scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA VAQT KATEGORIYASINING IZOMORFIK VA ALLOMORFIK IFODASI

Qudratova Muxlisa

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarida vaqt kategoriyasining struktur jihatlari yoritilib, I.G.Koshevaya, M.V.Muryanov, Ye.S.Yakovleva, N.A.Potaenko kabi tilshunos olimlarning tadqiqot ishlarida vaqt ma'noli soʻzlarning qanday tavsiflanganligi aniqlanib, ta'riflari kuzatildi va temporal leksikani izohlash yoʻllari koʻrsatishga harakat qilindi. Tilshunoslikda vaqt semantikasi uning ontologiyasi (in'ikos etishi), sistema, maydon, sathlararo ifoda, matn tuzilishidagi oʻrni, ichki ma'noviy munosabatlari nuqtayi nazarlardan tadqiq etilmoqda. Hozirgi davrda oʻzbek tilshunosligi ham ushbu yoʻnalishlarga jiddiy e'tibor bermoqda. Vaqt semantikasining leksik sistemada tutgan oʻrnini aniqlash va uning semik strukturalari, leksik-semantik guruhlari hamda matn shakllantirish imkoniyatlari tadqiq etildi.

Full text

145 INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA VAQT KATEGORIYASINING IZOMORFIK VA ALLOMORFIK IFODASI Qudratova Muxlisa, Oriental universiteti oʻqituvchi Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarida vaqt kategoriyasining struktur jihatlari yoritilib, I.G.Koshevaya, M.V.Muryanov, Ye.S.Yakovleva, N.A.Potaenko kabi tilshunos olimlarning tadqiqot ishlarida vaqt maʼnoli soʻzlarning qanday tavsiflanganligi aniqlanib, taʼriflari kuzatildi va temporal leksikani izohlash yoʻllari koʻrsatishga harakat qilindi. Tilshunoslikda vaqt semantikasi uning ontologiyasi (inʼikos etishi), sistema, maydon, sathlararo ifoda, matn tuzilishidagi oʻrni, ichki maʼnoviy munosabatlari nuqtayi nazarlardan tadqiq etilmoqda. Hozirgi davrda oʻzbek tilshunosligi ham ushbu yoʻnalishlarga jiddiy eʼtibor bermoqda. Vaqt semantikasining leksik sistemada tutgan oʻrnini aniqlash va uning semik strukturalari, leksik-semantik guruhlari hamda matn shakllantirish imkoniyatlari tadqiq etildi. Kalit soʻzlar: vaqt, kategoriya, izomorfik, allomorfik, ontologiya, konsepsiya, psixologik, ijtimoiy tarixiy. Abstract. This article is about the structural aspects of the time category in English and Uzbek, and in the research works of linguists such as I.G. Koshevaya, M.V. Muryanov, E.S. Yakovleva, N.A. Potaenko, it was determined how words with a temporal meaning were described, their definitions were observed, and an attempt was made to show ways of interpreting temporal lexicon. In linguistics, time semantics is studied from the points of view of its ontology (perception), system, field, interlevel expression, place in the text structure, and internal semantic relations. Currently, Uzbek linguistics is also paying serious attention to these areas. The place of time semantics in the lexical system and its semitic structures, lexical-semantic groups, and text formation possibilities were investigated. Keywords: time, category, isomorphic, allomorphic, ontology, concept, psychological, sociohistorical. Ingliz va oʻzbek tillarida “vaqt” kategoriyasining izomorfik va allomorfik jihatlarini oʻrganishdan oldin, izomorfizm va allomorfizm atamalariga izoh berib oʻtsak. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, izomorfizm konsepsiyasi tabiiy fanlar tizimida paydo boʻlgan va qoʻllanilgan. Keyinchalik bu tushuncha fanning boshqa sohalari, xususan falsafa, soʻngra tilshunoslikda ham ishlatila boshlagan. Lingvistik atamalar lugʻatida bu atamaga quyidagicha taʼrif beriladi: “Izomorfizm bu – bir xil obyektli tuzilmalar orasidagi munosabat. Agar bir tuzilmaning har bir elementi ikkinchi tuzilmaning faqatgina bitta elementiga toʻgʻri kelsa, bunday ikki tuzilma izomorf deyiladi.[1] Tilshunoslik sohasiga birinchi marta izomorfizm tushunchasini XX asrning oʻrtalarida polyak tilshunosi Yerzi Kurilovich olib kirgan. Kurilovich oʻzining 1949-yilda chop etilgan “Izomorfizm haqida tasavvur” nomli maqolasida tilshunoslikda izomorfizm qanday hodisa ekanligi va uning xususiyatlari haqida soʻz yuritadi.[2] 146 Izomorfizm konsepsiyasi ustida Kurilovichdan boshqa olimlar ham oʻz tadqiqot ishlarini olib boradilar. Ulardan biri E.A. Makayev izomorfizmni turli darajadagi til birliklari tuzilishining bir xilligi deb taʼriflaydi, bu esa turli darajadagi til birliklari oʻrtasidagi munosabatlarning bir xilligini keltirib chiqaradi yoki olib kelishi mumkin. Izomorflar morfologik shakllar boʻlib, ular turli kontekstlarda bir xil grammatik yoki semantik vazifani izchillik bilan ifodalaydi. Ushbu bob izomorflarni vaqt toifasi kontekstida koʻrib chiqadi, tillar vaqtinchalik munosabatlarni ifodalash uchun izchil morfologik shakllardan qanday foydalanishini tahlil qiladi. Feʼl morfologiyasidagi izomorflarni, zamon belgilarini va aspektual farqlarni koʻrsatish uchun misollar keltirilgan. Odatda izomorflar strukturaviy va vazifaviy turlarga ajratiladi. Koʻrinib turibdiki, izomorfizm tushunchasi asosan tenglik munosabatiga asoslangan boʻlib, tuzilmalar bir-biriga qiyoslab tadqiq etiladi. Izomorfizm atamasi lotin tilidan olingan boʻlib, “izo” – oʻxshash, “morfo” – shakl degan maʼnolarni anglatadi. Allomorfizm tushunchasi haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, bu tushuncha izomorfizmga zid boʻlgan tushuncha boʻlib, til boʻlimlaridagi farqlarni koʻrsatadi.[3] Xulosa qilib aytganda, izomorfizm va allomorfizm tushunchalari tilshunoslikdagi muhim konsepsiyalardan boʻlib, ular ikki til boʻlimlardagi oʻxshashlik yoki farqlarni tushuntirishda katta oʻrin tutadi. Hozirgi kungacha bu sohada kam tadqiqot ishlari olib borilgan boʻlib, ularni yanada chuqurroq va tillararo qiyosiy tadqiq qilib oʻrganish hozirgi zamoniy lingvistikaning muhim talablaridan biridir. Turli tizimli tillarda “vaqt” konseptini ifodalovchi verbal va noverbal vositalar koʻplab izomorfik va allomorfik belgilarga ega boʻlib, barchasiga tarjimada muhim ahamiyat qaratish lozim. “Vaqt munosabatlari” semantik maydonida ifodalanadigan birikmalarning konnotativ tarkibi mohiyati mazkur konseptning umumiy va oʻziga xos tavsifini aniqlashga qaratiladi va bu konsept har bir tildagi soʻzlar, soʻz birikmalari, frazeologik birikmalar maqol va aforizmlarda namoyon boʻladi va ular “vaqt” freym modeli ichida koʻriladi. Muayyan til oilasiga tegishli boʻlgan va boʻlmagan tillar sistemasidagi turli til yaruslarini chogʻishtirib tadqiq qilish keyingi yuz yillikda keng tus olganligining boisi ham shundadir. Umuman, tuzilishi jihatdan qardosh boʻlgan va boʻlmagan tillarni qiyosiy tipologik tadqiq qilish ham nazariy, ham amaliy nuqtayi nazardan ahamiyatli hisoblanadi. Zero, bunday tadqiqotlar til taraqqiyotining umumiy va oʻziga xos anʼanalarini aniqlash imkonini beradi. Qiyosiy tipologiya bir tilda maʼlum grammatik shakllar orqali ifodalangan maʼno ikkinchi bir tilda qanday vositalar asosida ifodalanishi, ushbu chogʻishtirilayotgan tillardagi til birikmalarining maʼno koʻlami jihatdan mos kelishi kelmasligini aniqlash uchun ham yordam beradi. Albatta, qiyosiy tekshirishda qiyos uchun asos qilib olingan material ham ahamiyatlidir. “Vaqt” konsepti “tillarda mujassamlashgan madaniy konseptlar” orasida yorqin ifodaga ega ekanligi bilan ajralib turadi.[4] Chunki har bir etnosning, madaniyatning vaqt birliklarini ifodalovchi koʻplab til birliklari va frazeologik birikmalari mavjud. Shuningdek, vaqtni ifodalovchi til birliklarining u tildan bu tilga oʻzlashishi, baʼzi birliklarning universal atamaga aylanganligini kuzatish mumkin. Xususan, yigirma toʻrt soat vaqtni ifodalaydigan “sutka” soʻzi oʻzbek tiliga rus tilidan oʻzlashgan. Mazkur tushunchani ifodalaydigan sof oʻzbekcha atama uchramaydi. Xuddi shu tushunchani beradigan atama ingliz tilida ham mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur 147 tushuncha ingliz tilida “twenty-four hours”, “over the entire circadian period”, “day and night” kabi birikmalarda ifodalanadi. Vaqt toʻgʻrisidagi zamonaviy tushunchalar turli-tumandir. Bunga temporal konseptlarning turli tartibdagi tasniflari asos boʻladi. Jumladan, harakat shakllarining mosligiga qarab vaqt fizik, geologik, mexanik, astronomik, biologik, ijtimoiy tarixiy, psixologik turlarda oʻz ifodasini topadi. Shuningdek, vaqt obyektiv (fizik) va subyektiv (psixologik) turlarga ajratiladi.[5] M.G. Lebedko temporal konseptlarni mazmun mohiyati va lingvomadaniy xususiyatlariga asoslangan holda quyidagicha tasniflaydi: vaqtning parametrik konseptlari (kun, tun, lahza va hokazo); insonning yoshi bilan bogʻliq konseptlar (chaqaloqlik davri, bolalik davri, oʻspirinlik davri va hokazolar); monetar konsept (vaqt pul demakdir); etik normalar bilan bogʻliq konseptlar (семеро одного не ждут, летний день бог кормит); aksiologik konseptlar (bekorchilik bilan shugʻullanmoq); faoliyat bilan bogʻliq konseptlar; makon va zamon konseptlari.[6] Til oʻzlashtirish jarayonida predmet va hodisalarni nafaqat bevosita idrok etish mumkin, balki ularni tushunchalar, turli munosabatlar tizimiga kiritish imkoniyati ham tugʻiladi. Bu esa oʻz navbatida, ular (predmet-hodisalar) haqidagi bilim miqyosini kengaytiradi.[7] Ushbu muallif eʼtiroficha, bilimning sarchashmasi doimo harakatdir, yangidan yangi obyektlarni idrok etishga yoʻnaltirilayotgan bilish harakati amaliy konsept shakllanishiga turtki boʻladi. Oʻzbek tilidagi uzoq soʻzi makon belgisi boʻlibgina qolmasdan temporal xususiyat ham kasb etadi. Mazkur birlikning temporal xususiyatiga eʼtibor qaratamiz: oʻzbek tili izohli lugʻatida – vaqtning davomli, katta, koʻp maʼnosi va uzoq tikilmoq, uzoq suhbatlashmoq kabi maʼnolari keltiriladi. Temporal tushunchalar orasida durativlik kengroq semantikaga ega. Durativlikda vaqt oraligʻi qisqa, uzun, davriy kabi koʻrinishlarda ifodalanishi mumkin. Shuning uchun ham, durativlik vaqt oʻlchami tushunchasi bilan tenglashtirib boʻlmaydi. Vaqtning nutq vaziyati bilan aloqadorligi temporallikka oid masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Michel van Lambalgen va Fritz Xamm mazkur hodisani farqlashga nisbatan fizik va biologik vaqt (physical time, biological time) tushunchalaridan foydalanadi[8]. Vaqtning konseptuallashuvi ingliz madaniyatida eksperimental hodisa sifatida qaraladi. Bu jarayon olamdagi obyektlar harakatining kechimiga bogʻliq tarzda oʻrganiladi. Oʻzbek lingvomadaniyatida vaqtning lisoniy konseptuallashuvi tabiat hodisalari va diniy qarashlar taʼsirida shakllangan degan farazni ilgari surish mumkin. Bunga quyidagi misollar isbot boʻlishi mumkin: qish chillasi, saraton pallasi, ramozon oyi, ayoz majuz olti kun qahri kelsa, qattiq kun (fevral oyining oxiri, mart oyining boshi). Vaqt tushunchasining tillarda farqlanishi bevosita gʻarb va sharq xalqlarining tabiat hodisalarini tadqiq etish natijasida ushbu xalqlar ongida shakllangan hodisadir. Shuningdek, genetik jihatdan aloqador boʻlmagan ingliz va oʻzbek tillarida vaqt tushunchasining etnolingvistik xususiyatlari va ularning frazeologiya, etnosemantika, kognitiv metaforalarda ifodalanish jihatlarini aniqlash ham muhimdir. Misol uchun inglizlarda “vaqt” tushunchasi “pul” (money) domenida oʻz ifodasini topadi. Ularning tushunchasida vaqtni bekor ketkazish “pulni behuda sarflash” bilan teng va aksincha, vaqtdan unumli foydalanish “pulni tejash” tushunchasi bilan bogʻliq. Xulosa qilib aytganda, vaqtni ifodalovchi vositalar rang-barang boʻlib, ular turli sathlarga mansubdir. Bular feʼlning zamon shakllari, vaqt maʼnoli leksemalar, bogʻlovchilar, 148 mayl shakllari, modal soʻzlar, modal feʼllar, sintaktik konstruksiyalar, intonatsiya kabilardan iborat. Turli sathlarning birliklari vaqtni turlicha ifodalash imkoniyatlariga ega. Masalan, leksik birliklar vaqtni grammatik birliklarga qaraganda bevosita va aniqroq ifodalaydi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Abduazizov A. A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – T.: Sharq, 2010 2.Курилович Е. Понятие изоморфизма / Е.Курилович// Очерки по лингвистике: сб.ст. – М., 1962. – С. 21-36. 3. Irisqulov M. T. Tilshunoslikka kirish. Darslik – T.: Yoshlar matbuoti, 2005. 4. Lebedko M.G. Vaqt madaniyatning kognitiv dominanti sifatida. Amerika va Rossiya vaqtinchalik kontseptsiya sohalarini taqqoslash / - Vladivostok: Dalnevost nashriyoti. 2012. - 240 b. 5. Gak V.G. Tilshunoslik haqida // Chet el tilshunosligida yangilik. Nashr. 25: Qarama qarshi tilshunoslik. M., 2019. B.5–17. 6. Lebedko M.G. Vaqt madaniyatning kognitiv dominanti sifatida. Amerika va Rossiya vaqtinchalik kontseptsiya sohalarini taqqoslash / – Vladivostok: Dalnevost nashriyoti. 2012. – 240 b. 7. Moʻminov S. Oʻzbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari. Filol. dok. diss. T. 2010. 8. Maslova V.A. Lingvokulturologiya / V.A. Maslova: Talabalar uchun darslik. Yuqoriroq darslik – M.: “Akademiya” nashriyot markazi, 2011. – 208 b.