scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TEMURIYLAR DAVRIDA ERONNING GEOSIYOSIY OʻRNI

Qoʻchqarov Temirbek Baxromjon oʻgʻli

Abstract

Maqolada Eron mintaqasining nafaqat strategik va iqtisodiy, balki madaniy va siyosiy jihatdan ham Temuriylar davlati uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan geosiyosiy markaz sifatidagi oʻrni oʻsha davr tarixiy manbalarida berilgan qimmatli ma'lumotlarga tayanib asoslab berilgan.

Full text

212 TEMURIYLAR DAVRIDA ERONNING GEOSIYOSIY OʻRNI Qoʻchqarov Temirbek Baxromjon oʻgʻli, Oriental universiteti katta oʻqituvchisi Annotatsiya. Maqolada Eron mintaqasining nafaqat strategik va iqtisodiy, balki madaniy va siyosiy jihatdan ham Temuriylar davlati uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan geosiyosiy markaz sifatidagi oʻrni oʻsha davr tarixiy manbalarida berilgan qimmatli maʼlumotlarga tayanib asoslab berilgan. Kalit soʻzlar: Amir Temur, E.Bjezinskiy, Chingizxon, Fors, konfutsiylik, assimilatsiya, Elxoniylar, Chigʻatoyzoda, Markaziy Osiyo, farsax, diplomatiya. Abstract. The article substantiates the role of the Iranian region as a geostrategic center of crucial importance for the Timurid state, not only in strategic and economic terms but also culturally and politically. This is supported by valuable information drawn from historical sources of that period. Keywords: Amir Temur, Zbigniew Brzezinski, Genghis Khan, Persia, Confucianism, assimilation, Ilkhanate, Chagatai, Central Asia, farsakh, diplomacy. Amir Temur saltanati diplomatiyasi tarixi oʻzbek diplomatiyasi tarixining choʻqqilaridan birini tashkil etadi. U nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon tarixida ham katta oʻrin tutadi. Amir Temur diplomatiyasi Yevroosiyo mintaqasini birlashtiruvchi muhim kuch rolini bajarishi bilan birga, ana shu xalqlarning tinchlik-farovonligi, savdo-iqtisodiy munosabatlarning gurkirab rivojlanishiga muhim taʼsir koʻrsatdi. Ilgari gavjum boʻlgan, lekin keyingi bir yarim asr davomidagi biqiqlik tufayli hayot nurlari soʻna boshlagan shaharlar diplomatik harakatlar tufayli qayta rivojlana boshladi, ularda hayot qaynadi, davlatlar va millatlar oʻrtasidagi muhim koʻprik oʻrnatildi. Amir Temur davlatida diplomatik qonun-qoidalar oʻz davri taomiliga muvofiq olib borilgan. U davlat ishlari, xususan, diplomatik ishlarni ham dinu shariat asosida, oʻz davrida mavjud boʻlgan toʻra va tuzukka solib, saltanatning martabayu maqomini saqlab turgan. Amerikalik siyosatshunos E.Bjezinskiy oʻz asarida “…moʻgʻul hukmdorlari bosib olgan hududlarida asta-sekin assimilatsiya jarayoni kuchayib, uch mintaqada – imperiyaning Xitoy qismidagi Chingizxonning nabiralari konfutsiylikni joʻshqin targʻibotchisiga aylangani, yana biri Fors sultoni sifatida dindor musulmon, uchinchisi esa Oʻrta Osiyoning madaniylashgan forsiy hukmdori boʻldi. Hukmron siyosiy madaniyat yoʻqligi, hukmdorlarning assimilatsiyalashishi – yaʼni oʻzi zabt etgan xalqlarga qoʻshilib ketishi, Buyuk xonga vorislikni hal etilmagani imperiyaning qulashiga sabab boʻldi.” 1 – deya buyuk imperiyaning inqirozi sabablarini koʻrsatib oʻtgan. Eron hududida moʻgʻullarning assimilatsiyaga uchragan davlati 2 - Elxoniylar tashkil topdi. Moʻgʻullarning baynalminalligi, nasroniy Yevropa va Sharq madaniyati 1 Эбигнев Бжезинский. Буюк шаxмат тахтаси / инглиз тилидан “Шарқшунос таҳлилчилар” жамоаси таржимаси. Тошкент: TRUST AND SUPPORT MCHJ, Тирилиш, 2022. –Б. 27-28. 2 O‘sha asar. –B. 27. 213 kabi bir-biridan farqlanuvchi madaniyatlar bilan aloqalari fors dunyosining maʼnaviy hayotida, sanʼatida, savdo-sotiq ishlarida yangi epkinlar olib keldi. Jumladan, poytaxt Tabrizda italiyalik savdogarlarning mahallasi paydo boʻldi va Elxoniylar saltanati Uzoq Sharq va Hindiston bilan savdo ishlarida muhim bogʻlovchi kuchga aylandi 1 . Ushbu davlatni maʼlum muddat Misr mamluklari bilan oʻzaro ziddiyatli siyosiy munosabatlarga yuz tutib turgan vaqtda, oʻzlarining qon-qarindosh Markaziy Osiyodagi Chigʻatoyzodalar bilan oʻzaro aloqalarda ham iliq munosabat kechmadi. Ushbu jarayonlar K.E.Bosvort oʻz asarida tariflaganidek, Markaziy Osiyo va Fors mintaqasini uzil-kesil bir hokimyat ostida rivojlangan oʻrta asrlarda faqatgina Amir Temurgagina nasib qildi birlashtirish 2 . Tarixchi olima Sh.Oʻljayeva oʻzining “Amir Temur diplomatiyasi” asarida, Eron mintaqasining Amir Temur uchun naqadar geosiyosiy muhim nuqta ekanligi haqida soʻz yuritib, Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxonni aynan ushbu mintaqani oʻzining davlatini bir qismiga aylantirish orqali karvon yoʻlining yakka egasiga aylanish hamda Temuriylar davlatini harbiy yurishlarini cheklabgina qolmay, balki iqtisodiy jihatdan ham siqib qoʻyishga urinishi oxir oqibatda ikki oʻrtada uch marta kuchli muhorabaga sabab boʻlganligi haqida soʻz yuritadi 3 . Sohibqiron Amir Temur uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1396) yurishlari davrida qishlash hamda qoʻshin tarkibini qayta kuchaytirish uchun Eron hududini tanlagan edi 4 . Oʻsha davr tarixchilari mintaqa haqida soʻz yuritar ekan, Amir Temurni keyinchalik butun Eronni birlashtirishga muaffaq boʻlgan Safaviylar sulolasiga asos slogan Ismoil Safaviyning bobosi Shayx Xoʻja Alini ziyorat qilish uchun Ardabilga tashrif buyurgani 5 haqida maʼlumotlar ham uchraydi. Tarixchi olima G.Agzamovaning tadqiqotlariga koʻra, Temuriylar davrida Movarounnahr savdogarlari Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻidan janub va janubi-gʻarbiy tomonda joylashgan mamlakatlar bilan qizgʻin savdo-sotiq olib borganlar 6 . Movarounnahrdan boshlangan yoʻl Omuldagi kechuv orqali Xurosonga qarab ketgan. Ushbu yoʻldagi yirik toʻxtash joyi – muhim savdo-iqtisodiy markaz – Marv shahri edi. Omuldan Marvgacha boʻlgan masofa 36 farsax va olti kunlik yoʻl deb oʻlchangan. Yoʻlning davomi Saraxsga qarab ketar, u yerdan esa savdogarlar Nishopur tomon otlanar edi. Yoʻlning ushbu qismini bosib oʻtish uchun olti kun ketgan. Nishopurdan soʻng yoʻl Isfarayn, Bistom, Damgʻon, Sinon, Ray va Kermonshoh orqali Hamadongacha yetgan. Ayni yoʻl davomidagi eng muhim shaharlardan biri Nishopur hisoblangan. Xurosonning yirik savdo-iqtisodiy markazi boʻlgan bu shaharga turli mamlakat savdogarlari intilar edi. Movarounnahrlik savdogar yuqorida taʼkidlangan 1 Босворт К.Е. Мусулмон сулолалари. –Т.: Фан, 2007. –Б. 113. 2 O‘sha asar. –B. 113. 3 Ўлжаева Ш. Амир Темур дипломатияси: илмий-оммабоп кўлланма - Т.: “IJOD-PRESS” нашриёти, 2018 йил. – Б. 37-39. 4 O‘sha asar. –B. 31-39. 5 Maria Szuppe. L’évolution de l’image de Timour et des Timourides dans l’historiographie safavide du XVIe au XVIIIe siècle. // L’héritage timouride: Iran – Asie centrale – Inde, XVe-XVIIIe siècles. 3/4 | 1997. -P. 313-331. 6 Агзамова Г.А. Амир Темур ва Темурийлар даврида Мовароуннаҳрни хориж билан боғлаган карвон йўллари. // Амир Темур даврида Мовароуннаҳр: археология, тарих, маданият. / Э.В. Ртвеладзе, А.М. Атаходжаев, М.И. Филанович таҳрири остида. – Тошкент: Адабиёт учқунлари. 2018. – Б. 99-108. 214 yoʻl boʻylab Nishopurgacha kelgach, Mashhad orqali Hirot, Kobulga yoki Hirotdan Qandahorga yetib olishi mumkin boʻlgan 1 . Movarounnahrdan Marv orqali Nishopurgacha boʻlgan yoʻl maʼlum maʼnoda tranzit xususiyatiga ega edi. Samarqand, Buxoro va boshqa shahar hunarmandlarining mahsulotlari yuklangan savdo karvonlari Nishopurda katta dam olish uchun toʻxtab, bu yerdan uzoq mamlakatlarga otlanishi mumkin edi. Hamadondan Bagʻdodgacha boʻlgan yoʻl davomida quyidagi toʻxtash joylari boʻlgan: Asadobod, Kermonshoh, Xulvan, Naxravan 2 . Eronning ushbu shaharlari karvonsaroy vazifasini oʻtaganligi shundan maʼlum. Ibn Arabshoh “Amir Temur tarixi” asarida Temurning Bagʻdoddan Mosulga qarab yurishini bayon eta turib, yoʻldagi toʻxtash joylari Takriyt va Mordin boʻlganini eslatadi 3 . Hamadonda undan shimol va shimoli-gʻarbiy tomonda joylashgan yirik savdo-iqtisodiy va siyosiy markazlarni bogʻlovchi yoʻllar tutashgan. Ushbu yoʻldan oʻtgan Klavixo bu toʻgʻrida shunday xotiralaydi: “Shaharda juda koʻp yaxshi qurilgan koʻchalar va tor koʻchalar mavjud hamda turli mollar sotiladigan yaxshi rastalar joylashgan. Bu koʻchalar orasida koʻp darvozali katta uylar joylashgan boʻlib, uning ichida esa turar joy va turli rastalari boʻlgan doʻkonlar qurilgan” 4 . Savdo karvonlari uchun qulaylik ortidan, Eron shaharlari ham Temuriylar davrida gullab yashnadi. Ayniqsa, Shohrux Mirzoni bugungi kunda ham Eronda eng qadrlanadigan temuriy hukmdordir. Eron tarixini yoritib beradigan manbalardan birida, Shohrux Mirzo oldin qilingan vayronalarni qayta tiklaganligi, Marv hamda Hirot devorlarini qayta qurganligi, shaharlar aholisiga katta ijtimoiy yordam qilganligi, “muruvvatli podshoh, ilm ahlini ulugʻlab, hunarmandlarni qoʻllab quvvatlagan, sanoatni yuksaltirgan” 5 hukmdor deya tariflangan. Mazkur yoʻl borasida Ibn Arabshoh ham Temurning Hamadon va Tabrizga yurishini bayon qila turib, maʼlumot beradi. Oxirgi manzilgohdan soʻng yoʻl Merend, Naxchivan orqali yirik savdo-iqtisodiy markaz – Dobilgacha borgan. U Yerevandan uncha uzoq boʻlmagan yerda joylashgan 6 - deya oʻz asarida qayd etadi. Movarounnahr savdogarlari oʻrta asrlarda Eronning boshqa karvon yoʻllaridan ham foydalanganlar. Shulardan biri savdogarlarni Raydan Isfahonga, soʻng Eronning katta 104 savdo markazi – Sherozga yetaklagan. Oʻsha davrda Raydan boshlangan yoʻl Obi shoʻr daryosidan “gʻishtli koʻprik” orqali oʻtar edi. Temur Sherozdan Isfahonga aynan shu yoʻl orqali borgan. “Aʼlo hazratlari bir necha kun Sherozda toʻxtashga amr etdilar. Fors davlat ishlarini tartibga keltirish uchun aʼlo hazratlari Isfahonga yoʻl oldilar” 7 . 1 Байкова Н.Б. Роль Средней Азии в русско-индийских торговых связях. Ташкент, 1964. 2 Агзамова Г.А. Амир Темур ва Темурийлар даврида Мовароуннаҳрни хориж билан боғлаган карвон йўллари. // Амир Темур даврида Мовароуннаҳр: археология, тарих, маданият. / Э.В. Ртвеладзе, А.М. Атаходжаев, М.И. Филанович таҳрири остида. – Тошкент: Адабиёт учқунлари. 2018. – Б. 99-108. 3 Ибн Арабшоҳ. Ажойиб ал-мақдур фи тарихи Таймур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). 1 китоб. Тошкент, 1992. 138-б. 4 Клавихо Руи Гонзалес. Дневник путешествия ко двору Темура в Самарканд в 1403–1406 гг. / Подлинный текст с переводом и примечаниями, составленными под редакцией И.И. Срезневского. СПб., 1881. С. 77. 5 همانتغل ،ادخهد لیذ ترابع خرهاش ازریم 6 Ибн Арабшох. Ажойиб ал-мақдур фи тарихи Таймур … 129–30-б. 7 Гийасаддин Али. Дневник похода Темура в Индию... С. 210. 215 Temur karvon yoʻllarining qulayligi va xavfsizligini kuzatib turgan. Biroq, zamondoshlari guvohlik berishicha, bu yoʻllar ham har doim bexavotir boʻlmagan. Ibn Arabshoh Yazd va Sheroz oraligʻidagi karvon yoʻlida qaroqchilik bilan shugʻullangan xafan qabilasiga mansub Jamol Luk otligʻ qandaydir arab toʻgʻrisida hikoya qiladi 1 . Movarounnahrlik savdogarlar Eronning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy markazlari bilan ham qizgʻin savdo-sotiq olib borishgan. Shunday markazlardan misol tariqasida Kermonni koʻrsatib oʻtish mumkin. Kermonga boruvchi eng serqatnov yoʻl Nishopur orqali oʻtar va janubiy yoʻnalishda davom etar edi. Chapga qarab otlanganlar yoʻlida Kain, Birjond, Xusp, Nime, Xabis degan toʻxtash yerlari joylashgan 2 . Eronlik tarixchi Zahra Azarniush Temurni Eron mintaqasidagi olib borgan harbiy yurishlarini tarixiy baholar ekan: “…moʻgullarni Eron hududiga yetqazgan ziyonidan, uniki kamroq edi va madaniy yuksalishiga avvalgidan ham koʻproq hissa qoʻshdi” 3 – deya tariflaydi. Temuriylar davrida XIV–XV asr oxirlarida Movarounnahrni maʼlum mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, baʼzi hollarda siyosiy va harbiy ahamiyatga ega boʻlgan karvon yoʻllari bogʻlagan edi. Mana shunday tarixiy sharoitda karvon yoʻllari savdo, diplomatik va boshqa aloqalarning amaliy vazifasini bajara turib, ayni vaqtda turli mamlakatlar va xalqlarning oʻzaro iqtisodiy va madaniy taʼsirini mustahkamlashga xizmat qilganligini koʻrishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Эбигнев Бжезинский. Буюк шаxмат тахтаси / инглиз тилидан “Шарқшунос таҳлилчилар” жамоаси таржимаси. Тошкент: TRUST AND SUPPORT MCHJ, Тирилиш, 2022. 2. Босворт К.Е. Мусулмон сулолалари. –Т.: Фан, 2007. 3. Ўлжаева Ш. Амир Темур дипломатияси: илмий-оммабоп кўлланма - Т.: “IJOD-PRESS” нашриёти, 2018. 4. Maria Szuppe. Lʼévolution de lʼimage de Timour et des Timourides dans lʼhistoriographie safavide du XVIe au XVIIIe siècle. // Lʼhéritage timouride: Iran – Asie centrale – Inde, XVe-XVIIIe siècles. 3/4 | 1997. 5. Агзамова Г.А. Амир Темур ва Темурийлар даврида Мовароуннаҳрни хориж билан боғлаган карвон йўллари. // Амир Темур даврида Мовароуннаҳр: археология, тарих, маданият. / Э.В. Ртвеладзе, А.М. Атаходжаев, М.И. Филанович таҳрири остида. – Тошкент: Адабиёт учқунлари. 2018. 6. Байкова Н.Б. Роль Средней Азии в русско-индийских торговых связях. Ташкент, 1964. 7. Ибн Арабшоҳ. Ажойиб ал-мақдур фи тарихи Таймур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). 1 китоб. Тошкент, 1992. 8. Клавихо Руи Гонзалес. Дневник путешествия ко двору Темура в Самарканд в 1403–1406 гг. / Подлинный текст с переводом и примечаниями, составленными под редакцией И.И. Срезневского. СПб., 1881. 1 Ибн Арабшоҳ. Ажойиб алақдур фи тарихи Таймур … 98-б. 2 Агзамова Г.А. Амир Темур ва Темурийлар даврида Мовароуннаҳрни хориж билан боғлаган карвон йўллари. // Амир Темур даврида Мовароуннаҳр: археология, тарих, маданият. / Э.В. Ртвеладзе, А.М. Атаходжаев, М.И. Филанович таҳрири остида. – Тошкент: Адабиёт учқунлари. 2018. – Б. 99-108. 3 https://www.kojaro.com/history-art-culture/192479-timurids-political-cultural-development-iran/#ca424a38-dfa147da-8ab9-1e2f7ebc64f9. 216 9. همانتغل ،ادخهد لیذ ترابع خرهاش ازریم 10. Гийасаддин Али. Дневник похода Темура в Индию... 11. Oʻzbekiston tarixi. (Oʻzbekiston diplomatiyasi tarixi) VII jild [Matn] / Jamoa. –T.: Maʼnaviyat, 2023. 12. Низамутдинов И.Г. Очерки истории культурных связей Средней Азии и Индии (ХVI-ХХ вв.). - Т:. 1981. 13. Iskandarbek Turkman (Munshiy). Tarixi olamoroyi Abbosiy. 1-jild. –B. 36.; Ali Akbar Viloyati. Tarix-i ravobat-i xoriji-yi Iron dar ahdi shoh Ismoil Safaviy… - Tehron. 1350. 14. Ғиёсиддин ибн Ҳумомиддин Хондамир «Хабиб ус-сийар фи ахбори афроди башар» («Башар ахли сийратидан хабар берувчи дуст»).: -ТОШКЕНТ. “OʻZBEKISTON”. 2013.