OʻZBEKISTON–SAUDIYA ARABISTONI: DIPLOMATIK HAMKORLIK TARIXIDAN
Abstract
Ushbu maqola Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi diplomatik aloqalarning shakllanishi, 1992-yildagi rasmiy tashrif va uning tarixiy-siyosiy ahamiyatini yoritadi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud al Faysal boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi ikki davlat oʻrtasida diplomatik, diniy va madaniy hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Maqolada oʻzaro ishonch, islomiy qardoshlik va strategik sheriklik tamoyillari asosida shakllangan aloqalar tahlil qilinadi.
Full text
209 OʻZBEKISTON–SAUDIYA ARABISTONI: DIPLOMATIK HAMKORLIK TARIXIDAN Rustamboyev Islomjon Doniyor oʻgʻli, Oriental universiteti katta oʻqituvchisi [email protected] ORCID: 0009-0005-5400-1038 Annotatsiya. Ushbu maqola Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi diplomatik aloqalarning shakllanishi, 1992-yildagi rasmiy tashrif va uning tarixiysiyosiy ahamiyatini yoritadi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud al Faysal boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi ikki davlat oʻrtasida diplomatik, diniy va madaniy hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Maqolada oʻzaro ishonch, islomiy qardoshlik va strategik sheriklik tamoyillari asosida shakllangan aloqalar tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: Oʻzbekiston, Saudiya Arabistoni, diplomatik munosabatlar, islom qardoshligi, tashqi siyosat, Saud al Faysal, rasmiy tashrif, diniy hamkorlik, madaniy aloqalar. Abstract. This article explores the formation of diplomatic relations between Uzbekistan and Saudi Arabia, focusing on the politically significant 1992 visit. Led by Prince Saud Al-Faisal, the Saudi delegation helped strengthen bilateral ties based on Islamic brotherhood, mutual respect, and strategic partnership. The analysis highlights how religious, diplomatic, and cultural cooperation emerged as key foundations of this historic relationship. Keywords: Uzbekistan, Saudi Arabia, diplomatic relations, Islamic brotherhood, foreign policy, Saud Al-Faisal, official visit, religious cooperation, cultural ties. 1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, yangi siyosiy yoʻnalishda xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish, ayniqsa, musulmon dunyosi bilan munosabatlarni mustahkamlash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Ana shu jarayonda Saudiya Arabistoni bilan oʻrnatilgan diplomatik munosabatlar va ikki tomonlama aloqalar milliy tariximizda muhim voqea boʻlib qoldi. Sobiq sovet imperiyasi parchalanganidan keyin, aksariyat arab mamlakatlari kabi, Saudiya Arabistoni ham Oʻzbekistonning davlat mustaqilligini birinchilar qatorida 1991-yilning dekabrida rasman eʼtirof etdi va oʻzaro diplomatik munosabatlar oʻrnatish istagini bildirdi[1. 115B]. Ikki xalq oʻrtasidagi tarixiy aloqalar va mushtarak qadriyatlar birligi hamkorlikning boshlash uchun zamin yaratib berdi. Shuningdek, mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizni: dunyoning oʻttiz mamlakati Oʻzbekiston Respublikasini tanidi, tan oldi. Turkiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar ana shular jumla sidandir. Bu ishonch ruhimizni koʻtardi, kelajakka yoʻlimizni ochib berdi [2. 289B]. Oʻzbekiston respublikasi mustaqillikning ilk onlaridanoq dunyoning yetakchi davlatlari qatorida arab
210 dunyosidagi yetakchi mamlakatlar ham yurtimiz bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatib yaxshi hamkorlik aloqalar yoʻlga qoʻyishga harakat boshlashgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga Saudiya Arabistoni qiroli Fahd ibn Abdul Aziz al Saud tomonidan yoʻllangan tabrik maktubi ikki davlat oʻrtasidagi ilk samimiy munosabatlarning yuzaga kelganini koʻrsatadi. Maktubda shunday soʻzlar bitilgan: “Birodarim Islom Karimov janobi oliylariga! Oʻzbekiston Respublikasining muhtaram Prezidentiga! Sizga eson-omonlik, Allohning marhamati va siylovi yor boʻlgʻay! Qardosh Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligi munosabati bilan shaxsan Sizga va Oʻzbekiston xalqiga chin qalbdan tabrik yoʻllayotganimdan hamda musulmon millati muammolarini hal etishning mustahkam tayanchi va barqarorlikni taʼminlashning ajralmas qismi boʻlmish Sizning mamlakatingizga samimiy tilaklarimni yoʻllayotganimdan gʻoyat mamnunman”[3]. Qirol, shu bilan birga, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud al Faysal al Saudning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida ushbu maktubni shaxsan yetkazishini ham maʼlum qilgan. 1992-yilning fevralida Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud alFaysal ibn Abdulaziz Ol Saudning Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi, Tashrif chogʻida mamlakatlarimiz oʻrtasida elchixonalar darajasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida protokol imzolandi [1. 115B]. Bu voqea ikki davlat oʻrtasida rasmiy aloqalarning yangi bosqichini boshlab berdi. 1992-yil 19-fevral kuni Prezident Islom Karimov Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qildi. Suhbat davomida Prezident respublikamizdagi siyosiyiqtisodiy vaziyat, mustaqillikdan keyingi davlat siyosati va xalqaro aloqalar haqida batafsil maʼlumot berdi. Shu bilan birga, u achinch bilan quyidagini taʼkidladi: “hozircha Saudiya Arabistoni bilan aloqamizni koʻngildagidek deb boʻlmaydi. Buning esa, ochiq aytish kerak, maʼlum sabablar bor: shu paytgacha sizlarni bizga nuqul yomonlab kelishardi, oʻz navbatnda sizlarda ham biz haqimizda yolgʻon-yashiq gaplar tarqatishgan. Bu – har ikkala davlat oʻrtasiga nizo solish uchun qilinardi, albatta. Mana endi oramizga hech kim nifoq sololmaydi, endi Oʻzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida mustahkam birodarlik aloqalari oʻrnatiladi, deb ishonaman. Sizning tashrifingizni ana shu jabhadagi ilk qadam deb hisoblayman, Nasib etsa, biz ham yurtingizga borib, xalqingiz bilan, sizlarda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bilan yaqindan tanishishga muyassar boʻlamiz” [4]. Bu soʻzlar ikki davlat oʻrtasidagi oldingi tarixiy noaniqliklar va yolgʻon axborotlarni bartaraf etish zaruratini aks ettiradi. Shahzoda Saud al Faysalning tashrifi juda katta siyosiy ahamiyatga ega boʻlib, ikki tomonlama diplomatik munosabatlarning boshlanish nuqtasi boʻldi. 1992-yil 20fevral kuni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri U. Abdurazzoqov bilan uchrashdi. Uchrashuvda muhim kelishuvlarga erishildi. Shu kuni ikki davlat oʻrtasida oʻzaro diplomatik munosabatlar oʻrnatish, Ar-Riyod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasini, Toshkentda Saudiya Arabistoni elchixonasini ochish haqidagi hujjatga qoʻl qoʻyildi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni rasmiy delegatsiyasi 20-fevral kuni Oʻrta Osiyo musulmonlari diniy boshqarmasiga tashrif buyurdi. Boshqarma raisi, muftiy
211 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf mehmonlarga quyidagicha soʻz qildi: “Oʻzbekiston mustaqil respublika deb eʼlon qilingandan keyin dinga katta eʼtibor berilayotganligi, respublika musulmonlarining chet ellardagi birodarlari bilan aloqalari mustahkamlanib borayotganligi toʻgʻrisida” axborot berdi [4]. Uchrashuv musulmon dunyosidagi oʻzaro qardoshlik, maʼnaviy yaqinlik va diniy hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Shahzoda Saud al Faysal al Saud nafaqat Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri, balki jahondagi eng nufuzli diplomatlardan biri hisoblanar edi. U 1942-yilda tugʻilgan, Prinston universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan. Neft siyosati va xalqaro munosabatlarda katta tajribaga ega boʻlgan. Saudiyadagi eng nufuzli siyosat arboblaridan biri Saudiya delegatsiyasiga faqat eng muhim xalqaro va arablararo anjumanlarda rahbarlik qiladi. Aynan uning yetakchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlarni yoʻlga qoʻydi va strategik sheriklik asoslarini mustahkamladi. 1992-yildagi Saudiya Arabistoni rasmiy delegatsiyasining tashrifi va unda erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston tashqi siyosatining yangi davrini boshlab berdi. Bu tashrif nafaqat ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik aloqalarning, balki islomiy qardoshlik, madaniy va maʼnaviy yaqinlikning ham ramziy ifodasi boʻldi. “Sizlarni xorijiy mamlakatning rasmiy delegatsiyasi aʼzolari emas, balki oʻz qardoshlarimiz va doʻstlarimiz deb hisoblayman” [4] dedi suhbat soʻngida Oʻzbekiston respublika prezidenti Islom Karimov. Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi diplomatik aloqalarning shakllanishi, ayniqsa 1992-yildagi shahzoda Saud al Faysal boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi, ikki davlat tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu tashrif orqali ikki tomonlama munosabatlarning asosiy tamoyillari oʻzaro hurmat, ishonch, diniy va madaniy yaqinlik mustahkamlandi. Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar nafaqat siyosiy aloqalarni rivojlantirishga, balki islomiy qardoshlik va strategik sheriklikning mustahkam asoslarini yaratishga xizmat qildi. Oʻzbekistonning mustaqillik davridagi ilk tashqi siyosiy qadamlaridan biri sifatida bu voqea nafaqat tarixiy, balki hozirgi kundagi hamkorlikning ham poydevori boʻlib qolmoqda. Shu bois, Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlari mintaqaviy barqarorlik va islom ummatidagi birlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Солиҳ Иноғомов. Саудия Арабистони Подшоғлиги. Тошкент. “Фан”. 1998 йил. 2. Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида —Т.: «Ўзбекистон», 2011. 3. Ҳалқ сўзи. 1992 йил 22 февраль. Шанба. 39-сон. 4. Ҳалқ сўзи. 1992 йил 21 февраль. жума. 38-сон. 5. A Brief History of Saudi Arabia, Second Edition Text copyright 2010, 2004 by James Wynbrandt; foreword by Fawaz A. Gerges