BASKETBOLCHILARNING MAXSUS CHIDAMLILIGINING AHAMIYATI VA UNING 17-18 YOSHLI BASKETBOLCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATI SHAROITIDA NAMOYON BOʻLISHI
Abstract
Maqolada basketbol sport turida sportchilarning maxsus chidamlilik tayyorgarligi bilan bogʻliq savollar oʻrganilgan. Musobaqa sharoiti vaqtida 17-18 yoshli basketbolchilarda oʻyin chidamliligini namoyon boʻlishi tadqiq etilgan. Musobaqa jarayonida basketbolchilar uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlarni takomillashtirish.
Full text
396 BASKETBOLCHILARNING MAXSUS CHIDAMLILIGINING AHAMIYATI VA UNING 17-18 YOSHLI BASKETBOLCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATI SHAROITIDA NAMOYON BOʻLISHI Eshmanova Umidaxon Abdulla qizi, Oriental universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi katta oʻqituvchisi Keldiyeva Sayyora Murodjon qizi, Oriental universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi talabasi Annotatsiya. Maqolada basketbol sport turida sportchilarning maxsus chidamlilik tayyorgarligi bilan bogʻliq savollar oʻrganilgan. Musobaqa sharoiti vaqtida 17-18 yoshli basketbolchilarda oʻyin chidamliligini namoyon boʻlishi tadqiq etilgan. Musobaqa jarayonida basketbolchilar uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlarni takomillashtirish. Abstract. The article examines questions related to the special endurance training of athletes in the sport of basketball. The manifestation of game endurance in 17-18year-old basketball players during competition conditions was studied. Improving the physical qualities necessary for basketball players during competitions. Kalit soʻzlar. Maxsus chidamlilik, oʻyin chidamliligi, musobaqa faoliyati, texniktaktik harakatlar, texnik-taktik harakatlar hajmi, texnik-taktik harakatlar samaradorligi Keywords. Special endurance, game endurance, competition activity, technicaltactical actions, volume of technical-tactical actions, efficiency of technical-tactical actions. Kirish. Mamlakatimizda sport turlari ichida basketbol sport turini rivojlantirish masalalariga har doim davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilib kelingan. Basketbolni rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilgan qator qaror va farmonlar sport turini taraqqiy etishga zamin yaratib keldi. Natijada, terma jamoamiz hamda klublarimizning bir muncha saviyasini ortishiga va xalqaro miqyosdagi maqomini oshirishga erishildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 4 dekabr kunidagi “Oʻzbekistonda basketbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5887-sonli Farmonini eʼlon qilinishi va uni hayotga faol targʻib etish zamirida, yaqin yillar ichida oʻzbek basketbolini yanada yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqish kabi asosiy vazifalardan birini hal etish nazarda tutilgan (1). Bunga erishish esa, “Oʻzbekistonda basketbolni 2030 yilgacha rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi” asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Konsepsiya doirasida bir qator vazifalarni hal etish bilan birga, basketbolchilarni musobaqa faoliyati jarayonining samaradorligini keskin yaxshilash masalasi borasidagi vazifalar ham alohida oʻz oʻrniga ega. Basketbolchilarning musobaqa faoliyati jarayoni xususiyatlari, doimiy tarzdagi vaziyatlarni oʻzgarishi, organizmga taʼsir etadigan
397 yuklamalarning turli koʻrinishlarda boʻlishi, ish bajarishni dam olish bilan doimiy almashinib borishi bilan tavsiflanadi. Bunda basketbolchi tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻladigan texnik-taktik harakatlar ham turli koʻrinishlarda va turli nisbatlarda amalga oshirilib boriladi. Bitta oʻyinda kuzatilgan texnik-taktik harakat parametrlarini aks ettiradigan koʻrsatkichlar, misol uchun, ularning hajmi yoki samaradorlik koʻrsatkichlari, ikkinchi uchrashuvda boshqacha koʻrinishni hosil qilishi mumkin. Bir uchrashuvning koʻrsatkichlari ikkinchi uchrashuvning koʻrsatkichlariga koʻp hollarda toʻgʻri kelmaydi. Bu holat basketbolni yana bir bor boshqa sport turlaridan tubdan farq qilishi, nostandart vaziyatlarga boy sport turi ekanligini izohlaydi. Oʻz navbatida, bu omillar basketbolchining jismoniy va funksional imkoniyatiga nisbatan talablar yuqori ekanligini bildirib, bu holat, ayniqsa, bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etib borayotganligini taʼkidlash oʻrinli. Mahalliy olimlarimizning taʼkidlashicha, zamonaviy basketbolning xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻquv-mashgʻulotlarning tuzilmasini oʻzgartirish hamda basketbolchilar tayyorgarligiga nisbatan talablarni oshirish lozimligi koʻrsatib oʻtiladi (3). 17-18 yoshli basketbolchilarning musobaqa sharoitida oʻyin chidamliligi tayyorgarligini oʻrganish. Tadqiqot ishining vazifalari: mavzuga tegishli maxsus ilmiy manbalarni oʻrganish va tahlil etish; 17-18 yoshli basketbolchilarning musobaqa faoliyati jarayonida oʻyin chidamliligini aks ettiruvchi texnik-taktik harakatlarning hajmi va sifat koʻrsatkichlarini aniqlash. Mavzuga tegishli ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, musobaqa faoliyati jarayonini pedagogik kuzatish usullari, toʻplangan natijalarni matematik-statistik tahlil etish usullari. Tadqiqotni tashkil etilishi. Tadqiqotlar davomida yosh basketbolchilarning musobaqa faoliyati jarayonlari pedagogik kuzatish va tahlil etish usullari yordamida oʻrganib borildi. Pedagogik kuzatish ishlari Toshkent shahar besh tashabbus musobaqalarida ishtirok etib kelayotgan Oriental universitetining “Oriental” basketbolchilaring 17-18 yoshli basketbol jamoasining uchrashuvlarida amalga oshirildi. Tadqiqotlarimiz oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalardan biri, musobaqa sharoiti vaqtida oʻyin faoliyati spesifikasini aniqlashdan iborat boʻlgan. Bunda oʻyin chidamliligi koʻrsatkichlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan musobaqa faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari ham tahlil etib borildi. Basketbol uchrashuvi vaqtida basketbolchilarni oʻyin chidamliligini aks ettiruvchi koʻrsatkichlarni aniqlash uchun olib borilayotgan kuzatish ishlari davomida uchrashuv boʻlimlarining har 15 daqiqalik vaqtlari ichida basketbolchilar tomonidan amalga oshiriladigan texnik-taktik harakatlarni maxsus qayd etish yoʻli bilan yozib borilgan. Soʻngra, toʻplangan maʼlumotlar maxsus qaydnomalarga koʻchirib tushirilgan hamda toʻplangan natijalarni matematik-statistik tahlil etish usullari yordamida qayta ishlanib, oʻyin chidamliligini aks ettiruvchi harakatlar hajmi va samaradorlik koʻrsatkichlarini aniqlashga erishilgan. Tadqiqot ishining natijalari. Basketbolda maxsus chidamlilik deganda, basketbolchining maʼlum oʻyin rejimlarida mushak faoliyatini amalga oshirishda vujudga kelib boradigan charchash alomatlariga qarshi kurasha olish qobiliyatlari tushunilib, bunda sportchi tomonidan amalga oshiriladigan texnik-taktik harakatlarning samaradorligi ham vaqt oʻtib borishi bilan pasaymasligi kerak (7). Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish, basketbolchilarning maxsus tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida, mashgʻulotlar hajmi va ularning shiddatini oshirish,
398 mashgʻulotlarda maxsus vositalar, maxsus kuch va boshqa maxsus sifatlarni rivojlantirish tadbirlarini nafaqat tayyorgarlik davrida, balki musobaqa davrining oʻyinlararo sikllarida ham davom ettirish kerakligi kabi tavsiyalar mahalliy mutaxassislar tomonidan eʼtirof etiladi. Maxsus ilmiy manbalarni tahlil etish natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, mashgʻulot-musobaqa tizimida sportchining tayyorgarlik tomonlari oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq holda, integral tarzda boʻladi. Basketbol oʻyini jamoaviy xarakterga ega, shu sababli musobaqa faoliyati davomida koʻp sonli texnik-taktik harakatlarni bajarish, maxsus jismoniy sifatlarni rivojlanganligiga bogʻliq boʻladi. Shu bilan birga, oʻyin chidamliligi, oʻyinning nostandart sharoitlarida maʼlum shiddatlarda uzoq vaqt davomida ish bajara olish qobiliyati sifatida ham baholanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, oʻyin chidamliligi basketbolchining integrativ jismoniy qobiliyati sifatida, maʼlum koʻrinishdagi tizimlashtirilgan baholashni talab etadi. Lekin masalaning bu jihatini tadqiq etish natijalari, bu boradagi izlanishlarni davom ettirish kerakligini koʻrsatib berdi. Xususan, basketbolchilarning oʻyin chidamliligini nazorat qilishda amaliyotga ishonchli testlarni joriy etish kerakligi maʼlum boʻlmoqda. Shu oʻrinda aytish joizki, basketbolchilarning oʻyin chidamliligini musobaqa faoliyati sharoitlarida baholash oʻziga xos murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Chunki basketbol sport turi xususiyatlari: aytish kerakki, turli koʻrinishlardagi texnik-taktik harakatlar, hakamlik, koʻp sonli amplua oʻyinchilarini hisobga olish omillarining mavjudligi, oʻz oʻrnida basketbolchilarning oʻyin chidamliligini baholashda va aniqlashda qiyinchiliklarni tugʻdiradi. 17-18 yoshli basketbolchilarning sport mahorati koʻp jihatdan ularning yosh xususiyatlari, sport tayyorgarligining vosita va usullari, mashgʻulot va musobaqa yuklamalarining hajmi va shiddati hamda texnika va taktikadagi har taraflamalik kabi omillar bilan asoslanadi (2). 1. Rasm. Basketbolchilar toʻp uzatishining qiyosiy tahlili. Shaxsiy olib borilgan pedagogik kuzatish va tahlil etish ishlari natijasida maʼlum boʻldiki, 17-18 yoshli basketbolchilarni musobaqa faoliyati tuzilmasini tashkil etuvchi asosiy harakat – turli koʻrinishlardagi “toʻp uzatish” harakatlari hisoblandi. “Oriental” jamoasida toʻp uzatish texnik-taktik harakatlar hajmi jami texnik-taktik harakatlarning 22,67 28,33 49 37,5 41 21,5 48 34,5 17,5 0 10 20 30 40 50 60 to'p uzatish keskin uzatmali to'p texnik-taktik harakatlar Past bo'yli basketbolchilar O'rta bo'yli basketbolchilar Uzun bo'yli basketbolchilar PВB BВB O'ВB PВB BВB O'BB PBB BВB O'ВB
399 49,2-54,8 %ini tashkil etdi. Bunda jami toʻp uzatish harakatlarining 21-22 % – “orqaga va yonga qisqa toʻp uzatish” harakatlariga, 19-22 % – “qisqa va oʻrta masofaga oldinga toʻp uzatish” harakatlariga, 3-4,3 % – “oldinga harakatlanib ketayotgan sherigiga toʻp uzatish” harakatlariga, 2-2.8 % – “oldinga uzoq masofaga toʻp uzatish” harakatlariga hamda 3-4.2 % harakatlar – “keskin uzatmali toʻp uzatish harakatlariga” toʻgʻri keldi. Kuzatuvdagi basketbolchilarning musobaqa faoliyati vaqtida, ularning oʻyin chidamliligini aks ettiruvchi harakatlarning hajm koʻrsatkichlari uchrashuvning birinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻi ichida umumjamoa hisobida 103 ta texnik-taktik harakatni tashkil etdi. Bu birinchi boʻlimda jami amalga oshirilgan harakatlarning 31.1%iga toʻgʻri keladi. Harakatlarning samaradorlik koʻrsatkichi 73.1 % ga teng boʻldi. Uchrashuvning ikkinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻida harakatlar soni 132 ta texnik-taktik harakatni (39.7 %) va 70.2 % samaradorlik koʻrsatkichini tashkil etdi. Uchrashuvning uchinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻida harakatlar soni 97 ta texnik-taktik harakatni (29.2 %) va samaradorlik koʻrsatkichi 62.6 % ni tashkil etdi. Ikkinchi boʻlimning 15 daqiqalik vaqt oraligʻidagi basketbolchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlarining hajmi va sifat koʻrsatkichlari quyidagi koʻrinishni hosil qildi: birinchi 15 daqiqalikda harakatlar hajmi 114 ta texnik-taktik harakat (37.7 %) va samaradorlik koʻrsatkichi 66.4 %; ikkinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻida harakatlar hajmi 102 ta harakat (33.7%) va samaradorlik koʻrsatkichi 62.5 %; uchinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻida harakatlar hajmi 86 ta harakat (28.4 %) va samaradorlik koʻrsatkichi 59.3 %. Boʻlimlarda amalga oshirilgan harakatlar hajmi va sifat koʻrsatkichlari orasida ham sezilarli tafovutlar aniqlandi. Kuzatilgan uchrashuvlarda basketbolchilar tomonidan birinchi boʻlimda oʻrtacha 332 tadan texnik-taktik harakatlar (jami harakatlarning 53 %i) amalga oshirilib, ularning samaradorlik koʻrsatkichi 68.6 %ni tashkil etgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda basketbolchilar jami 302 marotabadan texnik-taktik harakatlarni (jami harakatlarning 47%i) amalga oshirib, ularning samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrtacha 62.7 % ni tashkil etdi. Tahlillarning koʻrsatishicha, 17-18 yoshli basketbolchilarning musobaqa faoliyati tuzilmasida eng koʻp amalga oshirilgan texnik-taktik harakatlar –“toʻp uzatish” harakatlarini tashkil etdi. Lekin bu harakatni bajarishda ham basketbolchilar tomonidan koʻp sonli nuqsonlarga yoʻl qoʻyildi. Misol uchun, “sherigiga toʻp uzatish” harakatlarining samaradorlik koʻrsatkichlari 52-54%ni tashkil etdi, xolos. “Oldinga harakatlanib ketayotgan sherigiga toʻp uzatish” harakatlarining samaradorlik koʻrsatkichlari 55-58%ni tashkil etdi. Hujum harakatlarini tashkil etishda foydalanilgan “raqibni aldab oʻtish” texnik-taktik harakatlarining samaradorlik koʻrsatkichlari ham past koʻrinishlarda boʻldi. Bu harakatda samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrtacha 62%ni tashkil etdi. Boshqa texnik-taktik harakatlarni basketbolchilar tomonidan bajarilishida ham koʻp sonli nuqsonlarga yoʻl qoʻyilgan holda musobaqalashish amalga oshirilganligi va harakatlarni boʻlimlar soʻngiga borib sezilarli darajada kamayib borganligi aniqlandi. (1-rasm0 Xulosa. Maxsus ilmiy manbalarni tahlil etish natijalarining koʻrsatishicha, basketbolchilarni – maxsus chidamlilik tayyorgarliklari ichida ularning oʻyin chidamliligining ahamiyati yuqori hisoblanadi va bu zamonaviy basketbolni tobora shiddatlashib borayotganligi holatida, ayniqsa, yuqori ahamiyatga ega. Chunki
400 basketbolchilar tomonidan amalga oshirilayotgan texnik-taktik harakatlarni bajarishda, samaradorlik koʻrsatkichlari boʻlimlar oxiriga borib 7.1%dan 10.5 % gacha kamayib borayotganligi bunday xulosa qilishga asos boʻladi. Shu bilan birga, harakatlar hajmining uchrashuv boʻlimlarining oxiriga kelib sezilarli nisbatlarda kamayib borish holatlari ham, basketbolchilarda maxsus oʻyin chidamliligining yetarli darajada shakllanmaganligi xulosa qilishga asos boʻladi. Ayniqsa, ikkinchi boʻlimning soʻnggi 15 daqiqalik vaqt oraligʻida amalga oshirilgan harakatlar hajmi birinchi 15 daqiqalik vaqt oraligʻida amalga oshirilgan harakatlar hajmidan 1013%ga kam boʻlib borayotganligi, tayyorgarlikni samarali tashkil etish yoʻllarini izlash va amaliyotga joriy etish masalalari borasida tegishli tadqiqot ishlarini faol tarzda olib borish kerakligini bildiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Pulatov.A.A., Umarov A.A., “Sport va harakatli oʻyinlar (Basketbol)” T: 2020 y. 2. Miradilov B.M, Karimov B.Z, Umbetova M.A. “Spot pedagogik mahoratini oshirish (Basketbol)” Toshkent 2018 y. 3. Каримов Б.З. “ТЕОРИЯ И МЕТОДИКА БАСКЕТБОЛА” Чирчик-2019г. 4. B.M.Miradilov, B.Z.Karimov, M.A.Umbetova “Sport pedagogic mahoratini oshirish (Basketbol)” T;-2018 y 5. Pulatov A.A., Ganiyeva F.V, Miradilov B.M, Xusanova D.T, Pulatov F.A. “Basketbol nazariyasi va uslubiyati” (Darslik) Toshkent – 2017. 6. Gʻaniyeva F.V., Xusanova D.T., Madaminov T. “Basketbolda toʻpni urib yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati” T: 2015 yil-50b 7. Umarov D.X., T.Z.Xolmurodov. “Maktabgacha taʼlimda jismoniy tarbiya“ T; 2018 yil. 8. Gʻaniyeva F.V., Xusanova D.T., Madaminov T. “Basketbolda toʻpni urib yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati” T: 2015 yil-50 b 9. Eshmanova, U., & Xoshimova, C. (2025). Inson organizmida harakat faoliyatining pasayishi va uning oqibatlari jismoniy tarbiya gigienasining ahamiyati. Modern Science and Research, 4(5), 851-859. 10. Mamadaliyev, S., & Eshmanova, U. (2025). Oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-qizlarning jismoniy faolligini oshirish metodikasi. Modern Science and Research, 4(5).