scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

UBAYDIY VA UNING TURKIY DEVONI

Chimpoʻlatova Sevara Alisherovna

Abstract

Mazkur maqolada Ubaydiy va uning adabiy merosi yoritiladi. Shoh sifatida u nafaqat siyosiy faoliyat yuritgan, balki ijodkor sifatida ham adabiy-madaniy muhitni shakllantirishga e'tibor qaratgan. Uning turkiy, forsiyda devonlari, arabiyda she'rlari bor. Bu oʻz navbatida serqirra Ubaydiyning adabiy merosini chuqur oʻrganish va qadrlash zarurligini koʻrsatadi.

Full text

162 UBAYDIY VA UNING TURKIY DEVONI Chimpoʻlatova Sevara Alisherovna Oriental universiteti Sharq tillari kafedrasi, Oʻqituvchi, Mustaqil tadqiqotchi, [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada Ubaydiy va uning adabiy merosi yoritiladi. Shoh sifatida u nafaqat siyosiy faoliyat yuritgan, balki ijodkor sifatida ham adabiy-madaniy muhitni shakllantirishga eʼtibor qaratgan. Uning turkiy, forsiyda devonlari, arabiyda sheʼrlari bor. Bu oʻz navbatida serqirra Ubaydiyning adabiy merosini chuqur oʻrganish va qadrlash zarurligini koʻrsatadi. Kalit soʻzlar: Ubaydiy, devon, turkiy devon, janr, ruboiy, oʻzbek mumtoz adabiyoti. Abstract: This article discusses Ubayd and his literary heritage. As a king, he not only carried out political activities, but also, as a creator, paid attention to the formation of a literary and cultural environment. He has divans in Turkish and Persian, and poems in Arabic. This, in turn, indicates the need to deeply study and appreciate the literary heritage of the prolific Ubayd. Keywords: Ubayd, divan, Turkish divan, genre, rubai, Uzbek classical literature. Tarixdan badiiy asarlarning yozilish tarixi, bunga turtki bergan omillar, ularning tuzilishi, manbalari, tarqalish geografiyasi, taʼsir doirasi yuzasidan zamonaviy ilmiy qarash va usullarga asoslangan matnshunoslik va manbashunoslik tadqiqotlarini amalga oshirish alohida ahamiyatlidir. Zero, “...matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali oʻrganilmagan koʻpgina qatlamlarini ochib berishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida eʼtibor qaratish” 1 lozim. Bunda tadqiqotlar mazkur turdagi asarlarga xos jihatlar boʻyicha ilmiy-nazariy xulosalarga asos boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, maʼlum bir muallif asarlarining yozilish sababi, tuzilishi, janr xususiyati kabi jihatlarini ilmiy asosda koʻrsatib berish ham muhim sanaladi. Dunyo adabiyotshunosligida umuminsoniy gʻoyalarni tarannum etgan mualliflar asarlarining tadrijiy takomili, qoʻlyozma nusxalari, ulardagi matn farqlarining yuzaga kelish sabab va oqibatlarini oʻrganib, ilmiy-tanqidiy matnlarini tuzish bilan bogʻliq tadqiqotlar amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, ijodkor merosining bosh maqsadi, maʼlum bir asarning yozilish davri faoliyatining qay pallasiga toʻgʻri kelishi, hayoti va ijodi tajribalarini tadqiq etishga eʼtibor qaratiladi. Bu kabi yondashuvlar muallif dunyoqarashi, ijodiyotining oʻzagini tashkil etuvchi adabiy-estetik idealini belgilash va asarlarining soʻnggi tahrirdan chiqqan matnini tiklashda dolzarbdir. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimiz merosini chuqur tadqiq etish boʻyicha koʻplab tadqiqotlar amalga oshirildi. Soʻnggi yillarda tilshunoslik sohasida insoniyat adabiy merosining ajralmas qismiga aylangan oʻzbek xalqi yozma merosi 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25-maydagi “Qadimgi yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2995-sonli Qarori – https://lex.uz/docs/- 3211987 163 ustida amalga oshirilgan tadqiqotlar nashri mazkur manbalarning badiiy va ilmiy qimmatini koʻrsatish barobarida, yosh avlodni ajdodlar merosiga vorislik, barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulugʻ ajdodlarimiz bor...” 1 . Bu borada shoh va shoir Ubaydiy merosini alohida qayd qilish lozim. Chunki u nafaqat davlat arbobi, balki yuksak badiiy did va ijodiy salohiyatga ega boʻlgan adib sifatida ham tanilgan. Ubaydiy oʻz davrining mashhur shoirlaridan biri boʻlgan. Shuningdek, Ubaydiy ijodi oʻzbek adabiyoti tarixida muhim oʻrin egallaydi. Uning asarlari keyingi avlod ijodkorlariga katta taʼsir koʻrsatgan. Adabiyotshunoslar Ubaydiy merosini oʻrganar ekanlar, undagi ijtimoiy fikr, milliy gʻurur va estetik qadriyatlarni alohida taʼkidlaydilar. Shu bois ham Ubaydiy nafaqat oʻz davri uchun, balki bugungi kun uchun ham dolzarb boʻlgan boy maʼnaviy meros egasidir. Shoir “Ubaydiy”, “Qul Ubaydiy”, “Ubaydulloh” taxalluslari bilan turkiy, fors va arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini oʻz ichiga olgan “Kulliyot”idir. Ubaydiy shohlik bilan bir qatorda ijodkorlikni ham davom ettiradi, ilm ahli uchun adabiy-madaniy muhitni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratadi. Uning bizgacha yetib kelgan eng katta asarlari jamlanmasi “Kulliyot”i vafotidan soʻng, Abdullaxon davrida, 1583-yilda Mir Husayn al-Husayniy tomonidan koʻchirilgan. Ushbu devon hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida 8931 raqami ostida saqlanmoqda. “Kulliyot” uchala tildagi devonlarini oʻz ichiga olgan. Turkiy devon tarkibida 310 gʻazal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor, diniy-tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi “Omonatnoma”, “Shavqnoma”, “Gʻayratnoma, “Sabrnoma” manzumalari mavjud. Forsiy devon esa 163 gʻazal, 418 ruboiy, 7 qitʼa, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarjeʼband va 3 muammodan tarkib topgan. Arab tilidagi devoni esa 35ga yaqin gʻazal, qitʼa va fardlardan iborat. Oʻzbek mumtoz adabiyotida uchta tilda devon tuzgan yagona shoir ham aynan Ubaydiy hisoblanadi. Uning ijodida diniy-tasavvufiy gʻoya yetakchilik qiladi. U Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik anʼanasini davom ettirgan hamda yanada rivojlantirgan. Ubaydiydan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat yetib kelgan 2 . Shuningdek, mazkur devon Ubaydiyning katta sheʼriy isteʼdodidan darak beradi. Uning gʻazal va ruboiylari, qitʼa va tuyuqlari oʻzbek sheʼriyatining katta yutuqlari boʻlib, ular bir qancha oʻziga xos xususiyatlarga, nozik uslub koʻrinishlariga ega. Ubaydiy sheʼriyatida oʻziga xoslikka, originallikka intilish ustun. Shoir sheʼriy uslubida soddalikka moyillik, oʻz fikrini mumkin qadar xalq tili bilan bayon etishga urinish muhim hisoblangan. Ubaydiy hukmron sulola vakili boʻlsa ham, uning hayot yoʻlini silliq, faqat zafarlardan iborat deb tasavvur etish toʻgʻri emas. Gʻazallarining birida: Bir lahza koʻngul oʻlmadi begʻam zamonadin, Toʻydi zamona mendinu men ham zamonadin 3 1 https://yuz.uz/uz/news/dunyoni-asrash-qaygusi 2 Rajabov Q., Ochilov E. Ubaydullaxon. – Toshkent: 2011. – B.15-16. 3 Abduqodir Haytmetov.Ubaydiy.Shaarq yulduzlari jurnali 10-son T:1991. 164 deb tortgan nolasida zamonasining dardu-gʻami, nizoyu fitnasidan ozor topganligi haqida fikrlar yozilgan. Shuning uchun biz Ubaydiyning oʻsha murakkabliklar va ziddiyatlarga toʻla davrdagi faoliyatida amaldorlik va hukmdorlikka intilishga nisbatan maʼnaviy kamolotga intilish, sheʼriyat va ijodga intilish ustun boʻlgan deb xulosa chiqarsak xato boʻlmaydi. Gʻazal – sharq adabiyotida keng tarqalgan lirik janr. U arabcha soʻzdan olingan boʻlib, “oshiqona soʻz, ishq izhor etish, ayollarni madh etish” kabi maʼnolarni anglatadi. “Gʻazal” atamasi dastlab VIII-IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Uning hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan, ammo baʼzi oʻrinlarda 21, hatto 27 baytli gʻazal namunalari ham uchrab turadi 1 . Ubaydiy ijodida gʻazal janrining judayam ajoyib namunalarini topish mumkin. Gʻazal janriga xos boʻlgan xususiyat – shaxsiy hissiyotlarini, ichki kechinmalarini ifodalash Ubaydiy ijodida ham chiroyli dalillar orqali ochib berilgan. Gʻazalning tasavvufiy maʼno bilan boyitilishi shoirlarning tasavvuf ilmidan xabardor boʻlishlikka chorlaydi. Bu orqali insonning ruhiy yoʻli, ilohiy muhabbat va oʻzini anglash masalalari yoritib beriladi. Shoirning devondagi ruboiylariga nazar solsak, Ubaydiy qalamiga mansub ushbu ruboiy tili nihoyatda sodda tilda yozilgan boʻlib, hech bir qiyinchiliksiz mazmunini anglash munkin. Bu jihat shoirning yozish uslubi xalqona tilga nihoyatda yaqin ekanligidan dalolat beradi. Seningdek bu jahonda gʻamguzorim yoʻqtur, Koʻrmay seni bir yerda qarorim yoʻqtur, Ey yor, demaki oʻzga yoring bor emish, Orim sen erursen, oʻzga yorim yoʻqtur. Ubaydiyning ushbu ruboiysi a-a-b-a qofiyalanish tizimida yozilgan boʻlib, oʻziga xos ritmik ohangdorlikni yuzaga keltirgan. Ruboiylar koʻpincha taqdir, insonning maʼnaviy qarashlari kabi masalalarini oʻz ichiga oladi. Oʻzining qisqalikda toʻliq fikrni ifodalash xususiyati sababli, ruboiylar koʻpincha chuqur va maʼnoli boʻladi. Bu jihatni koʻplab ruboiylar misolida ham koʻrib oʻtish mumkin. Majnun ishidin ul kishikim ogohdur, Ushshoq orasinda Ubaydullohdur. Payvasta junun ahli erur hamroh anga, Ul rahbar erur alargʻayu, ham shohdur. Shoir bu ruboiysi orqali oʻzining holatini ham aks ettirgan, yaʼni majnunlikdan ogoh ekanligi hamda oshiqlar orasida Ubaydulloh nomi bilan tanilganligini aytib oʻtadi. Va yana shuni taʼkidlab oʻtadiki, unga hamroh boʻlgan oshiq ahliga ham rahbar, ham shohman deya oʻzini eʼtirof etadi. Ruboiy janrining oʻziga xos xususiyatlaridan biri shoir oʻzining ijtimoiy holati, hayoti, turmush tarzidan kelib chiqqan holda, ayni shu xususiyatlarga urgʻu bergan holda uni qogʻozga tushuradi. Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, xalqimiz orasida keng tarqalgan “Diydor shirin, diydor gʻanimat” kabi iboralarning keng qoʻllanilishi mumtoz adabiyot namunalarida ham oʻz aksini topgan. Xususan, Ubaydiy ijodida koʻp oʻrinlarda folklor unsurlarini uchratishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, mumtoz adabiyotimiz yuksak tafakkur, boqiy qadriyatlar jamlanmasi, boy madaniy merosni oʻzida mujassam qilganligi bilan 1 Носиров О. Ўзбек адабиетида ғазал. – Тошкент: Адабиет ва саъат, 1972. – Б.38. 165 ajralib turadi. Bunday merosni avlodlarga yetkazib qoldirishda ulkan hissa qoʻshgan shoh hamda shoir Ubaydiy ijodi ham mumtoz adabiyotda oʻz oʻrniga ega. Uning tarkibiga kiruvchi turkiy, arabcha, forscha devonlar tarkibidagi turli xil janr namunalari mumtoz adabiyotimiz tarixida oʻsha janr rivoji uchun katta hissa qoʻshgan. Ubaydiy oʻzining turkiy tilida yozgan gʻazallarida mumtoz adabiyotga xos obrazlar va badiiy vositalardan mahorat bilan foydalangan. Masalan, uning mashhur baytlaridan birida shunday deyiladi: “Koʻnglumni giriftor ayladi bir zulfing uzugi, Koʻz yoshim anga daryo boʻlib, aylandi kechugi.” Bu baytda shoir “zulf”, “koʻngul”, “koʻz yoshi” kabi anʼanaviy timsollar orqali oʻzining ichki kechinmalarini chuqur ifodalaydi. Ubaydiy ijodi, ayniqsa, uning “Kulliyot”i tarkibidagi uch tilli devonlari (turkiy, arabiy va forsiy) oʻzbek mumtoz adabiyotining koʻp tillilik anʼanasi va janr boyligiga ulkan hissa qoʻshgan. Uning asarlari orqali oʻsha davrdagi adabiy-estetik qarashlar, tasavvufiy tafakkur va ijtimoiyhayotiy kechinmalarni chuqur anglash mumkin 1 . Shu boisdan, Ubaydiy ijodi nafaqat tarixiy-adabiy nuqtayi nazardan, balki zamonaviy kitobxon uchun ham dolzarb va ibratlidir. Shoirning devoni orqali biz XVI asr xalqining holati, ijtimoiy muammolari, urf-odatlari va maʼnaviy dunyosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Shu boisdan Ubaydiy ijodi, ayniqsa uning turkiy devoni – oʻzbek adabiyoti va umuman turkiy xalqlar madaniy merosining bebaho boyligidir. Ubaydiy nafaqat tarixiy-adabiy nuqtayi nazardan, balki zamonaviy kitobxon uchun ham dolzarb va ibratlidir. Uning asarlarida xalqona ruh, insonparvarlik gʻoyalari, axloqiy-ibratli mazmunlar mujassam boʻlib, bugungi oʻquvchining ham qalbiga taʼsir koʻrsatadi. Ubaydiy oʻz davrining muhim ijtimoiy muammolariga, inson axloqi, maʼnaviy-ruhiy dunyosiga befarq boʻlmagan va buni oʻz asarlarida aks ettira olgan ijodkordir. Shuningdek, xalq ogʻzaki ijodidagina mavjud boʻlgan “yor-yor” janrida ham 2 ta namunani yozganligi alohida eʼtirofga loyiq. Ubaydiy bu janrni yozma adabiyotga olib kirgan kam sonli adiblardan biridir. Masalan, quyidagi misralarda xalqona ifoda, kuy ohangi va maʼnaviy-axloqiy tarbiya mujassam: Misol: Kelinchak kelar el tomonga, Oppoq roʻmol bosh tomonga. Koʻngli toʻlib, yurak toʻlqin, Yor-yor aytar yosh tomonga. Ubaydiy ijodi xozirgi davr adabiyoti hamda hayoti uchun ham foydali va ibratlidir. Ayniqsa, “yor-yor” kabi xalqona janrda yozgan sheʼrlari uning ijodi naqadar boy va xalqga yaqin ekanini koʻrsatadi. Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, Ubaydullaxon nafaqat adolatli va dono hukmdor, balki oʻz davrining isteʼdodli shoirlaridan biri sifatida ham tarixda muhim oʻrin egallaydi. U davlat ishlarini yuritish barobarida ilm-fan, adabiyot va sanʼatga katta eʼtibor bergan. Ayniqsa, uning “Ubaydiy” taxallusi bilan bitilgan adabiy merosi turkiy xalqlar adabiyotida oʻziga xos oʻringa ega. Shu boisdan ham Ubaydiy merosi nafaqat 1 Исматулла Иброхимов. Ўзбек адабиёти тарихи. II-жилд. Тошкент: Ўқитувчи,1995.- Б.183-184. 166 oʻzbek adabiyoti, balki barcha turkiy xalqlarning madaniy boyligi sifatida qadrlanadi. Uning asarlari hozirgacha oʻqiladi, oʻrganiladi va yosh avlod tarbiyasida muhim manba boʻlib xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Носиров О. Ўзбек адабиетида ғазал. – Тошкент: Адабиет ва саъат, 1972. – Б.38. 2.Исматулла Иброхимов. Ўзбек адабиёти тарихи. II-жилд. Тошкент: Ўқитувчи,1995.- Б.183-184. 3.Alisherovna, C. L. S. (2024). Zamakhshariʼs work" Muqaddamatu-l-adab" and the educational words in it. analysis of modern science and innovation, 1(2), 261-264. 4.ChimpoʻLatova, Sevara Alisherovna (2021). Chet tillаrini mаsоfаviy oʻqitishdа interfаоllik muаmmоsi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (7), 164-170. 5.Чимпўлатова, С. А. (2024). Mаҳмуд Замахшарийнинг араб грамматикасига оид “Муққаддамату-л-адаб” асари. Studying the progress of science and its shortcomings, 1(3), 79-81. 6.Alisherovna, C. L. S., & Mucci, F. Arabic language learning resources for russian speakers.