Full text
171 ANDALUS TARIXIDA ARAB ADABIYOTINING SHAKLLANISHI (MILODIY 711-1233 YILLAR ORALIGʻIDA) Akram Mahmudov, Oriental universiteti Tillar-1 kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada Andalus tarixida arab adabiyoti shakllanishi va rivojlanishi jarayoni yoritilgan. Andalus atamasining kelib chiqishi, musulmonlarning Ispaniyaga kirib kelishi hamda ularning siyosiy va madaniy hayoti bosqichma-bosqich tahlil etilgan. Maqolada Andalusdagi yetti davr – voliylik, Umaviylar amirligi, xalifalik, muluk at-tavoif, murabitunlar, muvahhidlar va Banu Ahmar (Garnata) davrlari oʻziga xos jihatlari bilan bayon qilinadi. Har bir bosqichning siyosiy va ijtimoiy hayoti bilan bir qatorda arab adabiyotiga taʼsiri, adabiy jarayonlar, shoirlar va asarlar misolida koʻrsatilgan. Xususan, Umaviylar davrida ilm-fan va adabiyot yuksalishi, muluk at-tavoif davrida adabiy hayotning jonlanishi, murabitun va muvahhidlar davrida diniy ruhning ustunligi hamda Garnata davrida adabiyotning fojiaviy va dardli ohang kasb etishi alohida tahlil qilingan. Maqola Andalusda arab adabiyotining shakllanishi, rivojlanishi va inqiroz jarayonlarini keng tarixiy kontekstda oʻrganishga qaratilgan. Kalit soʻzlar: andalus, arab adabiyoti, Umaviylar, xalifalik, muluk at-tavoif, murabitunlar, muvahhidlar, Banu Ahmar. Abstract. This article contains the form of formation and development of Arabic literature in the history of Andalus. The term of the Andalus is gradually entering the Muslims and the gradual analysis of their political and cultural life. The article describes the seven periods in Anda – Vensus, the Emirates of Umayya, Khilafi, Khilafah, Mughteeds and Banu Ahmar (Harnatasi) periods. In addition to the political and social life of each stage, the effects of Arabic literature, the example of the literary processes, poets and works. In particular, during the Umayigues, the increase of science and literature, during the revival of the religious spirit during the period of Umayya, and the advantages of the religious spirit and the advantage of the Garnata, is particularly analyzed. The article is to study and develop the processes of Arabic literature in Androuso in a broad historical context. Keywords: Andalusia, Arabic literature, Umayyads, caliphate, mullah, jams, Mavalim, Banu Ahmar. Arablar "Andalus" deb Ispaniyada fath qilgan barcha mintaqalarni ataganlar. Bu nomning asl manbai toʻgʻrisida aniq bir fikr yoʻq, ammo baʼzilar bu nom "vandallar" (les Vandales) degan jamoaning nomidan olingan deb hisoblaydi. Milodiy beshinchi asrning boshlarida ular Ispaniyaga shimoliy Afrikadan koʻchib keladi. Keyinroq ular Afrikaning shimoli-gʻarbiy sohillaridan Ispaniyaning janubiy qismiga, xususan, Tarifadan oʻtib, kelib joylashadilar. Tarixchilar fikriga koʻra, bu xalq Betika mintaqasiga (Bétique) joylashgan. Bu hudud keyinchalik "Vandalicia" deb atalgan va bu nom vaqt oʻtishi bilan "Andalusiya"
172 shakliga oʻzgargan. Bu hududni keyinchalik islom fathlari davrida musulmonlar tomonidan bosib olingan Ispaniya yerlariga nisbatan umumiy nom boʻlib qolgan. Ushbu nom aslida Ispaniyaning faqat bir qismini anglatgan boʻlsa-da, musulmonlar bu nomni butun yarimorolga nisbatan ishlata boshladilar. Shunday qilib, "Andalus" soʻzi oxir-oqibatda musulmonlar egallagan barcha Ispaniya hududlarini bildiradigan umumiy nomga aylangan. Andalus soʻzini arab tarixchilar va geografiyachilar tez va oson ishlata boshlaydilar. Avvalda bu soʻz Ispaniyaning barcha hududlariga ishlatilgan boʻlsa, soʻngra arablar ispan erlaridan fath qilgan joylarga ishlatilgan va Ishbiliya, Qurtuba va Gʻarnata kabi mintaqalar andalus ismini saqlab qolganlar 1 . Ispaniya musulmonlar tomonidan fath qilinishidan oldin, turli muammolarga duchor boʻlgan edi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan tanglik kuchaygan, zodagonlar bilan quyi sinflar orasida jiddiy ziddiyatlar boʻlgan. Oliy tabaqa oʻz manfaatlarini koʻzlab odamlarni ezar, kambagʻallar ustidan hukmronlik qilar edi. Visigotlar Ispaniya erlariga milodiy beshinchi asrda kirib keladilar va Rum saltanatini yoʻqotganidan keyin u erda erkinlikda yashaydilar. Oʻzlariga podshohlarini saylab, nasroniy diniga ergashadilar. Shu bilan ular rumliklarni haqorat qilish va taʼqib qilishni boshlaydilar. Tabiiyki, bunday holat mamlakatning tugashiga olib keladi. Bunday muhitda, xalqlar zulmdan charchagan edi. Zodagonlar orasida ham kelishmovchiliklar kuchayib, baʼzi sardorlar boshqalarga qarshi fitna uyushtirar edi. Xususan, Vizigotlar podshohi Rodrik taxtga qonuniy yoʻl bilan emas, kuch bilan kelgan edi. Bu esa hukmronlikka qarshi dushmanlik kayfiyatini kuchaytirdi. Magʻribning shimolida Sabta (Geuta) shahri bulib, Rum podshosining Julien nomli amaldori boshqaradi. Julien bilan Rodrik orasida qattiq adovat boʻladi, shu sababli Julien Rodrikni agʻdarib, saltanatini egallashga harakat qiladi. Shu bois u arablarga yordam berib, arablarga gʻalaba yoʻlini hozirlab beradi. Julian – Tarifadagi bir qalʼaning boshligʻi – Shimoliy Afrikadagi musulmon valiysiga, xususan, amir Musa ibn Nusayrga murojaat qilib, yordam soʻraydi. Musa ibn Nusayr Valid ibn Abdulmalikning Magʻribdagi amaldori boʻlib, unga Andalusni fath qilishni maslahat beradi. U Rodrikning zolimligidan shikoyat qiladi va uni taxtdan tushirish uchun musulmonlardan harbiy yordam berishni soʻraydi. Musa ibn Nusayr bunga eʼtibor qaratdi va vaziyatni diqqat bilan oʻrgana boshladi. Dastlab u kichik guruhni Tarif ibn Molik Naxaʼiy boshchiligida Ispaniyaga yuboradi. Ispan podshosi Rodrik musulmonlarning kelishini bilgach, askarlarni yigʻadi va Vitizaning bolalarini arablarga qarshi urush qilish uchun toʻplanishga chaqiradi, ular Rodrikni yoqtirmasada rozi boʻladilar, Rodrik ularning otasi Vitizadan podshohlikni tortib olgani uchun ular Rodrikdan qasos olish maqsadida unga ergashadilar. Ikki qoʻshin Bekka vodiysida bir-biri bilan duch keladi. Magʻribdan Toriqning askarlariga besh mingta barbar askarlari qoʻshilib, ularning soni oʻn ikki mingta boʻladi. Ular yaxshi qurollangan, jang qilishga shay va gʻanimalarni qoʻlga kiritishga kelishgan boʻladi. Ammo Rodrikning askarlari qirq mingta boshqa bir rivoyatda yuz mingta ekanligi va ularning qurollari ketmon tayoqdan iborat boʻlganligi aytiladi. 1 ص ثاعبنلإا رصع و سلدنلأا يف برعلا ءابدأ2 .
173 Musa ibn Nusayrga Andalus fathi xabari yetadi va Musa Toriqning gʻalabalariga hasad qiladi. Musa Toriqdan qaytishini talab qilgach Toriq unga itoat qilmaydi balki gʻalabalarni qoʻlga kiritishda davom etadi. Shunda Musa ibn Nusayr ham sharafga yetishish maqsadida arab va barbarlardan oʻn mingdan ortiq askar jamlab, hijriy 93-yil ramazon oyida Andalusga kirib keladi. U erda Ispaniya gʻarbidagi Merida va Ishbiliyalarni fath qiladi. Musa ibn Nusayr Ispaniyada oʻzining ismi yozilgan oltin pullarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Musa ibn Nusayr va Toriqlar gʻalabalarni ketma-ket qoʻlga kiritib yurgan vaqtlarida Valid ibn Abdulmalik Musani chaqiradi. Musa ibn Nusayr Andalusga oʻgʻli Abdulazizni voliy qilib tayinlaydi va oʻzi Toriq bilan sharq tomon yoʻl oladilar 1 . Musa ibn Nusayr oʻgʻli Abdulazizni Andalusga voliy qilgandan boshlab u erda amirlik davri boshlanadi. Andalusdagi voliylik davri – islom nurlari kengaygan va fathlar davom etgan davrdir. Bu davrda islomiy harakatlar koʻpayadi, musulmonlar shimol tomon yurishlar uyushtirdilar. Hurr ibn Abdurahmon Saqafiy qoʻmondonligida Andalusda islom davlati kengayadi. Bu fathlar gʻarbiy qitʼaning ichki qismigacha yetib boradi. Suriyaliklar Andalusga yetib kelgach, ular shimolga yurish qildilar. Ular Pireney togʻlaridan oshib oʻtib, Gʻarbiy Yevropaning ichki hududlariga kirib bordilar. Hatto ular Kataloniyadagi Barselona, Kastiliyadagi bir nechta qalʼalarni, Lyon va Tours shahri atrofini egallaydilar. Nihoyat ular 114-hijriy (milodiy 732-yil) yili mashhur “Tours jangi”da franklar bilan jang qiladilar. Bu jangda musulmonlar magʻlubiyatga uchraydi, bu esa ularning Gʻarbga yurishlarini toʻxtatadi. Bu davrda voliylar bir necha muhim ishlarga boshchilik qildilar. Ular Yevropada islomni yoyishga harakat qildilar. Bu paytda davlat ichida maʼmuriy tizim shakllana boshladi. Islomiy boshqaruv amalda qoʻllana boshlandi. Mahalliy aholi islomga kirmoqda edi. Jumladan, koʻplab nasroniylar va yahudiylar islomni qabul qildilar. Bu esa jamiyatda dinlararo aloqalarni yaxshiladi. Shu bilan birga, bu davrda bir necha voliylar almashdi. Har bir voliy oʻz siyosatini olib bordi. Bu oʻzgarishlar koʻplab nizolarni keltirib chiqardi. Baʼzida voliylar xalifalik markazidagi xalifalarning buyrugʻisiz hokimiyatni egallagan boʻlishgan. Natijada Andalusda siyosiy beqarorlik kuchaydi. Bu esa xalifalik markazining eʼtiborini tortdi va ular bu yerni yaxshiroq boshqarish zaruratini his etadilar. Suriyalik jangchilar (Balj ibn Bishr boshchiligida) kelgach, Andalus ichki siyosatida ziddiyatlar boshlandi. Chunki, ular oʻzlarini markaz tomonidan yuborilgan muhim kuch deb bilishar edi. Bu esa mahalliy hokimlar bilan kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Bu toʻqnashuvlar bir necha yillar davom etdi. Nihoyat, ushbu siyosiy beqarorlikka barham berish va markaziy boshqaruvni qayta tiklash uchun Abdulrahmon Doxil (Abdurahmon ibn Muoviya ibn Hishom ibn Marvon) Andalusga kelib, Umaviylar amirligini barpo etdi. Birinchi bosqich: Voliylik davri (93–138 hijriy / 711–755 milodiy) Bu, islomiy fath — yaʼni Andalusning musulmonlar tomonidan zabt etilishi bilan boshlangan davr boʻlib, hijriy 93–138 / milodiy 711–755 yillarni oʻz ichiga oladi. Birinchi boʻlib Andalusda Toriq ibn Ziyod voliy boʻladi, soʻng Muso ibn Nusayr undan keyin oʻgʻli Abdulaziz voliy boʻladilar. Abdulazizning oʻlimidan soʻng Andalus olti 1 ص ثاعبنلإا رصع و سلدنلأا يف برعلا ءابدأ4.
174 oyga yaqin voliysiz qoladi. Barbar boshliqlari jamlanib Muso ibn Nusayrning singlisining oʻgʻli Ayyub ibn Habibni voliylikka tanlaydilar. Ayyub ibn Habib oz muddat voliylik qiladi, undan keyin Andalusda bir-qancha voliylar boʻlib, ular davrida koʻplab shaharlar fath qilinadi. Bu davr Abdurahmon Doxil qoʻli ostida Umaviylar davlati tashkil topishi bilan tugaydi. Bu davr "Voliyliklar davri" deb yuritiladi, chunki Andalus oddiy boshqaruv ostida edi: baʼzida Damashq xalifasi tomonidan, baʼzida esa Shimoliy Afrikadan yuborilgan hokim tomonidan boshqarilar edi. Ikkinchi bosqich: Umaviylar davlati davri; Amirlik davri; Bu davr Abdurahmon Doxil tomonidan Umaviylar davlatining Andalusda asos solinishi bilan boshlanadi. Bu davlat keyinchalik Abdurahmon Nosir davrida eng yuqori choʻqqiga yetadi. U oʻzining buyuk xalifaligi bilan tanilgan. Ushbu davrda Umaviyylar hukmdori "podshoh" deb atalgan. Bu davr Andalusda Banu Umayya podshohligi tugashi va Qurtuba zadagonlarini davlat hokimiyatiga kelishi bilan tugaydi. Abdurahmon Doxilning Andalusda amirligi oʻttiz toʻrt yil (138-172 h) (755788 m) yillar davomida boʻladi. Uchinchi bosqich: Xalifalik davri; Abdurahmon uchinchi hokimiyatga kelganida yigirma uch yoshda boʻladi. U yosh boʻlishiga qaramasdan yaxshi sifatlarga ega edi. Uning saltanati ellik yilga yaqin davom etadi (300-350 h / 912-961 m). Islom tarixida Abdurahmon uchinchining zamonidek gullagan yaxshi davr oʻtmagan deyiladi. Abdurahmon Andalus podsholarining eng ulugʻi va u yerdagi birinchi xalifa boʻladi. U Allohning diniga yordam beruvchi “muminlarning amiri” deb laqab oladi. Abdurahmon Nosirning davrida Andalus gullab yashnaydi va Nasroniylar va barcha musulmonlar olamida siyosiy maqom va ulkan shahar maqomiga erishadi. Bu davrda Andalusda adabiyot va boshqa ilmlar keng koʻlamda rivoj topdi. Hattoki Qurtuba ilmda Bogʻdodga tenglashishga urinardi. Toʻrtinchi bosqich: Muluk at-tavoif (kichik amirliklar) davri; Amiriyyunlar 1 Andalusda xalifalikni egallaganlaridan keyin Umaviylar davlatini zaiflik egallab oladi, shunda Andalusda kichik amirliklar boshlanadi, ular “muluk attavoif” – “Mintaqalar amirlari” deb taniladilar. Kichik amirliklar davri (403-536 h / 1012-1141 m) yillarni qamraydi. Kichik amirliklar orasida uzluklsiz urushlar boʻlib, kuchli kuchsizni yengar hatto, uning hokimiyatini yoʻqotar edi. Kichik amirliklar orasidagi janglar yuz yilga yaqin davom etadi, oxirida Ispaniya podshohlari jamlanib ularga birin-ketin urush qilib yoʻqotadi, Ishbiliyya yetib keladi va Ishbiliyyaning amirini qiyin ahvolda qoldiradilar, shunda u Murobitinlarning amiridan yordam soʻraydi. Murobitinlarni amiri Yusuf ibn Tashfin kelib, kichik amirliklarni tugatadi, faqat Saraqsita davlatini 1109yildagina egallaydi, chunki ular Franjlardan (fransuzar) yordam soʻragan boʻladilar 2 . Beshinchi bosqich: Murabitinlar (Almoravidlar) davri; Murobitinlar davlati Magʻribdagi Berber qabilalaridan tashkil topadi. Berberlardan Yahyo ibn Ibrohim ismli kishi islomni qabul qiladi va Abdulloh ibn Yasin degan faqihni oʻzlariga Quron va din taʼlimini oʻrgatish uchun olib keladi. Yahyo vafot 1 Al-Amiriyyunlar Andalusdagi tarixiy sulolaga tegishli bo‘lib, ular X-asr oxiri va XI-asr boshlarida Kordova xalifaligida katta siyosiy kuchga ega bo‘lganlar. 2 ج بيطلا حفن2 ص1125 .
175 qilganida insonlar faqihning oldidan tarqalib ketadilar. Abdulloh ibn Yasin bir-qancha odamlarni jamlab, Sinigal oroliga ketadi va u yerda ribot 1 quradi, shundan keyin ular murobitinlar deb nomlanadilar. Andalusda Murobotinlar hukmi oltmish yilga yaqin davom etadi. Oltinchi bosqich: Muvahhidlar davri; (524-667h / 1129-1268 m) Muvahhidinlar Muhammad ibn Tumrat boshchiligida uning hamrohlaridan tashkil topgan Afrikadagi bir guruhning nomi. Bular Murobitinlarga qarshi jang qiladilar, hatto Marokashga etib kelganlarida Muhammad ibn Tumrat vafot qiladi. Oʻlimidan oldin yaqin doʻstlaridan biri Abdulmumin ibn Aliyga amirlikni vasiyat qilib ketadi. Abdulmumin jangni davom ettiradi, Murobitinlar davlatini yoʻqotib Muvahhidinlar davlatini barpo qiladi. Muvahhidinlar davlati bir yuz oʻttiz yilga yaqin davom etadi. Muvahhidinlarni Andalusdagi nasroniylar podshohlari engib, ularni oroldan chiqarishga erishadilar. Yettinchi bosqich: Banu Ahmar (Garnata) davri. Muvahhidlar Andalusdan ketganidan soʻng, Tulaytula hokimi Muhammad ibn Hud koʻplab Andalus shaharlariga, jumladan Balensiya (Valensiya), Mursiya va Ishbiliyaga (Sevilya) oʻz hokimiyatini yoyishga muvaffaq boʻladi. U nasroniylar hujumiga qarshi oʻzining kuchi va hokimiyatini bir vosita deb bilar edi. Lekin u oʻz mulkini yoʻqotmaslik va oʻz mustaqilligini saqlab qolishni afzal koʻrardi. Bu paytda Andalus xristianlar zulmi ostida azob chekayotgan boʻlib, zaiflik, qashshoqlik hukm surar edi. “Arjona” qalʼasi yaqinida arab qishlogʻi boʻlib, unda Muhammad ibn Yusuf ismli bir kishi yashardi. U nasab jihatdan Yamanning al-Ahmar (qizil) urugʻidan edi. U bu voqelardan taʼsirlanib, xristianlarga qarshi chiqadi. Lekin zaifligi sababli musulmonlar bilan birlashmaydi. Shunda u butunlay ajralib chiqib, togʻli hududlardagi qalʼalarni egallay boshlaydi. Nihoyat, “Gharnata” (Garnata, yaʼni hozirgi Granada) shahrini zabt etadi va bu yerda 1232/1233 yilda oʻz davlatiga asos soldi. Garnatani poytaxt qiladi va Garnata kuchli poydevorga ega mustahkam davlat boʻladi. Garnata hozirgi Almeriya va uning yaqin hududlarini oʻz ichiga olgan edi. Ibn Ahmar bu yerda islomiy tamaddunni tiklashga harakat qiladi. Bu davlat Ahmarlar davlati deb nomlandi. Bu uchinchi Andalusiy islomiy davlati edi. Davlat keng hududlarga yoyilib, bir-necha kuchli saltanatlarni oʻz ichiga olgan edi. Banu Ahmar oʻz davlati va mulkini kuchli devorlar bilan mustahkamlagan edi. Ular xristianlar bilan doimo urush holatida boʻladilar, lekin Garnata mustaqilligini saqlab qolgan. Ahmarlar oʻz davrida koʻplab saroylar, mashhur “Alhambra” saroyini barpo etdilar, bu saroy bugungi kungacha saqlanib qolgan. Ularning davrida adabiyot yuksaldi, shoir va yozuvchilardan iborat guruhlar saroyda oʻz ijodlarini namoyish etdilar. Ularning ayrimlari sultonlarni madhlab, baʼzilari esa ularga nasihat beruvchi sheʼrlar yozganlar. Abdulloh ibn Muhammad ibn Muhammad al-Gholi (taxtdan tushirilgan) ularning oxirgi podshohi edi. U Hijriy 898-yilda, milodiy 1492-yilda vafot etadi, yaʼni fath yilidan taxminan sakkiz asr oʻtgach. Ferdinand va Izabella (Kastiliya va Aragon malikasi) Gʻarnatani egallaydilar va Banu Ahmar qoʻl ostidagi Gʻarnataning soʻnggi 1 Ibodat yoki jang qilish uchun tayyorlanadigan joy.
176 qalʼasini zabt etadilar. Abdulloh Gʻarnata kalitlarini oʻz qoʻli bilan topshiradi. Bu orqali ispan fathchilariga soʻnggi marta musulmon yerlarining kaliti beriladi. Tarixchilar aytadilar: bu davrda Andalusda yetti muhim bosqich boʻlib oʻtgan: Birinchi bosqich: fath va hokimiyat (voliylik) davri; Ikkinchi bosqich: (Umaviylar davlati) amirlik davri; Uchinchi bosqich: xalifalik davri; Toʻrtinchi bosqich: muluk at-tavoif (kichik amirliklar) davri; Beshinchi bosqich: murabitunlar (Almoravidlar) davri; Oltinchi bosqich: muvahhidlar davri; Yettinchi bosqich: Banu al-Ahmar (Garnata) davri. Ushbu bosqichlarda musulmonlar kuchayib, keyin zaiflashadi, xristianlar esa avval zaif boʻlib, soʻng kuchga toʻlib, musulmon yerlarini birin-ketin zabt etadilar. Nihoyat, Andalusda islomiy hukmronlik butunlay tugaydi 1 . Bu davrlarning oʻziga xos xususiyatlari bor boʻlib, Ularning har-biri oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan: Umaviylar davri: bu davr hokimiyat, amirlik va xalifalik davri boʻlib, arab amirlarining davri edi. Bu davrda islomiy kengayish avjiga chiqdi va Andalus shaharlari gullab-yashnadi. Bu davrda shaharsozlik yuksaldi va bunyodkorlik ishlari keng quloch yoydi. Bularning barchasi oʻzining eng yuqori choʻqqisiga erishgan edi. Bunga oʻsha davrning madaniy yuksalishlari va adabiy taraqqiyoti ham guvohdir. Keyingi davr — muluk at-tavoif (kichik saltanatlar) davri, Bu davr adabiyotning gullab-yashnashi, shoir va shoiralarning koʻpligi, adabiy faoliyatning kengayishi bilan ajralib turadi. Shoirlar ichida mashhur boʻlgani – Ibn Hazm boʻlib, u bu davrda oʻzining adabiy asarlari va nazariy qarashlari bilan tanilgan edi. Bu davrda adabiy harakat ancha faollashdi. Xususan, xalq orasida mashhur boʻlgan xalq ogʻzaki sheʼriyati bu davrda keng tarqaldi va bu borada katta yutuqlarga erishildi. Shuning uchun bu davr koʻproq xalq ogʻzaki sheʼriyati (poeziyasi) bilan tanilgan boʻlib, u anʼanaviy sheʼriyatga qarshi turgan. Murabitlar va Muvahhidlar davrida esa diniy ruh kuchli boʻladi. Ular falsafaga qarshi chiqishadi. Shuning uchun bu davrda falsafiy adabiyot zaiflashadi va boshqa yoʻnalishlar oldinga chiqadi. Ammo Banu Ahmar (Garnata amirligi) davrida esa – bu davr orom, farogʻat, saroy hayoti va nafislik bilan ajralib turadi. Ichki hayot koʻproq nafislik, neʼmatlar va saroy adabiyoti bilan toʻla edi. Shoirlar koʻproq naʼtlar, gʻazallar, saroylar va hashamat haqida yozardilar. Ularning sheʼrlari mushk va anbar hidiga toʻla edi. Bu davrda – alistijno (ayriliq) sheʼriyati ustunlik qila boshlaydi. Bu alohida poetik uslub boʻlib, musulmonlarning Gʻarbdagi qudratli davri tugab borayotganining alomatidir. Banu Ahmar davri adabiyoti – Andalus musulmonlarining umumiy ruhiy holatini, ularga boʻlgan zulmni, umidsizlikni, ajralishni aks ettiradi. Ular ispanlar bosimi ostida oʻz vatanlarini tark etishga majbur boʻlgan edilar. Bu sheʼriyat va adabiyotda yaqqol aks etadi. Bu davrda adabiyot – fojia, holsizlik va dardli iztirobni ifodalovchi vositaga aylandi. Adabiyot orqali ular dardlarini aytgan, yurtlarini yoʻqotganliklarini, diniy va milliy ajralishni yodga olganlar. Musulmonlarning Ispaniyadagi soʻnggi qarorgohi 1 ص .سلدنلأا ةياهن .نانع الله دبع دمحم17 – 40 .
177 1492 yilda Garnataning qulashi bilan nihoyasiga yetdi. Bu bilan islom va arab sivilizatsiyasi butunlay Ispaniyadan quvib chiqarildi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Javdat Rukkobiy. Andalus adabiyoti. Dorul-maorif – Qohira., 1966. 2. Ahmad Haykal. Andalus adabiyoti. Dorul-maorif – Qohira., 1975. 3. Shavqi Dayf. Arab adabiyoti tarixi. Dorul maorif – Qohira., 1988. 4. Ibrohim Muhammad Abdurohman. Andalus adabiyoti. Saudiya., 2017.