OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI
Abstract
Yangi Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish globallashuv va urbanizatsiya sharoitida iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikning asosiy omilidir. Ushbu soha aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, yashash darajasini oshirish va bandlikni qoʻllab-quvvatlashda muhim rol oʻynaydi. Mazkur tezis ilmiy manbalar asosida yozilgan boʻlib, oziq-ovqat tizimining jamiyat va iqtisodiyotga ta'sirini baholaydi. Natijada, barqaror rivojlanish uchun tavsiyalar beriladi. Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari hamda uning milliy va global miqyosdagi ahamiyati yoritilgan.
Full text
435 OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHNING IJTIMOIYIQTISODIY MOHIYATI Abdulxamidova Nodira Abdurashitovna Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi oʻqituvchisi, mustaqil izlanuvchi ORCID: 0009-0002-7535-3057 Annotatsiya. Yangi Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish globallashuv va urbanizatsiya sharoitida iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikning asosiy omilidir. Ushbu soha aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yashash darajasini oshirish va bandlikni qoʻllab-quvvatlashda muhim rol oʻynaydi. Mazkur tezis ilmiy manbalar asosida yozilgan boʻlib, oziq-ovqat tizimining jamiyat va iqtisodiyotga taʼsirini baholaydi. Natijada, barqaror rivojlanish uchun tavsiyalar beriladi. Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari hamda uning milliy va global miqyosdagi ahamiyati yoritilgan. Kalit soʻzlar. Ijtimoiy-iqtisodiy mohiyat, yalpi ichki mahsulot, logistika, chakana savdo, oziiq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy. Abstract: Food production in the new Uzbekistan is a key factor in economic development and social stability in the context of globalization and urbanization. This sector plays an important role in ensuring food security of the population, increasing living standards, and supporting employment. This thesis is written on the basis of scientific sources and assesses the impact of the food system on society and the economy. As a result, recommendations for sustainable development are given. The social and economic aspects of food production in Uzbekistan and its significance at the national and global levels are highlighted. Keywords: Socio-economic nature, gross domestic product, logistics, retail, food products, production, socio-economic. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish qishloq xoʻjaligi, qayta ishlash sanoati, logistika va chakana savdo tarmoqlarini oʻz ichiga oluvchi murakkab tizim hisoblanadi. U quyidagi asosiy iqtisodiy funksiyalarni bajaradi, yalpi ichki mahsulot (YaIM) hissasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri boʻlib, koʻplab davlatlarda YaIMning muhim qismini tashkil qiladi. “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchilarning kooperativlarini ixtiyoriy ravishda tashkil etish va rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha maqsadli dasturni qabul qilish, oziq-ovqat mahsulotlari qoʻshilgan qiymatini koʻpaytirish va yoʻqotishlarni kamaytirish maqsadida qayta ishlash korxonalari “kooperatsiya-klaster”
436 usulidagi aloqalarni rivojlantirish 1 .”kabi bir qator topshiriqlarni rejalashtirish koʻzda tutilgan. Bugungi kunda iqtisodiyotda bandlikni taminlashda oziq-ovqat ishlab chiqarish va unga bogʻliq tarmoqlarda millionlab ishchilar mehnat qilmoqda. Ayniqsa, qishloq hududlarida bu soha aholining asosiy daromad manbai hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish orqali davlatlar yuqori valyuta tushumiga ega boʻladi, bu esa milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga va mamlakat eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari inson hayotining asosi boʻlib, ularning barqaror va sifatli taʼminoti quyidagi ijtimoiy vazifalarni bajaradi. 1. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda aholining toʻlaqonli va sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash orqali sogʻliqni saqlash, bolalar oʻsishi, ishchi kuchining samaradorligi kabi omillar ijobiy taʼsirga ega boʻladi. 2. Aholining ishsizligini kamaytirishda mahalliy oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash orqali past daromadli qatlamlar uchun ish oʻrinlari yaratiladi va ijtimoiy tengsizlikni kamaytiradi. 3. Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish orqali qishloq joylarida hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish Oʻzbekistonning sanoat sektori tarkibida sezilarli oʻrin tutadi. 2024-yilning yanvar-sentyabr davrida iqtisodiy oʻsishning sanoatdagi umumiy ulushi 14,1% ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 104,6% ni tashkil qilgan. 2017-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilishida dinamik oʻsishga erishilgan jumladan un, shakar, sut, kolbasa, makaron hamda margarin kabi mahsulotlarda ijobiy oʻzgarishlar kuzatilgan. Ushbu davrda margarin ishlab chiqarish 34% ga, un maxsulotlari ishlab chiqarish 32% ga oshgan 2 . Meva va sabzavot yetishtirish, qayta ishlash sohasida zamonaviylashtirish va eksport salohiyati hajmi oshmoqda jumladan, oʻsimlik moyi, tomat pastasi, mayiz va quritilgan mevalar ishlab chiqarishda Oʻzbekistonning xalqaro salohiyati ortib bormoqda. Ushbu sohada bozor infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda. Ichki bozorlarda meva – sabzavotni qayta ishlash, yogʻ-moy, goʻsht-sut va boshqa sanoat tarmoqlarini ishlab chiqaruvchi 200 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida korxonalar soni, ishlab chiqarish hajmi va eksport koʻrsatkichlari sezilarli darajada oʻsdi. Natijada, axolining bandligi 122% ga, korxonalar soni 224% ga, eksporti esa 336% ga oshgan. Aholining oziq-ovqat taʼminotida 2019-yilda oziq-ovqat eksporti 2 baravarga oshdi. Yillik ishlab chiqarishda 10 mln tonnadan ortiq sabzavot, 17 mln. tonnadan ortiq boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishildi. Aholi jon boshiga xarajatlar boʻyicha sabzavotlar ishlab chiqarish 300 kilogrammga, kartoshka maxsulotlari 75 kg, uzum 44 kg ishlab chiqarilmoqda. Bu isteʼmol maxsulotlari meʼyorlarining uch baravariga toʻgʻri keladi 3 . 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi 2 https://Stat.uz ma’lumotlari asosida tuzilgan 3 https://mineconomy.uz
437 Shu bilan birga ushbu sohada bugungi kunda ayrim muammolar ham mavjud boʻlib, bular quyidagilarni tashkil etadi: -resurslardan foydalanishdagi cheklovlar bular sugʻorish tizimlarining eskirganligi, ekologik buzilishning davom etishi, iqlim oʻzgarishi va suv tanqisligi salmoqli tahdidi bilan bogʻliqdir; -innovatsiyalar va xarajatlarni boshqarish – raqamli texnologiyalar, blokcheyn, AI, robotlashtirishning joriy etilishi orqali samaradorlikni koʻtarish zarur hisoblanadi 1 . Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda istiqbolli yoʻnalishlar ham mavjud boʻlib, ular quyidagilar bilan ifodalanidi: -eksport va bozorlarni kengaytirish – bu sohada sifat standartlarini oshirish, mahsulotlarni diversifikatsiya qilish, agro-klaster tizimi joriy etish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish orqali eksport salohiyatini oshirish 2 ; Ekologik barqarorlikni taʼminlash – bunda organik mahsulotlar ishlab chiqarish, ekologik toza texnologiyalar, chiqindilarni qayta ishlash orqali sanoat rivojlangan yoʻnalishga aylantirishdan iborat 3 . Bularning barchasi ushbu sohada innovatsion yondashuvlar, ekologik barqarorlikka asoslangan ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlik zaruratini yuzaga keltirmoqda. Oziq-ovqat ishlab chiqarishni raqamlashtirish, aqlli qishloq xoʻjaligi, biotexnologiyalar kabi sohalarni jadal rivojlantirish istiqbolli yoʻnalishlar hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish nafaqat iqtisodiy jihatdan mamlakat barqarorligini taʼminlaydi, balki ijtimoiy jihatdan aholining turmush darajasini yanada yaxshilaydi. Oʻzbekistonda bu tarmoqning salohiyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, samarali investitsiyalar va innovatsiyalarga tayanadi. Rivojlangan davlatlarda samaradorlik yuqori, ammo tengsizliklar mavjud, rivojlanayotganlarda esa xavfsizlik va innovatsiyalar muhim. Oʻzbekistonda davlat siyosati orqali ishlab chiqarishni oshirish kerak. Kelgusida raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish va ekosanoat modellarini keng joriy qilish va ilmiy tadqiqotlar orqali barqaror rivojlanishni taʼminlash tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoni. Oʻzbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom oziqlanishni taʼminlashning 2030-yilgacha moʻljallangan strategiyasi. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi, “2024-yillik statistika toʻplami”, Toshkent, 2025-yil. lex.uz›docs/6391176 3. https://mineconomy.uz 4. R.Shukurov “Oʻzbekistonda oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish holati tahlili” Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot (Oʻzbekistondagi ilmiy jurnal) 2025-yil. 1 R.Shukurov “O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish holati tahlili” Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot (O‘zbekistondagi ilmiy jurnal) 2025-yil. 2 M.Yusupov, G.Ismoilova. “Agrosanoat klasterlarini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati va rivojlantirish mexanizmlari.” Eurasian journal of academic research, 2(8), (2022). 3 I.Umarov “Oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlik samaradorligini baholash uslublari”/ “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, 2011
438 5. I.Umarov “Oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlik samaradorligini baholash uslublari”/ “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, noyabr, 2011-yil. 6. Sh.Rahimov “Оziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini boshqarishning iqtisodiy ahamiyati”/ Ракамли иқтисодиёт, 2025-yil. 7. M.Yusupov, G.Ismoilova. “Agrosanoat klasterlarini oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi ahamiyati va rivojlantirish mexanizmlari.” Eurasian journal of academic research, 2(8), (2022-yil).