scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARIDA INTERFAOL TA'LIMNING AHAMIYATI

Murodova Dilshoda

Abstract

Bugungi kunda barcha sohalar qatori ta'lim sohasida ham jadal islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Oʻquv xonalari zamonaviy tarzda jihozlanmoqda, axborot komunikatsiya vositalari bilan ta'minlanmoqda. An'anaviy oʻqitish usullari oʻrnini zamonaviy va interfaol metodlar egallamoqda. Bu ayniqsa, boshlangʻich sinf darslarida interfaol ta'limning joriy qilinishi orqali oʻquvchilarning darslarga boʻlgan qiziqishi oshib, ularning mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda toʻgʻri yoʻl topish, jamoaviy ishlash koʻnikmalarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda. Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻqish darslarida interfaol ta'limning ahamiyati, interfaol ta'lim usullari va uning natijalari haqida keltirib oʻtamiz.

Full text

290 BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARIDA INTERFAOL TAʼLIMNING AHAMIYATI Murodova Dilshoda, Oriental universiteti magistranti Annotatsiya. Bugungi kunda barcha sohalar qatori taʼlim sohasida ham jadal islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Oʻquv xonalari zamonaviy tarzda jihozlanmoqda, axborot komunikatsiya vositalari bilan taʼminlanmoqda. Anʼanaviy oʻqitish usullari oʻrnini zamonaviy va interfaol metodlar egallamoqda. Bu ayniqsa, boshlangʻich sinf darslarida interfaol taʼlimning joriy qilinishi orqali oʻquvchilarning darslarga boʻlgan qiziqishi oshib, ularning mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda toʻgʻri yoʻl topish, jamoaviy ishlash koʻnikmalarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda. Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻqish darslarida interfaol taʼlimning ahamiyati, interfaol taʼlim usullari va uning natijalari haqida keltirib oʻtamiz. Kalit soʻzlar: Interfaol taʼlim, metod, koʻnikma, multimedia, integratsiya, vosita, usul, taʼlim. Abstract. Today, along with many other fields, rapid reforms and innovations are also taking place in the field of education. Classrooms are being equipped in a modern way and provided with information and communication technologies. Traditional teaching methods are being replaced by modern and interactive approaches. This is especially important in primary school lessons, where the introduction of interactive learning increases studentsʼ interest in lessons and plays a significant role in developing their independent thinking, problem-solving skills, and ability to work in teams. This article discusses the importance of interactive learning in primary school reading lessons, the methods used, and the outcomes achieved. Keywords: Interactive learning, method, skill, multimedia, integration, tool, technique, education. “Interfaol” atamasi lotincha “inter akt” soʻz birikmasidan olingan boʻlib, “inter” oʻzaro, birgalikda va “akt” – faoliyat maʼnolarini anglatadi. Interfaol taʼlim usullarini jahon olimlaridan Jerome Bruner, Lev S. Vygotskiy oʻz asarlarida ilmiy asoslab bergan. Jumladan Bruner “Talimda oʻquvchilarni faol ishtirok ettirilishini va ularni mustaqil izlanuvchi yaʼni “kashfiyotchi” boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi 1 . Interfaol metodlar taʼlim mazmuni oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilarning bir-birlari bilan birgalikdagi faoliyati natijasida oʻzlashtirilishini koʻzda tutadi. Bu metodlar oʻquvchilarning faolligi, erkin fikrlashi, mustaqil izlanishi, oʻzlashtiriladigan maʼlumotlarga ijodiy yondashishiga tayanadi 2 . Interfaol darslar guruhli ishlar, rolli oʻyinlar, savol-javoblar, munozaralar, klasterlar, loyihaviy ishlarga orqali amalga oshiriladi. Ushbu interfaol metodlarda “erishilgan didaktik natijadan koʻra, unga kelish yoʻli, oʻquvchilarning bu 1 https://www.scribd.com/document/704914364/Bruner-J-S-1966-Toward-a-Theory-of-Instruction-Vol-59-HarvardUniversity-Press 2 https://zenodo.org/records/7825534 291 kechimdagi izlanishlari, tashabbus koʻrsatishlari muhim” sanaladi. Interfaol usul tatbiq etilganda, taʼlim jarayoni oʻqitishdan emas, balki birgalikda oʻqishdan iborat boʻladi. Shu sababli ham muallim dars beruvchidan oʻquvchilarning tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etuvchi, muvofiqlashtiruvchi va maslahatchiga aylanadi 1 deb taʼkidllagan Yoʻldoshev oʻz asarida. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻquv faoliyatiga endi kirib kelayotganligi uchun ular dunyoni koʻproq hissiy va tasviriy idrok etadigan yosh toifasidir. Ular uchun oddiy bir yangilik - “ ulkan moʻjiza” ga tengdir. Shuning uchun har bir dars ular uchun qiziqarli, jonli, faol ishtirok etishga chorlovchi boʻlishi samaralidir. Tadqiqotlardan maʼlumki boshlangʻich sinf oʻquvchilari guruhda ishlaganda, fikr almashishganda, oʻyin orqali bilim olganda dars samaraliroq boʻladi va bunga interfaol usullar orqali erishish mumkin. Shu sababli oʻqish darslarida interfaol metodlardan foydalanish ham zamonaviy yondashuv, ham psixologik ehtiyojga javob beruvchi zarurat hamdir. Bir nechta metodlarni koʻrib oʻtsak: Masalan, “Marvarid” 2 hikoyasini oʻtganda oʻquvchilarga “ Siz nima qilgan boʻlardingiz?” degan savol bilan murojaat qilish mumkin. Bu usulni “Agar men boʻlganimda…” deb nomlaymiz. Bu bilan oʻquvchilar nafaqat sinfda oʻzaro fikr almashadilar, balki chiroyli nutq va sinfda oʻzaro hurmat fazilatlarining shakllanishiga ham erishish mumkin. Darslarni boshqa fanlar bilan integratsiya qilish orqali ham yaxshi samaralarga erishish mumkin. Masalan: “ Soʻzdan soʻz toping” oʻyinini koʻrib oʻtsak, oʻyin sharti esa mavzuga oid bir soʻz yozib qoʻyiladi, har bir oʻquvchi berilgan vaqt ichida, faqatgina shu soʻzdagi harflardan foydalangan holda, oʻzgacha maʼnoga ega boʻlgan soʻzlarni topib yozish kerak boʻladi. Eng koʻp soʻz topgan oʻquvchi esa gʻolib boʻladi. Yoki “Men kimman?” oʻyiniga qarasak, oʻyin sharti: bir oʻquvchi oʻtilgan mavzu yuzasidan asar qahramonlaridan birining sifatlarini aytib, ungga taʼrif beradi, oʻquvchilar esa bu qaysi qahramon ekanligini topishlari kerak boʻladi. Masalan: “Mikrob, virus va Salomat qiz haqida ertak” 3 da asarida qoʻllash mumkin. Ozoda, mehribon….- Salomat qizga berilgan taʼriflar boʻlsa, kasallik tarqatuvchi, razil…- mikrob va viruslarga berilgan tarifdir. Yoki har bir bob yakunida takrorlash darslariga oid “Muzeyga sayohat” metodini qoʻllash mumkin. Bunda oʻqituvchi multimedia vositalaridan ham foydalanishi mumkin yoki koʻrgazmali vositalardan foydalanishi mumkin. Masalan: oʻquvchilar bilan muzeyga sayohat davomida ular bir qancha predmetlarga duch kelishadi va bu predmetlar qaysi mavzuga oid ekanligini topishlari kerak boʻladi. Masalan: qafas (Sayroqi qushcha), chigʻanoq (Marvarid), paxta (Qargʻa va paxta) 4 . “Ipak qurti” metodida esa, oʻyinning maqsadi: oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini oʻstiradi, gap tuzish texnikasini rivojlantiradi, matematikada oʻquvchining ketma-ketlikni kamaytirish, orttirish kabi tushunchalarni aniqlay olishga oʻrgatadi. Oʻyin asosida imlo qoidasini oʻrganish, soʻzlarning joyini toʻgʻri topib, gap hosil qilish koʻnikmalarini shakllantirish mumkin. 1 Йўлдошев Қ. Глобаллашаётган дунё ва ўқитишнинг интерфаол усуллари. // Халқ таълими. 2007. 6сон. 2 4-sinf o’qish savodxonligi, 1-qism darslik. Toshkent 2023. 3 4-sinf o’qish savodxonligi. 4-qism. Toshkent 2023. 4 4-sinf o’qish savodxonligi. 1-qism. Toshkent 2023. 292 Boshlangʻich sinf oʻqish darslari oʻquvchilarning nutq maʼdaniyatini oshirishga hamda fikrlarini aniq va ravon ifodalashlarida asos hisoblanadi. Bu esa boshqa fanlarni oʻzlashtirishda ham muhim hisoblanadi. Oʻqish darsliklarida keltirilgan matnlar orqali oʻquvchilarda vatanparvarlik, halollik, insoniylik sifatlari singdirib boriladi. Interfaol metodlarni qoʻllanganda esa bola oʻzini bevosita shu muhitda his qiladi. Albatta interfaol usullarni tanlashda taʼlimning maqsadi, oʻquvchilarning sonini va bilim darajasi, oʻquv muassasasining oʻquv-moddiy sharoiti, taʼlimning davomiyligi, oʻqituvchining pedagogik mahorati va boshqalar eʼtiborga olinadi. Demak, interfaol metodlardan foydalanish orqali oʻquvchilarning fangga boʻlgan qiziqishini oshirish, dars mashgʻulotlarining qiziqarli va jonli boʻlishiga erishish, mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil qilish, ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish shu bilan birga jamoa bilan ishlash, oʻzaro fikr almashish kabi ijobiy natijalarga erishish mumkin. Oʻqish darslari oʻquvchilar uchun katta hayotga yoʻl vazifasini ham oʻtaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://www.scribd.com/document/704914364/Bruner-J-S-1966-Toward-aTheory-of-Instruction-Vol-59-Harvard-University-Press 2. https://zenodo.org/records/7825534 3. Йўлдошев Қ. Глобаллашаётган дунё ва ўқитишнинг интерфаол усуллари. // Халқ таълими. 2007. 6-сон. 4. 4-sinf oʻqish savodxonligi, 1-qism darslik. Toshkent 2023. 5. 4-sinf oʻqish savodxonligi. 4-qism. Toshkent 2023. 6. www.ziyouz.com. Aziz yaxshi juda o’qidi bugun