqat til me’yorlariga, balki jamiyatning axloqiy, diniy va madaniy qadriyatlariga ham chuqur singib ketgan. Gazetada evfemizmlardan foydalanish salbiy emotsional reaksiya uyg‘otmaslik va axborotni madaniy mezonlarga muvofiq tarzda yetkazish kabi bir nechta funksiyalarni bajaradi. Tabu leksikasi va klassifikatsiyasi til va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ochib beradi. Evfemistik ifodalarning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi ba’zi holatlarda ijtimoiy muammolarning ochiq yoritilishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini inobatga olgan holda, matbuot tilida evfemizm va tabu o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Allen K., Burridge K. Forbidden words: Taboo and the Censoring of Language. Cambridge, Cambridge University Press, 2006. - 303 р. 2. Арсентьева Ю.С. Аспекты изучения эвфемизмов в английском и русском языках // Известия РГПУ им. А.И. Герцена, 2011. № 127. 136–142 с. 3. Варенина Л.П. Табуированная лексика в английском и русском языковом сознаниях // Современное педагогическое образование, 2023. №1. 334-337 с. 4. Лингвистический энциклопедический словарь. – М.: Сов. энциклопедия, 1990. – 685 с. 5. Цыдендамбаева О.C. Табу как источник возникновения эвфемии // Вестник ВятГУ, 2010. №2. 33-37 с. 6. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. - Toshkent: Fan nashriyoti, 1985. - 164 b.