scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MULTIMEDIA VOSITALARI ORQALI OʻQUVCHILARDA ILMIY VA BADIIY MATN USTIDA ISHLASH KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Faxritdinova Shoira Boli qizi

Abstract

Ushbu maqolada multimedia vositalaridan foydalanish orqali oʻquvchilarda ilmiy va badiiy matnlar ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish masalasi yoritiladi. Zamonaviy ta'lim jarayonida multimedia texnologiyalari oʻquvchilarni darsga jalb etish, ularning tafakkurini kengaytirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi.Tadqiqotda multimedia vositalarining afzalliklari, ta'lim samaradorligiga ta'siri hamda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining tabiiy fan va oʻqish darslarida ularni qoʻllash usullari tahlil qilinadi.

Full text

293 MULTIMEDIA VOSITALARI ORQALI OʻQUVCHILARDA ILMIY VA BADIIY MATN USTIDA ISHLASH KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Faxritdinova Shoira Boli qizi, Oriental universiteti “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlangʻich taʼlim) yoʻnalishi magistranti Annotatsiya. Ushbu maqolada multimedia vositalaridan foydalanish orqali oʻquvchilarda ilmiy va badiiy matnlar ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish masalasi yoritiladi. Zamonaviy taʼlim jarayonida multimedia texnologiyalari oʻquvchilarni darsga jalb etish, ularning tafakkurini kengaytirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi.Tadqiqotda multimedia vositalarining afzalliklari, taʼlim samaradorligiga taʼsiri hamda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining tabiiy fan va oʻqish darslarida ularni qoʻllash usullari tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: multimedia vositalari, ilmiy matn, badiiy matn, koʻnikma,ilova, obraz,modda,ijodiy fikrlash,oʻqish savodxonligi,onlayn resurs,audio,interaktiv metod. Abstract.This article examines the issue of developing studentsʼ skills in working with scientific and literary texts through the use of multimedia tools. In modern education, multimedia technologies play an important role in engaging students in lessons, broadening their thinking, and fostering independent learning abilities. The study analyzes the advantages of multimedia tools, their impact on educational effectiveness, as well as methods of applying them in natural science and reading lessons for primary school students. Keywords: multimedia tools, scientific text, literary text, skills, application, image, substance, creative thinking, reading literacy, online resources, audio, interactive method. Bugungi globallashuv davrida taʼlim samaradorligini oshirish butun jamiyat oldidagi ustuvor vazifalardan biridir. Bugun taʼlim tizimida ilgʻor pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, xususan, multimedia vositalaridan foydalanish oʻqitish samaradorligini oshirishda muhim omilga aylanib bormoqda. Multimedia texnologiyalari bu matn, grafika, rasm,video, audio va turli xil animatsiyalarni birlashtirgan integrallashgan axborot tizimi boʻlib,u taʼlim jarayonini yanada qiziqarli,samarali va interaktiv qilishga yordam beradi. Oʻzbekiston taʼlim tizimida multimedia vositalaridan foydalanish jarayoni 2000-yillardan boshlab bosqichmabosqich joriy etila boshlandi. Aynan boshlangʻich sinflarda matnlar ustida ishlashda zamonaviy texnologiytalarni qoʻllash oʻquvchilarni jalb qilishning eng samarali usullaridan biriga aylandi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taʼlim jarayoniga tatbiq etilgach, multimedia vositalaridan foydalanish ancha ortdi. Mediataʼlim vositalari oʻquv yurtlari tomonidan keng miqyosda qoʻllanilmoqda. Bu oʻquv usuli murakkab tushunchalarni anglashni yengillashtiradi hamda oʻrganuvchilarga ularni anʼanaviy oʻqitish metodlariga nisbatan qisqaroq vaqt ichida oʻzlashtirish imkonini beradi. 294 Multimediali texnologiyalar axborotni bir vaqtning oʻzida bir nechta shaklda yetkazib berishga imkon yaratadi: matn, tasvir, animatsiya, videoyozuv va tovush orqali. Multimedianing eng asosiy xususiyati esa — interaktivlik boʻlib, bu foydalanuvchining axborot muhitidagi faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsata olish qobiliyatidir. Multimedia vositalaridan biri boʻlgan audio shakl matndagi qahramonlarning suhbatlari,musiqa,ovozli hikoyalar oʻquvchilarning matnni qabul qilishini yanada yaxshilashga yordam beradi.Video vositalari yaʼni matn asosidagi qisqa multfilmlar,sahna koʻrinishlari yoki matn mavzusiga oid filmlar matnning mohiyatini yanada ochib beradi.Masalan,1-sinf “Alifbe” darsligidagi “Oltin tarvuz” ertagining video shakli oʻquvchilarga namoyish etilganda ular nafaqat eshitadi,balki svirlarni koʻradi,ovoz va musiqani eshitadi,bu esa xotirada mustahkamroq saqlanadi. Multimedia vositalaridan biri interaktiv taqdimot bu oddiy slayd emas balki oʻquvchini faol jalb qila oladigan, tugmalar, animatsiyalar, testlar, savol-javoblar orqali ishlaydigan darsni taqdim etish shakli. Bu nafaqat matnni oʻqiydi, balki tugmani bosib javob beradi, mavzu asosidagi testlarni ishlaydi. Masalan,1-sinf “Tabiiy fan”darsligidagi “Hayvonot olami”mavzusini oʻrgatayotganda interaktiv taqdimot orqali rasmdagi hayvonlarning ovozini namoyish etish orqali darsni va mavzuni yanada qiziqarli va tushunarli qilish mumkin. Bundan tashqari, onlayn resurslar yaʼni maqolalar, rasm kolleksiya va galereyalari, mavzuga oid qiziqarli maʼlumotlar matnni toʻldiradi va chuqurroq oʻrganishga koʻmaklashadi. Bugungi kunda bolalar uchun foydali boʻlgan onlayn resurslar juda koʻp. Ularga Khan Academy Kids,National Geographic Kids,Duolingo Kids va boshqa resurslarni misol qila olamiz.Khan Academy Kids 2-8-yoshdagi bolalarga moʻljallangan bepul taʼlimiy ilova boʻlib, u oʻyin, video, mashq va interaktiv topshiriqlar orqali bolalarning bilimini mustahkamlashga xizmat qiladi. Masalan,1-sinf ingliz tili darsligidagi “What color is it?”mavzusini oʻtib boʻlgandan soʻng, uyda ota-onalari yordamida ilova orqali mustahkamlashi mumkin boʻladi,bu esa mavzuni yanada esda qolarli boʻlishiga zamin hozirlaydi. Xulosa qilib aytganda, texnologik taraqqiyot taʼlim jarayoniga yangicha yondashuvlar va innovatsion yechimlarni olib kirdi, bu esa multimediali oʻquv muhitining shakllanishi va rivojlanishiga turtki boʻldi. Bugungi kunda har bir insonning mehnat faoliyatida multimedia vositalaridan foydalanishga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Oʻquv jarayonida multimedia texnologiyalarini joriy etish nafaqat taʼlim sifati yaxshilanishiga, balki oʻquvchilarning bilimni oʻzlashtirish darajasi oshishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimova Sh.Til taʼlimida amalaiy mashqlar. Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: 2023. 136 B. 2. Taʼlimda axborot texnologiyalari. Oʻquv qoʻllanma / R.X. Ayupov. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. – T.: TDPU, 2020 yil 3. Abdullaev, S. S. Socio-political factors of development of social relationships in students in the process of pedagogical education. In Euro-Asia Conferences (pp.168170). 2021. 295 4. Askarovich, M. S. Formation of professional-pedagogical competences of future teachers of chemistry. вестник науки и образования, (6-3 (109)), 28-31.2021 5. Askarovich, M. S., Uljaevna, U. O., & Inomjohnovna, O. N. (2020). Applying case study-method in teaching chemistry. Проблемы современной науки и образования, (3 (148)), 62-64. 6. Begmurzayevich, D. B. (2022). Boʻlajak boshlang ʼich sinf oʻqituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirishning metodologik asoslari. integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 3(6), 154-160. 7. Karimova, B. (2019). Possibilities of formation of national pride with using khadiths in the first-year pupils of orphanages. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).