scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IBN SINO QARASHLARIDA ILM VA FALSAFA UYG'UNLIGI

Abdumo'min Jumayev Fayziyevich

Full text

161 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc IBN SINO QARASHLARIDA ILM VA FALSAFA UYG‘UNLIGI Abdumo‘min Jumayev Fayziyevich Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining o‘qituvchisi e-mail:[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17733097 Annotatsiya: Ushbu maqolada jaxon ilm fani yuksalishida o’zining beqiyos hissasini qo’shgan, O’rta Osiyo hududida birinchi rennesans davrida ijod qilgan, buyuk ajdodimiz “Tib ilmining sultoni”- Abu Ali ibn Sinoning hayot yo’li, ilmiy ijodi va uning asarlaridagi falsafiy qarashlar yoritilgan. Kalit so’zlar: Rennesans, Tabobat, alloma, sharq, shayxurrais, Avitsenna, Afshona, Buxoro,Tib qonunlari. Annotation: In this article, the life path, scientific work and works of our great ancestor "Sultan of Medical Science" - Abu Ali ibn Sina, who made an incomparable contribution to the rise of world science, created during the first renaissance in Central Asia, and his works philosophical views are highlighted. Keywords: Renaissance, Medicine, Allama, Eastern, Shaikhurais, Avicenna, Afshona, Bukhara, Laws of Medicine. Аннотация: В данной статье рассмотрен жизненный путь, научная деятельность и труды нашего великого предка «Султана медицинской науки» - Абу Али ибн Сины, внесшего несравненный вклад в подъем мировой науки, созданной в период первого Возрождения в Средней Азии, а также в его произведениях освещены философские взгляды. Ключевые слова: Возрождение, Медицина, Аллама, Восточная, Шайхурай, Авиценна, Афшона, Бухара, Законы медицины Abu Ali ibn Sino (980-1037). Allomaning to’liq ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn alHasan ibn Sino bo’lib, kunyasi Abu Alidir. Xalq orasida Ibn Sino, Yevropada Avisenna, allomalar orasida esa Shayxurrais nomlari bilan mashhur. Jahon fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, o’rta osiyolik buyuk qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, mantiqshunos, shoir. 980 yil avgustda oyida (370-hijriy yili safar oyining boshida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida amaldor oilasida tug’ilgan. Abu Ali Ibn Sino faqat tibbiy kitoblar o’qish bilangina cheklanib qolmay, bemorlarni ham davolar, ularning kasalliklarini sinchiklab ko’zdan kechirar edi. Buning natijasida uning bilim va tajribasi yanada oshdi. U kasallarni davolashda hammani lol qoldirar edi. Unga murojaat qiladigan kasallarning son-sanog’i bo’lmay qoldi. Bu haqida Ibn Sinoning o’zi bunday yozadi: “Bemorlarni ham ko’rib turardim. Erishgan tajribalarim tufayli men uchun davolash yo’llari shunday keng ochiladiki, buni ta’riflab berish qiyin. Bu vaqtda men endi o’n olti yoshga to’lgan edim”. Demak, Abu Ali Ibn Sino o’n olti yoshidayoq mashhur tabib bo’lib tanilgan. Allomaning ilmiy ijodi 18 yoshdan boshlanadi. Avvalo u bu ishni o’ziga yaqin bo’lgan kishilarning iltimosi bilan bajaradi. Yosh bo’lishiga qaramay Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, “Urjuza” tibbiy she’riy asari va o’z qo’shnisi va do’sti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, ko’p fanlarni o’z ichiga olgan “Al-Hikmati-l-aruziy” (“Aruziy hikmati”) asarini tasnif etadi. Ibn Sino Buxorada 20 jildli qomusiy asari “Al-Hosil va-l-mahsum” (“Yakun va natija”), 2-jildli “Kitobul-bir va-l-ism” (“Sahovat va jinoyat kitobi”) asarlarini va o’zining tabobatga oid birinchi asari “Tabobat lug’ati”ni yozgan. Allomaning “Tabobat lug’ati” asaridan ko’p tabiblar nusxa olib, keng foydalanganlar. Ibn Sinoning tabobatda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog’ladi. Allomaning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u o’zigacha o’tgan turli xalq namoyondalari tomonidan asrlar davomida, tib ilmi sohasida to’plangan ma’lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni o’z tajribalari bilan boyitgan holda ma’lum nazariya va qonun- 162 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qoida asosida umumlashtirdi. Uning “Tib qonunlari” va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan o’rni juda yuqoridir. Ibn Sino antik olimlarning, xususan Gippokrat, Galen, Dioskoridlarning ta’limotlarini o’rgangan va ularning qalamlariga tayangan. U tib nazariyasini, xususan anatomiya - inson gavdasi tuzilishini mukammal bilgan. Ibn Sino o’tkir diagnost edi. Uning ba’zi tashxis usullari hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. A’zoga urush orqali diagnoz qo’yishgan. Tabobat tarixida birinchi bo’lib vabo bilan o’latni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlashni ta’kidlagan. Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga: tartib (parhyez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo’llash (qon olish, banka qo’yish, zuluk solish, huqna va boshqalar)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Ibn Sino kasallikni davolashda shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Ibn Sino dorishunoslik sohasida ham chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik olimlarning formasiyasi asosida musulmon sharqida paydo bo’lgan yangi formasiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Uning dorivor o’simliklarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirda ham qo’llaniladi. Ibn Sino birinchilardan bo’lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga qarab avval sodda, so’ng murakkab tarkibli dori bilan davolagan. Eng muhimi, oziqovqatlarning shifobaxsh ta’siriga katta ahamiyat berib, davolashni shunday mahsulotlar (meva, sabzavot, sut, go’sht va boshqalar)dan boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi, yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta’kidlagan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan bo’lsa ham, zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi yo’qalib ketganva bizgacha ularning 242 tasi yetib kelgan, shulardan 80 tasi falsafa, ilahiyot va tasavvufga tegishli 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibiyat ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmy yozishmalarga bag’ishlangan. Allomaning asarlari keyingi avlodlarga boy meros bo’lib qoldi. Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo’lish mumkin. U falsafa va tibbiyotga ko’proq qiziqqan. Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta’limtarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo’ladi. Nazariy guruh kishilarni o’zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo’llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi. Ibn Sino «Avisenna» sifatida G’arbda mashhur bo’lgan uning tibbiy merosi, xususan, “Tib qonunlari” bo’lsa, “Shayx ar-rais” (“Donishmandlar sardori, allomalar boshlig’i”) nomli asari buyuk faylasufligiga ishoradir. Ibn Sinoning tibbiyotning umumiy nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan eng yirik asari “Tib qonunlari” bo’lib u asar 5 katta kitobdan iborat bo’lib (1956-62 yillarda Toshkentda rus va o’zbek tillarda to’la nashr etilgan). Ularning har biri ma’lum sohani izchil va har tomonlama yoritib beradi. 1kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, uning predmeti va vazifalari, kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari va Sog’likni saqlash yo’llari, kishi anatomiyasi haqida mazmundor aniq ocherk va sog’likni qanday saqlash kerakligi haqidagi ta’limot bayon etiladi. Turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi hamda tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib yoki filtrlab iste’mol qilishni tavsiya etadi. 2kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari bayon etilgan. Ibn Sino simob va uning birikmalarini dori qilib ishlatishni birinchi bo’lib tavsiya etadi, sharobni quvvat kirituvchi va jarohatlarni tozalovchi dori sifatida ishlatadi. 3kitobida ayrim 163 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc organlarning (hatto soch, tirnoqlarning) kasalliklari va ularni davolash usullari bayon etiladi. Bu kitobda bosh miya, asab, ko’z, quloq, burun, tomoq, qorin, tish, yurak, me’da, jigar, buyrak kasalliklari batafsil tahlil qilinadi. 4kitobi organizmning umumiy kasalliklariga bag’ishlangan, unda isitmalar, o’smalar, ularning sababi, xirurgik kasalliklar va ularni davolash usullari, har xil dorilardan zaharlanish va bunda ko’riladigan choralar to’g’risida ma’lumot beriladi. 5kitobida murakkab dorilarning organizmga ta’siri, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari bayon qilingan. Bu kitob dorishunsolik ilmiga - farmakologiyaga bag’ishlangan. Ibn Sinoning tibbiyotga oid muhim asarlaridan ikkinchisi nazm (she’r usul) bilan yozilgan “Tibbiy urjuza” kitobidir. Bu kitob 1326 bayt (2652 misra)dan iborat katta she’riy asardir. Kitob tib ilmini o’rganuvi talabalarga darslik sifatida yozilgan. Bu asar asosan tibbiyotning nazariy masalalariga bag’ishlangan. Lekin, unda amaliy tibbiyot haqida ham yetarli ma’lumot berilgan. “Tibbiy urjuza” o’z mazmuni va ahamiyati jihatidan “Qonuni”dan uncha qolishmaydi. “Qonuni”da bayon etilgan mavzu va masalalar “Urjuza”da qisqa va ixcham qilib keltirilgan. “Tibbiy urjuza” ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’limda tibbiyotning umumiy nazariy masalalari yoritilgan. Unda xususan, tibbiyotning tafsiri, uning qismlari, unsurlar, a’zolar, mijozlar, xiltlar, ruh (jon), quvvatlar haqida ma’lumotlar beriladi. So’ng inson organizmiga havo, ovqatlar, ichimliklar, uyqu va uyqusizlik, harakat va harakatsizlik, nafsoniy kayfiyatlarning ta’siri ko’rsatilgan. Shundan keyin ayrim a’zolar kasalliklari, ularning belgilari, tomir urishini tekshirish va shunga asosan kasallikni aniqlash usullari bayon etilgan. Bulardan tashqari siydik, axlat, balg’am terni tekshirib, kasallikka dalil topish usullari keltirilgan. Qon, safro, savdo va xiltning g’alaba qilishi (ustun kelishi) dagi belgilar ko’rsatilgan. Ikkinchi bo’lim tibbiyot amaliyotiga bag’ishlangan. Bu bo’lim o’z navbatida to’rt qismga bo’lingan. Birinchi qismda kishi sog’lig’ini saqlash tadbiri bayon etilgan. Ikkinchi qismda bemorlarga beriladigan dori va ovqatlar haqida so’z yuritiladi. Uchunchi qismda qo’l bilan amalga oshiriladigan muolaja usullari (jarrohlik) bayon etilgan. To’rtinchi qismda chiqqan-singanlami davolash ko’rsatilgan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,Ibn Sinoning ilimiy ijodi nafaqat o’z davri uchun,balki undan keying davrlar va bugungi kun uchun o’ta dolzarb va kerakli manba hisoblanadi. Uning asarlaridan G’arb Yevropasida XVII asrgacha tibbiy fanlarda dastur-ul-amal bo’lib xizmat qilganligi uning asarlarining qanchalik qimmatli ekanligidan dalolat beradi.Ibn Sino faqat tibbiyot fani bilan cheklanib qolmasdan o’z davri uchun muhim bo’lgan hisob-kitob,mantiq,falsafa fanlari bilan ham shug’ullangan,Uning asarlarisda falsafiy qarashlar ham yoritilgan. Olimning o’z faoliyati umr bo’yi shu maqsadga xizmat qilishga bag’ishlangan edi. Uning butun hayoti tibbiyotning shu asosiy vazifasi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. “Qonun”da tibbiyot fanining vazifasiga bag’ishlangan maxsus qism bor. Ibn Sino yozadi: “Har bir hodisaning mohiyati uning sababini aniqlash yo’li bilan ochiladi. Shuning uchun tibda Sog’lik va kasallikning sababini bilish kerak. Sog’lik, kasallik va ularning sabablarini bilish kerak. Sog’lik, kasallik va ularning sabablari goho ochiq (aniq), goho esa yopiq (noaniq) bo’lishi mumkin. Bu sabablar o’z ko’rinishlariga qarab faqat o’qish bilangina emas, balki fikr qilish yo’li bilan tushuniladi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Abu Ali ibn Sino-Falsafiy qissalar(Abdusodiq Isirov Tarjimasi)-T.2016. 2. Zohidov V. Uch daho (Farobiy, Beruniy, Ibn Sino). - T., 1987. 3. Isaev Y. Abu Ali ibn Sino. - T.: Tafakkur. 2010 4. Abu Ali ibn Sino haqida hikoyalar va rivoyatlar 5. Oqiljon Xusan-Ibn Sino visoli-T.1989. 6. Maqsud Qoriyev-Ibn Sino(II jild)-T.:Sharq.2000. 164 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 7. N.Q.Yo’ldoshev-Abu Ali Ibn Sino,Abu Nasr Forobiy,A.Navoiy,Beruniy,Mirzo Ulug’beklarning bozor,extiyoj,moddiyu manfaat haqidsagi qarashlari.-T.2009. 8. Aziz Qayumov-Abu Rayxon Beruniy,Abu Ali ibn Sino-T.1987. 9. Y.B.Rustamov-Abu Ali ibn Sinoning “Donishmandsnoma” va “Ruh haqida” asarlarida psixologik g;oyalar-(Bitiruv malakaviy ishi).2013. 10. U.I.Karimov,X.Xikmatullayev,M.M.Xayrullayev-Abu Ali ibn Sino-Salomatlik SirlariT.2000.