CHET TILINI OʻQITISHDA INTERAKTIV OʻYINLARNING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada chet tilini oʻqitishda interaktiv oʻyinlardan foydalanishning samaradorligi, ular til oʻrganish jarayoniga qanday ijobiy ta'sir koʻrsatishi, shuningdek, oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirish, muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy oʻquv metodikalari va tajriba asosida olingan natijalarga tayanilgan holda, interaktiv oʻyinlarning pedagogik ahamiyati yoritiladi.
Full text
246 CHET TILINI OʻQITISHDA INTERAKTIV OʻYINLARNING AHAMIYATI Abdulahat Isakov, Oriental universiteti Tillar-2 kafedrasi katta oʻqituvchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada chet tilini oʻqitishda interaktiv oʻyinlardan foydalanishning samaradorligi, ular til oʻrganish jarayoniga qanday ijobiy taʼsir koʻrsatishi, shuningdek, oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirish, muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy oʻquv metodikalari va tajriba asosida olingan natijalarga tayanilgan holda, interaktiv oʻyinlarning pedagogik ahamiyati yoritiladi. Kalit soʻzlari: Interaktiv metodlar, kommunikatsiya, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik, raqamli texnologiyalarga avlodlarni moslashish, Interaktiv oʻyinlar. Abstract This article analyzes the effectiveness of using interactive games in teaching a foreign language, how they positively affect the language learning process, as well as their role in increasing studentsʼ motivation and developing communication skills. The study highlights the pedagogical importance of interactive games, based on modern teaching methodologies and empirical results. Keywords: Interactive methods, communication, critical thinking, creativity, collaboration, generational adaptation to digital technologies, interactive games. Kirish. Soʻnggi yillarda taʼlim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish dolzarb masalaga aylandi. Xususan, chet tillarini oʻrgatishda interaktiv oʻyinlar oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini faollashtirish, bilimni mustahkamlash va muloqotga boʻlgan ishtiyoqni oshirishda muhim vosita hisoblanadi vas hu bilan birga juda muhim gʻoyalarni oʻz ichiga oladi. Ushbu fikrlarni ilmiy jihatdan chuqurroq ochib berilsa quyidagilarni koʻrish mumkin. Interaktiv metodlarning dolzarbligi bu zamonaviy taʼlimda passiv maʼruzaga asoslangan oʻqitish usullari oʻz oʻrnini interaktiv, yaʼni oʻquvchini faol ishtirokchi sifatida jalb qiluvchi metodlarga boʻshatmoqda. Buning sabablari quyidagilar: XXI asrda taʼlimning maqsadi faqat bilim berish emas, balki oʻquvchilarda hayotda va kasbda muvaffaqiyatli boʻlishga yordam beradigan asosiy kompetensiyalarni shakllantirishdir. Bu kompetensiyalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi 1 : ➢ Kommunikatsiya – fikrni aniq va samarali ifoda etish, faol tinglash, madaniyatlararo muloqot qilish qobiliyatini oshiradi. ➢ Tanqidiy fikrlash – maʼlumotlarni tahlil qilish, muammolarni aniqlash va asosli qarorlar qabul qilishni oʻrgatadi. ➢ Ijodkorlik – yangicha fikrlash, innovatsion gʻoyalarni ilgari surish, muammolarga noodatiy yechim toppishni koʻrsatib beradi. 1 Partnership for 21st Century Skills (P21) tashkiloti. “P21 Framework Definitions (Partnership for 21st Century Skills) AQSH (Washington, D.C.), ma’lumotnoma (“report/non-journal”) 2009-yil dekabr.
247 ➢ Hamkorlik – jamoa bilan ishlash, roli va masʼuliyatni toʻgʻri taqsimlash, sheriklar bilan kelishuvga erishishni osonlashtiradi. Chet tilini oʻqitishda interaktiv oʻyinlarning ahamiyatini ilmiy asoslari bilan UNESCO va OECD kabi xalqaro tashkilotlar taʼlim standartlariga yuqorida taʼkidlangan kompetensiyalarni kiritgan. P21 Framework (Partnership for 21st Century Skills) – bu model XXI asr uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni aniqlab bergan. Til oʻrganishda bu kompetensiyalar juda ham muhim, chunki chet tili muloqot orqali hamkorlik va ijodiy faoliyat amalga oshiriladi. Raqamli texnologiyalarga avlodlarni moslashish bu texnologik tafakkur va interaktivlik zarurati bugungi kun oʻquvchilari “raqamli tugʻilganlar” (digital natives) deb ataladigan avlod deb tushuniladi. Ular bolalikdan smartfon, internet, ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter oʻyinlari bilan tanishadilar. Natijada ular uchun passiv maʼruza asosidagi darslar qiziq emas. Vizual, interaktiv va texnologik uslublar ularning oʻrganish uslubiga mos keladi. Interaktiv oʻyinlar, taqdimotlar, onlayn platformalar (Kahoot, Quizizz, Duolingo, Wordwall va h.k.) ular uchun tanish muhitda taʼlim olish imkonini beradi. Pedagogik asoslari degan jumlani Marc Prensky (2001) "Digital Natives, Digital Immigrants" maqolasida yozgan, Unda shunday deyilgan: “Oʻqituvchilarni raqamli avlodga mos usullar bilan oʻqitish zarur” deya taʼkidlagan. Oʻqituvchining vazifasi endi axborotni yetkazuvchi emas, balki yoʻlboshlovchi, muhit yaratuvchi, motivator boʻlib qolmoqda 1 . Til oʻrganishda amaliyotning roli hozirgi kunda nazariyadan koʻra muloqotda muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Chet tilini oʻrganish faqat grammatik qoidalarni yodlash emas, balki u til orqali muloqot qila olish, fikr bildira olish va tushunish bildiradi. Quyidagi interaktiv oʻyinlar orqali bu koʻnikmalarni shakllantiradi. Misol uchun: Amaliy mashgʻulotlar – yaʼni suhbatlar, rolli oʻyinlar, munozaralarni oʻquvchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Natijada bu koʻnikmalarni jonli holatda mashq qilish imkonini beradi. Muloqotga asoslangan darslar oʻquvchining haqiqiy hayotdagi chet tilidan foydalanishiga mos tushadi. Chet tilini turli interaktiv oʻyinlar yordamida oʻrganishni afzalliklarini ilmiy asoslar bilan Stephen Krashen (1980-yillar) tomonidan ilgari surgan. U “Input Hypothesis” orqali u til faqat grammatikani oʻrganish bilan emas, balki tushunarli muloqot orqali oʻzlashtirilishini tajribalari orqali isbotlagan 2 . Stephen Karshen shunday deydi: “Til oʻrganishda Communicative Language Teaching (CLT) usuli asosiy metodik yoʻnalish hisoblanadi. Unga koʻra, darsning markazida muloqot (interaction) birinchi oʻrinda turadi” 3 . Yuqoridagi pedagogik va ilmiy asoslarga tayangan kompetensiyalar raqamli avlodga moslashishi va amaliy muloqotga asoslangan til oʻrganishi bir-biri bilan bevosita bogʻliq. Bularning barchasini birlashtiruvchi metodlar bu interaktiv oʻyinlardir. 1 Marc Prensky. “Digital Natives, Digital Immigrants – Part 1”. On the Horizon, Vol. 9, No. 5, sahifa 1–6. 2001 y.09. 2 Stephen D. Krashen. “Input Hypothesis”. AQSh / London/New York (Longman). 1977 yil — Input Hypothesis ilk bor). keyinchalik to‘liq kitob shaklida “The Input Hypothesis: Issues and Implications”, 1985-yilda Longman nashriyotida koʻrinadi 3 Dell Hymes, Michael Canale & Merrill Swain. “Communicative Language Teaching (CLT)”. Britaniya.London – 1960.
248 Yoʻnalish Interaktiv oʻyinlar yordamida qanday amalga oshadi? XXI asr kompetensiyalari Jamoaviy oʻyinlar, ijodiy topshiriqlar, tanqidiy fikrlash vazifalari orqali Raqamli texnologiyaga moslashish Texnologik vositalar asosidagi oʻyinlar, onlayn resurslardan foydalanish Amaliyotga asoslangan oʻrganish Real suhbatga oʻxshash vaziyatlarda til ishlatish (role-play, simulation) 1. Interaktiv oʻyinlarning taʼlimdagi oʻrnini quyidagilarda koʻrish mumkin: Interaktiv oʻyinlar oʻquvchini bilimni oʻzlashtirishni birinchi oʻringa qoʻyadi. Bunday oʻyinlar sirasiga 1 : Oʻquvchini faollashtiradi shu bilan birga chet tilini oʻrganishi tez va oson muloqot qilish koʻnikmasini shakillantiradi. Anʼanaviy darsda faqat 20-30% oʻquvchi faol boʻlsa, oʻyin shaklida tashkil etilgan darslarda deyarli barcha oʻquvchi jalb qilinadi. Masalan, “Word chain” yoki “Guess the word” kabi oʻyinlar har bir ishtirokchidan faol qatnashuvni talab qiladi. Oʻquvchilarda oʻyinlar orqali chet tilini oʻrganishda tabiiy raqobat va qiziqish uygʻotadi. Baholash jarayoni ham ragʻbatlantiruvchi tus oladi, masalan, ball yigʻish, jamoaviy gʻalaba kabi jarayonlar qiziqishlarini oshiradi. Chet tilini oʻrganuvchilardagi stressni tabiiy ravishda kamaytiradi. Oʻquvchilar grammatik xatolardan yoki talaffuzdagi kamchiliklardan choʻchimasdan erkin gapira oladilar. Muloqot “formal” emas, balki “tabiiy muhitda” sodir boʻladi. Dars jarayonida chet tilini oʻrganishda kerakli muhitini yaratadi. Oʻyin orqali oʻqituvchi samarali til muhitini yaratadi. Bu muhitda til muloqot vositasi sifatida ishlatiladi, faqat grammatik formulalar bilan oʻrganish bilan cheklanib qolmaydi. Bu esa bilimini mustahkamlashga ijobiy taʼsirini koʻrsatadi. Oʻyinlar orqali oʻrganilgan maʼlumot koʻproq esda qoladi. Oʻyin vaqtida koʻp hissiy vositalar (emosiyalar, harakat, raqamli resurslar) ishtirok etadi. Oʻquvchi nafaqat eshitadi, balki koʻradi, gapiradi, harakat qiladi, yaʼni multimodal oʻrganish yuz beradi. Masalan, “Memory card game” yordamida soʻz yodlash odatiy yodlashdan 2-3 baravar samaraliroq boʻlishi mumkin 2 . Interaktiv oʻyinlar, ayniqsa juftlik yoki guruhlar asosida tuzilgan boʻlsa, oʻquvchilarda muloqot qilishga ehtiyoj tugʻdiradi va har bir oʻyin muloqot vositasida yechiladi, bu esa oʻz-oʻzidan ogʻzaki nutq koʻnikmasini rivojlantiradi 3 . Misol uchun: “Interview Game” – oʻquvchilar bir-biriga savol berib, suhbat quradi. “Information Game” – har bir oʻquvchi maʼlumotning bir qismini biladi, uni faqat soʻrash orqali toʻliq oʻzlashtiradi mumkin. 1 James Paul Gee. “What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy”. Palgrave Macmillan, AQSH – 2003. 2 Cheok Chuan Sin va Mohammed M. Ali Abdulkhaleq. “Effectiveness Of Card Games in English Vocabulary Learning among Chinese Public Primary School ESL Students”. International Journal of Emerging Issues in Social Science, Arts and Humanities. Malayziya– 2024. 3 Andri Defrioka. “Improving Students’ Interaction in Speaking Class Through Information Gap Activities”.Leksika: Jurnal Bahasa, Sastra dan Pengajarannya (Indoneziya). – 2022-2023.
249 Bunday interaktiv oʻyinlarning afzalligi haqida James Paul Gee (2003-yil) chet tillarni oʻqitishda oʻyinlarning ahamiyati haqida shunday deydi: “Games are problemsolving spaces where learners learn by doing, by trying and failing and trying again. This is what education should be.”- Yani “Oʻyinlar — bu muammolarni hal qilish maydonidir, unda oʻquvchilar amaliyot orqali urinib koʻrib, xatoga yoʻl qoʻyib, yana qaytadan urinib oʻrganadilar. Taʼlim aslida mana shunday boʻlishi kerak. 1 ” Vygotsky esa oʻyinlarni bola tafakkurining shakllanishida asosiy omil deb hisoblagan. Til oʻrganishda ham bu tamoyillar saqlanib qoladi. 2. Chet tili darslarida interaktiv oʻyinlardan foydalanish usullari samarali hisoblanadi. Interaktiv oʻyinlar turli darajadagi oʻquvchilar uchun moslashtirilgan holda ishlab chiqilishi mumkin. Quyidagi oʻyinlar chet tili oʻrgatishda samarali hisoblanadi: ➢ “Find someone who…” (Kimda bor?) — bu oʻyin orqali oʻquvchilar bir-birlari bilan muloqot qiladi, savollar beradi. ➢ “Role-play” (Rolli oʻyinlar) — muloqot vaziyatini sahnalashtirish orqali ogʻzaki nutq rivojlanadi. ➢ “Vocabulary Bingo” — yangi soʻzlarni yodlash va mustahkamlashda foydalidir. ➢ “Jeopardy” yoki “Quiz oʻyinlar” — grammatika va leksikani takrorlash uchun ishlatiladi. Yuqorida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari va tahlilar orqali samarali natijalarga erishildi. 2024-yil bahor semestrida oʻtkazilgan tajriba asosida 50 nafar oʻquvchiga asoslangan ikki guruh (nazorat va tajriba guruhi) bilan interaktiv oʻyinlarning taʼsiri oʻrganildi 2 . Tajriba guruhi interaktiv metodlar asosida taʼlim oldi. Semestr yakunida quyidagi natijalar kuzatildi: Tajriba guruhida ogʻzaki nutq koʻnikmalari 35% ga yaxshilandi. Soʻz boyligi 28% ga oshdi. Darsga qatnashish faolligi nazorat guruhiga nisbatan 40% yuqori boʻldi. Bu natijalar interaktiv oʻyinlarning oʻquvchilarning til oʻrganishdagi faolligi va muvaffaqiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini koʻrsatadi. Xulosa. Interaktiv oʻyinlar zamonaviy taʼlim jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Mazkur maqolada interaktiv oʻyinlardan foydalanish orqali darslarning samaradorligini oshirish masalasi atroflicha yoritildi. Tadqiqotlar va amaliy tajribalar shuni koʻrsatadiki, oʻyin asosida tashkil etilgan darslar oʻquvchilarda faollikni oshiradi, darsga boʻlgan qiziqishni kuchaytiradi, hamda mustahkam bilim olishiga xizmat qiladi. Interaktiv oʻyinlar orqali oʻqituvchi quyidagi natigalarga erishishi mumkin: ➢ Oʻquvchilarning eʼtiborini dars davomida ushlab turadi; ➢ Mavzuni oson va tez anglashga yordam beradi; ➢ Jamoada ishlash, muloqot qilish va tez fikrlash kabi koʻnikmalarni rivojlantiradi; 1 James Paul Gee. “What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy”. – 2007. (“Revised and Updated Edition”). Palgrave Macmillan, New York / AQSH. 2 Stephan J. Franciosi va boshqalar — eksperimental guruh simulation game + Quizlet, nazorat guruhi faqat Quizlet. “The Effect of a Simple Simulation Game on Long-Term Vocabulary Retention”. CALICO Journal, Yaponiya. – 2024.
250 ➢ Har bir oʻquvchining individual qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga imkon yaratadi; Bunday oʻyinlar ayniqsa boshlangʻich sinflar, chet tillari, matematika, ona tili kabi fanlarda sezilarli samarali yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalar, multimedia vositalari va mobil ilovalar yordamida oʻyinli darslar yanada qiziqarli va interaktiv tus olmoqda. Ammo, interaktiv oʻyinlar darsning asosiy maqsadiga xizmat qilishi, tartib va meʼyor asosida qoʻllanilishi muhimdir. Aks holda, ular darsning asosiy mazmunidan chalgʻitishi mumkin. Shunday qilib, interaktiv oʻyinlar orqali dars oʻtish – bu faqatgina vaqtni maroqli oʻtkazish emas, balki chuqur oʻylangan, pedagogik jihatdan asoslangan samarali taʼlim usulidir. Oʻqituvchilar bu metoddan toʻgʻri va maqsadga muvofiq foydalansalar, taʼlim jarayonining sifati sezilarli darajada oshadi. Kelajakda bu usul yanada kengayishi, innovatsion yondashuvlar bilan boyitilishi kutilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Partnership for 21st Century Skills (P21) tashkiloti. “P21 Framework Definitions (Partnership for 21st Century Skills) AQSH (Washington, D.C.), maʼlumotnoma (“report/non-journal”) 2009-yil dekabr. 2. Marc Prensky. “Digital Natives, Digital Immigrants – Part 1”. On the Horizon, Vol. 9, No. 5, sahifa 1–6. 2001 y.09. 3. Stephen D. Krashen. “Input Hypothesis”. AQSh / London/New York (Longman). 1977 yil — Input Hypothesis ilk bor). keyinchalik toʻliq kitob shaklida “The Input Hypothesis: Issues and Implications”, 1985-yilda Longman nashriyotida koʻrinadi 4. Dell Hymes, Michael Canale & Merrill Swain. “Communicative Language Teaching (CLT)”. Britaniya.London – 1960. 5. James Paul Gee. “What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy”. Palgrave Macmillan, AQSH – 2003. 6. Cheok Chuan Sin va Mohammed M. Ali Abdulkhaleq. “Effectiveness Of Card Games in English Vocabulary Learning among Chinese Public Primary School ESL Students”. International Journal of Emerging Issues in Social Science, Arts and Humanities. Malayziya– 2024. 7. Andri Defrioka. “Improving Studentsʼ Interaction in Speaking Class Through Information Gap Activities”.Leksika: Jurnal Bahasa, Sastra dan Pengajarannya (Indoneziya). – 2022-2023. 8. James Paul Gee. “What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy”. – 2007. (“Revised and Updated Edition”). Palgrave Macmillan, New York / AQSH. 9. Darus Rohman & Endang Fauziati. “Gamification of Learning in the Perspective of Constructivism Philosophy Lev Vygotsky”. BIRCI-Journal (Budapest International Research and Critics Institute). – 2021. 10. Stephan J. Franciosi va boshqalar — eksperimental guruh simulation game + Quizlet, nazorat guruhi faqat Quizlet. “The Effect of a Simple Simulation Game on Long-Term Vocabulary Retention”. CALICO Journal, Yaponiya. – 2024.