scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA AXLOQIY FAZILATLARINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM JIHATLARI

Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna

Abstract

Mazkur maqola boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning muhim jihatlari mohiyatiga bagʻishlangan. Shu bilan birga maqolada boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda ta'lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil qilish va unda avlod-ajdodlarimiz meroslaridan foydalanishning samarali yoʻllari murafakkirlar ijodi merosi asosida ochib berilgan.

Full text

281 BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA AXLOQIY FAZILATLARINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM JIHATLARI Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna, Oriental universiteti Uzluksiz taʼlim pedagogikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi [email protected] Annotatsiya. Mazkur maqola boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning muhim jihatlari mohiyatiga bagʻishlangan. Shu bilan birga maqolada boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda taʼlim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil qilish va unda avlod-ajdodlarimiz meroslaridan foydalanishning samarali yoʻllari murafakkirlar ijodi merosi asosida ochib berilgan. Kalit soʻzlar: Axloqiy fazilatlar, zakovatlilik, ilmsevarlik, intizomlilik, ishchanlik, kamtarinlik, kechirimlilik, lafzi halollik, matonatlilik, muruvvatlilik, mehroqibatlilik. Annotation. This article is devoted to revealing the essence of the important aspects of developing moral qualities in future teachers. In addition, the article discusses effective ways of organizing the educational process and using the heritage of our ancestors in fostering moral values among future educators. Keywords: moral qualities, intelligence, love of knowledge, discipline, diligence, modesty, forgiveness, honesty, perseverance, compassion, kindness. Axloqiy fazilatlar – insonni yaxshilikka chorlaydigan, yomonlikdan qaytaradigan axloqiy qarashlarning doimiy odati, amaliy faoliyatga aylanganini bildiradigan tushuncha. U insoniy axloq namunalarini oʻzida mujassam etadi va maʼnaviyatning oʻzagini tashkil etadi. Maʼlumki, Sharq xalqlarining madaniyati, falsafasi, dunyoqarashida insondagi Axloqiy fazilatlari qadimdan ulugʻlab kelingan 1 . Shu maʼnoda, Sharq ijtimoiy fikri va adabiyotini axloqiy fazilatlarlar qomusi deyish mumkin. Sharq mutafakkirlari – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad Muso Xorazmiy, Rudakiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Hofiz Sheroziy, Fuzuliy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar axloqiy fazilatlarlarni oʻz ilmiy va ijodiy faoliyatlarining yetakchi mavzusi deb bilganlar. Axloqiy fazilatlar orasida adolatlilik, bagʻrikenglik, bosiqlik, vazminlik, vafodorlik, vatanparvarlik, vijdonlilik, goʻzallik, diyonatlilik, dilbarlik, donolik, jasurlik, javonmardlik, ziyraklik, zebolik, zakovatlilik, zukkolik, ibolilik, ilmsevarlik, intizomlilik, ishchanlik, iltifotlilik, iffatlilik, kamtarinlik, kamarbastalik, kechirimlilik, latofatlilik, lafzi halollik, matonatlilik, muruvvatlilik, mehr-oqibatlilik, mehribonlik, mehnatsevarlik, moʻtadillik, nafosatlilik, odillik, orastalilik, olijanoblik, oliyhimmatlik, ochiqqoʻllik, rostgoʻylik, rahm-shafqatlilik, sabr - bardoshlilik, saxovatpeshalik, sadoqatlilik, samimiylik, tavozelik, teran fikrlilik, talabchanlik, tejamkorlik, ulugʻvorlik, fozillik, fidoiylik, farosatlilik, xushmuomalalik, xushfeʼllik, 1 Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. – Toshkent, 2009. 282 qanoatlilik, chidamlilik, shijoatlilik, shirinsuxanlik, oʻktamlik, qanoatlilik, gʻayratlilik, gʻazabni jilovlash, haqqoniylik, halimlik, halollik, hayolilik, hojat barorlik kabi xislatlar insonni ulugʻlaydi, yuksaltiradi, jamiyatdagi munosabatlarni ham mukammallashtiradi. Xalqimiz ana shunday axloqiy fazilatlarlar asosida oʻzining betakror maʼnaviy qiyofasiga ega boʻlib keladi. Mustaqillik yillarida bu fazilatlar yangicha maʼno-mazmun bilan boyib, yuksak maʼnaviy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda taʼlim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil va unda avlod-ajdodlarimiz meroslaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Birgina misol: A.Navoiy oʻzining Mahbub ul-qulub asarida muhtojlarni koʻra bila turib to soʻrab kelmaguncha saxo koʻrsatmaydigan kishi ham saxiy emasdur deb, haqiqiy saxovat qanday boʻlishini taʼriflaydi. Saxovat, qilgan ehsonlarini taʼma etmaslik, boriga qanoat qilishlik, muhtoj odamni uchratganda borini u bilan baham koʻrishlik va qilgan savob ishlarini minnat qilmaslik insonga xos yuksak maʼnaviy fazilat ekanligini talqin qiladi. Inson umri davomida faqat boyliklarni, molu davlatni yigʻib yotish emas, balki uni saxiylik bilan oqilona sarf etishni bilish kerak deydi: Naqdni guldek sovurmagil, Gʻuncha kabi dogʻi girih urmagʻil! 1 Shoir molu davlat yigʻib yotgan kishining mulki baribir oʻzida qolmasligini va hatto, bu holat uni halok etishi mumkinligini uqtiradi. Bu orqali kishilarni boylikka ongli munosabat boʻlishlari uchun axloqiy fazilatlarni egallagan boʻlishlarini uqtiradi. Ana shundagini har bir inson boshqalar tomonidan ezozlanadi. Chunki bir shaxs uchungina xos boʻlgan axloq boʻlmaydi. Axloqiy fazilatlar asosan koʻpchilik oʻrtasidagi munosabatlarda namoyon boʻladi. Ana shunday axloq normalariga asoslangan munosabatlar esa insonning jamiyatdagi oʻrnini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan biz maqolamizda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda tarbiyaviy ishlar jarayonida boʻlajak oʻqituvchilar bilan oʻtkazilishi mumkin boʻlgan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish loyihasini ishlab chiqishni maqsad qildik. Boʻlajak oʻqituvchilarda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda yuqorida taʼkidlaganimizdek, olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni samarasi beqiyosdir. Chunki bu jarayonlarda talaba bevosita oʻzi ishtirok etadi, turli mazmundagi maʼruzalar, suhbatlar, savol-javoblar, tadbirlarda qatnashadi, oʻz axloqiy fazilatlarini boyirib, rivojlantirib boradi. Quyida biz boʻlajak oʻqituvchilarning axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda foydalanish mumkin boʻlgan tarbiyaviy tadbir tarkibiy tuzilmasini keltiramiz. “Axloq va odob – maʼnaviyatning oʻzagidir” mavzusidagi tarbiyaviy tadbirning tarkibiy tuzilmasi bir necha qismlardan iborat boʻladi. Chunonchi: 1. “Inson axloq – maʼnaviy kamoloti va jamiyat taraqqiyoti birligi” – tadbir ishtirokchilari bilan diolog. 2. “Axloqiy qadriyatlar va tarbiya” – qisqacha maʼlumotnoma. 3. “Axloq –odob kategoriyalari” – bahs-munozara. 1 Jabborova O., Umarova Z. Boshlang‘ich ta’lim diagnostikasi. – Toshkent. 2023. 283 4. “Axloqiy fazilatlarni mukammal egallashda nima qilish lozim?” savoljavoblar 1 . Eʼtirof etish joizki, tarbiyaviy tadbir jarayonida talabalar ishtiroki jonli muloqot, amaliy xatti-harakatlarning amal qilishi koʻzlangan maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tadbir boshdan oyoq standart koʻrinishda, faqatgina pandnasihatlar yoki ilmiy gʻoyalarga asoslanib qolmasligi, aksincha, amaliy xatti – harakatlar, oddiy tushunchalar, faollikka yoʻnaltiruvchi iboralarga boy boʻlishi bu ishtirokchilarda tadbir haqida salbiy fikr tugʻilishini oldini oladi desak xato boʻlmaydi. “Axloq va odob – maʼnaviyatning oʻzagidir” mavzusidagi tarbiyaviy tadbirning dastlabki bosqichida talabalarga inson axloq-odobi, shaxs maʼnaviy kamoloti va shaxsning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni va roli xaqidagi shaxsiy fikr-mulohaza hamda qarashlarini bayon etish taklif etiladi. Bundan koʻzlangan maqsad talabalarni axloqiy normalar va inson kamoloti haqida fikrlash va mulohaza yuritishga undashdir 2 . Tarbiyaviy tadbir jarayonida talabalarga axloqiy kamolot inson ijtimoiy takomillashuvining tarkibiy qismi ekanligini, axloq insonning ijtimoiy, maʼnaviy takomillashuvi jarayonidagi oʻziga va boshqalarga munosabatini belgilovchi maʼnaviy, amaliy fazilatlar va harakatlar tizimi ekanligini taʼkidlab oʻtish lozim. Shuningdek, talabalar diqqatini axloqiy normalarga rioya qilishni har bir shaxs oʻzidan boshlashi kerakligini, eng asosiy narsa bor maʼnaviy-axloqiy normalarni bilish emas, balki ularga amal qilish ijobiy ahamiyatga ega ekanligiga qaratish lozim. Axloq-odob kategoriyalari yuzasidan bahs-munozara tashkil etib, shaxs faoliyatiga axolqiy bahoni jamoatchilik berishini, axloqlilik-shaxs faoliyatining jamotchilik belgilagan maʼnaviy mezoniga hamoxang boʻlishi darkorligini uqtirib borish lozim 3 . Donolar aytganidek, axloq inson qalbidan chiqqan nurdir. Bu nur baʼzilarda oʻta kuchli, baʼzilarda xira boʻladi. Baʼzilarda esa bu nur umuman sezilmaydi. Axloq nuri boʻlmasligi insoniylik fazilatlaridan uzoqlikning belgisidir. Axloqiy yetuklik inson hayotida baxtga erisha olishning asosiy shartidir. Bahs-munozara jarayonida talabalarga mana shu falsafani mohiyatini toʻliq anglab olishlariga erishish eng oliy maqsaddir. Adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent, 2022. 2. Maʼnaviyat: asosiy tushunchalar izohli lugʻati. Masʼul muharrir Q.Nazarov. – Toshkent, 2009. 3. Jabborova O., Umarova Z. Boshlangʻich taʼlimda “Tarbiya” fani oʻqitish metodikasi. – Toshkent, 2022. 4. Jabborova O., Umarova Z. Boshlangʻich taʼlim diagnostikasi. – Toshkent. 2023. 5. Jumanova F., Avazova S., Jabborova G., Xusnetdinov U. Umumiy pedagogika asoslari. – Toshkent, 2020. 6. Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent, 2021. 1 Jumanova F., Avazova S., Jabborova G., Xusnetdinov U. Umumiy pedagogika asoslari. – Toshkent, 2020. 2 Jabborova O., Umarova Z. Boshlang‘ich ta’lim diagnostikasi. – Toshkent. 2023. 3 Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent, 2021.