scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI VAZIYATLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Gʻofurov Jamoliddin Xusniddinovich

Abstract

Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda matematika darslarini samarali tashkil etishda muammoli vaziyatlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Muallif muammoli ta'limning oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdagi oʻrni haqida fikr yuritadi. Shuningdek, muammoli vaziyat asosida tashkil etilgan topshiriqlar oʻquvchilarda bilimga qiziqish uygʻotishi, ularda matematik tushunchalarni chuqurroq oʻzlashtirish va hayotiy vaziyatlarda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishini ilmiy hamda amaliy misollar orqali asoslab beriladi. Maqola davomida muammoli vaziyatlarning dars jarayonidagi samaradorligi, ularni qoʻllashning metodik imkoniyatlari va oʻqituvchi faoliyatiga qoʻyadigan talablari yoritilgan.

Full text

379 MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI VAZIYATLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Gʻofurov Jamoliddin Xusniddinovich, Oriental universiteti “Uzluksiz taʼlim pedagogikasi” kafedrasi oʻqituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda matematika darslarini samarali tashkil etishda muammoli vaziyatlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Muallif muammoli taʼlimning oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdagi oʻrni haqida fikr yuritadi. Shuningdek, muammoli vaziyat asosida tashkil etilgan topshiriqlar oʻquvchilarda bilimga qiziqish uygʻotishi, ularda matematik tushunchalarni chuqurroq oʻzlashtirish va hayotiy vaziyatlarda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishini ilmiy hamda amaliy misollar orqali asoslab beriladi. Maqola davomida muammoli vaziyatlarning dars jarayonidagi samaradorligi, ularni qoʻllashning metodik imkoniyatlari va oʻqituvchi faoliyatiga qoʻyadigan talablari yoritilgan. Tayanch soʻzlar. Muammoli taʼlim, muammoli vaziyat, matematika darslari, boshlangʻich taʼlim, ijodiy fikrlash, mantiqiy tafakkur Abstract. This article analyzes the importance of using problem situations in the effective organization of mathematics lessons in primary school. The author discusses the role of problem-based learning in developing studentsʼ independent thinking, creative approach, and logical reasoning. It is also substantiated through scientific and practical examples that tasks based on problem situations arouse studentsʼ interest in learning, enable them to acquire mathematical concepts more deeply, and develop skills to apply knowledge in real-life contexts. The article further highlights the effectiveness of problem situations in the learning process, the methodological possibilities of their application, and the requirements they place on the teacherʼs activity. Keywords. Problem-based learning, problem situation, mathematics lessons, primary education, creative thinking, logical reasoning Boshlangʻich sinflarda matematika darslarini tashkil etish jarayonida oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga va mantiqiy tafakkur qilishga oʻrgatish oʻqituvchining asosiy vazifalaridan biridir. Anʼanaviy taʼlimda oʻquvchilar koʻpincha tayyor bilimlarni yodlab olish bilan cheklanib qoladilar. Natijada ularning oʻz fikrini bildirish, mustaqil xulosa chiqarish, ijodiy yondashuv koʻnikmalari yetarli darajada shakllanmaydi. Shu nuqtayi nazardan muammoli vaziyatlardan foydalanish juda muhimdir. Muammoli taʼlim shunday uslubki, bunda oʻquvchilarga darhol javob topish qiyin boʻlgan savollar beriladi va ularni hal qilish jarayonida izlanishga, oʻylashga, mantiqiy xulosalar chiqarishga majbur boʻladilar. Bu usul matematika darslarini qiziqarli, samarali va hayotiy misollar bilan boyitadi. 380 Muammoli vaziyat tushunchasi va uning mohiyati. Boshlangʻich taʼlimda “muammoli vaziyat” tushunchasi oʻquvchilar uchun maxsus tashkil etilgan, javob topish uchun qoʻshimcha izlanish, mulohaza va mantiqiy fikrlashni talab qiladigan topshiriqni anglatadi. Oddiy mashq bilan muammoli topshiriqning farqi shundaki, oddiy mashqda tayyor algoritmni qoʻllash kifoya boʻlsa, muammoli topshiriqda oʻquvchi vaziyatni tahlil qiladi, turli variantlarni sinab koʻradi va yakuniy xulosaga keladi. 1 Masalan: • Oddiy mashq: 15 + 8 = ? • Muammoli vaziyat: Maktab kutubxonasiga 15 ta yangi kitob keltirildi. Ertasi kuni esa yana 8 ta kitob olib kelishdi. Hozir kutubxonada jami nechta yangi kitob bor? Ikkinchi holatda oʻquvchi oddiy qoʻshish amalini bajarishdan tashqari, hayotiy vaziyatni tasavvur qiladi, matematik amalni real hayot bilan bogʻlaydi. Boshlangʻich sinf matematika darslarida muammoli vaziyatlardan foydalanish koʻplab ijobiy natijalarni beradi: 1. Bilishga qiziqishni oshiradi. Oʻquvchilar oddiy misollardan tez zerikadi. Qiziqarli muammoli topshiriqlar esa ularni faol ishtirok etishga undaydi. 2. Mustaqil fikrlashni shakllantiradi. Oʻquvchi oʻqituvchidan tayyor javob kutmaydi, oʻzi izlanishga intiladi. 3. Ijodiy tafakkurni rivojlantiradi. Bir muammoni turli usullar bilan yechishga urinish oʻquvchilarda ijodkorlikni kuchaytiradi. 4. Mantiqiy tafakkurni mustahkamlaydi. Muammoli topshiriqlarni yechish jarayonida sabab va oqibatni aniqlash, izchillikni saqlash koʻnikmalari shakllanadi. 5. Hayot bilan bogʻlaydi. Matematika darsida koʻrib chiqilayotgan masala real hayotga taalluqli boʻlsa, oʻquvchi bilimining amaliy ahamiyatini anglaydi. 6. Jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantiradi. Guruhli muhokamalar orqali bolalar bir-biridan oʻrganadi, oʻz fikrini himoya qilishni oʻrganadi. Boshlangʻich sinf matematikasida muammoli vaziyatlarga oid amaliy misollar 1-sinf uchun misollar 1. Oʻquvchilar 5 ta olma yigʻishdi. Keyin yana 3 ta olma topishdi. Jami nechta olma boʻldi? 2. Bir qutida 6 ta qalam bor. 2 ta qutida jami nechta qalam boʻladi? 3. Oʻqituvchi sinfga 10 ta daftar olib keldi. Oʻquvchilar undan 4 tasini oldi. Oʻqituvchida nechta daftar qoldi? 4. Bir bolada 8 dona shokolad bor edi, u doʻstiga 5 tasini berdi. Unda nechta shokolad qoldi? 5. Darsda 7 ta bola qoʻl koʻtardi, keyin yana 4 ta bola qoʻl koʻtardi. Nechta bola savolga javob berishni xohladi? 2-sinf uchun misollar 1. Bir bogʻbon 3 qutiga 9 tadan koʻchat ekdi. Jami nechta koʻchat ekilgan? 2. Bir uyda 24 ta deraza bor. Agar uyning 4 qavatida derazalar teng joylashgan boʻlsa, har bir qavatda nechta deraza bor? 1 Azizxo‘jayeva, N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘qituvchi, 2006.128-bet 381 3. Kutubxonaga 15 ta kitob olib kelindi, ertasi kuni undan 2 marta koʻp kitob keltirildi. Jami nechta kitob keltirildi? 4. Bir daftarda 12 bet boʻlsa, 5 ta daftar jami nechta betdan iborat boʻladi? 5. Oʻquvchi 18 ta konfetning 6 tasini oʻzi yedi, qolganlarini 3 doʻstiga teng taqsimladi. Har bir doʻstiga nechta konfet tegdi 1 ? 3-sinf uchun misollar 1. Bir doʻkonda ertalab 36 ta non sotildi. Kechqurun ertalabkidan 2 baravar koʻp non sotildi. Bir kunda jami nechta non sotildi? 2. 120 ta oʻquvchi 4 ta sinfga teng taqsimlandi. Har bir sinfda nechta oʻquvchi bor? 3. Bir fermer 45 kg olma terdi. U har bir qutiga 9 kgdan joyladi. Nechta quti hosil boʻldi? 4. Avtobusda 48 ta oʻrin bor. Agar 6 qator boʻlsa va har bir qator oʻrinlari teng boʻlsa, qatorlarda nechta oʻrin boʻladi? 5. Bir qishloqda 5 ta koʻcha bor. Har bir koʻchada 12 tadan uy joylashgan. Qishloqda jami nechta uy bor? 4-sinf uchun misollar 1. Bir poyezdda 240 ta oʻrin bor. Agar 5 ta vagon boʻlsa va har birida oʻrinlar soni teng boʻlsa, bitta vagonda nechta oʻrin bor? 2. Fermer daladan 560 kg kartoshka yigʻdi. Uni 8 ta mashinaga teng taqsimladi. Har bir mashinaga nechta kilogramm kartoshka yuklandi? 3. Bir qalam 120 soʻm turadi. 25 ta qalam olish uchun qancha pul kerak boʻladi? 4. Fabrika bir kunda 480 dona oʻyinchoq ishlab chiqardi. Agar bu oʻyinchoqlar 12 ta qutiga teng joylashtirilsa, har bir qutida nechta oʻyinchoq boʻladi? 5. Bir sinfda 36 oʻquvchi bor. Agar oʻquvchilar 6 kishidan guruh boʻlinishsa, nechta guruh hosil boʻladi? Muammoli vaziyatlarni darsda qoʻllashda oʻqituvchi quyidagi vazifalarni bajaradi: Oʻquvchilar bilim darajasiga mos muammoli vaziyatlarni tanlaydi.Savollarni shunday shakllantiradiki, oʻquvchilar javobni izlash jarayonida faol boʻlishadi. Darsni toʻgʻridan-toʻgʻri “tayyor yechim” bilan emas, balki savol-javoblar, muhokama va izlanish orqali olib boradi. Oʻquvchilar topgan turli yechim variantlarini tinglaydi va ularni ragʻbatlantiradi. Xulosa chiqarishda oʻquvchilarga yordamchi yoʻnaltiruvchi sifatida ishtirok etadi.mBoshlangʻich sinflarda matematika darslarida muammoli vaziyatlardan foydalanish taʼlim jarayonida oʻta muhim oʻrin tutadi. Muammoli topshiriqlar oʻquvchilarni faollashtiradi, ularni tayyor bilimni qabul qiluvchi emas, balki mustaqil izlovchi, fikrlovchi va qaror qabul qiluvchi shaxs sifatida shakllantiradi. Shuningdek, bu usul oʻquvchilarning matematik bilimlarni chuqurroq oʻzlashtirishiga, ularni amaliy hayotda qoʻllashga boʻlgan qobiliyatini rivojlantirishiga katta yordam beradi. Muammoli vaziyatlar oʻquvchilarda mustaqil va mantiqiy tafakkurni, ijodiy yondashuvni rivojlantiradi, bilim olishga boʻlgan qiziqishni oshiradi. Ularning yechimi jarayonida oʻquvchilar masalani turli tomondan koʻrib chiqish, muqobil yechimlarni topish, xulosalar chiqarish kabi faoliyatlarga jalb etiladi. Bu esa oʻquvchilarning 1 Yo‘ldoshev, J.G‘., Usmonov, S.A. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: TDPU, 2019.256-bet. 382 nafaqat matematik, balki umumiy intellektual salohiyatini ham rivojlantiradi. Muammoli taʼlim metodini qoʻllash oʻqituvchidan ham metodik mahoratni, topshiriqlarni oʻquvchilar yoshiga mos tanlashni va darsni samarali tashkil etishni talab etadi. Oʻqituvchi bu jarayonda bilim manbai emas, balki yoʻnaltiruvchi va ragʻbatlantiruvchi sifatida namoyon boʻladi. Umuman olganda, matematika darslarida muammoli vaziyatlardan foydalanish oʻquvchilarning tafakkuri, ijodiy qobiliyatlari, mustaqil qaror qabul qilish va amaliy faoliyat koʻnikmalarini shakllantirishda samarali vosita boʻlib xizmat qiladi. Bu esa ularning keyingi taʼlim bosqichida muvaffaqiyat qozonishi va hayotda uchraydigan turli muammoli holatlarni yechishga tayyor boʻlishlari uchun mustahkam poydevor yaratadi. Adabiyotlar roʻyxati. 1. Azizxoʻjayeva, N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2006.128-bet 2.Yoʻldoshev, J.Gʻ., Usmonov, S.A. Taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: TDPU, 2019.256-bet 3.Zunnunov, A., Qoʻysinov, O. Matematika oʻqitish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2014.145-bet 4.Poyonov, M. Boshlangʻich sinflarda matematika darslarini oʻqitish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2020.34-36 betlar